en
Feedback
KO'DJ (Koreyadagi O'zbek Dasturchilar Jamiyati)

KO'DJ (Koreyadagi O'zbek Dasturchilar Jamiyati)

Open in Telegram

Koreyadagi har bir o‘zbek dasturchisi uchun ochiq va do‘stona jamiyat. Web: kodj.dev Asosiy guruh: https://t.me/kodjdevgroup Murojaat uchun: @behzodhalil

Show more
205
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-730 days
Posts Archive
Software Engineer Google · Seoul, Seoul, South Korea (On-site) Minimum qualifications: Bachelor’s degree or equivalent practi
Software Engineer Google · Seoul, Seoul, South Korea (On-site) Minimum qualifications: Bachelor’s degree or equivalent practical experience. 1 year of experience with software development in one or more programming languages (e.g., Python, C, C++, Java, JavaScript). 1 year of experience with data structures or algorithms. Preferred qualifications: Master’s degree in Computer Science or a related technical field. 2 years of experience in web front-end or server back-end application development. Manba: https://www.linkedin.com/jobs/view/4297316665 @HaksengUz

Yana lavhalar...
+4
Yana lavhalar...

Bugungi Summitdan birinchi lavhalar
+3
Bugungi Summitdan birinchi lavhalar

#Position Yana bir ajoyib vakansiya. GPUdan muammo yo’q. Ish haqqi ham yaxshigina 90mln~120mln KRW. Research qilishga qiziqad
#Position Yana bir ajoyib vakansiya. GPUdan muammo yo’q. Ish haqqi ham yaxshigina 90mln~120mln KRW. Research qilishga qiziqadiganlar uchun, topshirib ko’rish highly recommended! Koreya, AI sohasiga pulni ayamasdan investitsiya qilayabdi. Yaqin yillarda bu sohada ham yetakchi davlatlarga aylanib olish ehtimolligi katta. @mansurbek_blog

Repost from HaksengUz
Seul Global Markazi tomonidan xorijliklar uchun 2025-yilgi 1-startap tanlovi Agar siz Koreyada startap qilishni rejalashtirib
Seul Global Markazi tomonidan xorijliklar uchun 2025-yilgi 1-startap tanlovi Agar siz Koreyada startap qilishni rejalashtirib yurgan bo'lsangiz, unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Ariza topshirish muddati: 31-Avgust (1kun qoldi) Batafsil ma'lumot uchun havola: https://global.seoul.go.kr/web/cent/segc/centInfoPage.do?cent_cd=01&tab_idx=5 Shoshiling! Koreyada startap qilishni reja qilib yurgan tanishlaringizga ham ulashing, ularning ham bu imkoniyatdan foydalanishiga sababchi bo'lib qoling!

🇺🇿 Startaplar qilmoqchi bo'lganlar uchun Prezidentning yangi tashabbuslari 20-avgust kuni Yangi Toshkentda bo'lib o'tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Prezidentimiz startaplar va yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhim yangiliklarni e'lon qildi. 🚀 Startaplar soni va investitsiya oqimi - Hozirda mamlakatimizda 600 dan ortiq startap faoliyat yuritmoqda - Joriy yilning yetti oyida startaplarga 264 mln dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi – bu rekord ko'rsatkich 💡 Yoshlar startaplari uchun qo'llab-quvvatlash - Yaqin yillarda 1000 ta startap g'oyasi tijoratlashtiriladi - Ulardan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi - 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi - Bu maqsadlar uchun 100 mln dollar ajratiladi 🏆 Yosh tadbirkorlar chempionati - Bu yildan boshlab Yosh tadbirkorlar chempionati o'tkaziladi - Eng yaxshi 100 ta g'oya tanlab olinadi - Har bir g'oya uchun 1 mlrd so'mgacha investitsiya beriladi 💳 Moliyalashtirish va soddalashtirilgan tizim - Startaplar uchun investitsiya platformasi ishga tushiriladi - Ushbu platforma orqali yiliga 1 mlrd dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi 📈 Raqamli moliya va ochiq banking - Startaplar uchun raqamli moliyaviy xizmatlar kengaytiriladi - Yangi besh yillik strategiya asosida "ochiq banking" ekotizimi joriy qilinadi - Banklar kichik va o'rta tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun 1 mlrd dollar jalb qiladi 🌍 Xulosa Bu yangiliklar startaplar ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g'oyalarini ro'yobga chiqarish va ularni xalqaro bozorga olib chiqishda muhim poydevor bo'ladi. Olingan Manba

Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi. Markaziy va hududiy studiyalardan qatnashgan tadbirkorlar o‘z fikr va takliflarni bildirdi. Muammolar muhokama qilinib, ular bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtidayoq elektron raqamli imzo beriladi, bankda hisobraqam ochiladi, sohaga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi. Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar ro‘yxati 459 taga qisqartirildi. Ro‘yxat yana 288 taga kamaytiriladi. Ko‘chat, mineral o‘g‘it, poyabzal, chorva ozuqasi kabi sanitariya, veterinariya, karantin nazoratida bo‘lgan 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Umuman, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta’minlash hamda uni baholash bilan bog‘liq milliy infratuzilma tubdan isloh qilinib, xalqaro standartlarga moslashtiriladi. Bunda, eng avvalo, sertifikatsiya o‘rniga muvofiqlikni deklaratsiyalash amaliyoti keng joriy etiladi. Texnik jihatdan tartibga solish tizimi butunlay transformatsiya qilinadi. Bundan keyin nazorat obyekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotning o‘zi bo‘ladi. Muloqotda qayd etilgan imkoniyatlar bugundanoq kuchga kirishi qayd etildi. Prezidentimiz bular katta marralar ekani, yurtimizdagi bugungi tadbirkorlik ruhi bilan unga erishish mumkinligini ta’kidladi. Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi. Markaziy va hududiy studiyalardan qatnashgan tadbirkorlar o‘z fikr va takliflarni bildirdi. Muammolar muhokama qilinib, ular bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.Davlatimiz rahbari yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtidayoq elektron raqamli imzo beriladi, bankda hisobraqam ochiladi, sohaga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi. Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar ro‘yxati 459 taga qisqartirildi. Ro‘yxat yana 288 taga kamaytiriladi. Ko‘chat, mineral o‘g‘it, poyabzal, chorva ozuqasi kabi sanitariya, veterinariya, karantin nazoratida bo‘lgan 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Umuman, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta’minlash hamda uni baholash bilan bog‘liq milliy infratuzilma tubdan isloh qilinib, xalqaro standartlarga moslashtiriladi. Bunda, eng avvalo, sertifikatsiya o‘rniga muvofiqlikni deklaratsiyalash amaliyoti keng joriy etiladi. Texnik jihatdan tartibga solish tizimi butunlay transformatsiya qilinadi. Bundan keyin nazorat obyekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotning o‘zi bo‘ladi. Muloqotda qayd etilgan imkoniyatlar bugundanoq kuchga kirishi qayd etildi. Prezidentimiz bular katta marralar ekani, yurtimizdagi bugungi tadbirkorlik ruhi bilan unga erishish mumkinligini ta’kidladi. Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi. Markaziy va hududiy studiyalardan qatnashgan tadbirkorlar o‘z fikr va takliflarni bildirdi. Muammolar muhokama qilinib, ular bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.Davlatimiz rahbari yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtidayoq elektron raqamli imzo beriladi, bankda hisobraqam ochiladi, sohaga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi. Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar ro‘yxati 459 taga qisqartirildi. Ro‘yxat yana 288 taga kamaytiriladi. Ko‘chat, mineral o‘g‘it, poyabzal, chorva ozuqasi kabi sanitariya, veterinariya, karantin nazoratida bo‘lgan 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Umuman, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta’minlash hamda uni baholash bilan bog‘liq milliy infratuzilma tubdan isloh qilinib, xalqaro standartlarga moslashtiriladi. Bunda, eng avvalo, sertifikatsiya o‘rniga muvofiqlikni deklaratsiyalash amaliyoti keng joriy etiladi. Texnik jihatdan tartibga solish tizimi butunlay transformatsiya qilinadi. Bundan keyin nazorat obyekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotning o‘zi bo‘ladi. Muloqotda qayd etilgan imkoniyatlar bugundanoq kuchga kirishi qayd etildi. Prezidentimiz bular katta marralar ekani, yurtimizdagi bugungi tadbirkorlik ruhi bilan unga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Repost from Shohida Ibragimova
⚡️Prezidentimizning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida e’lon qilgan yangi tashabbuslari bugundan kuchga kiradi Har
⚡️Prezidentimizning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida e’lon qilgan yangi tashabbuslari bugundan kuchga kiradi Har yili shu tadbirda qatnashaman va Siz bilan bo'lishgim keldi: 1. “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkazilib, eng yaxshi 100 g‘oyaga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya beriladi. 2. Mehmonxonalar uchun 7 yilgacha imtiyozli kreditlar beriladi, mavjud binolarni mehmonxonaga aylantirishga ham subsidiya tatbiq etiladi. 3. Har yili eng yaxshi mehmonxonalar 1 mln dollarlik mukofot bilan taqdirlanadi. 4. Chortoq, Chimyon, Omonxona va Nurbuloqda yirik kurort zonalari tashkil qilinadi. 5. 16 ta tuman uchun 1 trln so‘m ajratildi, kelgusida 30 ta tumanda 500 mln dollar hisobiga rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. 6. 80 tumanda bog‘cha qurishga yer 30 yilgacha bepul beriladi, xarajatlar subsidiya qilinadi, ijtimoiy soliq 1% bo‘ladi. 7. Tibbiyot klasterlari uchun 7 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan 17% kreditlar beriladi. 8. Investitsiya platformasi ishga tushirilib, tadbirkorlar yiliga qo‘shimcha 1 mlrd dollar jalb qiladi. 9. Startaplarni qo‘llab-quvvatlash doirasida 1 000 g‘oya tijoratlashtiriladi, 200 tasi xalqaro bozorga chiqadi, 100 mln dollar ajratiladi. 10. Davlat aktivlari tadbirkorlarga 5 yilga ijaraga beriladi, “Ijara to‘g‘risida”gi qonun yangilanadi. 11. “Ochiq banking” joriy qilinadi, kichik va o‘rta biznes uchun 1 mlrd dollar kredit jalb qilinadi. 12. Foyda solig‘i avans to‘lovi 20 mlrd so‘m aylanmadan oshganda qo‘llanadi, bu orqali 14 ming tadbirkorda 1 trln so‘m mablag‘ qoladi. 13. QQSga o‘tgan korxonalar 1 yil foyda solig‘idan ozod qilinadi, jarimalar qo‘llanmaydi, buxgalter maoshi 6 oy davomida soliqdan chegirib tashlanadi. 14. 2026-yildan soliq hisobotlarini soliq organlari tuzadi, tadbirkorlar faqat tuzatish kiritadi. 15. 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi: ro‘yxatdan o‘tish, E-imzo va bank hisobraqami bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. 16. Sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxati qisqartiriladi, 32 toifada muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. 17. Texnik tartibga solish tizimi o‘zgartiriladi — endi nazorat tadbirkorga emas, mahsulotning o‘ziga qaratiladi.

