Eco-School | Chortoq ITM
Open in Telegram
Chortoq ITMA Eco-School loyihasi Rasmiy axborot kanali
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
174
Subscribers
-224 hours
-67 days
-1430 days
Posts Archive
+3
🌱 ECOSCHOOL YANGI O‘QUV YILINI YANGI TARKIB BILAN BOSHLADI! 🌱
Bugun ertalabki saflanish jarayonida maktabimizda amalga oshirilayotgan EcoSchool loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, maktab sardori Ubaydullayev Bekzodjon EcoSchool loyihasining yangi o‘quv yilidagi qo‘mitasi hamda barcha Step mentorlarini jamoaga tanishtirdi.
Shuningdek, ushbu loyihaga yangi qo‘shilish istagini bildirgan faol o‘quvchilardan so‘rovnoma olindi.
✨ Shu tariqa maktabimizning EcoSchool loyihasi yangi o‘quv yilida yangi tarkib, yangi g‘oyalar va ulkan maqsadlar bilan o‘z faoliyatini boshladi!
Faol va tashabbuskor yoshlarimizga omad, kuch-g‘ayrat va cheksiz shijoat tilaymiz! 💚
🌿 Yangi o‘quv yilida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida “Yashil bayroq” mukofotini qo‘lga kiritish nasib etsin!
Yashil kelajak sari birgalikda qadam tashlaymiz! 🍀
#EcoSchool #YashilMaktab #YashilBayroq #EcoTeam #YashilKelajak #FaolYoshlar
@chortoqtim
@chortoq_ecoschool bizni kuzatishda davom eting.
Repost from Namangan_PM Zakovat klubi
🏫 Bir maktabdan – hududiy ekologik ta’lim harakatigacha
💚 Bugun qayerdamiz?
🔰 Bir necha yil avval ekologik ta’lim haqida gapirganda, ko‘pincha “tadbir” yoki “aksiya” haqida o‘ylardik. Bugun esa biz maktab → hudud → mentor → o‘quvchi lider → tizimli ekologik ta’lim zanjirini shakllantirish haqida gapiryapmiz.
📌 Eco-Schools Uzbekistan doirasida minglab o‘quvchilar va pedagoglar qamrab olinmoqda, maktablarda Eko-qo‘mitalar faoliyat yuritmoqda, ekologik audit va monitoring tizimlari shakllanmoqda, yoshlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.📍Bu hali yakun emas. Aksincha, menimcha, eng qiziqarli bosqich endi boshlanmoqda. 2026-2027-o‘quv yilida mentorlar o‘z hududlaridagi maktablarga ko‘mak beradi, tajriba almashadi, yangi ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi va eng muhimi – yana yangi eko-liderlarni kashf etadi.
🌱♻️ CHIQINDINI YIG‘ISH — IKKINCHI HAYOT BERAMIZ! 🌍💚
Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizdan keladigan kichik, ammo muhim qadamdan boshlanadi! 🌿
📢 Chortoq ixtisoslashtirilgan maktabida qog‘oz va plastik chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha “Chiqindi yig‘ish — ikkinchi hayot beramiz!” musobaqasi e’lon qilindi.
♻️ Chiqindilarni alohida yig‘amiz
🌳 Atrof-muhitni asraymiz
💚 Toza va sog‘lom kelajak uchun hissa qo‘shamiz!
✨ Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlarga olib keladi!
#Eco #Ekologiya #TozaMaktab #ChiqindiniSaralash #TabiatniAsraylik #YashilKelajak #ChortoqMaktabi
🏫 Bir maktabdan – hududiy ekologik ta’lim harakatigacha
🌍 Shaxsiy xulosa
📍Bugun ortga qarab, “Eco-Schools” faoliyati menga faqat ekologiya haqida bilim bermaganini anglayman.
✨ U menga ta’lim tizimini o‘zgartirish, jamoa bilan ishlash, liderlik, mentorlik va eng muhimi – o‘zgarishga ishonish haqida juda ko‘p narsani o‘rgatdi. Tarix o‘qituvchisi sifatida men o‘tmishni o‘rgataman. Eco-Schools orqali esa biz kelajakni qanday qurish mumkinligini birgalikda o‘rganmoqdamiz.🌱 Balki eng katta natija – ekilgan daraxtlar soni yoki yig‘ilgan chiqindilar kilogrammida emasdir. Balki eng katta natija – tabiatga boshqacha qaray boshlagan bir o‘quvchi, o‘z maktabini o‘zgartirishga qaror qilgan bir pedagog va boshqalarga yo‘l ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan bir yosh liderdir.
