namunaviy esselar
Open in Telegram
Assalomu alaykum, bu yerda milliy sertifikat tipida yozilgan na'munaviy esselarimni ulashib boraman ✉️ Manba bilan oling!
Show more272
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1230 days
Posts Archive
Bu galgi imtihonlarda sun'iy intellekt haqidagi mavzular tushish ehtimoli baland.
Manbani saqlagan holda boshqalarga ham ulashib qo'ying)
Ba’zilar sun’iy intellekt ta’lim sifatini oshiradi deb hisoblaydi, boshqalar esa u o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi deb o‘ylaydi. Har ikki fikrni muhokama qiling va o‘z nuqtai nazaringizni bildiring.XXI asrning eng buyuk ixtirosi, shubhasiz, inson tafakkuriga taqlidan yaratilgan sun'iy intellekt bo'ldi. Mazkur kashfiyot ko‘plab sohalarda, xususan, ta’limda ham bir qator qulayliklar yaratib kelmoqda. Shunga qaramay, ayrimlar uning amaliy qo‘llanishi, uning ommalashuvi yoshlarning fikrlashiga to‘siq sifatida ko‘rmoqda. Xo‘sh, aslida qarashlarning qay biri haqiqatga yaqin? Bir guruh kishilarning bu tarzda xavotirlanishiga asoslar yetarlicha. Avvalo, sun'iy ong odamga nisbatan bir necha barobar tez va aniq ishlaydi. Bu esa uning zerikarli va ko‘p vaqt talab qiluvchi ishlarni (kod yozish, hisoblash, referat matnini) "beminnat yordamchi" zimmasiga yuklaydi. Aksariyat yoshlar vazifalarni butunlay SI qo'liga topshirib, o‘zlari mas'uliyatdan qochmoqda. Natijada, ertamiz egalari orasida keng va teran fikrlovchilar kamayib, ular o‘rnini loqayd, dangasa avlod egallamoqda. AQSh ta'lim vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining har o‘ntasidan 5 tasi uy vazifalari, kurs ishlarini tamomlashda AI dan foydalanadi. Masalan, yuzasidan ikkinchi tomon vakillarning fikriga ko‘ra, sun'iy intellektning ta'limda yaratayotgan qulayliklari ham yo'q emas. Birinchidan, barcha sohalarga oid bilimlarning muayyan bir manbada to‘planishi, ilmi toliblar uchun yaxshigina qulaylik yaratadi, ya'ni ular qo'yozma va adabiyotlarni internet sahifalaridan izlamaydi, aksincha, Chat GPT, DeepSeek, Gemini kabi dasturlar soniyalar ichida ma'lumotlarni yig‘ib beradi. Ikkinchidan, ko‘plab AI platformalar kishiga individual yonashgani bois, o‘quvchilar har yerda va har vaqtda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega. Statistikaga ko‘ra, 2025-yil oxiriga kelib, taxminan 200 000 foydalanuvchi SI ning "Smart Tutor" ("Aqlli murabbiy") tarifiga obuna bo'lgan. Fikrimcha, insoniyatning bu dahosi ta'limda qator qulayliklar yaratib kelmoqda. Xususan, hozirda SI platformalari 50 dan ortiq tillarda ishlay oladi. Bu esa, o‘quvchiga birgina tizim orqali mazkur tillarning barchasini mustaqil o‘rganish imkonini beradi. Qolaversa, doimiy takrorlanuvchi va murakkab topshiriqlarni sun'iy ong bajarishi, insonlarda o‘z ustida ishlashga ko‘proq vaqt qoldiradi. Muxtasar aytganda, sun'iy intellekt allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanganini inkor etish bo'lmaydi, uning ba'zi oqibatlaridan kelajak avlodni cheklash esa qiyin. Aksincha, bolalarga SI dan to‘g‘ri va samarali foydalanishni o‘rgatish orqali, muayyan xatarlardan qochish mumkin. Zero, to‘g‘ri tanlov-kelajak muqaddimasi. @esse_u
Bu misollar orqali yasama faktlarni qanday qilib haqiqiydek ko'rsatish mumkinligini ko'rib o’tdik. Biroq imkon qadar haqiqatga asoslangan dalillarni izlash va ularga tayanish tavsiya qilinadi.
