VAQT.CRYPTO
Open in Telegram
441
Subscribers
+224 hours
+27 days
+230 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+13
in 1 channels
August '26
+21
in 1 channels
Get PRO
July '26
+18
in 1 channels
Get PRO
June '26
+13
in 1 channels
Get PRO
May '26
+29
in 2 channels
Get PRO
April '26
+45
in 1 channels
Get PRO
March '26
+36
in 1 channels
Get PRO
February '26
+46
in 1 channels
Get PRO
January '26
+40
in 1 channels
Get PRO
December '25
+49
in 2 channels
Get PRO
November '25
+432
in 1 channels
Get PRO
October '250
in 3 channels
Get PRO
September '25
+4
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | +2 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | +4 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +3 |
Channel Posts
Kriptovalutalarning bugungi kursi:
BTC ≈ 78142 (-1,25%)
ETH ≈ 2471 (-1,08%)
SOL ≈ 101,57 (-2,89%)
USDT ≈ 11818 so'm
Asterium — kriptoaktivlar kursi homiy: kriptomagazin, kripto-hamyonlar, kripto-kartalar. O‘zbekiston bo‘ylab xavfsiz va qonuniy.
Xizmatlar litsenziyalangan
*Kriptoaktivlar yuqori volatillikka ega va moliyaviy risklarni o‘z ichiga olishi mumkin — ehtiyot bo‘ling!
@vaqtuz_crypto
| 2 | O‘zbekistonda barqaror tokenlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi ishga tushirilmoqda
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Markaziy bank bilan birgalikda HUMO barqaror tokenidan foydalangan holda to‘lovlarning yangi shaklini sinovdan o‘tkazishni boshlamoqda. Bunda 1 HUMO tokeni 1 so‘mga tenglashtirilgan bo'ladi.
Token davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlanadi va tovarlar, ishlar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanilishi mumkin.
Loyihada 20 dan ortiq tadbirkorlik subyekti ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
Tajriba-sinov loyihasi uch yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yangi hisob-kitob shaklini sinovdan o‘tkazish, uning imkoniyatlari va xavf-xatarlarini baholash imkonini beradi.
@vaqtuz_crypto | 119 |
| 3 | 🇰🇿 Qozog‘iston Milliy banki Binance mamlakatda to‘lov habini ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi
Qozog‘iston Milliy banki eng yirik kriptobirja — Binance bilan mamlakatda mintaqaviy hisob-kitob habini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolaganini xabar qildi.
Ushbu habdan xalqaro to‘lovlar va pul o‘tkazmalari, jumladan, Markaziy Osiyo, MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi Binance mijozlarining raqamli aktivlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida Binance Qozog‘istonda mahalliy kompaniya tuzishni va birinchi toifali to‘lov tashkiloti litsenziyasini birinchilardan bo‘lib olishni rejalashtirmoqda. Milliy bankning baholashicha, Binance’ning mintaqaviy operatsiyalarining salmoqli qismi Qozog‘iston yurisdiksiyasi orqali o‘tishi mumkin.
Iyul oyida Binance asoschisi Chanpen Chjao Qozog‘istondagi bir necha ming to‘lov terminalida Binance Pay hisobi egalari uchun kriptovalyuta orqali to‘lov qilish imkoniyati qo‘shilganini ma’lum qilgandi. O‘shanda u mahalliy do‘konlardan birida olingan “Bu yerda kriptovalyuta bilan to‘lashingiz mumkin” yozuvli stiker aks etgan suratni e’lon qilgan edi.
@vaqtuz_crypto | 92 |
| 4 | 💰Treyder ikkita memkoindan 3,78 million dollar foyda qildi
Noma’lum treyder 24,52 million ZCAT sotib olib, uning bir qismini sotishga ulgurdi. Uning qo‘lida qolgan pozitsiyasi esa taxminan 2,12 million dollarga baholanmoqda. Yakuniy foyda — qariyb 2,17 million dollar yoki 1626 barobar.
