en
Feedback
namunaviy esselar

namunaviy esselar

Open in Telegram

Assalomu alaykum, bu yerda milliy sertifikat tipida yozilgan na'munaviy esselarimni ulashib boraman ✉️ Manba bilan oling!

Show more
272
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1230 days
Posts Archive
Siz qaysilarini o'qigansiz?
Siz qaysilarini o'qigansiz?

Maktablarda akademik bilimlarga qo'shimcha ravishda hayotiy ko'nikmalar ham o'rgatilishi kerakmi yoki yo'q?
Insonning qay usulda ilm olishi har doim ham dolzarb masala bo'lib kelgan. Bu borada jamiyatimiz vakillari ikki guruhga bolinadi. Bazilar ta'lim muassasalarida, asosan, akademik bilimlar berilishi kerak desa, boshqalar bolaga kelgusida asqatadigan ko'nikmalarni ham maktab dasturiga qo'shish tarafdori. Xo'sh, aslida qarashlarning qay biri ertamiz egalari uchun manfaatliroq? Mavzu yuzasidan birinchi guruh vakillarining fikricha, matematika, tarix, fizika kabi fanlarning o'qitilishi o'quvchining kelgusi maqsadlarini amalga oshirishda asos bolib xizmat qiladi. Kishi qanday kasb tanlashidan qat'iy nazar o'z sohasiga aloqador bilimlarni chuqur o'rganishi kerak. Zero, biologiyani bilmasdan shifokor, geometriyani bilmasdan arxitektor bo'lish imkonsiz. Qolaversa, bu tizimda o'quvchini baholash oson va adolatli. Standartlashtirilgan test sinovlari maktab davrida ham, universitetda ham ilm toliblarining saloyihatini aniq va shaffof tarzda o'lchab beradi. Singapur, Gonkong kabi rivojlangan davlatlar tajribasida bir necha bosqichli imtihon shakllaridan foydalanadi va bu tizim barqarorligini ta'minlab turadi. Mavzu yuzasidan ikkinchi tomon vakillarining fikricha, maktab dasturlariga real hayotda zarur bo'lgan ko'nikmalarni olib kirish bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, bu ilmlar bolaning jamiyatga moslashishini osonlashtiradi. Xususan, moliyaviy savodxonlik iqtisodiy masalarni hal etishga, pulni tejab ishlatishga o'rgatsa, muomila madaniyati kishilar bilan muloqotda, do‘stlik va hamkorlikni ta'minlashda asqatadi. Ikkinchidan, bu kabi xislatlar ishga joylashishda ham muhim. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, 65% ish beruvchilar o'z xodimlarida kommunikativlik, vaqtni to'g'ri taqsimlash va yetakchilik qobiliyatlari bo'lishi talab etiladi. Fikrimcha, ilm dargohlarining asosiy maqsadi va vazifasi o'quvchini kelajakda nafaqat yaxshi kadr, balki, yaxshi inson qilib tarbiyalashdan iborat. Shunday ekan, maktablardagi darslar muayyan fanlar doirasida cheklanib qolmasligi, ularni kundalik turmushga bog'lash va real muammolarga yechim sifatida taqdim etish kerak. Muxtasar aytganda, zamonaviy tizimda o'qitiladigan fanlar muhim, biroq ular bilan biroq ular bilan bir qator hayotiy ko'nikmalarning ham o'rgatilishi ertamiz egalarining kelajakda komil inson bo'lib yetishishlariga xizmat qiladi. Zero, to'g'ri tanlov-kelajak muqaddimasi. @esse_u

5. To'g'risini toping
Anonymous voting

4. To'g'risini toping
Anonymous voting

3. To'g'risini toping
Anonymous voting

2. To'g'risini toping
Anonymous voting

1. To'g'risini toping
Anonymous voting

https://mutolaa.com/book/el-klassiko Shunday asar borligini bilarmidingiz?😅
https://mutolaa.com/book/el-klassiko Shunday asar borligini bilarmidingiz?😅