Foydali bo'lgan bo'lsa xursandman))
Yolg`on dalillarni yozish va ularni haqiqiydek ko'rsatish uchun turli esse mavzulari asosida misollar (2-qism)
6. Texnologiya:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Texnologiya hayotimizni osonlashtiradi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH : "Xalqaro Bandlik va Mehnat Vazirligining ta’kidlashicha, sun'iy intellekt yordamida ish jarayonlari 55,6% ga tezlashadi, bu esa kompaniyalarga xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi."
7. Oila va jamiyat:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Oila inson hayotida muhim rol o'ynaydi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH " 2023-yilda o’tkazilgan BMTning Oilaviy va Ijtimoiy Masalalar Bo'limi so’rovnomalariga ko’ra, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi mustahkam aloqalar, bolalarning ruhiy salomatligini 22,8% ga yaxshilanishi aniqlandi."
8. Madaniyat va san'at:MAVZU BO’YICHA FIKR: "San'at inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Xalqaro Psixologik Tahlil Jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, sevimli mashg’ulotimiz bilan shug'ullanish, ruhiy tushkunlik darajasini 30% ga kamaytiradi va insonning baxt indeksini oshiradi."
9. Iqtisodiy o'sish:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Iqtisodiy o'sish jamiyat rivojiga ta'sir qiladi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH:."OECDning ta’kidlashicha, iqtisodiy o'sish 1% ga oshganda, ish o'rinlari 0.5% ga ko'payadi, bu esa aholi farovonligini yaxshilaydi."
10. Sog'liqni saqlash tizimi:MAVZU BO’YICHA FIKR: "Sog'liqni saqlash tizimi har bir inson uchun muhimdir." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Sog'liqni saqlash tizimiga investitsiya qilish, kasalliklar xavfini 20% ga kamaytiradi va aholi umrini uzaytiradi." 📮 Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring: @esse_u
Kattalar ham, umuman, barcha qo'shilishi mumkin. Kunlik mutolaa va topshiriqlarni bajarib borgan 5 kishi yillik mutolaa premium obunasini yutib olishi mumkin⚡️
Assalomu alaykum, hurmatli maktab o'quvchilari. Sizlarni "Mutolaa" ilovasidagi yangi "Marra" loyihasiga qo'shilishga taklif etamiz. 📚✨
Ushbu tashabbus doirasida biz Abduqayum Yo'ldoshevning "Puankare" romanini birgalikda o'qishni rejalashtirmoqdamiz. Belgilangan muddat davomida kundalik vazifalarni bajarish va yakuniy testdan muvaffaqiyatli o'tish orqali quyidagi qimmatbaho sovg'alarga sazovor bo'lishingiz mumkin: 🏆
— "Marra" loyihasi yakunida testdan eng yuqori natijani ko'rsatgan besh nafar ishtirokchiga bir yillik "Mutolaa" Premium obunasi taqdim etiladi. 💎
— Maktab bo'yicha eng yuqori natijaga erishgan o'quvchiga alohida kitob sovg'a qilinadi. 📖
Ushbu tashabbus 200 kishini jalb qilish orqali tumanimizda kitob oʻqish madaniyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shu sababli, sizning yordamingiz muhimdir. 📚✨
Loyihaga qo'shilish uchun avval "Mutolaa" ilovasini yuklab oling📱 va link orqali ro'yxatdan o'ting.
Loyiha bo'yicha savollaringiz bo'lsa, javoblarni ushbu manbadan topishingiz yoki @k_numonova foydalanuvchisiga murojaat qilishingiz mumkin.
