en
Feedback
O'zbekiston Metallurgiya Uyushmasi.

O'zbekiston Metallurgiya Uyushmasi.

Open in Telegram

O'zbekiston Metallurgiya Uyushmasining Rasmiy Telegram kanali. Soha yangiliklari, tashabbuslari va hamkorlik imkoniyatlari haqida shu yerda. Ma'lumot uchun +998773369677

Show more
529
Subscribers
+224 hours
+47 days
+1030 days
Posts Archive
🇺🇿O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi Shanxayda o‘tkazilgan 15-Xalqaro Xitoy po‘lat kongressida ishtirok etdi. 💠O'zbekiston
+8
🇺🇿O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi Shanxayda o‘tkazilgan 15-Xalqaro Xitoy po‘lat kongressida ishtirok etdi. 💠O'zbekiston Metallurgiya Uyushmasi Raisi Gulbahor Bahodirovna Tojimirzayeva O‘zbekiston metallurgiya sanoati, uning ishlab chiqarish salohiyati, joriy tendensiyalari va rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan taqdimot qildi. 💠Kongress doirasida O‘zbekistonning metallurgiya salohiyatiga hamda yangi investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga qiziqish bildirgan xalqaro metallurgiya kompaniyalari va soha tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 📝📝📝📝📝📝📝📝 🇷🇺Ассоциация Металлургии Узбекистана приняла участие в 15-м Китайском международном сталелитейном конгрессе в Шанхае. 💠Председатель Ассоциации Гулбахор Баходировна Тожимирзаева выступила с презентацией, посвящённой металлургическому сектору Узбекистана, его производственному потенциалу, текущим тенденциям и перспективным направлениям развития. 💠В рамках конгресса были проведены встречи с представителями международных металлургических компаний и отраслевых организаций которые проявили интерес к металлургическому потенциалу Узбекистана и возможностям реализации новых инвестиционных и технологических проектов. 😊@umasuz

🇺🇿O‘zbekistonda metall mahsulotlari importining dinamikasi. 💠2026-yil yanvar–avgust oylarida metall mahsulotlari importi h
🇺🇿O‘zbekistonda metall mahsulotlari importining dinamikasi. 💠2026-yil yanvar–avgust oylarida metall mahsulotlari importi hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 13% ga oshib, 3,53 mln tonnani tashkil etdi. Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy O‘zbekistonga metall mahsulotlari importining salmoqli qismini ta’minlamoqda. 💠2025 yildagi tahliliy prognozlarga ko‘ra, 2026-yilda metall mahsulotlari importi hajmining o‘sishi 8%ni tashkil etishi kutilgan edi. Biroq amaldagi ko‘rsatkichlar prognozdan yuqori bo‘lib, import hajmining o‘sishi 13% ga yetdi. 🇷🇺Динамика объемов импорта металлопродукции в Узбекистане. 💠По итогам января–августа 2026 года объём импорта металлопродукции увеличился на 13% по сравнению с аналогичным периодом 2025 года и составил 3,53 млн тонн. Основными странами-поставщиками остаются Россия, Казахстан и Китай, на которых приходится значительная часть импортных поставок. 💠Согласно прогнозам прошлого года, ожидалось, что в 2026 году рост объёмов импорта составит около 8%. Однако фактическая динамика уже превысила прогнозный показатель: рост достиг 13%, превысив ожидаемый уровень. 😊@umasuz

🇺🇿O‘zbekistonda metall mahsulotlari importining dinamikasi. 💠2026-yil yanvar–avgust oylarida metall mahsulotlari importi h
🇺🇿O‘zbekistonda metall mahsulotlari importining dinamikasi. 💠2026-yil yanvar–avgust oylarida metall mahsulotlari importi hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 13% ga oshib, 3,53 mln tonnani tashkil etdi. Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy O‘zbekistonga metall mahsulotlari importining salmoqli qismini ta’minlamoqda. 💠2025 yildagi tahliliy prognozlarga ko‘ra, 2026-yilda metall mahsulotlari importi hajmining o‘sishi 8%ni tashkil etishi kutilgan edi. Biroq amaldagi ko‘rsatkichlar prognozdan yuqori bo‘lib, import hajmining o‘sishi 13% ga yetdi. 🇷🇺Динамика объемов импорта металлопродукции в Узбекистане. 💠По итогам января–августа 2026 года объём импорта металлопродукции увеличился на 13% по сравнению с аналогичным периодом 2025 года и составил 3,53 млн тонн. Основными странами-поставщиками остаются Россия, Казахстан и Китай, на которых приходится значительная часть импортных поставок. 💠Согласно прогнозам прошлого года, ожидалось, что в 2026 году рост объёмов импорта составит около 8%. Однако фактическая динамика уже превысила прогнозный показатель: рост достиг 13%, превысив ожидаемый уровень. 😊@umasuz

