KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Open in Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Show more2 634
Subscribers
+7024 hours
+1607 days
+47030 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa:
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim ma’naviy-ma’rifiy nashr tayyorlandi. “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.
Kitobning bosh g‘oyasi bir jumlada mujassam: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!” Bu shunchaki da’vat emas. Bu — birlikka chaqiriq. Bu — tarixiy mas’uliyat. Bu — kelajakka ishonch. Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga undaydigan ezgu maqsad!Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan. Yana bir muhim jihat: nashr infografikalar bilan boyitilgan. Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.
Mazkur qo‘llanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri idrok etishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat o‘rganuvchi emas, balki
Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkor
lardir.Shu nuqtai nazardan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘la oladi. Kirobning elektron shakli Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Repost from Edu.uz
#natija #oʻqishnikoʻchirish
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📚 “MARTIN IDEN” KITOBXONLIK TANLOVI BOSHLANADI!
🏆Jek Londonning mashhur “Martin Iden” asarini 2 oy davomida o‘qing va yakunda o‘tkaziladigan test sinovida o‘z bilimingizni namoyish eting!
📖Tanlov sharti: 2 oy davomida “Martin Iden” kitobini o‘qish → yakuniy test → eng yuqori natijalar bo‘yicha 5 ta g‘olib aniqlanadi! 🎯
🎁G‘oliblar uchun sovrinlar:
🥇1-o‘rin — iPhone 17 Pro Max📱
🥈2-o‘rin — Batumiga sayohat chiptasi ✈️
🥉3-o‘rin — HP noutbuk 💻
🏅4-o‘rin — planshet / smartfon 📱
🏅5-o‘rin — 43 dyuymli televizor 📹
✨Kitob o‘qing. Bilimingizni sinang. Qimmatbaho sovrinlardan biriga ega bo‘ling!
📌Ishtirok etish va murojaat uchun: ➡️@kitobxonliktanlovibot
⚡️Joylar soni cheklangan — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Repost from Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
—
C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📢ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027 o‘quv yili qabuli bo‘yicha vakant qolgan o‘rinlarni 6-yo‘nalish sifatida tanlash imkoniyati mavjud!
🔵 KUNDUZGI TA’LIM
⚡️ 60710400 — Energetika muhandisligi — 42 ta o‘rin
🚘 60711400 — Transport vositalari muhandisligi — 42 ta o‘rin
💻 60610200 — Axborot tizimlari va texnologiyalari — 31 ta o‘rin
🎵 60540100 — Musiqa ta’limi — 3 ta o‘rin
🟢 KECHKI TA’LIM
🛠 60111300 — Texnologik ta’lim — 9 ta o‘rin
🧪 60530100 — Kimyo — 8 ta o‘rin
📐 60540100 — Matematika — 5 ta o‘rin
📌 MUHIM MA’LUMOT
✅ Kirish imtihonlarida 56,7 ball yoki undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar tanlovda qatnashishi mumkin.
✅ Tanlanadigan yo‘nalishning fanlar majmuasi va ta’lim tili abituriyent topshirgan yo‘nalishga mos bo‘lishi shart.
✅ Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Repost from Edu.uz
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
#35ming_tashabbus
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalaridan yangi loyiha
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti “Startaplar klubi” a’zolari tomonidan “Aqlli tor” loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaning asosiy maqsadi gitara, tanbur kabi torli musiqa asboblarini chalishni o‘rgatish, foydalanuvchilarga musiqa asboblarini mustaqil o‘rganish va ijro etish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat.
Ayni paytda “Aqlli tor” loyihasi “35 ming tashabbus” loyihasi doirasida ishtirok etmoqda.
Talabalarimizning ushbu loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun tashabbus.yito.uz saytiga kirib, “Aqlli tor” loyihasiga ovoz bering.
Talabalarimizning bilim, ijodkorlik va tashabbuslarini birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik!
#35ming_tashabbus #AqlliTor #StartaplarKlubi
Repost from Sherzod_Raxmonovich_Urakov
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил парк «Янги Узбекистон» и возложил венок к подножию Монумента независимости.
#Mirziyoyev #marosim #monument #mustaqillik35
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#33_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
+7
#TalabalarXavfsizligi
#IjaraXonadonlari
Talabalar ijarada yashaydigan xonadonlarda xavfsizlik holati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 10-avgustdagi 1/4/20–3828-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi A.Eshonqulov hamda yo‘nalish tyutorlari tomonidan yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar talabalar ijarada yashayotgan xonadonlarning xavfsizlik holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida xonadonlarning elektr va gaz ta’minoti, shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablari asosida holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.
