en
Feedback
namunaviy esselar

namunaviy esselar

Open in Telegram

Assalomu alaykum, bu yerda milliy sertifikat tipida yozilgan na'munaviy esselarimni ulashib boraman ✉️ Manba bilan oling!

Show more
272
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1230 days
Posts Archive
hamd🥹🤍
hamd🥹🤍

natijalar chiqibdiii

Siz nechta so'zni to'g'ri topdingiz?

5. To'g'risini toping
Anonymous voting

4. To'g'risini toping
Anonymous voting

3. To'g'risini toping
Anonymous voting

2. To'g'risini toping
Anonymous voting

1. To'g'risini toping
Anonymous voting

❤️❤️❤️ Assalomu alaykum, ustoz! Natijalar 23-iyunda chiqar ekan. Abituriyentlarning OTM ga qabul jarayoni 5-25-iyun oralig'ida davom etsa, bizda 2 kun vaqt bo'ladi va o'sha kunlar davomida sayt qotib qolsa, nima qilamiz? 💚💚💚 Vaalaykum assalom. Ma'lumki, ona tili va adabiyot fanidan 230 mingdan ortiq talabgor imtihon topshirdi. Bu talabgorlar orasida majburiy qism uchun imtihonga kirgan abituriyentlar ham nihoyatda ko'p. Haqiqatan ham, 23-iyun kuni natijalar chiqsa, qolgan 2 kun ichida, ya'ni 25-iyungacha OTM qabuliga ro'yxatdan o'tadigan abituriyentlar soni juda ko'p bo'lishi va saytda turli muammolar yuzaga kelishi kutilmoqda. Biroq hozirda talabgorlarning esselari tezkorlik bilan tekshirilmoqda. 23-iyundan oldin e'lon qilinishi mumkin. Mabodo 23-iyun kuni e'lon qilinadigan bo'lsa, OTM ga qabul kunlari uzaytiriladi. Xulosa: BMBA OTM ga qabul jarayonlarida abituriyentlarga qulaylik yaratadi. Shuning uchun talabgorlardan tashvishlanmasliklarini va sabr bilan natijalarini kutishlarini so'rab qolaman. ✔️ @Akbar_Otaboyev

Repost from N/a
Voice message05:26

photo content
+1

Izohga tekshirtirmoqchi bo'lgan essengizni tashlang ✍🏻

Biror kun kanalda jonli dars tashkillab, esse tahlil qilsak nima deysizlar?

Barchangizga bugungi Qurbon hayiti muborak bo’lsin!