❗️❗️❗️❗️ ❤️‍🔥 Ajoyib xushxabar! ✍️ Xabaringiz bor, ertaga (6-may 19:00) BBA ning original testlari asosida Mock test o'tkazmoqdaman. ✏️ Esse ham yozasiz, yozma ishlarni SUN'IY INTELLEKT baholaydi. Natijalar Rash modeli asosida chiqariladi. 📌 👏 Eng yuqori natija ko'rsatgan 5️⃣ ta talabgorga 💵 100 ming so'mdan pul mukofoti 🔥 beriladi. ⚠️ Testda ishtirok etish shartlari bu yerda tushuntirilgan. 😎 Xabarni barchaga yetkazing! ✔️ @Akbar_Otaboyev

⚡️3-may I smena esse mavzusi: Ayrimlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda zavod va fabrikalarning sonini ko'paytirish zarurligini aytishsa, boshqalar zavod va fabrikalarning kopayishi bir qator muammolarga  sabab bo'lishini aytishadi. ⚡️3-may II smena esse mavzusi: Har mavsumda yangi kiyim-kechaklar urf bo'lishi va tez  urfdan qolishini ayrimlar madaniy taraqqiyot belgisi deb talqin qiladi, ayrimlar iqtisodiy-ekologik muammoga olib keladi deyishadi. @esse_u

Buni ham!

Imtihonga endi kiradiganlar quyidagi esse mavzusi bilan tanishib qo'yishi tavsiya etiladi.

Bugungi kunda ota-onalar farzandlariga erta yoshdan pul berish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Ayrimlar bu bolalarda moliyaviy savodxonlikni shakllantiradi deb hisoblashadi, boshqalar esa bu ularni isrofgarchilikka va noto‘g‘ri qadriyatlarga o‘rgatadi deb xavotir bildirishadi.
Farzand tarbiyadi har qachon ham dolzarb bo‘lib kelgan. Xususan, bolaga kichik yoshdan pul berish masalasi jamiyat a’zolarini ikki guruhga ajratadi. Ba’zilar mazkur qarorni qo'llab-quvvatlasa, boshqalar uning salbiy oqibatlaridan xavotirda. Xo‘sh, aslda qarashlarning qaysi biri haqiqatga yaqin? Ayrim kishilarning bu borada tashvishlanishiga yetarlicha asoslar mavjud. Avvalo, bolaga kichikligidan "cho'ntak puli" sifatida beriladigan mablag‘ isrofgarchilikka sabab bo‘lishi mumkin. Negaki, 10-12 yoshgacha bo‘lgan davrda inson pulning haqiqiy qiymatini anglamaydi. O'smirlik davriga o‘tibgina, unda mablag‘ni ongli boshqarish hissi shakllanadi. Qolaversa, farzandning pulga haddan tashqari bog‘lanishi vaqtlar o'tib ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, moddiy manfaatni qadriyatlardan ustun qo'yish va hamma narsani pul bilan "o'lchash" ga sabab bo'lishi mumkin. Mavzu yuzasidan ikkinchi tomon vakillar esa, bolaga erta yoshdan pul berishning ham afzalliklari borligini bo‘lishini ta'kidlashadi. Birinchidan, mablag‘ni qanday sarflash, tejash va rejalashtirish orqali moliyaviy savodxonlik shakllanadi. Ikkinchidan, farzand ota-onasining ishonchini yo'qotmaslik uchun ham mablag‘ni to‘g‘ri sarflashga harakat qiladi va unda ma'suliyat, javobgarlik hissi oshadi. Uchinchidan, o‘z xarajatlarini qisman bo'lsada qoplash, bolaga mustaqillik hissini beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu tarzda tarbiyalangan kishilar kelgusida hayotlarida ham mustahkam ishonch va qat'iyat bilan yashaydi. Mening fikrimcha, farzandni kichikligidan moddiy quvvatlash lozim. Shundagina u o‘zini "kattalardek", jamiyatning bir vakilidek his qiladi. Agar bu mablag‘ shunchaki emas, tartibli qilingan uy ishlari (xonani tozalash, o‘yinchoqlarni yig‘ish) yoki darslar evaziga "mukofot" tarzida berilsa, qiymati ham oshadi. Aksincha, bolaning moliyaviy imkoniyalari cheklansa, oqibatda turli qing'ir ishlarni qilishi, jinoyat ko‘chasiga kirib qolishi mumkin. Muxtasar aytganda, ertamiz egalariga kundalik ehtiyojlar yoxud rag'batlantirish yuzasidan pul berib turilishi yaxshi, ammo bunda me'yorini unutmaslik lozim. Zero, "Asalning ham ozi shirin." @esse_u

