KiberXavfsizlik Asoslari
Open in Telegram
Nishonga aylanishdan oldin o‘zingni himoya qilishni o‘rgan!
Show more354
Subscribers
-124 hours
No data7 days
+630 days
Posts Archive
Repost from Kiberxavfsizlik markazi
#css2026 #cknews #redteam #blueteam
🦁CYBERKENT 4.0: Jamoalar soni umumiy 227 taga yetdi!
⏺Himoyachi jamoa (Blue team) uchun ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar 8️⃣2️⃣ jamoani (270 nafar) tashkil etmoqda.
Himoyachi jamoa (Blue team) saralash musobaqalarida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etadi.
➡️blue.cyberkent.uz
🔴 Hujumchi jamoa (Red team) uchun ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar soni allaqachon 1️⃣4️⃣5️⃣ jamoaga (420 nafar) yetdi.
Hujumchi jamoa (Red team) saralash musobaqalarida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etadi.
➡️red.cyberkent.uz
Batafsil ma’lumot: https://t.me/cyberkent_uz
Veb-sayt: cyberkent.uz
🌐Website
| 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱InstagramRepost from Kiberxavfsizlik markazi
#css2026 #cknews4_0
🦁“CYBERKENT 4.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2026-yilning 5-6 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 4.0”da ishtirok etish istagidagilar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Musobaqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
⏺Himoyachi jamoa (Blue team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
Blue team saralash bosqichi 2026-yil 24-avgustdan ro‘yxatdan o'tish boshlanadi
🔴 Hujumchi jamoa (Red team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
Red team saralash bosqichi uchun ro'yxatdan o'tish 2026-yil 24-avgustdan boshlanadi
❗️Himoyachi jamoa (Blue team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Hujumchi jamoa (Red team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.
Saralash bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilar uchun 2026-yil 5-6 oktabr kuni Ochiq topshiriqlar (CTF, The AI Underworld, Attack Surface AI ), "CyberQuiz" viktorinasi, "Bug bounty", "Cybermergan" va "Cyber muloqot" seminar-treningi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
“Cyberkent 4.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
🔴Hujumchi jamoa (Red team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m
⏺Himoyachi jamoa (Blue team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m
🟢Ochiq topshiriqlar (Har bir yo'nlish uchun)
🥇1-o‘rin — 15 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 10 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 5 mln so‘m
✅Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Batafsil ma'lumot cyberkent.uz veb-saytida.
🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱InstagramRepost from N/a
#css2026 #cknews4_0
🦁“CYBERKENT 4.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2026-yilning 5-6 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 4.0”da ishtirok etish istagidagilar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Musobaqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
⏺Himoyachi jamoa (Blue team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
Blue team saralash bosqichi 2026-yil 24-avgustdan ro‘yxatdan o'tish boshlanadi
🔴 Hujumchi jamoa (Red team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
Red team saralash bosqichi uchun ro'yxatdan o'tish 2026-yil 24-avgustdan boshlanadi
❗️Himoyachi jamoa (Blue team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Hujumchi jamoa (Red team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.
Saralash bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilar uchun 2026-yil 5-6 oktabr kuni Ochiq topshiriqlar (CTF, The AI Underworld, Attack Surface AI ), "CyberQuiz" viktorinasi, "Bug bounty", "Cybermergan" va "Cyber muloqot" seminar-treningi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
“Cyberkent 4.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
🔴Hujumchi jamoa (Red team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m
⏺Himoyachi jamoa (Blue team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m
🟢Ochiq topshiriqlar (Har bir yo'nlish uchun)
🥇1-o‘rin — 15 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 10 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 5 mln so‘m
✅Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Batafsil ma'lumot cyberkent.uz veb-saytida.
🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱InstagramRepost from KiberXavfsizlik Asoslari
https://cybertraining.uz/
Kiberxavfsizlik bo’yicha o’z bilimlaringizni oshiring.
Repost from UzCERT Live
⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH!
Davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar DIQQATIGA ✅
👨💻 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida kiberjinoyatchilar O‘zbekiston Respublikasidagi davlat organlari, tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kompyuter va serverlariga RDP (Remote Desktop Protocol) xizmati orqali ruxsatsiz kirishga qaratilgan ommaviy kiberhujumlarni amalga oshirayotganligi aniqlandi.
⚠️ O‘rganishlar davomida mazkur kiberhujumlarni boshqarishda foydalanilayotgan zararli C2 (Command and Control) infratuzilmasiga tegishli bir qancha xorijiy IP-manzillar aniqlandi.
Dastlabki tahlillar natijasida ushbu ommaviy kiberhujumlar oqibatida ayrim tashkilotlarning axborot tizimlari zararlanganligi, jumladan, ayrim server va kompyuterlardagi ma'lumotlar SHIFRLANGANligi aniqlandi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.
⚠️ Barcha davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kiberxavfsizlik uchun mas’ul xodimlaridan quyidagi choralarni zudlik bilan amalga oshirish so‘raladi:
✅ Zarurat bo‘lmasa RDP xizmatini vaqtincha o‘chirib qo‘yish yoki Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni cheklash. ✅ RDP xizmatiga faqat ishonchli IP-manzillardan yoki VPN orqali kirishga ruxsat berish, Network Level Authentication (NLA) funksiyasini yoqish hamda 3389-portni Internet tarmog‘iga ochiq holda qoldirmaslik. ✅ Administrator va RDP orqali kirish huquqiga ega foydalanuvchi hisoblarining parollarini murakkab parollarga almashtirish hamda ko‘p faktorli autentifikatsiyani (MFA) joriy etish. ✅ Firewall, IDS/IPS, SIEM, EDR/XDR va boshqa monitoring vositalari loglarini tahlil qilish, shubhali IP-manzillar bilan bog‘liq hodisalar, ulanishlar, tarmoq so‘rovlari va boshqa anomal faolliklarni aniqlash hamda batafsil o‘rganish o‘tkazish. ✅ RDP xizmatidan foydalanayotgan server va ishchi stansiyalarni qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish, ruxsatsiz kirish, yangi foydalanuvchi hisoblari yoki boshqa shubhali o‘zgarishlar mavjudligini aniqlash. ✅ Aniqlangan har qanday shubhali faollik bo‘yicha zudlik bilan ichki tekshiruv o‘tkazish hamda axborot tizimlari monitoringini kuchaytirish. ✅ Zararlanish alomatlari aniqlangan taqdirda tegishli axborot tizimini zudlik bilan tarmoqdan ajratish, hodisaning tarqalishining oldini olish va zarur dalillarni saqlab qolish. ✅ Aniqlangan kiberhodisa yoki komprometatsiya alomatlari to‘g‘risida belgilangan tartibda UZCERT xizmatini zudlik bilan xabardor qilish hamda mavjud ma’lumotlarni taqdim etish (incident@uzcert.uz).🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
Repost from N/a
+2
Nima uchun Claude va Cursor’da UI generatsiya qilishda toʻkishingiz kerak boʻlgan tokenlarni zoye qilyapsiz? 🤫
Dasturchilar va startapchilar Claude, ChatGPT yoki Cursor’ga "menga chiroyli admin panel qilib ber" deb yozganda nima boʻladi?
- Natijada har xil ranglar, buzilgan shriftlar, bir-biriga tushmaydigan UI komponentlar va eng yomoni - bitta oddiy ekranni toʻgʻrilash uchun minglab yoqilgan tokenlar.
AI gʻildirakni qayta kashf qilmasligi va tokenlaringiz kuymasligi uchun biz bitta yechim ustida ishladik.
Bu nima?
Biz Glass UI Kit - tayyor Vue 3, TypeScript va Tailwind CSS komponentlar katalogi hamda AI uchun maxsus Design System Prompts ekotizimini yaratdik.
Endi AI’ga shunchaki tayyor prompt va komponentlar tizimini berib qoʻyasiz. U sizga:
✅ Aniq ranglar palitrasi (OKLCH tokens),
✅ Mukammal struktura,
✅ Tayyor komponentlar va uning prop’slarini birinchi urinishdayoq xatosiz chiqarib beradi.
