KO'DJ (Koreyadagi O'zbek Dasturchilar Jamiyati)
Open in Telegram
Koreyadagi har bir o‘zbek dasturchisi uchun ochiq va do‘stona jamiyat. Web: kodj.dev Asosiy guruh: https://t.me/kodjdevgroup Murojaat uchun: @behzodhalil
Show more205
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-730 days
Posts Archive
Vakansiya: Software Engineer
Ish joyi: O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreyaning "thinkForBL" kompaniyasi
Talab qilinadigan ko‘nikmalar:
- 3 yildan oshiq tajriba
- Biror yo‘nalish bo‘yicha chuqur tajriba (mobil ilovalar, backend yoki frontend dasturlash)
- Git/GitHub yordamida versiyalarni boshqarish
- Jamoa bilan ishlash, kodni ko‘rib chiqish (code review) va muhokama qilish tajribasi
- Agile/Scrum muhitida ishlash tajribasi (afzal)
Aloqa ko‘nikmalari:
- Ingliz tilida erkin yoki ishchi darajada muloqot qila olish
Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar)
Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi:
n.berdiqobilov@outsource.gov.uz
#job
Instagram | Telegram | Website
Assalomu alaykum, hammaga!
O‘tgan hafta 9-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Chet ellik spikerlarimiz tomonidan startap olamidagi ilk qadamlardan tortib, muvaffaqiyat sari yo‘lni qanday bosib o‘tish mumkinligi haqida qiziqarli fikrlar va tajribalar almashildi.
Barcha spikerlar va ishtirokchilarga tashakkur etamiz. Shuningdek, tashkillashtirishga yordam bergan "WAYU" jamoasiga rahmat aytamiz.
Kelgusida uchrashuvlarda ko'rishguncha!
Instagram | Telegram | Website
Internship qilish uchun yaxshi imkoniyat
AI Agent Engineering - Intern position at Sendbird
Vazifalar:
- Python va full-stack texnologiyalar yordamida AI agentlarini qurish va joylashtirish.
- Muhandislar, dizaynerlar va mahsulot menejerlari bilan hamkorlikda ishlash.
- Haqiqiy mijozlar uchun ishlatiladigan va ishlab chiqarishga tayyor tizimlarda ishtirok etish.
Talablar:
- Python’da toza va oson qo‘llaniladigan kod yozish tajribasi.
- React va zamonaviy JavaScript/TypeScript bilan ishlash ko‘nikmasi.
- Django, Node.js yoki Express kabi backend framework’lar bilan ishlash tajribasi.
- Kuchli muloqot va jamoada ishlash qobiliyati.
Afzalliklar:
- LangChain yoki boshqa prompt engineering vositalaridan xabardorlik.
- AWS Lambda, GCP, Vercel kabi bulut platformalarida tajriba.
- AI mahsulotlarida UX/dizayn sohasida qiziqish yoki tajriba.
Imtiyozlar:
- Oylik: 2,500,000 KRW
- Senior AI muhandislardan mentorlik
- Agentli AI tizimlari bilan bevosita ishlash tajribasi
- To‘liq stavkali ishga o‘tish imkoniyati
Internship davomiyligi:
- Eng kamida 8-12 xafta davomida ishlash talab qilinadi
🔗 Ishga topshirish uchun link:
https://sendbird.com/careers?gh_jid=8027677002&gh_src=c5d2f0192us#jobs
#job
Instagram | Telegram | Website
Assalomu alaykum
Bu safargi uchrashuvimizda chet ellik spikerlarimiz tomonidan startap olamidagi ilk qadamlardan tortib, muvaffaqiyat sari yo‘lni qanday bosib o‘tish mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.
Sana: 28-iyun
Vaqt: 10:00
Manzil: O‘zbekiston Elchixonasi, 서울 종로구 운니동 1
Dastur:
Sessiya 1:
10:00 ~ 10:10 — Kirish
10:10 ~ 11:00 — Florian Ludiot
11:00 ~ 11:20 — Dam olish
Sessiya 2:
11:20 ~ 12:10 — Manoj Fernando
12:10 ~ 12:30 — Dam olish
12:30 ~ 12:40 — Yopilish
Spikerlarimiz haqida:
Florian Ludot - Software Engineer & Serial Founder
- Dev Korea CEO
- Seoul iOS Meetup jamiyatining asosiy tashkilotchisi
- 8+ yillik tajriba
- 6 yil Yaponiyada, 2.5 yil Koreyada
Manoj Fernando - Entrepreneur & Global Mentor
- Thinktomi CEO
- Numen Ventures'da bosh hamkor
- 35+ yillik tajriba
- 3,000+ talabalar va 2,000+ startaplar bilan ishlagan
- Harrisburg University va KAIST da dars beradi.