Xuddi shu treyder STONK nomli boshqa bir memkoindan 19 700 dollar sarmoya bilan yana 1,61 million dollar ishlab oldi.
Ikkita bitimdan olingan umumiy foyda qariyb 3,78 million dollarni tashkil qildi.
@vaqtuz_crypto | 92 |
| 5 | 🚨 Liquid Network’dan 320 million dollarlik taxminan 4000 BTC olib chiqib ketildi
Liquid Network tarmog‘idagi zaiflik sababli noma’lum shaxslar ta’minlanmagan L-BTC yaratib, ularni Liquid Network zaxiralaridagi haqiqiy bitkoinlarga almashtirib olgan. Natijada tarmoqdan 320 million dollarlik taxminan 4000 BTC olib chiqib ketilgan.
Operatsiya mualliflari o‘zlarini “oq qalpoqli xakerlar” deb atab, xatolik tuzatilgach, mablag‘larning asosiy qismini qaytarishga va’da bergan.
Liquid Network ko‘prik faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi, birjalar esa L-BTC’ni kiritish va chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi.
@vaqtuz_crypto | 94 |
| 6 | 🚀Bir hafta ichida eng ko‘p o‘sgan top-10 kriptoaktiv: qancha daromad qilish mumkin edi?
O‘tgan hafta davomida bir nechta kriptoaktiv ikki va hatto uch xonali o‘sishni namoyish etdi.
Agar bir hafta avval har biriga 1000 dollardan sarmoya kiritganingizda, bugungi daromadingiz taxminan shunday bo‘lar edi:
- PONS — $2808 (+180,84%)
- ARB — $2266 (+126,60%)
- DASH — $1666 (+66,61%)
- UNI — $1435
- ZEC — $1401
- LIT — $1319
- FF — $1306
- CAKE — $1253
- PENDLE — $1251
- CRV — $1246
Haftaning asosiy g‘olibi — PONS: atigi yetti kun ichida deyarli 2,8 baravar o‘sish.
@vaqtuz_crypto | 92 |
| 7 | Kriptovalutalarning bugungi kursi:
BTC ≈ 78883 (-0,95%)
ETH ≈ 2484 (-0,60%)
SOL ≈ 103,28 (-1,67%)
USDT ≈ 11784 so'm
Asterium — kriptoaktivlar kursi homiy: kriptomagazin, kripto-hamyonlar, kripto-kartalar. O‘zbekiston bo‘ylab xavfsiz va qonuniy.
Xizmatlar litsenziyalangan
*Kriptoaktivlar yuqori volatillikka ega va moliyaviy risklarni o‘z ichiga olishi mumkin — ehtiyot bo‘ling!
@vaqtuz_crypto | 4 284 |
| 8 | Jizzaxda 1,2 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarni noqonuniy ayirboshlagan misrlik talaba ushlandi
Tezkor ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahrida tahsil olayotgan, 2002-yilda Misr'da tug‘ilgan shaxsning qonunchilikka zid ravishda kriptoaktivlar ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Uning qo‘l telefoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, kriptovalyutani saqlash, qabul qilish va yuborish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur hamda elektron kriptohamyon borligi tasdiqlangan.
Ushbu elektron hamyon orqali jami 1 milliard 250 million 319 ming 973 so‘m miqdorida kriptoaktivlar ayirboshlangani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
@vaqtuz_crypto | 96 |
| 9 | 💰 Ikki treyder MEME memkoinida $4500 ni $3,3 millionga aylantirdi
Biz bugun yozgan o‘sha MEME dastlabki xaridorlarga katta foyda keltirdi.
Bir treyder $2972 sarmoya kiritib, $2,1 milliondan ortiq daromad qildi — bu taxminan x713 degani. Boshqasi esa atigi $1491 sarflab, 12 soatga qolmay pozitsiyasini $1,2 milliongacha o‘stirdi — bu taxminan x810 ga teng.
Ikki treyderning umumiy daromadi 12 soatga yetmasdan $3,3 milliondan oshdi.