Loyiha hozircha yopiq testda edi, lekin tez orada uni barcha uchun OCHIQ FOYDALANISHGA taqdim etamiz!
Lekin unga qadar birinchi boʻlib kirish va tokenlarni tejashni xohlasangiz - izohlarda "UI" deb qoldiring! 👇@akhmedov_tech
Repost from Kiberxavfsizlik markazi
🌐CyberQuiz 3.0
"Brute-force" himoyasi uchun "CAPTCHA" qachon yetarli bo'ladi?
🔐 Биргина SMS-код — барча маблағингизга хавф туғдириши мумкин!
⚠️ Ҳеч қачон SMS-код, парол ёки банк картаси маълумотларини ҳеч кимга берманг.
🚫 Номаълум ҳаволаларга босманг ва шубҳали қўнғироқларга ишонманг.
🛡 Кибержиноятчилар техник усуллардан кўра, инсон ишончидан кўпроқ фойдаланади.
Огоҳ бўлинг, ўзингиз ва яқинларингизни киберфирибгарлардан ҳимоя қилинг!
📍Наманган вилояти ИИБ Ахборот хизмати
Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Repost from Kiberxavfsizlik markazi
🌐CyberQuiz 3.0
"Windows forensics"da "Event ID 4624" qaysi voqeani ifodalaydi?
Repost from UzCERT Live
⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH!
Banklar va tashkilotlarda ERI (Elektron raqamli imzo) kalitidan foydalanuvchi xodimlar DIQQATIGA ✅
🚨 TASHKILOTINGIZ HISOBIDAN KATTA MIQDORDA PUL O‘G‘IRLANISHI MUMKIN!
Kech bo‘lmasdan kompyuteringizni zudlik bilan tekshiring!
🔎 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida kiberjinoyatchilar davlat ijro faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari nomidan yuborilgan soxta (fishing) elektron xatlar va messenjer xabarlari orqali tashkilotlarning axborot tizimlariga hujum qilayotgani aniqlandi.
💻 Mazkur xabarlarga ilova qilingan yoki havola orqali yuklab olinadigan, rasmiy dastur sifatida niqoblangan zararli dasturlar ishga tushirilgandan so‘ng hujumchilarga kompyuterni masofadan boshqarish, maxfiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritish hamda bank operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
🚫 O‘rganishlar davomida quyidagi toifadagi xodimlar foydalanayotgan kompyuterlar zararli dasturlar bilan zararlanganligi aniqlandi:
➡️ ERI kalitidan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari; ➡️ bosh hisobchilar va moliyaviy bo‘linma xodimlari; ➡️ bank hisobvaraqlari bilan ishlovchi mas'ul xodimlar; ➡️ hujjatlar aylanishi bo‘limi (devonxona) xodimlari.Mazkur zararli dastur orqali kiberjinoyatchilar ERI kalitlarini qo‘lga kiritishi, bank to‘lov topshiriqlarini noqonuniy imzolashi hamda tashkilot hisobidan katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishi mumkin. 🛡 Agar kompyuteringizda yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan papkalardan kamida bittasi aniqlansa, muhim ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlab, operatsion tizimni zudlik bilan qayta o‘rnating. Shuningdek, litsenziyalangan antivirus dasturini o‘rnating va uning virus bazalarini muntazam yangilab boring! 🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Repost from Kiberxavfsizlik markazi
🌐CyberQuiz 3.0
"Red team" va "Blue team" mashg'ulotida Qizil jamoaning vazifasi nima?
Repost from KiberXavfsizlik Asoslari
🔒 UXSS – Brauzer darajasidagi xavfli zaiflik!
🚨 Universal Cross-Site Scripting nima va nega u xavflidir?
🕷 UXSS – bu odatiy XSS emas! Bu zaiflik sayt emas, balki brauzerning o‘zida yuzaga keladi. Foydalanuvchi biror zararli sahifaga kirganda, brauzerdagi xatolik tufayli boshqa ochiq sahifalardagi ma’lumotlar ham hujumchining qo‘liga tushadi.