🇺🇿O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi xalqaro hamkorlikni kengaytirib, O‘zbekistonning mintaqamiz metallurgiya maydonidagi mavqeini mustahkamlamoqda. 💠Ostonada bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘li” xalqaro forumida ishtirok Uyushmaning xalqaro hamkorligini rivojlantirish va mintaqamizdagi yetakchi kon-metallurgiya korxonalari hamda tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 🇷🇺Ассоциация Металлургии Узбекистана расширяет международное сотрудничество, укрепляя позиции Узбекистана на региональной металлургической арене. 💠Участие в Форуме «Шёлкового пути» в Астане стало важным шагом в развитии международного взаимодействия Ассоциации и укреплении прямых связей с ведущими предприятиями и организациями горно-металлургического комплекса нашего региона 😊@umasuz

🇺🇿Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida po‘lat iste’moli 2025-yil yakunlariga ko‘ra qariyb 19,5 mln tonnaga yetdi. ⚡️ His
🇺🇿Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida po‘lat iste’moli 2025-yil yakunlariga ko‘ra qariyb 19,5 mln tonnaga yetdi. ⚡️ Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025-yilda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida po‘lat mahsulotlarining umumiy iste’moli 18,2–19,5 mln tonnani tashkil etgan. Mintaqaning jami aholisi 143 mln kishini tashkil etadi. Ayniqsa, O‘zbekistonning o‘rni e’tiborga loyiq. 38 mln aholiga ega yurtimiz qariyb 5,8 mln tonna, ya’ni mazkur bozorlarning umumiy po‘lat iste’molining qariyb 30 % to‘g‘ri keladi. Bu O‘zbekistonni mintaqadagi po‘lat mahsulotlarining eng yirik bozoriga aylanganligini bildiradi. 🔵O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi MMITC kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakat metallurgiya bozorini muntazam tahlil va tadqiq etib boradi. MMITC — kon-metallurgiya sektorida tarmoq tahlili va bozor tadqiqotlariga ixtisoslashgan xalqaro konsalting kompaniyasi.(www.metalsmines.com) 🇷🇺Потребление стали в странах Центральной Азии и Кавказа достигло почти 19,5 млн тонн по итогам 2025 года. ⚡️ Согласно оценкам общий объём потребления стальной продукции в странах ЦА и Кавказа в 2025 году составил 18,2–19,5 млн тонн, при совокупном населении региона 143 млн человек. Особенно показательно положение Узбекистана. При населении 38 млн человек на нашу страну приходится порядка 5,8 млн тонн, или около 30% совокупного потребления стали рассматриваемых рынков. Это делает Узбекистан крупнейшим рынком стальной продукции в регионе. 🔵Ассоциация Металлургии Узбекистана совместно с компанией MMITC проводит регулярный анализ и исследования металлургического рынка страны. MMITC - международная консалтинговая компания, специализирующаяся на отраслевой аналитике и рыночных исследованиях в горно-металлургическом секторе.(www.metalsmines.com) 😊@umasuz

🇺🇿O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi Qozog‘istonning Tog‘-kon va metallurgiya korxonalari Uyushmasi bilan hamkorlik to‘g‘ri
+4
🇺🇿O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi Qozog‘istonning Tog‘-kon va metallurgiya korxonalari Uyushmasi bilan hamkorlik to‘g‘risida tarixiy kelishuvni imzoladi. 💠Kelishuv mintaqaning sanoat rivojida yangi bosqichni boshlab, Ikki mamlakatning sanoat salohiyatini birlashtirish savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. 💠 Uchrashuv doirasida xomashyo, jumladan, metallolom yetkazib berish sohasidagi transchegaraviy hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston bozorlarining qora metallurgiya xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Qarmet metallurgiya kombinati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 🇷🇺Ассоциация Металлургии Узбекистана подписала историческое соглашение о сотрудничестве с Ассоциацией горнодобывающих и металлургических предприятий Казахстана. 💠Подписанное соглашение ознаменовало начало нового этапа в промышленном развитии региона. Объединение промышленного потенциала двух стран, позволит расширению торгово-экономических связей и реализации совместных проектов. 💠В рамках встреч были обсуждены вопросы трансграничного сотрудничества в сфере поставок сырья, в том числе металлолома, а также актуальные вопросы обеспечения потребностей рынков Узбекистана и Казахстана в металлургическом сырье. В частности, в ходе встречи с представителями металлургического комбината Qarmet обсуждены дальнейшего развития прямых деловых связей. 😊@umasuz