@vaqtuz_crypto | 94 |
| 10 | 🇰🇿 Binance Qozog‘istonga o‘z steyblkoinini ishga tushirishga yordam beradi
Binance birjasi Qozog‘istonning davlat va moliya tuzilmalari, jumladan, Milliy bank bilan biryo‘la uchta bitim imzoladi.
Hamkorlik doirasida tomonlar mahalliy steyblkoin chiqarish, kriptovalyuta to‘lovlarini rivojlantirish va yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy etish imkoniyatlarini o‘rganadi. Bundan tashqari, Binance Qozog‘istonni salohiyatli mintaqaviy to‘lov va fintex-hab sifatida ko‘rmoqda.
Avvalroq mamlakat hukumati kriptoaktivlar va u bilan bog‘liq vositalarga 700 million dollargacha davlat mablag‘larini yo‘naltirish rejalarini e’lon qilgan edi.
@vaqtuz_crypto | 93 |
| 11 | 🇸🇻 Salvador bitkoin yig‘ishda davom etish yo‘lini topdi. Bu XVJni qoniqtirdi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) ma’lum qilishicha, Salvador bitkoinlarni to‘plash uchun xususiy xayriyalardan foydalanmoqda. Davlat mablag‘larini kriptovalyutaga sarflamaslik 2025-yil mart oyida ma’qullangan 1,4 milliard dollarlik kredit shartnomasining shartlaridan biri edi.
Mamlakat deyarli besh yildan beri, ya’ni kriptovalyuta qonuniylashtirilib, rasmiy to‘lov vositasi deb e’lon qilingan 2021-yil sentyabridan buyon bitkoin to‘plab kelmoqda. Milliy bitkoin idorasining (ONBTC) ochiq hamyonida taxminan 7764 BTC yoki 600 million dollardan ortiq mablag‘ bor.
XVJning yangi bayonotiga ko‘ra, Salvador tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan, bu esa 140 million dollarlik navbatdagi transhni ajratishga imkon beradi. Hujjatda aytilishicha, davlat hamyoniga egalik huquqi va uni nazorat qilish xususiy operatorga o‘tkazilgan hamda xaridlar uchun davlat resurslaridan foydalanilmagan.
2025-yilda, hatto XVJ talablari joriy qilinganidan keyin ham, Bukele mamlakat bitkoin sotib olishni to‘xtatmasligini ma’lum qilgan edi.
@vaqtuz_crypto | 97 |
| 12 | FATF steyblkoinlarning “raqamli havola”dagi roli ortib borayotganidan ogohlantirdi
Havola tamoyiliga ko‘ra ishlaydigan an’anaviy norasmiy moliyaviy tarmoqlar kriptovalyutalar, jumladan, steyblkoinlar orqali pul yuvish uchun tobora ko‘proq qo‘llanmoqda, deyiladi Pul yuvishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) yangi hisobotida. Mualliflar noqonuniy bank ishi “raqamli havola”ga aylanib borayotganini ta’kidlamoqda.
“Yanada ilg‘or modellarda operatorlar o‘zaro hisob-kitoblar uchun an’anaviy usullarni almashtirgan yoki to‘ldirgan holda USDT, USDC va DAI kabi steyblkoinlarni o‘z ichiga oluvchi virtual aktivlardan foydalanadi. Bu mexanizmlar tezkor o‘tkazmalar, naqd pulga aylantirish yoki gibrid birikmalarni qamrab olishi mumkin”, — deyiladi hisobotda.
FATF joriy yilning mart oyida steyblkoinlar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirib, bunday tokenlar va ularning tartibga solinuvchi vositachilarsiz foydalanuvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalari xavflari haqida 40 sahifalik hisobotni e’lon qilgan edi. Hujjatda qayd etilishicha, 2023-yilda noqonuniy kriptotranzaksiyalarning 84 foizgachasi steyblkoinlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
@vaqtuz_crypto | 95 |
| 13 | Kriptovalutalarning bugungi kursi:
BTC ≈ 79815 (-0,14%)
ETH ≈ 2507 (+0,18%)
SOL ≈ 105,51 (+1,17%)
USDT ≈ 11795 so'm
Asterium — kriptoaktivlar kursi homiy: kriptomagazin, kripto-hamyonlar, kripto-kartalar. O‘zbekiston bo‘ylab xavfsiz va qonuniy.