🎯 UXSS qanday ishlaydi?
1. Brauzerdagi xavfsizlik konteksti noto‘g‘ri boshqariladi
2. Hujumchi SOP (Same-Origin Policy) ni aylanib o‘tadi
3. Natijada cookie, sessiya tokenlari, brauzer tarixiga ruxsatsiz kirish mumkin
🛠 Real holat:
2020-yilda mashhur Chromium asosidagi brauzerda UXSS aniqlangan. Bu orqali hujumchilar boshqa tab’larda ochilgan sessiyalardan ma’lumot o‘g‘irlagan!
⸻
🛡 Himoya choralari:
✅ Brauzerni doimiy yangilang
✅ CSP (Content Security Policy) ni yoqing
✅ Faqat ishonchli kengaytmalarni o‘rnating
✅ Brauzer va kengaytmalarni xavfsizlik testidan o‘tkazing
⸻
👨💻 Tadqiqotchilar uchun:
🔍 Kod tahlili
🔧 Fuzz-testing
🏆 Bug bounty dasturlari orqali xatoliklarni toping va mukofotga ega bo‘ling
⸻
📌 UXSS — bu nafaqat saytlar, balki brauzerlar ham himoyaga muhtoj ekanligini isbotlaydi.
Agar siz kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz – boshlash ayni vaqt!
📚@CyberSecurity_Essentials
#XSS #UXSS #bugbounty #brauzerxavfsizligi #kiberxavfsizlik #OWASP #hujumvaHimoya #HackTraining
Repost from KiberXavfsizlik Asoslari
https://cybertraining.uz/
Kiberxavfsizlik bo’yicha o’z bilimlaringizni oshiring.
Repost from Digital.uz
🎲 Kiberfiribgar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun yordam beradigan foydali raqamli vositalar
🔐 Kiberfiribgarlar tobora yangi usullardan foydalanayotgan bir paytda shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish har qachongidan ham muhim. Quyidagi bepul xizmatlar shubhali fayllar, havolalar va ilovalarni tekshirishda sizga yordam beradi.
🤖 @cyberqalqonbot
Telegram orqali yuborilgan noma’lum yoki shubhali faylni botga yuboring.
Bot qisqa vaqt ichida faylni tahlil qilib, uning xavfsiz yoki zararli ekanligi haqida ma’lumot beradi. Bu viruslar va zararli dasturlarni ochishdan oldin xavfni aniqlash imkonini beradi.
🛡️ Xavfsizlink.uz
Platforma quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🟢 shubhali QR-kodlarni tekshirish;
🟢 .doc, .docx, .xls, .xlsx, .pdf, .exe, .bat, .apk va boshqa formatdagi fayllarni xavfsizlik nuqtayi nazaridan tahlil qilish;
🟢 shubhali havolalarni tekshirish va ularning xavfsizligini baholash;
🟢 foto va videolarning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yoki haqiqiy ekanligini aniqlashga ko‘maklashuvchi tahlil natijalarini taqdim etish.
▪️ Check Permission mobil ilovasi
Mazkur Android ilovasi qurilmadagi ilovalarni avtomatik tahlil qilib, zararli dasturlarni aniqlash va ularning o‘rnatilishining oldini olishga yordam beradi.
Agar qurilmada zararli ilova aniqlansa, foydalanuvchiga tezkor bildirishnoma yuboriladi. Ilova internetga ulanmagan holatda (offline) ham ishlaydi.
❗️ Hurmatli fuqarolar!
Yuqoridagi barcha vositalar Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etiladi.
🔒 Kiberxavfsizlik qoidalariga amal qiling va ishonchli raqamli vositalardan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Repost from Kiberxavfsizlik markazi
📶Raqamli gigiyena — xavfsiz kelajak garovi
Mazkur qo‘llanmada Internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollar yaratish, kiberxavflarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar mavjud.