Men esa ushbu yo‘lning bir qismi bo‘layotganimdan faxrlanaman.
🌱 MAKTABINGIZNI ECO SCHOOL’GA AYLANTIRISHGA TAYYORMISIZ?
Bugun ekologiya — shunchaki daraxt ekish yoki maktab hovlisini obodonlashtirish emas.
🌍 EcoSchool — bu o‘quvchini hayotga tayyorlaydigan, o‘qituvchiga yangi imkoniyatlar beradigan va maktab nufuzini oshiradigan zamonaviy ta’lim modeli!
👩🎓 O‘QUVCHILAR UCHUN:
🌱 Ekologik madaniyat va mas’uliyat shakllanadi
🔬 Amaliy loyihalar orqali bilimlarini hayotda qo‘lanadi
💡 Ijodkorlik, liderlik va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi
🏆 Tanlovlar, loyihalar va xalqaro ekologik tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyati kengayadi
🌾 Issiqxona, bog‘, chiqindilarni saralash, energiya va suvni tejash kabi real loyihalarni amalga oshiradi.
👩🏫 O‘QITUVCHILAR UCHUN:
📚 Darslarni zamonaviy va amaliy loyihalar bilan boyitish imkoniyati
💡 STEAM, loyiha asosida ta’lim va ekologik ta’limni birlashtirish imkoniyati
🏅 O‘quvchilar bilan amalga oshirilgan ekologik loyihalar — pedagogik faoliyatni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat
🌱 EcoSchool koordinatori sifatida maktabning ekologik rivojlanishiga rahbarlik qilish va o‘z faoliyatini rasmiy natijalar bilan mustahkamlash imkoniyati.
VMning 823-son qarori asosidagi pedagog faoliyatini baholash mezonlarida tegishli tanlov, olimpiada va tadbirlardagi natijalar uchun 25 ballgacha baholash imkoniyatlari mavjud. Bunda ball tegishli tadbir va natijaga qarab belgilanadi.
🏫 MAKTAB UCHUN:
🌿 Maktabning ekologik muhiti yaxshilanadi
🏆 Maktabning nufuzi va ijobiy imiji oshadi
🤝 Ota-onalar, mahalla va hamkor tashkilotlar bilan yangi loyihalar paydo bo‘ladi
💰 Resurslarni tejash va ekologik yechimlarni joriy etish imkoniyati yaratiladi
🌍 Maktab xalqaro ekologik harakatning bir qismiga aylanadi.
🌱 ENG QIZIQARLI IMKONIYATLARDAN BIRI — YOSH FERMER!
EcoSchool doirasida maktabda “Yosh fermer” loyihasini yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni nafaqat ekologik, balki amaliy tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga jalb qilish mumkin.
🚜 Loyiha doirasida Zamin fondi tomonidan maktabga issiqxona qurib berish imkoniyati mavjud.
Tasavvur qiling:
🌱 O‘quvchi — urug‘ ekadi
💧 Suv va resurslarni tejashni o‘rganadi
🍅 Mahsulot yetishtiradi
💰 Mehnat va daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunadi
♻️ Ekologik mas’uliyatni amalda o‘zlashtiradi.
Bu — oddiy issiqxona emas.
Bu — maktabdagi haqiqiy “yashil laboratoriya”! 🌿
💚 ECO SCHOOL — BU FAQAT EKOLOGIYA EMAS.
Bu —
ta’lim + amaliyot + innovatsiya + tadbirkorlik + ekologik madaniyat + kelajak kasblari.
Bugun EcoSchool’ga qo‘shilgan maktab — ertangi kun uchun yashil, zamonaviy va raqobatbardosh maktab quradi.
🌍 Sizning maktabingiz ham EcoSchool bo‘lishi mumkin!
🌱 Bir maktab — bir yashil kelajak!
🌱 Bir ustoz — yuzlab ekologik ongli o‘quvchi!
🌱 Bir loyiha — butun maktabdagi o‘zgarish!
📩 EcoSchool loyihasiga qo‘shilish va maktabda koordinator bo‘lish istagidagi ustozlar biz bilan bog‘laning!
Keling, maktabni shunchaki yashil rangga emas — yashil tafakkurga aylantiraylik!
💚🌍
Murojaat uchun: @yulduzmehmanova
Chortoq TIM eco-school jamoasi.
