OSIYO TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Open in Telegram
🎓 Osiyo texnologiyalar universitetining rasmiy sahifasi 💻 www.asianuniversity.uz 📞+998554041166
Show more7 862
Subscribers
-1924 hours
-1167 days
-49830 days
Posts Archive
🎓 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
Osiyo Texnologiyalar Universitetida 1-kurs talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitetdagi ta’lim jarayoni, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.
Bunday uchrashuvlar talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
📢 ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA!
Osiyo texnologiyalar universitetida “Ta’lim tizimida transformatsiyalashtirish, modernizatsiya, boshqaruv, infratuzilma va innovatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 1-yo‘nalish: Psixologiya sohasida zamonaviy transformatsiyalar: raqamlashtirish, innovatsiyalar va inson rivojlanishining psixologik asoslari.
🔹 2-yo‘nalish: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni raqamlashtirish va modernizatsiya qilish.
🔹 3-yo‘nalish: Zamonaviy pedagogik ta’lim: transformatsiya, innovatsiya va ta’lim sifatini boshqarish.
🔹 4-yo‘nalish: Umumta’lim fanlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalar, innovatsion metodlar va fanlararo integratsiya.
📅 Sana:
2026-yil 23–24-oktabr
📍 Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Jayhun ko‘chasi, 17-B uy
📝 Maqolalarni qabul qilish muddati:
10-oktabrgacha
📞 Murojaat uchun:
+998 90 722 13 14 — Manzura Daminova
+998 90 872 42 02 — Maftuna Xo‘jamberdiyeva
+998 93 395 91 94 — Marg‘uba Usarova
Batafsil: Aloqa xati
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🎓 OTUda o‘qish — 6,5 mln so‘mdan!
💰 Bir martalik to‘lov uchun 1,5 mln so‘mgacha chegirma!
🌐 Til sertifikati egalari uchun maxsus chegirmalar:
CEFR B2 — 20%
CEFR C1 — 50%
IELTS 6.0 — 50%
IELTS 6.5 — 75%
IELTS 7.0+ — 100%
🌍 Ta’lim jarayonlarida mahalliy hamda xorijiy ustozlar faol ishtirok etadi.
👇 Pastdagi havola orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va 1,5 mln so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ling:
Ro‘yxatdan o‘tish
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
🎓 Talabalikning ilk kuni — yangi bosqich boshlandi!
Bugun, 7-sentabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida 1-bosqich talabalari uchun dars mashg‘ulotlari rasman boshlandi.
Universitet hayotining ilk kunidanoq auditoriyalarda qizg‘in dars jarayonlari, yangi bilimlar va ilk taassurotlar hukm surmoqda.
Bu kun — shunchaki darslarning boshlanishi emas, balki kelajakdagi katta maqsadlar sari tashlangan ilk qadam.
Aziz talabalar, talabalik davringiz yutuqlar, unutilmas xotiralar va katta imkoniyatlarga boy bo‘lsin!
Osiyo texnologiyalar universiteti — kelajak sari birinchi qadamingiz shu yerdan boshlanadi.
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
+6
🎓 Yangi o‘quv yili — yangi bosqich!
Bugun, 7-sentabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari boshlandi.
Universitetimizga yangi qadam qo‘ygan talabalar uchun dastlab universitet muhiti, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar universitet hududi bilan tanishib, o‘quv jarayonining tashkil etilishi bo‘yicha zarur tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Shundan so‘ng esa ilk dars mashg‘ulotlari boshlandi.
Bugun yangi tanishuvlar, yangi bilimlar va katta maqsadlar sari ilk qadamlar qo‘yildi.
Aziz talabalar, Osiyo texnologiyalar universitetidagi yangi bosqichingiz muborak bo‘lsin!
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
+4
⚡️ Osiyo texnologiyalar universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash, ijara asosida yashash imkoniyatlari hamda ularning yashash sharoitlari bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🎓 Asosiy maqsad — yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik bilan boshlash va talabalar uchun sifatli ta’lim hamda qulay sharoitlarni ta’minlash.
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
+2
🏆 QASHQADARYO VILOYATI HOKIMI STIPENDIYASI G‘OLIBI — UNIVERSITETIMIZ TALABASI!
Qarshi Yoshlar Texnoparkida Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli 41 nafar talaba ishtirok etdi.
Quvonarlisi, Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi Sanaqulova Sevinch ham tanlovda yuqori natija qayd etib, Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi sohibasi bo‘ldi! 🎓
Sevinchni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🌟
Osiyo texnologiyalar universiteti — bilim, imkoniyat va yutuqlar sari!
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
🎓 Yangi talabalik sari ilk qadam!
