en
Feedback
TechnoCampUz

TechnoCampUz

Open in Telegram

@yoshlaragentligi tomonidan tashkil etilgan ixtirochilik va muhandislik oromgohi!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
269
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
⚡️ 3D ruchkalar bilan o'tgan bugungi dars haqiqiy ijodga aylandi! 🌟 O‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan turli shakl va detallarni yaratib, texnologiyaning sehrli olamiga sho‘ng‘ishdi. 🤩 Ularning tasavvuri charxlandi, texnologiyaga bo‘lgan ishtiyoqi esa yanada kuchaydi! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

🚀 Raketa modellashtirish darslarini boshladik! 🤩 Raketa modellashtirish darslarimizda o’quvchilarimiz o’zlari raketalarni yasashni boshlashdi! 🎉 Birinchi bor raketalarni uchurib, ajoyib darsda qatnashishdi! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

🛫 “TechnoCamp 2025da avia modellashtirish darslari! 🤩 Oromgohda avia modellashtirish darslarimiz bo’lib o’tmoqda, ushbu darslarda o’quvchilarimiz o’zlari dronlarni uchurib ko’rishmoqda! 💯 Bu ajoyib tajriba o’quvchilarimizni kelajakda dronlar sohasida katta natijalarga erishishida yordam beradi! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

Repost from Alisher Sadullaev
Video message00:27

🏕 “TechnoCamp”ning 2-kuni – Darslar Kuni! 🦾 Bugun erta tongdan boshlab o‘quvchilarimiz turli yo‘nalishlardagi qiziqarli va
+8
🏕 “TechnoCamp”ning 2-kuni – Darslar Kuni! 🦾 Bugun erta tongdan boshlab o‘quvchilarimiz turli yo‘nalishlardagi qiziqarli va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar! ⚡️ Robototexnika, 3D modellashtirish, Raketa modellashtirish , Dron texnologiyalari sohalarida tashkil etilgan darslar nafaqat bilim, balki ilhom ham bermoqda. 🌟 O‘quvchilarimiz har bir daqiqani unumli o‘tkazib, yangi texnologiyalar olamiga sho‘ng‘imoqdalar! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

🎉 “TechnoCamp 2025” ochilish marosimi bo’lib o’tdi! 🫱🏻‍🫲🏼 Bugun oromgohimizda tanishuv kuni bo’lib o’tdi, bolalarimiz o’
+5
🎉 “TechnoCamp 2025” ochilish marosimi bo’lib o’tdi! 🫱🏻‍🫲🏼 Bugun oromgohimizda tanishuv kuni bo’lib o’tdi, bolalarimiz o’z guruhdoshlari bilan tanishib, oromgoh hayotiga o’rganishmoqda! 🤩 Ertadan texnologik qiziqarli darslar hamda masterklasslar bo’lib o’tadi! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

Video message00:15

Video message00:18

🎒 TechnoCamp 2025 oromgohiga nimalar kerak? Keling, birgalikda ko‘rib chiqamiz! 🪪 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki
🎒 TechnoCamp 2025 oromgohiga nimalar kerak? Keling, birgalikda ko‘rib chiqamiz! 🪪 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki metrka) 👕 3–5 ta kundalik, yengil kiyim 🧥 Issiq kiyim (kechqurun sovuq bo‘lishi mumkin) 👟 Sport kiyim va qulay oyoq kiyim 🧢 Quyoshdan saqlovchi bosh kiyim 🩴 Shippak (dam olish va dush uchun) 🪥 Tish cho'tkasi va pastasi 🧼 Sovun/shampun 🧺 Sochiq 😎 Quyoshdan himoya ko‘zoynagi 🤖 O‘zingiz yaratgan loyiha (agar bo‘lsa) 💊 Shaxsiy dori-darmonlar (agar zarur bo‘lsa) 🧭 Tayyor bo‘ling — sarguzashtli va ilhomlantiruvchi hafta kutmoqda! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

📍Ushbu manzilda, Yoshlar Ishlari Agentligi, ertaga finalistlar soat 08:00 bilan ko'rishamiz! 🌟 Barchangizga omad tilaymiz! TechnoCamp 2025’da uchrashguncha! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

⚡️ Barchaga salom, bo‘lajak ixtirochilar! 🏆 Kutilgan kun keldi! Bugun TechnoCamp 2025 tanlovi natijalari e'lon qilinmoqda! 📞 Bizning operatorlarimiz siz bilan aloqaga chiqib, oromgohga qabul qilinganingiz haqida rasmiy tarzda xabar berishadi. 🚀 Sizni texnologiya, ijodkorlik va sarguzashtlarga to‘la ajoyib muhandislik oromgohi kutmoqda! Dronlar, raketalar, loyihalar va eng muhimi — siz kabi ixtirochi yoshlar bilan tanishuv! 🌟 Barchangizga omad tilaymiz! TechnoCamp 2025’da uchrashguncha! 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

🚀 BUGUN — TechnoCamp 2025 uchun arizalar topshirishning so‘nggi kuni! 📌 Endi kutishga vaqt yo‘q — sizni kelajak texnologiya
🚀 BUGUN — TechnoCamp 2025 uchun arizalar topshirishning so‘nggi kuni! 📌 Endi kutishga vaqt yo‘q — sizni kelajak texnologiyalari bilan to‘la ajoyib muhandislik oromgohi kutyapti! Dronlar, raketalar, yangi do‘stlar va ilhom baxsh etuvchi loyihalar aynan shu yozda sizni kutmoqda! 📲Arizani hoziroq to‘ldiring va texnologiya sarguzashtiga yo‘l oling! 🔗Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://forms.gle/tPX4vmMyLvXHeRqy8 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

🏕 TechnoCamp 2025 – Muhandislik oromgohiga a’riza topshirishga atigi 2 kun qoldi! 🧐 Siz hali ham ro‘yxatdan o‘tmadingizmi?
🏕 TechnoCamp 2025 – Muhandislik oromgohiga a’riza topshirishga atigi 2 kun qoldi! 🧐 Siz hali ham ro‘yxatdan o‘tmadingizmi? Unda shoshiling! 🙋‍♂️Parallel sinfdagi Aziz allaqachon arizasini topshirdi, hattoki dronini ham tayyorlab qo‘ygan! Siz-chi? Bu yozni oddiy dam olish bilan emas, haqiqiy texnologiya sarguzashtlari bilan o‘tkazing! Raketa uchiring, dron yasang, o‘zingizga o‘xshagan ixtirochi do‘stlar orttiring va eng asosiysi — kelajakni o‘zingiz yarating! ⚡️Joylar soni cheklangan — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/tPX4vmMyLvXHeRqy8 🕊Telegram | 📱Instagram | 👥 Linkedin

🏕 TechnoCamp 2025 – Kelajak ixtirochilari uchun oromgoh! Agar siz muhandislik va ixtirochilikka qiziqsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun! 🛠 TechnoCamp 2025 – bu: ✅ 10+ muhandislik yo‘nalishidagi kurslar ✅ Amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv workshoplar ✅ Qiziqarli tadbirlar, ijodiy loyihalar va o‘yinlar ✅ Va, eng asosiysi – unutilmas do‘stlar va xotiralar! 📌 Kimlar qatnasha oladi? 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan texnikaga qiziquvchi o‘g‘il-qizlar 📅 Ariza topshirish muddati: 7-iyungacha 🚀 Ixtirochilik sari katta qadamlarni qo'yish vaqti keldi! 🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/tPX4vmMyLvXHeRqy8 🕊Telegram | 📱Instagram