+9
⚔️ Eco-schools Uzbekistan loyihasining ishtirokchilari o‘rtasida juda qiziqarli va munozarali bahs bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Ayrimlar chiqindilarni nazorat ostida yoqish yoki qayta ishlash orqali elektr energiyasini ishlab chiqaradigan chiqindilarni qayta ishlash zavodlarini qurish — Waste-to-Energy texnologiyasi tarafdori bo‘ldi.
⚛️ Boshqalar esa buning samaradorligiga shubha bilan qarashdi va zamonaviy atom elektr stansiyalarining unumdorlik darajasi bir necha barobar yuqori ekanligini bildirishdi. Ular qo‘shimcha afzalliklar qatoriga jarayonning uzluksizligini va ko‘p bosqichli xavfsizlik tizimini kiritib o‘tishdi.
🏁 Eko qurultoy yakunlangach, loyihalar davom ettirilishi mumkin...
❓ Siz kimning tarafidasiz?
~~~
⚔️ Очень интересный и неоднозначный батл разыгрался между участниками проекта Eco-schools Uzbekistan.
⚡️ Одни топили за постройку мусороперерабатывающих заводов, которые производят электроэнергию путем контролируемого сжигания или переработки отходов — технология Waste-to-Energy.
⚛️ Другие сомневались в эффективности и говорили, что уровень производительности современных АЭС многократно выше. К дополнительным плюсам ребята отнесли непрерывность процесса и многоуровневую систему безопасности.
🏁 По окончанию Эко курултая проекты ребят могут получить продолжение…
❓ А вы на чьей стороне?
#WasteToEnergy #SafeNuclear #CleanEnergy #CircularEconomy #SustainableDevelopment
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo'lib o'tayotgan V Xalqaro Ekologiya qurultoyida Namangan viloyati delegatsiyasi safida Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9 sinf o'quvchisi Bekzodjon Ubaydullayev ham faol ishtrok etmoqda. O'quvchimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
@Chortoqtim
@Chortoq_EcoSchool
Biz bilan yangi marralarga erishing.
Kuzatib boring....
V Xalqaro Ekologiya qurultoyida Namangan viloyati delegatsiyasi safida Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9 sinf o'quvchisi Bekzodjon Ubaydullayev ham faol ishtrok etmoqda. O'quvchimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
@Chortoqtim
@Chortoq_EcoSchool
Biz bilan yangi marralarga erishing.
Kuzatib boring....
Repost from Namangan viloyati "Yosh ekologlar" harakati
+6
#Uchinchi_kun
#Namangan_viloyati
Qurultoy ishtirokchilari safida — Namangan yoshlari faol!
V Xalqaro Ekologiya qurultoyi doirasida Namangan viloyati delegatsiyasi badantarbiya mashqlarida faol ishtirok etib, kunni ko‘tarinki kayfiyat va tetiklik bilan boshlamoqda.
Sog‘lom hayot tarzi, faol harakat va ekologik tashabbuslar — barchasi bir maqsad yo‘lida!
Tabiat uchun birlashamiz!
Bizni kuzatishda davom etingTelegram | Instagram
Repost from IV Ekologiya va Turizm Xalqaro qurultoyi
"Yoshlar — kelajak bunyodkorlari" V-Xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida mintaqaning dolzarb ekologik muammolariga innovatsion yechimlarni namoyish etishga qaratilgan keng ko‘lamli “Qurultoy-Ekspo” ko‘rgazma tashkil etildi.
Ushbu ekspozitsiya yosh ekologlar, tadqiqotchilar va stardap loyiha mualliflarini bir maydonga jamlab, ularning tabiatni muhofaza qilish, resurslarni tejash hamda "yashil" texnologiyalarni joriy etish borasidagi ilg‘or g‘oyalari va amaliy loyihalarini namoyish etish uchun xizmat qildi.
Telegram | Instagram
Repost from Namangan viloyati "Yosh ekologlar" harakati
+9
#Ikkinchi_kun
#Namangan_viloyati
Bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar sari!
Namangan viloyati delegatsiyasi V Xalqaro Ekologiya qurultoyi doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarda faol ishtirok etmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar ekologiya sohasidagi dolzarb masalalar, yangi tashabbuslar va ilg‘or tajribalar yuzasidan bilim va tajribalarini boyitmoqda.
Faol ishtirok — yangi g‘oyalar va yangi imkoniyatlar garovi!
Bizni kuzatishda davom etingTelegram | Instagram