Osiyo Texnologiyalar Universitetiga talabalikka tavsiya etilgan 1-kurs talabalarini 7-sentabr kuni o‘quv binomizda kutib qolamiz.
Bu kun siz uchun universitetdagi ilk kunlardan biri bo‘ladi. Yangi muhit, yangi tanishuvlar va yangi bosqich sizni kutmoqda. 💙
📅 7-sentabr kuni
📍 Osiyo Texnologiyalar Universiteti o‘quv binosi
Talabalik hayotingizni OTU bilan birga boshlang! 🎓
📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Jayhun ko‘chasi, 13-uy.
Mo‘ljal: Metro Mall supermarketi ro‘parasida, sobiq Jayhun mehmonxonasi o‘rnida.
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
📚 Rus tilini o‘rganing, yangi imkoniyatlar sari yo‘l oching!
Bugungi kunda rus tili — shunchaki muloqot vositasi emas. U ta’lim, ilm-fan, madaniyat va professional faoliyat uchun keng imkoniyatlar yaratadigan muhim ko‘nikmalardan biridir.
🎓 Osiyo texnologiyalar universitetining “Rus tili va adabiyoti” yo‘nalishida siz:
— rus tilini chuqur o‘rganasiz;
— zamonaviy pedagogik yondashuvlarni egallaysiz;
— tilni o‘qitish va metodikasi bo‘yicha bilim olasiz;
— ta’lim va professional kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirasiz;
— kelajakda o‘z sohangiz bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Zamonaviy o‘qituvchi — shunchaki bilim beruvchi emas. U pedagog, mentor, metodist va yangi avlod ta’limini yaratuvchi mutaxassis.
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#InnoWeek_2026
Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz. 🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!
Bu yerda siz: 🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz; 🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz; 🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz; 🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz; 🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
📢 E’lon | Sirtqi ta’lim talabalari uchun
Hurmatli talabalar!
Osiyo texnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri 1-chaqiruv dars jarayonlarida ishtirok etuvchi sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv jarayonlari 2026-yil 7-sentabrdan boshlanadi.
Dars mashg‘ulotlari quyidagi smenalarda tashkil etiladi:
✅ Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi — 3-kurs
1-smena | 08:30 • MTS-24-11 • MTS-24-12 • MTS-24-13 • MTS-24-14 • MTS-24-15 • MTS-24-16 • MTS-24-17 • MTS-24-18 • MTS-24-19 • MTS-24-20 • MTS-24-21 • MTS-24-22
2-smena | 13:30
• MTS-24-23 • MTS-24-24 • MTS-24-25 • MTS-24-26 • MTS-24-27 • MTS-24-28✅ Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi — 4-kurs
1-smena | 08:30
• IQS-23-11 • IQS-23-12 • IQS-23-13 • IQS-23-14
2-smena | 13:30
• IQS-23-15 • IQS-23-16 • IQS-23-17 • IQS-23-18 • IQS-23-19📅 Darslar boshlanish sanasi: 2026-yil 7-sentabr ⏰ 1-smena: 08:30 ⏰ 2-smena: 13:30 Talabalardan o‘zlariga tegishli guruh va smenani diqqat bilan tekshirishlari hamda dars mashg‘ulotlariga belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi. Osiyo texnologiyalar universiteti ma’muriyati
🎓 Rus tili — yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar sari yo‘l
Osiyo texnologiyalar universitetida «Rus tili chet tili sifatida» yo‘nalishi zamonaviy ta’lim yondashuvi, amaliy til ko‘nikmalari va xalqaro talablarga mos til sertifikatsiyasiga tayyorgarlikni o‘zida mujassam etadi.
Ta’lim jarayonida talabalar rus tilida o‘qish, tinglash, yozish va erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini izchil rivojlantiradilar. Subtestlar orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazib, til bo‘yicha sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Asosiy maqsad — faqat imtihonga tayyorlash emas, balki rus tilidan ta’lim, kasbiy faoliyat va kundalik hayotda ishonchli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
Osiyo texnologiyalar universiteti — bilimdan imkoniyat sari.
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
Repost from Al-Khorazmiy International school
+8
🎓 Al-Khorazmiy International School’da yangi o‘quv yili boshlandi! 🔔
Bugun — 2-sentabr kuni maktabimizda yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchilarimiz uchun bu kun quvonchli taassurotlar va yangi boshlanishlarga boy bo‘ldi.
Tadbirdan so‘ng o‘quvchilar maktabimiz bilan yaqindan tanishib, sinf xonalari va yangi ta’lim muhitini ko‘zdan kechirdilar.
📚 Yangi bilimlar, yangi do‘stlar va yangi marralar sari ilk qadamlar boshlandi!
Al-Khorazmiy International School jamoasi barcha o‘quvchilarimizga yangi o‘quv yilida omad va ulkan zafarlar tilaydi!