Repost from HaksengUz
📣📣 Koreyada soha bo'yicha ishlash netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga marhamat! Assalamu alaykum! Sizni, WAYU Ko
📣📣 Koreyada soha bo'yicha ishlash netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga marhamat! Assalamu alaykum! Sizni, WAYU Koreya hamda UzOffice Networking bilan hamkorlikdagi "Global Kompaniyada Ishlash Mashaqqati" deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz! Bu safargi mehmon soʻzlovchimiz Sohiba Yusupova, Seul Milliy Universiteti Xalqaro Siyosat yoʻnalishi magistranti, 6 yildan buyon, Koreyada poʻlat ishlab chiqarish boʻyicha birinchi raqamli kompaniya sifatida mashhur boʻlgan raqobatbardosh POSCO kompaniyasida faoliyat yuritib keladilar. Sohiba opa hozirda POSCO kompaniyasining tijorat boʻlimida boshqaruvchi lavozimida ishabgina qolmasdan ish va onalik ma'suliyatini birgalikda olib boradilar. Oʻzlarining boy ko'nikma va tajribalarini bizlar bilan boʻlishadilar! Uchrashuvimizga tashrif buyurib ushbu takrorlanmas tajribadan bahramand boʻling! 🎤 So'zlovchi Sohiba Yusupova – POSCO International Corporation |Trader, Manager 📌 Mavzu: Global kompaniyada ishlash mashaqqati 📅 Sana: 2025-yil, 23-August (Shanba) ⏰Vaqt: 11:00 ~ 13:00 📍Joy: O'zbekiston Elchixonasi (돈화문로11가길 99) https://naver.me/xbjnH8Az Siz uchrashuvimizda nimalarni kutishingiz mumkin: 🏢 Xalqaro yirik kompaniyda ishlash tarjibasi ✅️ Kompaniyaga ishga kirish boʻyicha foydali maslahatlar 🎓 SNU dek yuqori universitetda oʻqish tajriba ⁉️ Qiziqarli savol-javoblar 🤝 Hamfikrlar bilan netvorking, o‘z sohangizdagi boshqa ishtirokchilar bilan tanishish, bevosita savollar berish va amaliy maslahatlar olish imkoniyati. Uchrashuvga faqat roʻyhatdan oʻtganlargina qatnasha oladi! Roʻyhatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/mQNVEQQLytSCX8Ak8 Hurmat bilan, HaksengUz Jamoasi Doʻstlaringizga ham ulashing! @HaksengUz

