en
Feedback
KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

Open in Telegram

Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat

Show more
2 652
Subscribers
+17324 hours
+3297 days
+64730 days
Posts Archive
📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘
📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘rinlarni 6-yo‘nalish sifatida tanlash imkoniyati mavjud! 🔵 KUNDUZGI TA’LIM ⚡️ 60710400 — Energetika muhandisligi — 42 ta o‘rin 🚘 60711400 — Transport vositalari muhandisligi — 42 ta o‘rin 💻 60610200 — Axborot tizimlari va texnologiyalari — 31 ta o‘rin 🎵 60540100 — Musiqa ta’limi — 3 ta o‘rin 🟢 KECHKI TA’LIM 🛠 60111300 — Texnologik ta’lim — 9 ta o‘rin 🧪 60530100 — Kimyo — 8 ta o‘rin 📐 60540100 — Matematika — 5 ta o‘rin 📌 MUHIM MA’LUMOT ✅ Kirish imtihonlarida 56,7 ball yoki undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar tanlovda qatnashishi mumkin. ✅ Tanlanadigan yo‘nalishning fanlar majmuasi va ta’lim tili abituriyent topshirgan yo‘nalishga mos bo‘lishi shart. ✅ Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Taqriz Nabiyeva D.pdf4.33 KB

#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida super-kontrakt arzonlashtirildi Kattaqo‘rg‘on d
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida super-kontrakt arzonlashtirildi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan, biroq 56,7 balldan kam bo‘lmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari arzonlashtirildi. Mazkur qaror abituriyentlar va ularning ota-onalariga moliyaviy yengillik yaratish, shuningdek, qo‘shimcha to‘lov asosida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Jumladan, o‘zbek tili va adabiyoti, xorijiy til va adabiyoti hamda rus tili ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan super-kontrakt miqdori 6 barobardan 5 barobarga kamaytirildi. Shuningdek, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilangan tartibda kamaytirildi.

#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtiroc
#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#Tyutor #IshgaQabul Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilinadigan nomzodlar diqqat
#Tyutor  #IshgaQabul Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilinadigan nomzodlar diqqatiga! Tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilish amaldagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Shu bois, mazkur lavozimga nomzodlar ishga qabul qilish tartibi hamda qo‘yiladigan talablar bilan oldindan tanishib chiqishlari so‘raladi. Nomzodlar belgilangan nizom talablari asosida saralab olinadi. Ishga qabul qilish jarayonida nomzodlarning tegishli malakasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalari hamda belgilangan mezonlarga muvofiqligi inobatga olinadi. Hurmatli nomzodlar! Ishga qabul qilish jarayonida shaffoflik, xolislik va belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etiladi.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti dunyoning nufuzli ilmiy ma’lumotlar bazalaridan biri — Scopus (Elsevier) tizimida r
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti dunyoning nufuzli ilmiy ma’lumotlar bazalaridan biri — Scopus (Elsevier) tizimida rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mazkur natija institutning ilmiy-tadqiqot salohiyati va ilmiy faoliyati xalqaro miqyosda rivojlanib borayotganining muhim ko‘rsatkichidir. Scopus tizimida qayd etilish institut professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini yanada oshirish, nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish hamda xorijiy ilmiy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda institut oldida ilmiy nashrlar sifatini va sonini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash kabi muhim vazifalar turibdi. Bu — Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam!

Repost from Edu.uz
#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahri
#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan. ❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. ❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ☝️Muhim eslatma! ❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. 🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘
📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘rinlarni 6-yo‘nalish sifatida tanlash imkoniyati mavjud! 🔵 KUNDUZGI TA’LIM ⚡️ 60710400 — Energetika muhandisligi — 42 ta o‘rin 🚘 60711400 — Transport vositalari muhandisligi — 42 ta o‘rin 💻 60610200 — Axborot tizimlari va texnologiyalari — 31 ta o‘rin 🎵 60540100 — Musiqa ta’limi — 3 ta o‘rin 🟢 KECHKI TA’LIM 🛠 60111300 — Texnologik ta’lim — 9 ta o‘rin 🧪 60530100 — Kimyo — 8 ta o‘rin 📐 60540100 — Matematika — 5 ta o‘rin 📌 MUHIM MA’LUMOT ✅ Kirish imtihonlarida 56,7 ball yoki undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar tanlovda qatnashishi mumkin. ✅ Tanlanadigan yo‘nalishning fanlar majmuasi va ta’lim tili abituriyent topshirgan yo‘nalishga mos bo‘lishi shart. ✅ Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON!
Qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi. 📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Mustaqilyurt #YangiOʻzbekiston   #Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Istiqlolimizning 35 yilligi munosabati bilan yangi marralar sari dadil qadam tashlamoqda.

#XalqaroHamkorlik Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratov Indoneziyan
+6
#XalqaroHamkorlik Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratov Indoneziyaning Universitas Muhammadiyah Gresik (UMG) universitetida o‘tkazilgan ICISSS 2026 xalqaro konferensiyasida “World Englishes and Cultural Identity” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi. Shuningdek, UMG professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar va tajriba almashish sessiyasi tashkil etilib, zamonaviy ta’lim metodlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tashrif doirasida Micro Teaching Laboratories faoliyati o‘rganildi. Muzokaralar yakunida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro grantlar hamda qo‘shma konferensiya va seminarlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

+2
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov iqtidorli yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning innovatsion g‘oya hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy-texnik salohiyatini yuksalishiga qaratilgan davra suhbati o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining "Startup Club" jamoasi ham o‘zlarining istiqbolli loyihalari bilan faol ishtirok etishdi. Xususan, jamoa a’zolari Eshmamatov Bekjon"Tuproq tahlil qurilmasi",Yuldoshev Begzod "Smart kombayn" va Sharipov Quvonch "Ekologiya nazorati" kabi innovatsion ishlanmalarini taqdim etdilar. Tuman hokimi yoshlarning ushbu loyiha va tashabbuslarini yuqori baholab, ularning g‘oyalarini yanada rivojlantirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.