O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi vakillari 9–10 sentabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ipak yo‘li” kon-metallur
+7
O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi vakillari 9–10 sentabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ipak yo‘li” kon-metallurgiya sanoatida hamkorlik forumida ishtirok etmoqda. Forum doirasida Uyushma Ijrochi direktori ma’ruza bilan chiqish qilib, O‘zbekiston va mintaqadagi qora metallurgiyaning joriy holati, sohaning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar haqida ma’lumot berdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnologik yangilanish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida Uyushma vakillari qator ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazib, forum ishtirokchilari, jumladan, konchilik va metallurgiya korxonalari vakillari, uskunalar ishlab chiqaruvchilar hamda istiqbolli hamkorlar bilan yangi aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. 🇷🇺Представители Ассоциации Металлургии Узбекистана принимают участие в Форуме по сотрудничеству в горно металлургической промышленности «Шёлкового пути», который проходит 9–10 сентября в Астане. В рамках форума Исполнительный директор Ассоциации выступил с речью, в которой рассказал о текущей ситуации в чёрной металлургии Узбекистана и в регионе, ключевых тенденциях развития отрасли. Особое внимание было уделено вопросам развития производства, технологического обновления и расширения международного сотрудничества. В ходе мероприятия представители Ассоциации провели ряд встреч с участниками форума, включая представителей горнодобывающих и металлургических предприятий, производителей оборудования и потенциальных партнёров. @umasuz

🇺🇿Avtomobilsozlik sanoatidagi shtamplash ishlab chiqarish jarayoni haqida video. ✅2025-yilda O‘zbekistonda 457,9 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi — bu ko‘rsatkich o‘n yil avvalgiga nisbatan 2,4 baravardan ko‘proq. Avtomobillar ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan bir qatorda, metall listni qayta ishlashdan tortib, tayyor kuzov detallarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan avtokomponentlarni mahalliylashtirish jarayoni ham rivojlanmoqda. O‘zbekistondagi muhim shtamplash ishlab chiqarish korxonalari Asakada UzAuto Motors, Farg‘onadagi Uz-Sungwoo, Jizzaxdagi ADM Stamping, Andijondagi O‘zAuto-AUSTEM mamlakatimizdagi shakllanayotgan mahalliylashtirilgan avtokomponentlar ishlab chiqarish zanjirining muhim qismidir. 🇷🇺Видео о штамповочном производстве в автомобильной промышленности. ✅В 2025 году в Узбекистане было произведено 457,9 тысячи легковых автомобилей — этот показатель более чем в 2,4 раза превышает уровень десятилетней давности. Наряду с ростом объемов производства автомобилей развивается и процесс локализации автокомпонентов: от обработки листового металла до выпуска готовых деталей кузова. Ключевыми штамповочными предприятиями для автомобильной отрасли являются: UzAuto Motors в Асаке, Uz-Sungwoo в Фергане, ADM Stamping в Джизаке и UzAuto-AUSTEM в Андижане — являются ключевым звеном формирующейся в стране цепочки производства локализованных автокомпонентов. 😊@umasuz

🇺🇿O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi tog‘-kon va metallurgiya sohasi vakillarini sohadagi muhim tadbirida — UIMF 2026 va Mi
+6
🇺🇿O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi tog‘-kon va metallurgiya sohasi vakillarini sohadagi muhim tadbirida — UIMF 2026 va MiningMetals Uzbekistan 2026 tadbirlarida ishtirok etishga taklif qiladi. 📆27–28-oktabr — UIMF 2026 Xalqaro forumida kompaniyalar rahbarlari, davlat tashkilotlari vakillari va yetakchi ekspertlarni bir maydonga jamlab, tog‘-kon va metallurgiya sanoatining rivojlanish istiqbollari hamda sohani texnologik rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. 📆27–29-oktabr — MiningMetals Uzbekistan 2026 20-yubiley xalqaro ko‘rgazmada foydali qazilmalarni qazib olish, boyitish, xomashyoni tashish va metallurgiya ishlab chiqarishi uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. 📍«O‘zekspomarkaz» MXM, Toshkent Qo‘shimcha ma’lumot: 📲 +998 50 760 51 54 📨 uimf@cca.uz | mining@iteca.uz 🇷🇺Ассоциация Металлургии Узбекистана приглашает представителей горно металлургической отрасли принять участие в двух ключевых событиях отрасли 2026 года: UIMF 2026 и MiningMetals Uzbekistan 2026. 📆27-28 октября — UIMF 2026 Международный форум объединит руководителей компаний, представителей государственных структур и ведущих экспертов для обсуждения перспектив горнодобывающей и металлургической промышленности, инвестиционных проектов и технологического развития отрасли. 📆27–29 октября — MiningMetals Uzbekistan 2026 20-я юбилейная международная выставка представит оборудование, технологии и решения для добычи, обогащения, транспортировки сырья и металлургического производства. 📍НВК "Узэкспоцентр",Ташкент Для информация: 📲 +998 50 760 51 54 📨 uimf@cca.uz | mining@iteca.uz 😊@umasuz