Ro'yhatdan o'tish uchun link: kodj.dev
Ilhomlanish, o‘rganish va tarmoq qurish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Vakansiya: Full-Stack Developer
Ish joyi: O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreya IT kompaniyasi
Talab qilinadigan ko‘nikmalar:
- C# ASP.NET tilini mukammal bilish
- ASP.NET Core framework bilan chuqur ishlash tajribasi
- SQL Server yoki Oracle DBMS, Entity Framework bilan ishlay olish
- HTML, CSS, JavaScript bo‘yicha asosiy bilimlar
- Git/GitHub yordamida versiyalarni boshqarish
- DevExpress (afzal) va Blazor yoki boshqa veb vositalar bilan tanishlik (afzal)
Biznes sohalar bo‘yicha tushuncha yoki tajriba (afzal):
- WMS (Warehouse Management System)
- Material Management System
- SCM (Supply Chain Management)
- Logistika tizimlari
- Xarid tizimlari (Procurement System)
- Boshqa korporativ tizimlar
Aloqa ko‘nikmalari:
- WMS tizimi ishlab chiqish uchun Ingliz tilida muloqot qila olish
Qo‘shimcha afzallik:
- Sun’iy intellektdan foydalanilgan dasturiy loyihalarda ishlagan tajriba
Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar)
Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi:
n.berdiqobilov@outsource.gov.uz
#job
Instagram | Telegram | Website
Microsoft Build 2025 Recap: AX Tech Insight
"Microsoft Build" - Har yili butun dunyo bo‘ylab ishlab chiquvchilar va muhandislarning diqqat markazida bo‘ladigan, Microsoft’ning eng yirik texnologik tadbiri hisoblanadi.
Nimalar kutilmoqda:
- Microsoft Build 2025’ning keng qamrovli kontenti orasidan Application Experience (AX) yo‘nalishiga alohida urg‘u beriladi.
- Real loyihalarda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy insaytlar bilan boyitilgan taqdimotlar;
- Vibe Coding, MCP (Modern Connected Platform) kabi ilg‘or texnologiyalar;
Ro'yhatda o'tish uchun link:
https://thefutureinside.lgcns.com/CNSEvent/Detail/214
Instagram | Telegram | Website
Assalomu alaykum, hammaga!
Bu safargi uchrashuvimizda spikerlarimiz o‘zlarining sun’iy intellekt (AI) yo‘lidagi ilhomlantiruvchi safarlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Sizni AI sohasiga qadam qo‘yish, o‘zgarishga jur’at qilish va no-code echimlari orqali robotlarni boshqarish borasidagi qiziqarli uchrashuvimizda kutib qolamiz.
🗓️ Sana: 31-may,
🕑 Vaqti: 11:30~13:30
📍 Manzil: Embassy of Uzbekistan , 서울 종로구 운니동 1
Dastur:
Sessiya 1:
🔹 11:30 ~ 11:35 - Kirish
🔹 11:40 ~ 12:00 - Zubayda Temirova
🔹 12:00 ~ 12:20 - Savol-javoblar
🔹 12:10 ~ 12:30 - Dam olish
Sessiya 2:
🔹 12:30 ~ 12:50 - Mushtariybounu Shodikulova
🔹 12:50 ~ 13:10 - Savol-javoblar
🔹 13:10 ~ 13:30 - Dam olish
🔹 13:30 ~ 13:40 - Yopilish
Ro'yhatdan o'tish uchun link: kodj.dev
Ilhomlanish, o‘rganish va tarmoq qurish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Rahmat, uchrashuvda ko'rishguncha!
Assalomu alaykum, hammaga!
O‘tgan hafta 7-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Ushbu uchrashuvda avtonom transport vositalari, texnik suhbatlarga tayyorgarlik va zamonaviy frontend dasturlash mavzularida qiziqarli fikrlar va tajribalar almashildi.
