PESHKU TUMANI KENGASHI
Open in Telegram
Rasmiy sahifalar https://www.instagram.com/peshku_tumani_kengashi https://www.facebook.com/share/1Tknh96F45/ https://youtube.com/@peshku_tumani_kengashi?si=5UwoBBQuH-lQ3N9Q Murojat uchun tel: (+998)65-353-13-99 Admin: @togoyevOA
Show more795
Subscribers
+124 hours
+627 days
+4930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
August '26
August '26
+483
in 2 channels
July '26
+37
in 3 channels
Get PRO
June '26
+524
in 4 channels
Get PRO
May '26
+2
in 1 channels
Get PRO
April '26
+6
in 5 channels
Get PRO
March '26
+10
in 5 channels
Get PRO
February '26
+8
in 8 channels
Get PRO
January '26
+1
in 0 channels
Get PRO
December '250
in 1 channels
Get PRO
November '25
+1 739
in 3 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 26 August | 0 | |||
| 25 August | +1 | |||
| 24 August | 0 | |||
| 23 August | 0 | |||
| 22 August | 0 | |||
| 21 August | +474 | |||
| 20 August | 0 | |||
| 19 August | 0 | |||
| 18 August | 0 | |||
| 17 August | 0 | |||
| 16 August | 0 | |||
| 15 August | 0 | |||
| 14 August | 0 | |||
| 13 August | +1 | |||
| 12 August | +1 | |||
| 11 August | +1 | |||
| 10 August | +1 | |||
| 09 August | 0 | |||
| 08 August | 0 | |||
| 07 August | 0 | |||
| 06 August | 0 | |||
| 05 August | 0 | |||
| 04 August | +3 | |||
| 03 August | 0 | |||
| 02 August | 0 | |||
| 01 August | +1 |
Channel Posts
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati nima uchun kerak va u qanday vazifalarni bajaradi?Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati — Kengash faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot-tahliliy va texnik jihatdan ta’minlovchi doimiy ishchi tuzilma hisoblanadi. Kotibiyat deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. ✅ Kotibiyatning asosiy vazifalari: 📌 Kengash sessiyalarini tashkil etish Sessiya kun tartibini shakllantirish; qaror loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish; sessiya materiallarini deputatlarga yetkazish. 📌 Doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish Komissiya yig‘ilishlarini tashkil etish; ko‘rib chiqiladigan masalalarni tayyorlash; komissiya xulosalari va tavsiyalarini rasmiylashtirish. 📌 Deputatlik nazoratini ta’minlash Deputatlik so‘rovlari va murojaatlarini yuritish; nazorat tadbirlarini tashkil etish; qabul qilingan qarorlar ijrosi monitoringini olib borish. 📌 Huquqiy va axborot-tahliliy faoliyat Kengash qarorlarini qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash; tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni shakllantirish; normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash. 📌 Fuqarolar bilan ishlash Deputatlar qabullarini tashkil etish; fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishni muvofiqlashtirish; murojaatlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish. 📌 Ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash Kengash faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish; rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot berish; sessiya va komissiya faoliyatini yoritish. 📌 Kotibiyat nima uchun muhim? Kotibiyat Kengash faoliyatining uzluksiz va samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Aynan kotibiyat orqali deputatlar o‘z vakolatlarini to‘liq amalga oshirishlari, sessiyalar va doimiy komissiyalar sifatli tayyorlanishi, qabul qilingan qarorlar ijrosi monitoring qilinishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yiladi. ⚖️ Kuchli kotibiyat — samarali Kengash faoliyati, kuchli deputatlik nazorati va hudud taraqqiyotining muhim kafolatidir.
| 2 | No text... | 8 |
| 3 | 📌 Deputatlik nazorati — qonunlar va xalq deputatlari Kengashi qarorlari ijrosini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududdagi muammolarni hal etishga ko‘maklashishga qaratilgan deputatlik faoliyatining muhim shaklidir.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 8 |
| 4 | #deputat_tavsiyalari_asosida
46-son umumta’lim maktabidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati Ismoil Jumayev hamda Kengash kotibiyati mudiri, deputat Zavqiddin Nurulloyev tomonidan hududida joylashgan 46-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabning yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasi, bino va inshootlarning texnik holati, sinf xonalari, sport maydonchasi, obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab ma’muriyati bilan muloqot qilinib, ta’lim sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida qulay va xavfsiz muhitni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 5 |
| 5 | No text... | 6 |
| 6 | #qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati Shoboyev Hislat Rahmatovich hamda Peshku tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Z. Nurulloyev tomonidan Oʻzbek MFY hududida joylashgan 9-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan qayta qurilish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, obyektning loyiha asosida amalga oshirilishi, qurilish sifati hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullar bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirildi.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 10 |
| 7 | No text... | 6 |
| 8 | 📌 Deputatlik nazorati – xalq manfaatlari yo‘lida
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida" hamda **"Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"**gi qonunlari asosida amalga oshirib, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Deputatlar tomonidan mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, qurilish va obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda boshqa muhim yo‘nalishlardagi mavjud holatni deputatlik nazorati tartibida tahlil qilish tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan nazorat olib borilmoqda.
Shuningdek, Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi sessiyalarida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat dasturlari ijrosi, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish hamda mas'ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish orqali Kengashning nazorat vakolatlari samarali amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 22-iyundagi KQ-360-V-sonli qarori bilan mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlari yanada mustahkamlandi. Mazkur hujjat deputatlik nazoratining ta'sirchanligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini ta'minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi bundan buyon ham "Inson qadri uchun, xalq manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda hudud rivojiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 6 |
| 9 | No text... | 6 |
| 10 | #doimiy_komissiya
👨💼 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari: qonuniy asoslari va faoliyat yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hududlarda xalq hokimiyatchiligini amalga oshiruvchi vakillik organlari hisoblanadi. Ularning faoliyatida doimiy komissiyalar muhim tashkiliy va tahliliy mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
⚖️ Huquqiy asos
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xalq deputatlari Kengashlari o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun doimiy komissiyalar tuzadi. Doimiy komissiyalar Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi, ularni tahlil qiladi va tegishli taklif hamda xulosalarni tayyorlaydi.
