KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Open in Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Show more2 652
Subscribers
+17324 hours
+3297 days
+64730 days
Posts Archive
#Mustaqillikka_35_yil
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist, Kattaqo‘rg‘onlik ijodkor Fazilat Abdullayeva bilan talabalar ishtirokida mustaqillikning bebaho ne’mat ekani, uning qadriga yetish va Vatanga sadoqat haqida samimiy suhbat o‘tkazildi.
#Super_kontrakt #Qabul2026
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining super-kontrakt narxlari tasdiqlandi
2026/2027- o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining miqdorlari belgilandi.
TA’LIM GRANTINI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Akademik va Ijtimoiy komissiyasi tomonidan 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ta’lim grantini qayta taqsimlashda ishtirok etgan 371 nafar talabgorning natijalari taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, natijalar shakllantirildi.
Talabgorlar natijalar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishlari mumkin: https://katdpi.uz/grand-natijalari
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati
"MAXSUS REPORTAJ" KOʻRSATUVI
Muallif: Shahnoza Usmonova
#samarqandmtrk
Rasmiy sahifalar:✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
📢 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘rinlarni 6-yo‘nalish sifatida tanlash imkoniyati mavjud!
🔵 KUNDUZGI TA’LIM
⚡️ 60710400 — Energetika muhandisligi — 42 ta o‘rin
🚘 60711400 — Transport vositalari muhandisligi — 42 ta o‘rin
💻 60610200 — Axborot tizimlari va texnologiyalari — 31 ta o‘rin
🎵 60540100 — Musiqa ta’limi — 3 ta o‘rin
🟢 KECHKI TA’LIM
🛠 60111300 — Texnologik ta’lim — 9 ta o‘rin
🧪 60530100 — Kimyo — 8 ta o‘rin
📐 60540100 — Matematika — 5 ta o‘rin
📌 MUHIM MA’LUMOT
✅ Kirish imtihonlarida 56,7 ball yoki undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar tanlovda qatnashishi mumkin.
✅ Tanlanadigan yo‘nalishning fanlar majmuasi va ta’lim tili abituriyent topshirgan yo‘nalishga mos bo‘lishi shart.
✅ Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
#Milli_kontent
#Mustaqillikka_35_yil
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 2026–2027-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tish ballari...
❓ Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?
Ariza topshirish tartibi: ⬇️
➡️ ️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
➡️ Yotoqxonaga navbatni tekshirish
😀 @OTM_Edu — obuna boling!
+6
#Payshanba_yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar
“Payshanba – yoshlar kuni” doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Registrator ofisi boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha institutda tahsil olish istagidagi abituriyentlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikkinchi mutaxassislikka o‘qishga qabul qilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi hamda ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.
Ayni vaqtda ICISSS 2026 xalqaro ilmiy konferensiyasi Zoom platformasida davom etmoqda.
💻 Zoom: https://bit.ly/ICISSS-UMG2026
🆔 Meeting ID: 873 0722 1068
🔐 Passcode: ICISSS2026
Barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarni konferensiya ishida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Repost from Edu.uz
#rasmiy_xabar
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:
📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi;
📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;
📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;
📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;
📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;
📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;
📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;
📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;
📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi;
📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi;
📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Eng yaxshi tyutor” tanlovi e’lon qilinadi!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tyutorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘z kasbiga sadoqatli, mas’uliyatli, mehnatsevar va tashabbuskor tyutorlarni aniqlash hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.
Mazkur tanlov doirasida tyutorlarning zamonaviy pedagogik, psixologik va tashkiliy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdagi faoliyati, shuningdek, kitobxonlik, tashabbuskorlik va targ‘ibotchilik yo‘nalishlaridagi ishlari baholanadi.
📅 Sana: 2026-yil 21-avgust
🕚 Vaqti: soat 10:00
📍 Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti, “A” bino, 108-xona
Tanlov nizomi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Institutda faoliyat olib borayotgan barcha tyutorlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Batafsil:👉 https://katdpi.uz/elonlar/31
Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
🏠 IJARA XONADONI IZLAYAPSIZMI?
Yangi ijara xonadonlari haqidagi e’lonlar, narxlar, manzil va boshqa ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish uchun @KDPI_ijara kanaliga obuna bo‘ling! 📲
🔔 Yangi e’lonlar — bevosita smartfoningizda!
🏡 Qulay va hamyonbop ijara xonadonlarini toping.
👉 @KDPI_ijara — talabalar uchun ijara xonadonlari!
Obuna bo‘ling va ijara imkoniyatlaridan bexabar qolmang! 🚀
@KDPI_ijara