Barcha spikerlar va ishtirokchilarga tashakkur etamiz. Shuningdek, tashkillashtirishga yordam bergan "WAYU" jamoasiga rahmat aytamiz.
Kelgusida uchrashuvlarda ko'rishguncha!
Repost from HaksengUz
📣📣 Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat!
Assalamu alaykum!
Hurmatli hamyurtlar,
Sizni, G'oyadan Startapgacha, Koreyada Startap va Tijorat Orqali Rivojlanish Yo'li deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz!
🎤 So'zlovchilar:
Bekmurod Abdullaev – 글로벌콘넥트 asoschisi, Avtomobil eksporti, D-9-1
📌 Mavzu: Koreyada Avtomobil Eksporti
Shoxrux Mannonov – Sirius Co. LTD startap asoschisi, D-8-4
📌 Mavzu: OASIS Orqali Startap Vizasini Olish
📅 Sana: 2025-yil, 27-Aprel (Yakshanba)
⏰Vaqt: 10:30 ~ 14:00
📍Joy: 성남시 외국인주민복지지원센터
(Songnam Shahri Chet elliklarni Qo'llab Quvvatlash Markazi)
🌟 Uchrashuvda nimani kutishingiz mumkin:
ℹ️ OASIS dasturi haqida batafsil tushuncha:
1-dan 9-kursgacha bo‘lgan bosqichlar, qanday tayyorlanish, qanday hujjatlar kerakligi va hukumat baholash tizimi haqida amaliy ma'lumotlar.
⚡️ Real tajribalar asosida o‘rganish:
D-8 (startap) va D-9 (savdo) vizasi egalarining shaxsiy hikoyalari orqali o‘z yo‘lingizni aniqlash, xatolardan saboq olish imkoniyati.
🟢 Viza olishdagi bosqichma-bosqich maslahatlar:
Hujjat topshirish, biznes reja yozish, pitching, intervyu jarayoni va hukumat bilan ishlash borasida aniq ko‘rsatmalar.
🤝 Netvorking va savol-javoblar:
O‘z sohangizdagi boshqa ishtirokchilar bilan tanishish, bevosita savollar berish va amaliy maslahatlar olish imkoniyati.
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://forms.gle/bBYpJrYHD8jNM4wE6
✅ Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling!
Joyni topishda yordam kerak bo‘lsa, HaksengUz guruhiga t.me/haksenguz_guruh habar yozib bizga murojaat qilishingiz mumkin, sizga yordam beramiz!
Manzilni Naver xaritada koʻrish:
https://naver.me/5l7kOujo
Manzilni Kakao xaritada koʻrish:
https://kko.kakao.com/1SDNMlVteA
HaksengUz Rasmiy Kanal:
https://t.me/haksenguz
https://t.me/haksenguz
https://t.me/haksenguz
Sizni uchrashuvda kutib qolamiz!
Hurmat bilan,
HaksengUz Jamoasi
Assalomu alaykum, hammaga!
Bu safargi uchrashuvimizda avtonom transport vositalarining imkoniyatlari, texnik suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tishning samarali strategiyalari hamda zamonaviy frontend dasturlashdagi eng so‘nggi tendensiyalar haqida o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashadilar.
🗓 Sana: Shanba, 26-Aprel, 2025
🕑 Vaqti: 11:30 - 16:00
📍 Manzil: 서울 종로구 운니동 1
Dastur:
Sessiya 1:
🔹 11:30 ~ 11:40 - Kirish
🔹 11:40 ~ 12:00 - Aleksey Kim
🔹 12:00 ~ 12:20 - Savol-javoblar
🔹 12:10 ~ 12:30 - Dam olish
Sessiya 2:
🔹 12:30 ~ 12:50 - Sirojiddin Karimov
🔹 12:50 ~ 13:10 - Savol-javoblar
🔹 13:10 ~ 13:30 - Dam olish
Sessiya 3:
🔹 13:30 ~ 13:50 - Muhriddin Ibragimov
🔹 13:50 ~ 14:10 - Savol-javoblar
🔹 14:10 ~ 15:00 - Dam olish
Web-saytimiz orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud. Avval ro‘yxatdan o‘tib, so‘ng “Events” bo‘limidan uchrashuvimizning to‘liq ma’lumotlari sahifasida ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosishingiz kerak.
Ro'yhatdan o'tish uchun link:
- kodj.dev/events
Instagram |Telegram | Website | Chat