#ehtimoliy O‘zbekistonda ishga joylashishda davlat tilini bilish majburiy bo‘lishi kerakmi? Ba’zilar bu jamiyatda birlik va samaradorlikni oshiradi deb hisoblaydi, boshqalar esa bu boshqa millat vakillariga nisbatan adolatsizlik bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydi. Har ikkala fikrni muhokama qiling va o‘z nuqtai nazaringizni bildiringYer yuzida hech bir millat yo'qki, o'z tilini sevmasa, qadrlamasa. So'nggi vaqtlarda, yurtimizda ham davlat tiliga bo'lgan e'tibor ortib bormoqda. Xususan, turli muassasalar xodimlarni ishga qabul qilishda, o'zbek tilini mukammal bilish talabini qo'ymoqda. Ayrimlar, mazkur holatni qo'llab-quvvatlasa, boshqalar buni o'zga tillarda so'zlashuvchilar huquqlarining buzilishi sifatida ko'rmoqda. Xo'sh, aslida qarashlarning qaysi biri haqiqatga yaqin? Masala yuzasidan birinchi tomon vakillari fikricha, tilga majburiy mezon sifatida qaralishi, mamlakat fuqarolari o'rtasida o'zaro yaqinlikni kuchaytiradi. Britaniya universiteti psixologlari o'tkazgan so'rovnomalar shuni ko'rsatadiki, so'zlashuv tili bir xil bo'lgan xodimlar o'rtasida ishonch kuchayadi, ular nafaqat ishda, balki kundalik turmushda ham bir-birini qo'llab-quvvatlaydi, birdamlik shakllanadi. Bundan tashqari, yirik tashkilotlar, xususan, davlat sektorlarida o'zbek tilining qat'iy belgilanishi hujjatlar, hisobotlar va boshqa yozuvlarning umumiy tarzda yuritilishiga, hamda vaqtni tejashga yordam beradi. Shuningdek, aholining katta qismi o'zbek tilida so'zlashishini hisobga olib, mijozlarga xizmat ko'rsatish yaxshilanadi deyish mumkin. Mavzu yuzasidan ikkinchi tomon vakillari ham yetarlicha asoslarga ega. Avvalo, mazkur talab yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining noroziligiga sabab bo'lishi mumkin. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, hozirda aholining 30-35 foizini rus, 5-6 foizini esa tojik, qozoq, qoraqalpoq kabi qardosh tillarda so'zlashuvchilar tashkil etadi. Qolaversa, tashkilotlarda asosiy urg'u o'zbek tiliga berilib, boshqa tillarni e'tiborsiz qoldirilishi, xalqaro imkoniyatlarning kamayishiga olib keladi. Natijada biznes va iqtisodiy aloqalar zaiflashadi, xodimlarning global loyihalarda, forumlarda qatnashish imkoniyati cheklanadi. Fikrimcha, ishga olishda o'zbek tilining qat'iy mezon sifatida belgilanishi, unga nisbatan hurmat va e'tiborni oshirishi mumkin, biroq, shu bilan birga, ma'lum bir noqulayliklarni ham keltirib chiqaradi. Birinchidan, o'z navbatida, yurtimizda yashovchi o'zga xalqlarga nisbatan nohaqlik hisoblanadi. Negaki, butun dunyo hamjamiyatida til va din erkinligi degan tushuncha bor. Ikkinchidan, kishining salohiyati, ma'lum ko'nikmalari, uning qaysi tilida so'zlashishidan ko'ra muhimroq, nazarimda. Masalan, IT, dizayn kabi sohalalarda kreativlik, tanqidiy fikrlash va jamoa bilash ishlash qobiliyati ish beruvchilar tomonidan ko'proq qadrlanadi. Muxtasar aytganda, davlat tilini bilish muhim bo‘lsa-da, uni majburiy talab sifatida qo‘yish ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bois, bir nechta tillarni bilish va undan foydalanishni rag‘batlantirish yanada oqilona yechim bo‘lishi mumkin. Zero, “Til bilgan—el biladi". @esse_u
#ehtimoliy