📞 55 405 11 66
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🔹 Instagram l 🔹 Telegram 🔹 YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿
Osiyo Texnologiyalar Universiteti jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizga mustahkam tinchlik, farovonlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🎓 Yangi O‘zbekiston — bilimli va salohiyatli yoshlar bilan yanada buyuk!
👩🏫 Bolalar bilan ishlashni orzu qilasizmi? Balki bu sizning kelajakdagi kasbingizdir!
Agar siz ham mehr bilan bolalar bilan ishlashni, ularning tarbiyasi va rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz, buning uchun avvalo zarur bilim va ta’limga ega bo‘lishingiz kerak.
Osiyo Texnologiyalar Universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi aynan shu kasbni egallashni istaganlar uchun imkoniyat yaratadi.
Bu yerda siz maktabgacha ta’lim sohasida zarur bilimlarni egallab, kelajakda malakali tarbiyachi va pedagog bo‘lish sari ilk qadamni tashlashingiz mumkin.
Bir paytlar “qaniydi” deb o‘ylagan kasbingiz bugun haqiqiy maqsadingizga aylanishi mumkin.
Osiyo Texnologiyalar Universitetida qabul davom etmoqda!
📞 55 404 11 66
👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt | 🔹 Instagram
🔹 YouTube | 🔹 Telegram
Repost from Al-Khorazmiy International school
📢 Prezidentimiz ishtirokida Qashqadaryoda yangi xalqaro maktab ochildi!
Qarshi shahrida Osiyo texnologiyalar universiteti qoshidagi Al-Xorazmiy xalqaro maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida onlayn tarzda o‘tkazilgani ushbu ta’lim maskani uchun alohida ahamiyatga ega.
🏫 Al-Xorazmiy xalqaro maktabi — zamonaviy ta’lim muhiti, ilg‘or yondashuvlar va xalqaro tajribalar asosida kelajak avlodni tarbiyalashga qaratilgan yangi ta’lim maskani.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hududda zamonaviy va sifatli ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Bugunning emas, ertangi kunning bilimli, zamonaviy va raqobatbardosh avlodini tarbiyalash sari yana bir muhim qadam.
📞 55 405 11 66
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🔹 Instagram l 🔹 Telegram 🔹 YouTube
Repost from Al-Khorazmiy International school
📢 Prezidentimiz ishtirokida Qashqadaryoda yangi xalqaro maktab ochildi!
Qarshi shahrida Osiyo texnologiyalar universiteti qoshidagi Al-Xorazmiy xalqaro maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida onlayn tarzda o‘tkazilgani ushbu ta’lim maskani uchun alohida ahamiyatga ega.
🏫 Al-Xorazmiy xalqaro maktabi — zamonaviy ta’lim muhiti, ilg‘or yondashuvlar va xalqaro tajribalar asosida kelajak avlodni tarbiyalashga qaratilgan yangi ta’lim maskani.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hududda zamonaviy va sifatli ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Bugunning emas, ertangi kunning bilimli, zamonaviy va raqobatbardosh avlodini tarbiyalash sari yana bir muhim qadam.
📞 55 405 11 66
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🔹 Instagram l 🔹 Telegram 🔹 YouTube
📢 E’LON | 2026–2027 O‘QUV YILI
Hurmatli talabalar!
Osiyo texnologiyalar universitetida 2026–2027-o‘quv yilining kuzgi semestri uchun o‘quv jarayonlari quyidagi muddatlarda boshlanadi:
📅 7-sentabrdan:
• Bakalavriatning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari;
• Bakalavriatning sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan “Maktabgacha ta’lim” 3-kurs va “Iqtisodiyot” 4-kurs talabalari.
📅 14-sentabrdan:
• Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-bosqich talabalari;
• Magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar.
📍 Manzil: Qarshi shahri, Jayhun ko‘chasi, 17B-uy
Barcha talabalarni yangi o‘quv yilida universitetimizda kutib qolamiz! 🎓
📢 E’LON | 2026–2027 O‘QUV YILI
Hurmatli talabalar!
Osiyo texnologiyalar universitetida 2026–2027-o‘quv yilining kuzgi semestri uchun o‘quv jarayonlari quyidagi muddatlarda boshlanadi:
📅 7-sentabrdan:
• Bakalavriatning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari;
• Bakalavriatning sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan “Maktabgacha ta’lim” 3-kurs va “Iqtisodiyot” 4-kurs talabalari.
📅 14-sentabrdan:
• Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-bosqich talabalari;
• Magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar.
📍 Manzil: Qarshi shahri, Jayhun ko‘chasi, 17B-uy
Barcha talabalarni yangi o‘quv yilida universitetimizda kutib qolamiz! 🎓