Assalomu alaykum, hammaga! O'tgan hafta 11-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Jumabek aka Alihanov tomonidan kel
Assalomu alaykum, hammaga! O'tgan hafta 11-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Jumabek aka Alihanov tomonidan kelajakda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan karyera yo‘lini qanday tanlash va rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan almashdilar. Spikerimiz va ishtirokchilarga tashakkur etamiz. Shuningdek, tashkillashtirishga yordam bergan "WAYU" jamoasiga rahmat aytamiz. Kelgusida uchrashuvlarda ko'rishguncha!

Bugungi uchrashuvga kelyabsizmi?
Anonymous voting

Assalomu alaykum! Navbatdagi uchrashuvimizda sizni o‘z sohasida katta tajribaga ega, HumbleBee.ai kompaniyasi CEOsi sifatida
Assalomu alaykum! Navbatdagi uchrashuvimizda sizni o‘z sohasida katta tajribaga ega, HumbleBee.ai kompaniyasi CEOsi sifatida faoliyat yuritayotgan mehmon spikerimiz bilan qiziqarli suhbatga taklif qilamiz! Tez o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyat kaliti — o‘zgarishga moslasha oladigan va qadri yo‘qolmaydigan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Spikerimiz sizga kelajakda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan karyera yo‘lini qanday tanlash va rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Dastur: 11:00 ~ 11:10 — Kirish 11:10 ~ 11:50 — Jumabek Alihan 11:50 ~ 12:20 — Savol-javob (Q&A) 12:20 ~ 13:00 — Tanishuv va dam olish Ro'yhatdan o'tish uchun havola: kodj.dev Ilhomlanish, o‘rganish va tarmoq qurish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Instagram | Telegram | Website