🇺🇿O‘zbekistonda yassi po‘lat prokati bozorining dinamikasi. 📊2026-yil avgustda issiq prokat po‘lat narxlari o‘sishda davom
+2
🇺🇿O‘zbekistonda yassi po‘lat prokati bozorining dinamikasi. 📊2026-yil avgustda issiq prokat po‘lat narxlari o‘sishda davom etdi. Sentabrda narxlarning yana 4–5% atrofida oshishi kutilmoqda. 2025 yil 1 yarim yilliga nisbatan 2026 yilning 1 yarim yilligida importning o‘rtacha narxi 0,85% ga kamaygan bo‘lsa-da, import hajmi 40,76% ga oshdi. Yetkazib berishlarning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istondan sovuq prokat uchun yarim tayyor mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladi. 🕯2025 yil 1 yarim yilliga nisbatan Sovuq prokat mahsulotlari boyicha bozorda importning o‘rtacha narxi 2026 yilning 1 yarim yilligida importning 5,94% (CIP Uzbekistan) ga pasaygani kuzatilmoqda. Shu bilan birga, import hajmi 17,75% ga oshdi. Xitoydan asosan yuqori sifatli sovuq prokatlangan po'lat mahsulotlari import qilinmoqda
O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi metall mahsulotlari bozoridagi narxlar, import hajmlari va yetkazib berish hajmlarini dinamikasini monitoring qilishni davom ettirmoqda.
🇷🇺 Динамика рынка плоского стального проката в Узбекистане 📊В августе 2026 года цены на горячекатаную сталь в рулонах продолжили расти. В сентябре ожидается дальнейшее повышение цен ориентировочно на 4–5%. По сравнению с 1 полугодием 2025 года, в 1 полугодии 2026 года горячекатаный прокат при стабильной средней импортной цене (изменение −0,85%) объёмы импорта выросли на 40,76%. Основная часть поставок приходится на подкат для производства холоднокатанного проката из России и Казахстана. 🕯На рынке холоднокатанного проката за 1 полугодие 2026 наблюдается снижение средней импортной цены на 5,94%, (CIP Uzbekistan) по сравнению с 1 полугодием 2025 года,при этом объёмы импорта увеличились на 17,75%. Из Китая импортируется х/к прокат с премиальным качеством
Ассоциация Металлургии Узбекистана продолжает отслеживать динамику цен, объёмов импорта и структуры поставок на рынке металлопродукции.
😊@umasuz

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni barchamizga muborak bo‘lsin! ✨Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlar
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni barchamizga muborak bo‘lsin! ✨Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobi, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz tiklanishi, yurtimiz taraqqiyoti va farovonligining mustahkam poydevoridir. 💫O‘zbekiston Metallurgiya Uyushmasi barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇷🇺С Днём Независимости Республики Узбекистан! ✨Независимость — это воплощение вековых мечтаний и стремлений нашего народа, возрождение национальных ценностей и традиций, прочный фундамент развития и процветания нашей страны. 💫Ассоциации Металлургии Узбекистана искренне поздравляет Всех соотечественников с Днём Независимости. Желаем мира, стабильности, благополучия, и процветания нашей стране и нашему народу! 😊@umasuz 📷Instagram