Xizmatlar litsenziyalangan
*Kriptoaktivlar yuqori volatillikka ega va moliyaviy risklarni o‘z ichiga olishi mumkin — ehtiyot bo‘ling!
@vaqtuz_crypto | 5 023 |
| 14 | 📢 Nima uchun kripto-aktivlar reklamasi tartibga solinadi?
Kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar yuqori xavflar bilan bog‘liq. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu sohadagi reklamaga nisbatan alohida talablar belgilangan.
🎯 Asosiy maqsad – iste’molchiga to‘liq va haqqoniy axborot berish hamda uni asossiz va’dalar yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar ta’sirida qaror qabul qilishdan himoya qilish.
Nimalarni bilish muhim?
🔹Kripto-aktivlar reklamasini faqat litsenziyaga ega bo‘lgan xizmatlar provayderlari beruvchi sifatida joylashtirishi mumkin.
🔹Reklamada xavflar haqida ogohlantirish bo‘lishi shart. Unda pul mablag‘lari va kripto-aktivlar evaziga almashtirilgan boshqa fuqarolik huquqi obyektlarining to‘liq yo‘qotilishi mumkinligi, kripto-aktivlar qiymatining o‘zgaruvchanligi, texnik nosozliklar va huquqqa xilof harakatlar, jumladan talon-toroj qilish bilan bog‘liq xavflar ko‘rsatilishi lozim.
Shuningdek, kripto-aktivlar davlat tomonidan ta’minlanmaganligi va O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov yoki to‘lovni qabul qilish vositasi hisoblanmasligi haqida ma’lumot berilishi kerak, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
🔹Daromadni va’da qilish yoki kafolatlash mumkin emas. Istisno tariqasida, o‘tgan davrdagi faoliyat samaradorligi yoki daromadi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bunday ma’lumotlar reklamadan o‘rin olishi mumkin.
🔹Kripto-aktivlar bilan bitimlarni oson boyish usuli sifatida ko‘rsatish taqiqlanadi. Shuningdek, bunday faoliyatni professional yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish bilan bog‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
🔹Bonuslar va chegirmalar haqida ma’lumot berish mumkin emas.
🔹O‘tgan, modellashtirilgan yoki kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlardan foydalanilsa, ularning mazmuni aniq tushuntirilishi va ular asosidagi xulosalar ehtimoliy xarakterga ega ekanligi ko‘rsatilishi shart.
🔹Agar reklama ofertani o‘z ichiga olsa, unda shartnoma tuzishga oid barcha shartlar va ofertani aksept qilish uchun amalga oshiriladigan harakatlar aniq ko‘rsatilishi lozim.
🚫 Bundan tashqari, reklamada voyaga yetmagan shaxslar obrazlaridan foydalanish hamda kripto-aktivlar bilan bog‘liq faoliyatda ishtirok etmaydigan shaxslarni qoralovchi bildirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
📌 Kripto-aktivlar – kafolatlangan daromad manbai emas. Reklama esa insonni xavflarni inkor etishga emas, balki ularni tushungan holda ongli qaror qabul qilishga undashi kerak.
@vaqtuz_crypto | 112 |
| 15 | OpenAI GPT-6 Astra’ni namoyish qildi: yangi flagman model AGI sari qo‘yilgan ilk real qadam sifatida taqdim etilmoqda. Uni shu qadar intizorlik bilan kutishgandiki, OpenAI sayti bir zumda ishdan chiqdi.
Astra kompyuterni boshqarish, matematika, ilmiy ishlar va ayniqsa, xakerlik bo‘yicha yetakchilik qiladi. Bu OpenAI’ning jiddiy darajadagi kiberxavfga ega birinchi ommaviy modelidir.
