namunaviy esselar
Open in Telegram
Assalomu alaykum, bu yerda milliy sertifikat tipida yozilgan na'munaviy esselarimni ulashib boraman ✉️ Manba bilan oling!
Show more272
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1230 days
Posts Archive
Bu misollar orqali yasama faktlarni qanday qilib haqiqiydek ko'rsatish mumkinligini ko'rib o’tdik. Biroq imkon qadar haqiqatga asoslangan dalillarni izlash va ularga tayanish tavsiya qilinadi.
Foydali bo'lgan bo'lsa xursandman))
Yolg`on dalillarni yozish va ularni haqiqiydek ko'rsatish uchun turli esse mavzulari asosida misollar (2-qism)
6. Texnologiya:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Texnologiya hayotimizni osonlashtiradi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH : "Xalqaro Bandlik va Mehnat Vazirligining ta’kidlashicha, sun'iy intellekt yordamida ish jarayonlari 55,6% ga tezlashadi, bu esa kompaniyalarga xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi."
7. Oila va jamiyat:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Oila inson hayotida muhim rol o'ynaydi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH " 2023-yilda o’tkazilgan BMTning Oilaviy va Ijtimoiy Masalalar Bo'limi so’rovnomalariga ko’ra, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi mustahkam aloqalar, bolalarning ruhiy salomatligini 22,8% ga yaxshilanishi aniqlandi."
8. Madaniyat va san'at:MAVZU BO’YICHA FIKR: "San'at inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Xalqaro Psixologik Tahlil Jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, sevimli mashg’ulotimiz bilan shug'ullanish, ruhiy tushkunlik darajasini 30% ga kamaytiradi va insonning baxt indeksini oshiradi."
9. Iqtisodiy o'sish:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Iqtisodiy o'sish jamiyat rivojiga ta'sir qiladi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH:."OECDning ta’kidlashicha, iqtisodiy o'sish 1% ga oshganda, ish o'rinlari 0.5% ga ko'payadi, bu esa aholi farovonligini yaxshilaydi."
10. Sog'liqni saqlash tizimi:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Sog'liqni saqlash tizimi har bir inson uchun muhimdir." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Sog'liqni saqlash tizimiga investitsiya qilish, kasalliklar xavfini 20% ga kamaytiradi va aholi umrini uzaytiradi." 📮 Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring: @esse_u
#12 namunaviy esse
Ba’zilar plastikdan to‘liq voz kechish zarur desa, boshqalar bu amalda imkonsiz deb hisoblaydi. Siz qaysi fikrni qo‘llab-quvvatlaysiz?Hozirgi kunda plastik va uning atrof-muhitga ta’siri ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zilari undan foydalanishni cheklab, ekologik toza muqobillari bilan almashtirish kerakligini aytsa, boshqalar bu turdagi mahsulotlarni hayotimizdan butunlay chiqarib tashlash imkonsiz degan fikrda. Bir guruh kishilarning ta’kidlashicha, polietilen paketlar, plastmassa idishlar va shu kabilar allaqachon kundalik turmushimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Birinchidan, ular keng tarqalgan va hamyonbop. "Economics Europe 2022" ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p ishlatiladigan plastik turlar-polietilen (PE) va polipropilen (PP) kilogrammi atigi 1–2 dollarni tashkil etadi. Ikkinchidan, bir martalik plastik idishlar, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va olib yurishga qulay bo‘lib, odatiy sopol idishlarga nisbatan bir necha barobar yengil hisoblanadi. Uchinchidan, ular taomni kislorod va namlikdan himoya qiladi. Natijada mikroblar ko‘payishining oldi olinadi va mahsulot uzoq muddat yaroqliligini saqlab turadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, PET butilkalar ichimliklarni 6–12 oygacha sifatini yo‘qotmasdan saqlash imkonini beradi. Mavzu yuzasidan ikkinchi tomon vakillari ham yetarlicha asoslarga ega. Avvalo, ishlatilgan plastik qadoqlar uzoq muddat saqlanib qoladi va ekologiyaga zarar yetkazadi. Olimlarning o‘rganishicha, polietilen paketlar tabiiy sharoitda 400–500 yil, polistirol qutilar esa 1000 yilgacha parchalanmaydi. Qolaversa, ulardan chiqadigan mikro birikmalar o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun ham xavf tug‘diradi. Tuproqdagi mikroplastiklar o‘simlik ildizlarida to‘planadi va oziqlanishni sekinlashtiradi. Natijada u o‘sishdan to‘xtab, hosildorlik pasayadi. “The Earth and Us” jurnalining xabar berishicha, har yili yuzlab turdagi baliqlar va suv osti jonzotlari okeandagi plastik chiqindilar sabab nobud bo‘ladi. Fikrimcha, qanchalik qiyin va imkonsiz tuyilmasin, plastik mahsulotlardan foydalanishni cheklash lozim. Negaki, vaqtida oldi olinmasa, ulardagi zararli moddalar ichimlik suvi, baliq, dengiz mahsulotlari va oziq-ovqat orqali inson tanasiga kirib, turli teri va ichak kasalliklari, gormonal o‘zgarishlar va hatto zaharlanishga olib kelishi mumkin. 