➡️4-may, I smena, esse mavzusi: So'nggi yillarda ta'lim tizimida jahon standartlariga mos yotoqli maktablar faoliyat olib bormoqda. Bir guruh insonlar yotoqli maktablar o'quvchilarning akademik natijasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi desa, boshqa guruh insonlar jahon stantartlariga mos yotoqli maktablar psixologik va ijtimoiy muammolarni vujudga keltiradi degan fikrni ilgari suradi. ➡️4-may, II smena, esse mavzusi: Jamiyatning bir qatlami oliy muassasaga qabul qilishda imtihon natijalari bilan bir qatorda abituriyentlar portfoliosini inobatga olishini aytadi, boshqalar esa bu tizim adolatli boʻlishidan shubha qilmoqda. ➡️11-may, I smena, esse mavzusi: Ayrimlar ta'lim muassasalarida "a'lochilar doskasi" tashkil etilishi rag'batlantirish vositasi deya hisoblashsa, ba’zilar bunga salbiy fikr bildirishmoqda. ➡️11-may, II smena, esse mavzusi: Ayrimlar bolalarning ism, familiya va sharifi borasida qat'iy tartib bo'lishi va buni davlat nazorat qilishi kerak deb hisoblasa, ba’zilar bu masala ota-onalarning erkin tanlovi ekanini ta'kidlaydi. ➡️12-may, I smena, esse mavzusi: Ayrimlar jamoat-tartib qoidalarini targʻib qilishda fuqarolar mas'ul deb hisoblasa, boshqalar buni huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar amalga oshirishini taʼkidlashadi ➡️12-may, II smena, esse mavzusi: Ayrimlar iste'mol mahsulotlarining narx-navosi ustidan qat'iy nazorat qilish zarurligini ta'kidlashsa, boshqalar buning bozor iqtisodiyoti va erkin raqobatga xalaqit berishini aytishadi. ➡️13-may, I smena, esse mavzusi: Quyidagi ikki qarama-qarshi fikrni tahlil qiling: — Reklama, narx-navo va axborot vositalaridagi imloviy xatolar uchun jarima solish shart. — Bunday jarima tizimini joriy etish ortiqcha cheklov va muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. ➡️13-may, II smena, esse mavzusi: Quyidagi ikki fikrni tahlil qiling: — oliy ma'lumotli mutaxassislarning boshqa sohada faoliyat yuritishi mehnat bozorida talabning o'zgarishi natijasi hisoblanadi. — oliy ma'lumotli mutaxassislarning boshqa sohada faoliyat yuritishi mehnat bozoridagi nomutanosiblik oqibati hisoblanadi. ➡️25-may esse mavzusi: — Ba'zilar an'anaviy televideniyelarni va nazoratdagi axborotni afzal kòrishadi. — Ayrimlar zamonaviy jamiyat uchun erkin raqamli kontentlarni muhim deyishadi. 🎯@Milliy_til_1🎯

Bugun imtihonga kiruvchilar uchun muhim tavsiyalar:
1. Esse topshiriq matnini to‘liq o‘qib chiqing
Ko‘pchilik mavzuni chuqur anglamasdan yozishni boshlaydi. Natijada esse asosiy savoldan chetlashib ketadi. Avval sizdan nima so‘ralyotganini aniqlang: fikr bildirishmi? solishtirishmi? muammoni tahlil qilishmi?
2. Kirish va xulosaga ortiqcha vaqt sarflamang
Asosiy baho — asosiy qismga beriladi. Kirish va xulosada yangi fikrlar shart emas. Ular qisqa, lo‘nda va aniq bo‘lishi kerak.
3.Yozishdan oldin reja tuzing
Qoralama bilan ishlash sizni vaqt yo‘qotishdan saqlaydi: har ikki tomonga argumentlar dalillar va misollar sizning pozitsiyangiz ishlatadigan maqol yoki iboralarni yozib chiqing. ❗️Rejasiz yozilgan esse — tartibsiz fikrlar to‘plamiga aylanadi.
4. “Tesha tegmagan” fikrlarni izlamang!
Oddiy fikrlar ham yuqori baho oladi, agar: dalillar bilan mustahkamlangan tahlil qilingan leksika boy ishlatilgan bo‘lsa.
5. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang
10 daqiqa — qoralama va reja 45–50 daqiqa — asosiy esseni yozish 5 daqiqa — tekshirish va xatolarni tuzatishga sarflang.
6. Esseni birinchi yozmang
Xohlaysizmi yo'qmi, yozishga kirishgach vaqtni nazorat qila olmay qolasiz. Yaxshisi avval mavzuni o'qib oling, xotirjam bo'lasiz. So'ng test yechishni boshlang. Orada fikrlar kelib qolsa, qoralama qilib yozib qo'ying. Kalitlarni javoblar varaqasiga ko'chirgach, essega o'ting.
Hammaga omad!
@esse_u

Ushbu videoda mazkur mavzuga oid argumentlar va dalillar berilgan, albatta ko'ring! https://youtu.be/KlUZ432lFjY?si=BXpGKdJz03IgN2Ga

#dolzarb Quyidagi esse mavzusiga argumentlaringizni tayyorlab qo'ying!
18 yoshdan kichik bolalarning smartfondan foydalanishga taqiq qo'yilishi kerakmi?

Siz qaysilarini o'qigansiz?
Siz qaysilarini o'qigansiz?