Kodlashda Astra taxminan Fable 5.1 darajasida, ammo o‘ziga xos vazifalarda yaqqol ajralib turadi. Uni Unity va Godot dvijoklariga ulab ko‘rishganda, u birinchi urinishdayoq o‘yinlarning ishchi prototiplarini yaratdi. Yangi GPT narxi Fable bilan bir xil.
Hozircha foydalanuvchilarning bir qismiga taqdim etilmoqda. Yaqin kunlarda barcha obunachilar uchun kirish imkoni ochiladi.
@vaqtuz_crypto | 112 |
| 16 | Bitkoin ikki haftada qairyb 31 foizga qimmatladi
Bitkoin narxi avgust oxiridagi pasayishdan keyin yana o‘sib, so‘nggi uch oydagi eng yuqori darajaga chiqdi.
👉 https://vaqt.uz/uz?n=31962
@vaqtuz_crypto | 458 |
| 17 | 🤖 Google Gemini 3.8 Flash va Flash Cyber modellarini taqdim etdi
Google o‘zining yangi Gemini 3.8 Flash modelini namoyish qildi. U kodlash, murakkab mulohaza yuritish va sun’iy intellekt agentlarining mustaqil ishlashi borasida ancha kuchaygan, biroq avvalgi boshlang‘ich narxini saqlab qolgan.
Kompaniya u bilan birga zaifliklarni mustaqil ravishda izlab topadigan va ular uchun patchlar yaratadigan maxsus Gemini 3.8 Flash Cyber versiyasini ham taqdim etdi. Sinovlardan birida ushbu model bir necha oylik ish o‘rniga ikki soatdan kamroq vaqt ichida jiddiy zaiflikni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Hozircha undan faqat tasdiqlangan kompaniyalar va davlat idoralari foydalana oladi.
@vaqtuz_crypto | 109 |
| 18 | Zcash (ZEC) kapitallashuvi bo‘yicha Dogecoin’ni ortda qoldirib, eng yirik 10 ta kriptovalyuta qatoridan joy oldi.
@vaqtuz_crypto | 106 |
| 19 | 🔼PONS tokeni Robinhood Chain’dagi shov-shuvlar fonida bir hafta ichida 360% ga qimmatladi
Pons lauchpadi bir sutkalik savdo hajmini 400 million dollargacha oshirdi, uning komissiyalari esa rekord darajadagi 5,95 million dollarga yetdi — bu Hyperliquid va Robinhood Chain’ning o‘zidan ham ko‘pdir.
Shu munosabat bilan PONS tokeni bir hafta ichida 360% dan ziyodga o‘sdi va uning kapitallashuvi 500 million dollardan oshib ketdi.
Qizig‘i shundaki, dastlabki treyderlardan biri bu o‘sishni juda omadli tarzda qo‘lga kiritdi — u PONS orqali 5000 dollarni 5,4 million dollarga aylantirdi.
@vaqtuz_crypto | 123 |
| 20 | 💸 River kompaniyasi yaqin besh yil ichida bitkoin narxi 840 000 dollargacha yetishini prognoz qildi
River hisob-kitoblariga ko‘ra, bitkoin narxi 840 000 dollarlik marraga yetishi uchun an’anaviy investorlar orasida ommalashishi bilan birga bozorga 1,3 trillion dollardan 5,3 trillion dollargacha yangi kapital kirib kelishi kerak.
Hozirda dunyo aholisining taxminan 4 foizi bitkoinga egalik qiladi, uning investitsiya maslahatchilari portfelidagi ulushi esa juda past darajada qolmoqda.
Shu bilan birga, River uzoq muddatli investorlar o‘z portfelining kamida 10 foizini BTC uchun ajratishi lozim deb hisoblaydi. Taqqoslash uchun, avvalroq BlackRock 1–2 foizni, Bank of America esa 4 foizgacha bo‘lgan ulushni optimal deb atagan edi.
@vaqtuz_crypto | 118 |