Qo'llanma 4️⃣ qismdan iborat bo'lib, ular quyidagicha:
➡️Kirish qismi
➡️Raqamli gigiyenaning asosiy omillari
➡️Axborot xavfsizligida raqamli gigyena prinsiplari
➡️Atama va lug'atlar
🌐Website
| 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱InstagramRepost from Kiberxavfsizlik markazi
🌐CyberQuiz 3.0
"VPN" xizmatining asosiy vazifasi nima?
Repost from KiberXavfsizlik Asoslari
🧩 Linux va Kiberxavfsizlik Asoslari
🎓 Online 12 dars - to‘liq o‘quv kurs!
🔐 Tizim boshqaruvi + Xavfsizlik nazorati = Professional darajadagi tayyorgarlik!
✅ 1-dars: Linux va Open Source nima?
✅ 2-dars: Virtual muhit va Ubuntu Server
✅ 3-dars: Fayl tizimi va kataloglar tuzilmasi
✅ 4-dars: Terminal va asosiy komandalar
✅ 5-dars: Fayl va kataloglarga ruxsatlar berish (Permissions)
✅ 6-dars: Foydalanuvchilar va guruhlar tizimi
✅ 7-dars: Fayl va log tahlili
✅ 8-dars: Paket menejmenti va dastur o‘rnatish
✅ 9-dars: Xizmatlar va systemd bilan ishlash
✅ 10-dars: Tarmoq sozlamalari va tekshiruv usullari
✅ 11-dars: Disklar, fayl tizimi va zaxiralash
✅ 12-dars: Firewall, avtomatlashtirish va tizim xavfsizligi
🚀 Kurs yakunida siz:
📁 Linux tizimini mustaqil boshqara olasiz
🛡 Kiberxavfsizlik nuqtayi nazaridan tizimni tahlil qilib, himoyalay olasiz
🔧 Professional administratsiya va auditi bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lasiz
🔗 Telegram kanalimiz: Kiberxavfsizlik Asoslari
📌 #LinuxEssentials #CyberSecurityEssentials #Linux #CyberSecurity #TizimXavfsizligi #OpenSource
Repost from KiberXavfsizlik Asoslari
🔐 KIBERXAVFSIZLIK: AXBOROTNI HIMOYA QILISHNING ASOSLARI
Kiberxavfsizlik bugungi raqamli davrda har bir tashkilot va foydalanuvchi uchun strategik ustuvorlikka aylangan. Quyidagi postlar orqali asosiy tamoyillar, zamonaviy tahdidlar va amaliy himoya vositalari bilan tanishing:
1️⃣ Axborot va tizimlarni himoya qilish – kirish
📌 Axborot xavfsizligi nima? Uning texnik va insoniy jihatlari qanday?
2️⃣ C.I.A. modeli – xavfsizlikning uch ustuni
📌 Maxfiylik (Confidentiality), Butunlik (Integrity), Mavjudlik (Availability) — axborotni himoya qilishning konseptual modeli.
3️⃣ Kiberhujumlar: zamonaviy xavf-xatarlar va ulardan himoya
📌 Fishing, ransomware, DDoS va boshqa keng tarqalgan tahdidlar va ularning oldini olish usullari.
4️⃣ Tahdidlar va aktivlar matritsasi: xavf tahlili vositasi
📌 Aktivlaringizni aniqlang, ularga bog‘liq xavf-xatarlarni tahlil qiling va ustuvorlik belgilang.
5️⃣ OSINT – ochiq manbalar orqali razvedka
📌 Ochiq internet resurslaridan axborot yig‘ish va uni tahlil qilish bo‘yicha metodologiya.
6️⃣ DNS xavfsizligi – tarmoqni yo‘naltirish manipulyatsiyasiga qarshi kurash
📌 DNS hijacking nima? Uni qanday aniqlash va oldini olish mumkin?
📢 Ushbu mavzular sizning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlashga yordam beradi. Har bir havolani o‘qing va o‘z tizimlaringizni himoyalang.
📲 @cybersecurity_essentials kanaliga obuna bo‘ling va xavfsizligingizni o‘zingiz boshlang!
📌 #CyberSecurityEssentials #CyberSecurity #TizimXavfsizligi #OSINT #DNSSecurity