🎉 kodj.dev - Yangi imkoniyatlar bilan qayta tiklandi! Assalomu alaykum, hurmatli KO'DJ jamiyati a'zolari! Biz KO'DJ jamoa si
🎉 kodj.dev - Yangi imkoniyatlar bilan qayta tiklandi! Assalomu alaykum, hurmatli KO'DJ jamiyati a'zolari! Biz KO'DJ jamoa sifatida sizlarga ajoyib yangilikni e'lon qilishdan mamnunmiz! kodj.dev veb-safihamiz to'liq qayta yozildi va yangi imkoniyatlar bilan boyitildi. 🆕 Yangi imkoniyatlar: 💼 Ish qidirish va ariza berish tizimi: • O'zbekiston va Koreya hududidagi eng so'nggi texnologiya vakansiyalarini qidiring • Bevosita saytdan ish joylarga ariza bering • Koreyadagi o'zbek dasturchilar uchun maxsus tanlab olingan vakansiyalar 📰 Yangiliklar bo'limi: • Texnologiya sohasidagi eng muhim yangiliklar • Jamiyatimiz faoliyati haqida ma'lumotlar va hamkorliklar • Muntazam yangilanib turuvchi kontent 🚀 Ish e'lon qilish imkoniyati - kelgusi hafta soni ishga tushiriladi(barchaga) • Har bir foydalanuvchi o'z vakansiyasini e'lon qila oladi • Jamiyatimiz ichida to'g'ridan-to'g'ri muloqot • Koreyadagi O'zbek Dasturchilar Jamiyati uchun maxsus moslashtirilgan platforma 🎯 Bizning maqsadimiz: kodj.dev orqali biz Koreyadagi o'zbek dasturchilar uchun: • Sifatli ish imkoniyatlarini taqdim etish • Professional rivojlanish uchun resurslar yaratish • Kuchli jamiyat qurish va bir-birimizni qo'llab-quvvatlash 📝 Sizning fikringiz muhim! Loyihamizni ko'rib chiqing va o'z fikr-mulohazalaringizni biz bilan baham ko'ring: 💬 Aloqa uchun:Email: teamkodj@gmail.com • Telegram: @behzodhalil Yangi funksiya takliflari, xato haqida xabar bering yoki har qanday savollaringiz bo'lsa, bizga murojaat qiling! Raxmat hammaga ! Hurmat bilan, KO'DJ Jamoasi -------------------------------------------- #KODJ #UzbekDevelopers #Korea #TechCommunity #Programming

Assalomu alaykum, hammaga! Bu hafta 10-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Elmurod aka Tolipov tomonidan sun’iy i
Assalomu alaykum, hammaga! Bu hafta 10-sonli uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Elmurod aka Tolipov tomonidan sun’iy intellekt (AI) davrida dasturchilar qanday qilib o‘z ustida doimiy ishlashi, yo‘nalishni to‘g‘ri tanlashi va karyerada raqobatchilardan oldinda bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z bilim va tajribalari bilan almashdilar. Spikerimiz va ishtirokchilarga tashakkur etamiz. Shuningdek, tashkillashtirishga yordam bergan "WAYU" jamoasiga rahmat aytamiz. Kelgusida uchrashuvlarda ko'rishguncha! Instagram | Telegram | Website

Assalomu alaykum, Bu safargi uchrashuvimizda sizni 14 yillik tajribaga ega, hozirda Samsung kompaniyasida Principal Engineer
Assalomu alaykum, Bu safargi uchrashuvimizda sizni 14 yillik tajribaga ega, hozirda Samsung kompaniyasida Principal Engineer lavozimida faoliyat yuritayotgan mehmon spikerimiz bilan uchrashuvga taklif qilamiz. Uchrashuv davomida spikerimiz sun’iy intellekt (AI) davrida dasturchilar qanday qilib o‘z ustida doimiy ishlashi, yo‘nalishni to‘g‘ri tanlashi va karyerada raqobatchilardan oldinda bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Sana: 2025-yil 26-iyul Vaqt: 11:00 Manzil: O‘zbekiston Elchixonasi, 서울 종로구 운니동 1 Dastur: 11:00 ~ 11:10 — Kirish 11:10 ~ 11:50 — Elmurod Tolipov 11:50 ~ 12:20 — Savol-javob (Q&A) 12:20 ~ 13:00 — Tanishuv va dam olish Ro'yhatdan o'tish uchun link: https://forms.gle/ASorJSffpfKQ79Z7A Ilhomlanish, o‘rganish va tarmoq qurish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Instagram | Telegram | Website

