en
Feedback
KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

Open in Telegram

Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat

Show more
2 652
Subscribers
+17324 hours
+3297 days
+64730 days
Posts Archive
#33_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

#TalabalarXavfsizligi #IjaraXonadonlari Talabalar ijarada yashaydigan xonadonlarda xavfsizlik holati o‘rganildi O‘zbekiston R
+7
#TalabalarXavfsizligi #IjaraXonadonlari Talabalar ijarada yashaydigan xonadonlarda xavfsizlik holati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 10-avgustdagi 1/4/20–3828-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi A.Eshonqulov hamda yo‘nalish tyutorlari tomonidan yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar talabalar ijarada yashayotgan xonadonlarning xavfsizlik holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida xonadonlarning elektr va gaz ta’minoti, shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablari asosida holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Mazkur tadbirlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.

E’LON “2+2” dasturi asosida Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tash
E’LON
“2+2” dasturi asosida Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tashkil etilgan Muhandislik fakultetiga kirish imtihonida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga! 2026-yil 28-avgust kuni soat 14:00 da Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakulteti binosida test sinovi o‘tkaziladi.
Eslatma
Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bilan kelishlari so‘raladi. Murojaat uchun: +998993375995

#Davra_suhbati Joriy yilning 27-avgust kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madani
+7
#Davra_suhbati Joriy yilning 27-avgust kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakti qabul qilinganining 60 yilligi munosabati bilan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor F.Sirojiddinov olib bordi. Institut yuriskonsulti F.Alimov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.To‘rayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Shuningdek, institutda mazkur mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Konferensiya dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish, xorijiy hamda mahalliy ekspertlarni jalb etish, hamkor tashkilotlar bilan tashkiliy masalalarni kelishish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda bu boradagi ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🟦🟦 Qog‘ozsiz bir kun… Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va ish jarayonlarini
🟦🟦 Qog‘ozsiz bir kun… Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va ish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida har oyning oxirgi juma kuni “Qog‘ozsiz bir kun” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan bugun, 28-avgust kuni, institutdagi barcha hujjatlar almashinuvi elektron shaklda amalga oshirilishi so‘raladi. Barcha tarkibiy bo‘linmalarni mazkur tashabbusda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

+1
👍 RASMIY OGOHLANTIRISH: ❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat organlari rahbarlari nomidan fuqarolarga xabar yuborayotgan soxta akkauntlar aniqlanmoqda.
ESLATIB OʻTAMIZ: Hech bir taniqli shaxs yoki rahbar nomidan yuborilgan shubhali xabarlarga ishonmang, shaxsiy axborot, bank karta maʼlumotlari yoki pul mablagʻlaringizni bermang.
Telegram | Instagram | Youtube

Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi T
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi. 📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿Kattaqo‘rg‘on shahar “Do‘stlik” o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab o’tkazilgan bayram tadbirida harbiy orkestr va harbiy xizmatchilar tomonidan Vatanparvatlik qo’shig’i ijro etildi. Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. ✔️Rasmiy sahifalarimiz: 📱|Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📱YouTube|🌐Web-sayt

2027-yil uchun doktoranturaga qabul kvotalari tasdiqlandi Ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikas
2027-yil uchun doktoranturaga qabul kvotalari tasdiqlandi Ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik hamda tayanch doktorantura ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Mazkur qabul kvotalari tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoy
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#35ming_tashabbus Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalaridan innovatsion loyiha! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti "Startaplar klubi" a’zolari tomonidan "Tuproq tahlili" innovatsion qurilmasi loyihasi ishlab chiqildi.
Qurilmaning afzalliklari va imkoniyatlari: Aniqlik va tezkorlik: Ushbu qurilma tuproq tarkibidagi kaliy, fosfor, namlik, sho‘rlanish kabi 8 ta agrokimyo hamda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni dalaning o‘zida, bor-yo‘g‘i bir daqiqa ichida aniqlab beradi. Qulaylik: Laboratoriyasiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalada tezkor tahlil o‘tkazish imkonini yaratadi.
Talabalarimizni qo‘llab-quvvatlang! Hozirda ushbu loyiha “35 ming tashabbus” loyihasi doirasida ishtirok etmoqda. Yosh tadqiqotchilarimizning ushbu foydali va innovatsion loyihasi amaliyotga joriy etilishi uchun http://tashabbus.yito.uz saytiga kiring hamda “Tuproq tahlili” loyihasiga ovoz berib, qo‘llab-quvvatlang! Talabalarimizning bilim va tashabbuslarini birgalikda rag‘batlantiraylik!

#35ming_tashabbus Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga! 🇺🇿 “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbuslari dasturida ishtirok eting! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbuslari dasturi yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ijtimoiy loyihalari hamda amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 💡 Sizda jamiyat rivojiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oya, istiqbolli loyiha yoki foydali tashabbus bormi? Unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun! 📌 Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar qabul qilinadi: 🔹 ekologiya va atrof-muhit; 🔹 ta’lim va tarbiya; 🔹 fan, innovatsiyalar va texnologiyalar; 🔹 muhandislik va sanoat; 🔹 raqamli texnologiyalar; 🔹 sog‘liqni saqlash; 🔹 ijtimoiy tashabbuslar; 🔹 madaniyat, sport va turizm. ✅ Dasturda ishtirok etish ixtiyoriy va mutlaqo bepul. Unda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin. Hurmatli talabalar! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Sizni yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oya va tashabbuslaringiz bilan mazkur umummilliy dasturda faol ishtirok etishga chorlaydi. 📣 Institutimiz talabalari tomonidan ilgari surilgan eng yaxshi tashabbuslar rasmiy sahifalarimizda #35ming_tashabbus heshtegi ostida muntazam yoritib boriladi.

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi. 📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘
📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘rinlarni 6-yo‘nalish sifatida tanlash imkoniyati mavjud! 🔵 KUNDUZGI TA’LIM ⚡️ 60710400 — Energetika muhandisligi — 42 ta o‘rin 🚘 60711400 — Transport vositalari muhandisligi — 42 ta o‘rin 💻 60610200 — Axborot tizimlari va texnologiyalari — 31 ta o‘rin 🎵 60540100 — Musiqa ta’limi — 3 ta o‘rin 🟢 KECHKI TA’LIM 🛠 60111300 — Texnologik ta’lim — 9 ta o‘rin 🧪 60530100 — Kimyo — 8 ta o‘rin 📐 60540100 — Matematika — 5 ta o‘rin 📌 MUHIM MA’LUMOT ✅ Kirish imtihonlarida 56,7 ball yoki undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar tanlovda qatnashishi mumkin. ✅ Tanlanadigan yo‘nalishning fanlar majmuasi va ta’lim tili abituriyent topshirgan yo‘nalishga mos bo‘lishi shart. ✅ Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Taqriz Nabiyeva D.pdf4.33 KB