🇺🇿 World Steel Association ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida 70 ta mamlakatda 149,2 mln tonna po‘lat ishlab chiqari
🇺🇿 World Steel Association ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida 70 ta mamlakatda 149,2 mln tonna po‘lat ishlab chiqarildi. Bu 2025-yil iyul oyiga nisbatan 0,3% ga kam. 🌎Osiyo va Okeaniya mintaqasi 109,4 mln tonna bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Biroq ishlab chiqarish hajmi 1,2% ga kamaydi. Ishlab chiqarishning eng sezilarli o‘sishi Afrika — 2,0 mln t (+6,1%), Yevropa — 3,7 mln t (+5,8%) Shimoliy Amerika — 9,6 mln t (+4,9%). 📊Dunyo miqyosida po‘lat ishlab chiqarish biroz kamayganiga qaramay, qator mintaqalarda barqaror ijobiy dinamika kuzatildi. 🇷🇺 По данным World Steel Association, в июле 2026 года производство стали в 70 странах составило 149,2 млн тонн, что на 0,3% меньше, чем годом ранее. 🌎Азия и Океания сохранили лидерство — 109,4 млн тонн, однако производство снизилось на 1,2%. Наиболее заметный рост производства показалиАфрика — 2,0 млн т (+6,1%), Европа, прочие страны — 3,7 млн т (+5,8%) Северная Америка — 9,6 млн т (+4,9%). 📊Несмотря на небольшое снижение мирового производства, ряд регионов продемонстрировал устойчивую положительную динамику. 😊@umasuz

🇺🇿«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan: Turanov G‘ulomjon Mirzaxma
🇺🇿«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan: Turanov G‘ulomjon Mirzaxmatovich — «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi po‘lat erituvchisi 🇷🇺Удостоен почётного звания Заслуженный работник промышленности Республики Узбекистан: Туранов Гуломжон Мирзахматович — сталевар электросталеплавильного подразделения акционерного общества «Узбекский металлургический комбинат». 😊@umasuz

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hiss
Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi. Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi vazifasida ishlayotgan G‘ulomjon Turonovning “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining e’tirofidir. Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijaga erishib, o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi. Facebook|Instagram|X

🇺🇿2026-yil iyul oyida dunyoda po‘lat ishlab chiqarishi hajmi TOP-10 mamlakat. 💠Worldsteel ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil i
🇺🇿2026-yil iyul oyida dunyoda po‘lat ishlab chiqarishi hajmi TOP-10 mamlakat. 💠Worldsteel ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida Xitoy 76,9 mln tonna po‘lat ishlab chiqarish hajmi bilan dunyoning eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchisi sifatidagi yetakchiligini saqlab qoldi. Hindiston 14,4 mln tonna bilan ikkinchi, AQSh esa 7,4 mln tonna bilan uchinchi o‘rinni egalladi. 💠TOP-10 mamlakatlar orasida ishlab chiqarishning eng yuqori o‘sishi Vetnamda qayd etildi — 2025-yil iyul oyiga nisbatan +34,7%. Shuningdek, Turkiya (+7,0%) va Janubiy Koreya (+6,4%)da ham sezilarli o‘sish kuzatildi. 🇷🇺Мировое производство стали: ТОП-10 стран в июле 2026 года 💠По данным Worldsteel, в июле 2026 года Китай сохранил лидерство среди крупнейших производителей стали, выпустив 76,9 млн тонн. Второе место заняла Индия с объёмом производства 14,4 млн тонн, третье — США с показателем 7,4 млн тонн. 💠Наиболее значительный рост производства среди стран ТОП-10 продемонстрировал Вьетнам — +34,7% по сравнению с июлем 2025 года. Существенный рост также отмечен в Турции (+7,0%) и Южной Корее (+6,4%). 😊@umasuz 📷Instagram

🇺🇿Dunyoda 2026-yil yanvar–iyul oylarida po‘lat ishlab chiqarishi hajmi bo'yicha TOP-10 mamlakat ✅World Steel Association ma
🇺🇿Dunyoda 2026-yil yanvar–iyul oylarida po‘lat ishlab chiqarishi hajmi bo'yicha TOP-10 mamlakat ✅World Steel Association ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida dunyoda 1 033,3 mln tonna po‘lat ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 0,6% ko‘p. ✅Xitoy yetakchilik qilib 577,0 mln tonna po'lat ishlab chiqargan. Bu TOP-10 mamlakatlar umumiy ishlab chiqarish hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori o‘sishi Vyetnamda (+28,0%) qayd etildi. Ishlab chiqarishning pasayishi Rossiya (-6,1%), Xitoy (-3,1%), Yaponiya (-0,3%) va Braziliya (-1,2%)da qayd etildi. 🇷🇺Мировое производство стали ТОП-10 стран за январь–июль 2026 года ✅По данным World Steel Association, за январь–июль 2026 года мировое производство стали составило 1 033,3 млн тонн, что на 0,6% выше, чем за аналогичный период 2025 года. ✅Китай сохраняет лидерство произведя 577,0 млн тонн,что более половины объёма производства стран ТОП-10. Наибольший рост производства показал Вьетнам (+28,0%). Снижение производства отмечено в России (-6,1%), Китае (-3,1%), Японии (-0,3%) и Бразилии (-1,2%). 😊@umasuz 📷Instagram