Ba'zilar bolaga mukammal bilim berish uchun uni xususiy maktabda o'qitish kerak deb hisoblashsa, ayrimlar davlat maktabida ham mukammal bilim olish mumkin deb bilishadi.Aksariyat oilalar bolaning puxta bilim egallashi va jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun uni xususiy maktablarda o'qitish kerak deb hisoblashadi. Boshqalar esa umuta'lim maktablari ham bu borada yetarlicha salohiyatga ega ekanini takidlaydi. Xo'sh, ertamiz egalarini munosib tarbiyalashda qay birini tanlagan ma'qul? Farzandini nodavlat talim muassasalarida o'qitishni afzal ko'ruvchi ota-onalarning fikriga ko'ra, bunday talim maskanlarida zamonaviy ta’lim metodlari, texnologiyalar va interaktiv darslar ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan tashqari, sinflar kichik bo‘lgani sababli har bir o‘quvchiga individual yondashuv ta’minlanadi. Xususan, O'zbekiston hududidagi 70 % nodavlat talim muassasalarida o'quvchilar soni 15 nafardan oshmaydi. Qolaversa, bunday o'quv maskanlarida o‘qituvchilarning malakasi nisbatan yuqori bo‘lib, chet tillari va qo‘shimcha fanlar chuqurroq o‘rgatiladi. Misol tariqasida, “Ibrat school”, “Adab school”, “Registon” kabilarda muallimlarga o'z mutaxassislik fanlariga qo'shimcha ravishda rus va ingliz tillarini B2 darajada bilish talabi qo'yiladi. Masala yuzasidan ikkinchi tomon vakillari esa, umumta'lim maktablarining ham o'ziga xos ustunliklari borligini ta'kidlashadi. Birinchidan, davlat maktablari ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi va bolani turli muhitga moslashishga o‘rgatadi. Ikkinchidan, mazkur muassasalarda aksariyat tajribali, yillar davomida faoliyat olib borayotgan ustozlar mavjud bo‘lib, ular o'z sohalarini mustahkam egallashgan. “Ta'lim fidoyisi” jurnalida chop etilgan ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi kunda maktablarimizda 2000 dan ziyod ko'p yillik tajriba ega o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Uchinchidan, bepul umumiy ta’lim ijtimoiy tenglikni ta’minlashga xizmat qiladi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlari ham moddiy imkoniyatidan qat’i nazar sifatli bilim olish imkoniga ega bo‘ladilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bepul ta’lim tizimi mavjud mamlakatlarda bolalarning maktabga qatnash darajasi yuqori bo‘lib, erta mehnatga majbur bo‘lish holatlari kamayadi. Bu esa kelajakda malakali kadrlar yetishib chiqishiga va jamiyatning umumiy iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fikrimcha, bolani umumtalim maktabida o'qitish uning kelajak hayoti uchun muhimroq hisoblanadi. Chunki davlat maktablarida o'quvchilar mustaqil fikrlash va muammolarni o'z kuchi bilan hal qilishga o'rganadi. Bunday ta'lim muassasalarida sharoitlar har doim ham mukammal bo'lmasligi mumkin, lekin aynan shu holat bolani qiyinchiliklarga moslashtiradi. Shuningdek, o'quvchi raqobat muhitida ulgayadi. Sinfxonalarda o'rganuvchilar soni ko'pligi har bir bolani oz ustida tinimsiz ishlashga undaydi va bu oz navbatida uning kelgusi hayotida har qanday vaziyatda ham intilib yashashga tayyorlaydi. Xulosa qilib aytganda, umumtalim maktablari bolani faqat bilim bilan emas, balki hayotiy tajriba, qat'iyat va mustaqillik bilan taminlaydi. Natijada, ertamiz egalari hisoblangan yosh avlod jamiyatning faol va ma'suliyatli a'zosi bo'lib voyaga yetadi. @esse_u
Repost from Samgin Qurbonov
#esse
Aprel oyidagi imtihonga kiruvchilar quyidagi mavzularda esse yozib tayyorlanib qo`yishi tavsiya etiladi:
✅ Onlayn to`lov tizimlariga o`tish masalasi.
✅ Shaharlarda pullik avtoturargohlarning tashkil etilishi.
✅ Ta`limda izohli baholash masalasi.
✅ Ekologiya muammolari.
✅ Xususiy maktablar ta`limi masalasi.
✅ Suv resurslari taqchilligi.
✅ Jamoat joylarida videokuzatuv kameralari masalasi.
✅ Onlayn xaridlar masalasi.
✅ Ta`limda sun`iy intellektdan foydalanish masalasi.
✅@samgin_qurbonov
Ayniqsa: vergul kerakmi, kerakmasmi?
Vergul kerak:Ayniqsa modal soʻz boʻlib kelib kelsa. Bunda u xususan soʻziga maʼnodosh boʻladi. Ikkovini bemalol almashlab qoʻllash mumkin: Yormatni, ayniqsa, Gulsumbibini oʻylab, ularga achindi. (Yormatni, xususan, Gulsumbibini oʻylab, ularga achindi.)