2019-yilda “Nature” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, inson tanasida o‘rtacha 5 gramm mikroplastik topilgan bo‘lib, bu o‘rtacha plastik qalam hajmiga teng. Muxtasar aytganda, plastik mahsulotlarning tabiatga, flora va faunaga yetkazadigan zararni qoplab bo‘lmasa-da, kundalik turmushda ularni nisbatan zararsiz, ekologik xavfsiz muqobillari (shisha, qog‘oz sumkalar) bilan almashtirish mumkin. Zero, tabiatni asrash har birimiz uchun ham farz, ham qarz. @esse_u
Bahorgi milliy sertifikat imtihonida quyidagi asarlarga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
1. “Tushda kechgan umrlar” romani 2. “Sag‘ri teri tilsimi” romani 3. "Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” romani1 4. “Asrga tatigulik kun” romani 5. “Oq kema” qissasi 6. “Sudxo‘rning o‘limi” qissasi 7. “Molxona” qissasi 8. “Temir xotin” komediyasiShuningdek, quyidagi hikoyalar ham muhim hisoblanadi:
1. “Tafakkur” 2. “Muzqaymoq” 3. “Puankare” 4. “Evrilish” 5. “Oq sukunat” 6. Abdulla Qahhor hikoyalari Postni aprel oyida imtihonga kiradiganlarga ulashib qo'ying 😉 @esse_u
Yolg`on dalillarni yozish va ularni haqiqiydek ko'rsatish uchun turli esse mavzulari asosida misollar (1-qism)
1. Ijtimoiy tarmoqlarning ta'siriMAVZU BO’YICHA FIKR: "Ijtimoiy tarmoqlar odamlar o'rtasidagi aloqalarni kuchaytiradi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lgan odamlar o'z do'stlari bilan ko'proq vaqt o'tkazishadi va bu ularning ruhiy salomatligini yaxshilaydi."
2. Sog'lom ovqatlanishMAVZU BO’YICHA FIKR: "Sog'lom ovqatlanish insonning umumiy salomatligini yaxshilaydi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Xalqaro dietolog va nutritsiologlar assotsiatsiyasi sog'lom ovqatlanish orqali yurak kasalliklari xavfini 34,3% ga kamaytirish mumkinligini ta'kidlaydilar."
3. Ta'lim va innovatsiyalarMAVZU BO’YICHA FIKR: "Innovatsion ta'lim usullari o'quvchilarning muvaffaqiyatini oshiradi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: " Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, o'quvchilar PISA tizimi asosidagi interaktiv darslarda ishtirok etganda, ularning bilim darajasi 25.5% ga oshadi."
4. Ekologik muammolarMAVZU BO’YICHA FIKR: "Plastik chiqindilar muammosi global darajada jiddiy ahamiyatga ega." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Xalqaro ECOSAN jamg’armasining hisob-kitoblariga ko’ra, har yili 8 million tonna plastik okeanlarga tushadi, bu esa dengiz hayvonlarining 1 milliondan ortiq o'limiga sabab bo'ladi."
5. Sport va sog'liqMAVZU BO’YICHA FIKR: "Sport bilan shug'ullanish sog'liqni saqlash uchun muhimdir." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "SSV tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, haftada 150 daqiqa jismoniy faoliyat yurak kasalliklari xavfini 40% ga kamaytiradi." 📮 Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring: @esse_u
Aprel oyidagi sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish 3-aprelgacha davom etadi!
Vaqt oz qoldi, oxirgi imkoniyatni o'tkazib yubormang.
📍Foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring
@esse_u
Repost from M.ERGASHEVA | blog
Majburiy matematika sizga qiyin tuyilyaptimi? 🤔
Endi barchasi oson va tushunarli bo‘ladi!
🔥 Biz bilan:
✔ Eng muhim mavzular sodda tushuntiriladi!
✔ Test savollari va real imtihon uslubida mashqlar!
✔ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv
✔ Qisqa vaqt ichida natija!
🎯 Maqsad – yuqori ball, ishonch va kuchli bilim!
💵 Bunday narxga shuncha imkoniyat!
Bugunoq boshlang va o‘zingizdagi o‘zgarishni ko‘ring! 🚀
📩 Hoziroq yozing va joyingizni band qiling: @admnstrtr1
📌Kanalni kuzatib boring:@matematiktaxlil
Repost from Ona tili va adabiyoti | Izamov
#Tavsiya
⚡️Bahorgi milliy sertifikat imtihonlarida tushish ehtimoli yuqori boʻlgan badiiy asarlar
1. “Tushda kechgan umrlar” romani.
2. “Sagʻri teri tilsimi” romani.
3. “Yoʻl-yoʻl poyjoma kiygan bolakay” romani.
4. “Asrga tatigulik kun” romani.
5. “Oq kema” qissasi.
6. “Sudxoʻrning oʻlimi” qissasi.
7. “Molxona” qissasi.
8. “Temir xotin” komediyasi.
9. “Tafakkur”, “Muzqaymoq”, “Puankare”, “Evrilish”, “Oq sukunat” hikoyalari.
10. A. Qahhor hikoyalari
11. She’rlar.
Bahorgi milliy sertifikat imtihoniga kiruvchi talabgorlarga 36ta badiiy asarlar orasidan saralab olingan ushbu asarlarga koʻproq e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi.
Manfaatli boʻlsin!Kanalimiz: https://t.me/Onatili_Izamov