💜💜💜 💚💚💚 Ma'lumki, milliy sertifikat imtihonida 36-raqamdagi testda shakldosh iboralardan test shakllantirilgan. ➡️ Mazk
💜💜💜 💚💚💚 Ma'lumki, milliy sertifikat imtihonida 36-raqamdagi testda shakldosh iboralardan test shakllantirilgan. ➡️ Mazkur iboralarni yodlab qo'yish tavsiya etiladi. ✔️ @Akbar_Otaboyev

Ayrimlar Orol dengizi muammosini hal qilish kech deb hisoblaydi, boshqalar esa hali ham imkon bor deydi. Siz nima deb o‘ylaysiz?
So'nggi yillarda ekologiya, xususan, Orol masalasi jamoatchilik vakillarining e’tibor markazida. Bir guruh kishilar, zarur chora-tadbirlar ko'rilsa, dengizni butkul yo‘qolib ketishdan saqlab qolish mumkinligini aytadi. Boshqalar esa, buni amalda bajarish imkonsiz deb hisoblashadi. Xo'sh, aslida qarashlarning qay biri haqiqatga yaqin? Ayrimlarning mazkur fikrni yoqlamasligiga yetarlicha sabablar mavjud. Birinchidan, Orolning katta hududi avvalgi hajmini yo'qotgan bo'lib, hozirda uning atigi 1/4 qismigina saqlanib qolgan. Ikkinchidan, dengiz bo'yi aholisi hali-hanuz undan maishiy ehtiyojlar—chorva mollarini sug'orish, irrigatsiya hamda iste'mol uchun foydalanib keladi va bu vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin. Uchinchidan, so'nggi yillarda sodir bo'layotgan iqlim o'zgarishi, havo haroratining keskin ko'tarilishi oqibatida ko'plab suv resurslari qisqarib bormoqda. Agar bu jarayon davom etsa, yaqin 20 yil ichida Orol dengizining janubiy qismi butunlay cho'lga aylanadi. Mavzu yuzasidan ikkinchi tomon vakillari ham o'z dalillariga ega. Orolning shimoliy qismi hukumatning to'g'onlar qurish va suv iste'molini boshqarish orqali qisman tiklandi. Bu esa muammoning butunlay yechimsiz emasligini ko'rsatadi. Qolaversa, yaratilayotgan texnologiyalar, suvni tejovchi qurilmalar, tizimli irrigatsiya va tomchilab sug'orish orqali vaziyatni ma’lum miqdorda yaxshilash mumkin. Stanford universiteti o'tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar dengiz suvining yiliga 3 foizini qaytara oladi. Mening fikrimcha, qanchalar mushkul va imkonsiz tuyilmasin, bor kuch-g‘ayratni ishga solib Orolni asrab qolish lozim. Negaki, u qadim ota-bobolarimizdan qolgan boylik, mahalliy aholining yagona suv manbai, ko‘plab baliqlar va boshqa jonzotlar uchun vatan hisoblanadi. Hozirgi davr imkoniyatlari, mavjud texnologiyalar, UNESCO, BMT kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan ko'rsatilayotgan yordam hisobga olinsa, Orolni saqlab qolishga hali umid bor. Muxtasar aytganda, ma'lum chora-tadbirlar orqali dengizni qisman bo‘lsa-da saqlab qolish mumkin. Faqat bu vaqt, mablag‘ va insoniyatning birlashib, yakdil harakat qilishini talab qiladi. Zero, "Kuch—birlikda". @esse_u

imtihonim o'tdi deb aytishmaydi, lekin belgilari bo'ladi😅
imtihonim o'tdi deb aytishmaydi, lekin belgilari bo'ladi😅