Vergul kerak emas:Ayniqsa soʻzi juda ham, gʻoyat darajada, benihoyat maʼnolarini anglatsa. Atom energiyasidan foydalanishning istiqboli ayniqsa kengdir. (Atom energiyasidan foydalanishning istiqboli juda ham kengdir) ❗️ Bir chalgʻituvchi holat bor. Ayniqsa soʻzi taʼkid, kuchaytirish maʼnosida kelganda tajribali muharrirlar ham vergul qoʻyish-qoʻymaslikda oʻylanib qoladi. Kitoblarda, jumladan, izohli lugʻatda ham baʼzan vergul ishlatilgan, baʼzan ishlatilmagan. Chunki bunda vergul gapdagi kuch, mantiqiy urgʻuni susaytiradi: 1. Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa ham, azbaroyi meni yolgʻiz tashlab qoʻyganingizdan aytdim. 2. Gulnoz ayniqsa bu oqshom beorom. © Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring: @esse_u
Borliqdagi har bir ne'mat o'z qiymatiga ega bo'lgani kabi suv, elektr, tabiiy gaz singari resurslar ham muayyan tartibda baholanib boriladi. Xususan, ayrimlar ularning evaziga to'planadigan summaning yuqori bo'lishi is'temolchilar orasida tejamkorlikni ta'minlaydi desa, boshqalar, aksincha, to'lovlar miqdorini qisqartirish tarafdori. Xo'sh, aslida qarashlarning qay biri haqiqatan o'rinli?
Mazkur holat yuzasidan birinchi toifa vakillarining fikricha, maishiy to'lovlar qiymatining past bo'lishi bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, arzon narxlar jamiyatning barcha qatlamlari, xususan, kam ta'minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj yoxud nogironligi bor kishilar uchun qulay hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, hozirda aholidan yug'iladigan soliqning qariyb 30% i shu toifa vakillari hissasiga to'g'ri keladi. Ikkinchidan, agar kommunal to'lov miqdori hamyonbop bo'lsa, kishilar uni kechiktirmay, tez fursatlarda to'laydi. Bu esa har ikki tomon (davlat va fuqaro) yelkasidan ortiqcha ovoragarchilik va stress yukini oladi. Uchinchidan, kommunal soliqlardan orttirligan mablag' oilaning boshqa maishiy xarajatlar: uy ta'mirlash, mashina sotib olish, sayohat qilshga sarflanadi.
Mavzu yuzasidan ikkinchi qarash vakillarining ham yetarlicha asosga ega. Avvalo, maishiy xizmatlar uchun to'lanadigan summaning oshishi aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga olib keladi. "Mon achch'ig'i-jon achchig'i",- deganlaridek is'temolchilar suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi kabi qayta tiklanmas ne'matlarni e'zozlashga o'rganadi. Qolaversa, soliqlardan keladigan tushum evaziga mamlakatda osonlashtirish ishlari olib boriladi, yangidan yangi maskanlar, zamonaviy inshootlar qad rostlaydi. Shuningdek, aholidan yig'iladigan mablag'lar vaqt o'tib nafaqa, maosh, ijtimoiy yordam shaklida kishilarning o'zlariga qaytariladi, ta'lim, tibbiyot kabi dolzarb sohalarning rivojiga yo'naltiriladi. Davlat Moliya Vazirligining bergan rasmiy hisobotiga ko'ra, 2025-yilda yig'ilgan soliqlarning 1/3 qismi respublika bo'ylab ta'mirtalab shifoxonlar, maktab va bog'chalarning qayta qurilishiga sarflangan.
Fikrimcha, kommunal to'lovlar miqdorining oshirlishi-eng oqilona qaror. Bu insonlarni tejamkorlikka, ona tabiat taqdim etgan ne'matlarni qadrlashga o'rgatadi. Yaponiya, Koreya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan davlatlar tajribasi ham shuni ko'rsatadiki, maishiy ehtiyojlar uchun to'lanadigan mablag'ning yuqori bo'lishi is'temolchilar orasida mas'uliyat va javobgarlik hissini bir necha barobarga oshiradi.
Muxtasar aytganda, har narsaning intihosi bo'lganidek, bizga berilgan ne'matlar-suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi kun kelib tugaydi. Ularni tejab, me'yorida ishlatish kerakki, zero kelajak avlodlarga ham yetib borsin. Agar narxlarni oshirish orqali mazkur resurslarning qadrlanishiga erishish mumkin bo'lsa nega endi bunday qilinmasin?
@esse_u
Hozirgi kunda ba’zilar kommunal to‘lovlarning narxini kamaytirish kerakligini ta’kidlashadi. Boshqalar esa narxlarni ko‘paytirish orqali insonlarni tejamkorlikka chorlash mumkin deb o‘ylashadi.
