SysAdminX
Open in Telegram
🛜 Tarmoq (NetAdmin) va Tizim (SysAdmin) administratorlari uchun, kundalik foydali postlar, keyslar va vakansiyalar! Vakansiya joylash uchun: @sysadmin_x
Show more3 154
Subscribers
-124 hours
+117 days
+20330 days
Posts Archive
3 154
Mana diagramma 📌:
LAN ichidagi kompyuterlarning 192.168.x.x manzillari router orqali bitta tashqi IP (85.113.55.10) sifatida Internetga chiqmoqda — bu NAT ishlash prinsipi.
🚀@sysadmin_x
3 154
NAT nima uchun kerak?
⏺IP manzillarni tejash uchun IPv4 manzillar cheklangan. Agar NAT bo‘lmasa, har bir kompyuter uchun alohida IP kerak bo‘lardi. ⏺Xavfsizlik uchun Ichki tarmoqdagi (192.168.x.x) kompyuterlarni tashqaridan bevosita ko‘rib bo‘lmaydi. Internet faqat tashqi IP’ni ko‘radi. ⏺Bir nechta qurilmani internetga ulash uchun Uyda Wi-Fi routeringiz bitta tashqi IP oladi, lekin telefon, noutbuk, televizor bir vaqtda ishlaydi. Buning siri — NAT.Oddiy hayotiy misol
Tasavvur qiling: Sizda bitta telefon raqami bor. Lekin oilada 4 kishi undan SMS yuboradi. Telefon raqam — bu tashqi IP. Uy ichida har bir kishiga kichik “kod” beriladi (masalan, 01, 02, 03, 04). Shunday qilib, tashqaridan bitta raqam ko‘rinadi, ichkarida esa har kimning o‘z kodiga qarab SMS qaytadi.Bu aynan NAT ishlashiga o‘xshaydi. 🚀@sysadmin_x
3 154
NAT — bu tarmoqdagi ichki IP manzillarni tashqi (global) IP manzillarga o‘zgartirish texnologiyasi.
Ya’ni, sizning ofisingiz yoki uyingizda ko‘p kompyuterlar bitta internet manzili orqali tashqariga chiqadi.
Misol: Ichki tarmoqdagi kompyuterlar: 192.168.0.2 (Ali) 192.168.0.3 (Vali) 192.168.0.4 (Diyor) Internet provayder bergan bitta IP: 85.113.55.10 NAT yordamida hamma kompyuterlar shu 85.113.55.10 orqali internetga chiqadi.🚀@sysadmin_x
3 154
Birinchi navbatda premium guruh, nimaga premium)
Nima mavzularda kontent bo’ladi, qaysi tartibda.
Birinchi 100 ta ishtorokchi uchun aksiya asosida qabul bo’ladi
Ma’lumot va aksiya o’tkazib yubormaslik uchun bepul kanalga obuna bo’lib qoying!
@sysadmin_x
3 154
Linux Serverdan boshlaymiz.
Aynan Premium guruhda nima bo’lishi va qanaqa tartibda bo’lishini misol tariqasida ko’rsatamiz!
20.08 dan to’liq kanal ishga tushadi
Tanishlaringiz va do’stalaringizni taklif qilishni esdan chiqarmang!!
@sysadmin_x
3 154
SysAdmin🔤 Community
🔠 Tizim administratorlari, tarmoq muhandislari va DevOps mutaxassislarini bir joyga jamlaydigan yopiq hamjamiyat. Tajriba almashish, murakkab muammolarga tezkor javob olish.
Yopiq/Premium guruhda nimalar bo'ladi: Tajriba almashish — chatlar va mavzuli kanallar (Linux, Windows Server, Network, Security). Yopiq kunlik materiallar — chek-listlar, qo‘llanmalar, konfiguratsiya shablonlari. Jonli tahlillar — murakkab vaziyatlarni online birga yechish. 0 dan Sysadmin'likgacha yo'l - podkastlar Kurslar/xizmatlarda chegirmalar — faqat a’zolar uchun.Eksklyuziv qo‘llanmalar va shablonlar Networking va yangi imkoniyatlar
Kundalik o‘quv reja: - Linux server asoslari - Windows Server boshqaruvi - Tarmoq administratsiyasi - IT xavfsizlik va best practices🚩Ochiq kanalga obuna bo'lib oling! @sysadmin_x
3 154
Savol:
Ассалому алейкум, ташкилотга қайси Firewall тавсия берасилар?
Javoblar:
1.Fortinet qoyin agar buni qimmat desez pfsense
2.Fortinet FortiGate 101F , 40F
Zyxel atp100, atp200, atp500, atp700, atp800
@itblogilmuz
3 154
Savol:
Shu router os ni simulator versiyasi bormi cisco packet tracer ga oxshash ?
Javob:
GNS3 emulatorda mikrotik CHR(cloud host router) ko’tarsangiz boladi va unga winbox orqali ulanasiz
@itblogilmuz
3 154
🛠 Tarmoqni tahlil qilishda foydali komandalar:
ping – tarmoq aloqasini tekshiradi
tracert yoki traceroute – paketning yo‘lini ko‘rsatadi
ipconfig / ifconfig – IP manzilni aniqlaydi
netstat – faol portlar va ulanishlar ro‘yxati
@sysadmin_x