🔹 Doimiy komissiyalarning asosiy yo‘nalishlari:
▪️ Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya — mahalliy byudjet loyihalarini, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni hamda byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi. Byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat olib boradi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, turizmni rivojlantirish hamda hududiy infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
▪️ Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya — hududda qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganadi. Davlat organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.
▪️ Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya — ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, xotin-qizlar va yoshlar siyosatiga oid dasturlarni ko‘rib chiqadi hamda ularning ijrosi ustidan nazorat olib boradi. Aholining ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
▪️ Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya — qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalarini o‘rganadi va deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
▪️ Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya — Kengash faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, reglament va odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, deputatlarning huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosalar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
✍️ Doimiy komissiyalarning vakolatlari:
✅ masalalarni o‘rganish uchun davlat organlari va tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash;
✅ Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash;
✅ hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish;
✅ deputatlik nazoratini tashkil etishda ishtirok etish.
📊 Deputatlik nazoratidagi o‘rni
Doimiy komissiyalar mahalliy Kengashlarning samarali ishlashini ta’minlovchi asosiy vositalardan biridir.
🏛 Xulosa
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari — bu oddiy maslahat organi emas, balki hudud manfaatlarini ifoda etuvchi, qarorlar sifatini oshiruvchi va ijro ustidan samarali nazoratni ta’minlovchi muhim institutdir. | 5 |
| 11 | No text... | 6 |
| 12 | Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining vakolatlari
Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari Kengashning asosiy ishchi organlari bo'lib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni puxta o'rganish va samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim o'rin tutadi.
Doimiy komissiyalar:
✅ Kengash sessiyasiga kiritiladigan masalalarni o'rganadi va xulosa tayyorlaydi;
✅ Hududni rivojlantirish dasturlari hamda mahalliy budjet ijrosini tahlil qiladi;
✅ Davlat organlari va mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi;
✅ Qonunlar va Kengash qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
✅ Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqadi va ularning yechimiga ko'maklashadi;
✅ Hududni rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Doimiy komissiyalar faoliyati mahalliy boshqaruvning ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini ta'minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 7 |
| 13 | No text... | 7 |
| 14 | 📚 Qonunni bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son Qonuni
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
Mazkur Qonunning asosiy maqsadi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining huquqiy maqomini, ularning huquq va majburiyatlarini, deputatlik faoliyatini amalga oshirish kafolatlarini hamda saylovchilar manfaatlarini ifoda etish mexanizmlarini belgilashdan iborat.
🔹 Qonunning mazmuni
Qonunga muvofiq, mahalliy Kengash deputati o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda ishtirok etadi, Kengash sessiyalarida qarorlar qabul qilishda qatnashadi hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.
🔹 Qonunning ahamiyati
✅ Deputatlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilaydi.
✅ Saylovchilar manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.
✅ Deputatlik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydi.
✅ Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
✅ Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
🔹 Qonunning amaliy foydasi
• Deputatlarga o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirish uchun huquqiy kafolatlar yaratadi.
• Saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
• Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni hal etishda deputatlarning faol ishtirokini ta’minlaydi.
• Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytiradi.
• Fuqarolarning mahalliy boshqaruvdagi ishtiroki va ishonchini mustahkamlaydi.
🔹 Xulosa
706-II-son Qonun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy maqomini belgilovchi asosiy huquqiy hujjatlardan biri bo‘lib, deputatlarning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini oshirish, ularning vakolatlarini samarali amalga oshirish hamda hududlarni rivojlantirish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 14 |
| 15 | No text... | 15 |
| 16 | #deputat_tavsiyalari_asosida
O‘ZBEK MFYDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi O. Tog‘oyev tomonidan O‘zbek MFY hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, ularni qiynab kelayotgan muammolari va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaatlar belgilangan tartibda tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga yo‘naltirildi.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar asosida amalga oshirildi.
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda murojaatlarning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 50 |
| 17 | No text... | 44 |
| 18 | O‘ZBEK MFYDA MAHALLA TIBBIYOT PUNKTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi O. Tog‘oyev tomonidan O‘zbek MFY hududidagi mahalla tibbiyot punktining faoliyati va mavjud sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, fuqarolarni belgilangan tartibda dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, tibbiyot punktining moddiy-texnik holati hamda mavjud muammo va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiyot punktining faoliyatini yanada yaxshilash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy choralar ko‘rish uchun yo‘naltirildi.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Qaror doirasida davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordam hamda tegishli dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati belgilangan.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan hududdagi tibbiyot muassasalarining faoliyati, aholiga yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganib borilmoqda.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 40 |
| 19 | No text... | 36 |
| 20 | #deputat_tavsiyalari_asosida
O‘ZBEK MFY HUDUDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI O‘RGANILDI
Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi O. Tog‘oyev tomonidan O‘zbek MFY hududidagi sport maydonchalarining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport maydonchalarining mavjud holati, sport jihozlarining sozligi, hududning obodonlashtirilganligi hamda yoshlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Asosiy maqsad — mahalla hududlarida sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholi uchun qulay sport sharoitlarini yaratishdan iborat.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan hududdagi sport obyektlarining holati va ulardan samarali foydalanish masalalari o‘rganib borilmoqda.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga ulaning 👇👇👇
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati | 30 |