Har ikkisi ham yaxshi, tushunarli mavzular bemalol yozsa bo'ladi.

26-aprel I smena esse mavzusi: Ayrimlar moliyaviy barqarorlikka erishish uchun davlat tashkilotlarida ishlash lozim ekanligini ta'kidlasa, ba'zilar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish lozim deb hisoblaydi. 26-APREL II smena esse mavzu: Ba‘zilar bir kasbda muntazam ishlashni afzal koʻrishsa, ayrimlar zamonaviy dunyo ish oʻrinlarini tez-tez almashtirishini talab qiladi. @esse_u

✍️ 25-aprel, I smena esse mavzusi: So‘nggi yillarda ta’limdagi muammolarni hal etish maqsadida malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilmoqda. Bu masala turli qarashlarga sabab bo‘lmoqda: • Ayrimlar ularning til egalari sifatida xorijiy tillarni samarali o‘rgatishini ta’kidlaydi. • Boshqalar esa ularga mahalliy mutaxassislarga nisbatan yuqori maosh berilayotganidan norozi. ✍️ 25-aprel, II smena esse mavzusi: Ayrimlar tarixiy obidalarni saqlashga va taʼmirlashga mablagʻ ajratish kerakligini aytishsa, boshqalar unga ajratishdan koʻra jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga mablagʻ ajratish kerakligini aytishadi. @esse_u

Bugun imtihonga kiruvchilar uchun muhim tavsiyalar:
1. Esse topshiriq matnini to‘liq o‘qib chiqing
Ko‘pchilik mavzuni chuqur anglamasdan yozishni boshlaydi. Natijada esse asosiy savoldan chetlashib ketadi. Avval sizdan nima so‘ralyotganini aniqlang: fikr bildirishmi? solishtirishmi? muammoni tahlil qilishmi?
2. Kirish va xulosaga ortiqcha vaqt sarflamang
Asosiy baho — asosiy qismga beriladi. Kirish va xulosada yangi fikrlar shart emas. Ular qisqa, lo‘nda va aniq bo‘lishi kerak.
3.Yozishdan oldin reja tuzing
Qoralama bilan ishlash sizni vaqt yo‘qotishdan saqlaydi: har ikki tomonga argumentlar dalillar va misollar sizning pozitsiyangiz ishlatadigan maqol yoki iboralarni yozib chiqing. ❗️Rejasiz yozilgan esse — tartibsiz fikrlar to‘plamiga aylanadi.
4. “Tesha tegmagan” fikrlarni izlamang!
Oddiy fikrlar ham yuqori baho oladi, agar: dalillar bilan mustahkamlangan tahlil qilingan leksika boy ishlatilgan bo‘lsa.
5. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang
10 daqiqa — qoralama va reja 45–50 daqiqa — asosiy esseni yozish 5 daqiqa — tekshirish va xatolarni tuzatishga sarflang.
6. Esseni birinchi yozmang
Xohlaysizmi yo'qmi, yozishga kirishgach vaqtni nazorat qila olmay qolasiz. Yaxshisi avval mavzuni o'qib oling, xotirjam bo'lasiz. So'ng test yechishni boshlang. Orada fikrlar kelib qolsa, qoralama qilib yozib qo'ying. Kalitlarni javoblar varaqasiga ko'chirgach, essega o'ting.
Hammaga omad!
@esse_u