Vakansiya: QA Engineer (boshlang‘ich daraja) Asosiy talablar: - Test jarayonlari va QA asoslarini tushunish (masalan: test holatlarini yozish, funksional test, regressiya testi, xatoliklar haqida hisobot berish) - Veb va mobil ilovalarni (Android/iOS) test qilish tajribasi - Windows, Android va iOS muhitlaridan foydalanish bo‘yicha asosiy bilimlar - Ingliz tilidagi test hujjatlarini o‘qish va tushunish qobiliyati Afzal ko‘riladigan ko‘nikmalar: - Koreys tilini bilish yoki koreys madaniyatiga tanishlik - Excel yoki Google Sheets bilan ishlash ko‘nikmasi - Jira, TestRail yoki Zephyr kabi test boshqaruv vositalari bilan ishlash tajribasi - 1–3 yillik QA sohasidagi ish tajribasi - Ofisda ishlash imkoniyati (masofaviy ish rejimi mavjud emas) Qo‘shimcha ma’lumotlar: - Onlayn hamkorlik muhiti va koreys ish vaqti bilan ishlashni tushunish - Slack, Jira, Confluence va Zoom kabi vositalardan foydalanish tajribasi - Mas’uliyatli va tashabbuskor yondashuvga ega bo‘lish — doimiy nazoratga muhtoj bo‘lmasdan mustaqil ishlay olish Eng asosiysi — QA sohasiga qiziqishi va ushbu yo‘nalishda o‘sishga intilishi mavjud bo‘lgan nomzodlar izlanmoqda. Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar) Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi: n.berdiqobilov@outsource.gov.uz yoki @nodirbek_0022 telegram orqali #job Instagram | Telegram | Website

Google Cloud Day Seoul - AI Agents Live + Labs 2025 2025-yil 8-iyul, COEX'da Google Cloud konferensiyasi bo'lib o'tadi va bu
+1
Google Cloud Day Seoul - AI Agents Live + Labs 2025 2025-yil 8-iyul, COEX'da Google Cloud konferensiyasi bo'lib o'tadi va bu yerda siz Google'ning yangi AI Agent bo'yicha turli xil insightlarga ega bo'lishingiz mumkin: Tadbirning o'ziga xosliklari: - AI Playground: Google'ning eng yangi AI texnologiyalarini tajriba qilish maydoni - AI Agent Bar: 5 daqiqada o'zingizning AI agentingizni yaratish imkoniyati - Hands-on Labs: Google - Cloud AI texnologiyalarini amaliy o'rganish - Orbit bilan AI Pre Show: fan kommunikatori bilan AI kirish sessiyasi Muhim: Amaliy sessiyada qatnashuvchilar shaxsiy laptoplarini olib kelishlari shart. AI Playground da siz: - Veo 3 - video yaratish AI'si - Gemini Basketball Coach: sport bo'yicha AI murabbiy - Quick Build Game Show: tezkor AI yaratish o'yini - Gemini User Talk: AI bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Ro'yhatdan o'tish: - Link for registeration Batafsil ma'lumot: - Agenda of Google Cloud Day #GoogleCloud #AIAgents Instagram | Telegram | Website

Vakansiya: Quality Assurance (QA) Engineer Ish joyi: O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreyaning "thinkForBL" kompaniyasi Talab qilinadigan ko‘nikmalar: - 3 yildan ortiq ish tajribasi QA yo‘nalishida - Mahsulot va jarayon sifatini ta’minlash bo‘yicha nazariy bilimlar - Test jarayonlarini rejalashtirish, o‘tkazish va hujjatlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba - AI (Sun’iy intellekt) yordamida QA faoliyatini baholash bo‘yicha tushuncha yoki tajriba (afzal) - Bug-tracking tizimlarida ishlash (JIRA, TestRail va boshqalar) - Jamoaviy ishlash, tahliliy fikrlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmalari Aloqa ko‘nikmalari: - Ingliz tilida erkin yoki ishchi darajada muloqot qila olish Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar) Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi: n.berdiqobilov@outsource.gov.uz #job Instagram | Telegram | Website