Arab tili barcha uchun 📚📚
Open in Telegram
📘 Arab tilini oson va samarali o‘rganing! • Arab tili uchun video va audio darsliklar • Elektron kitoblar va qo‘llanmalar • Faqat ishonchli va sifatli manbalar Diniy materiallardan holi Murojaat: @Arabtilih_admin1
Show more3 789
Subscribers
-424 hours
+5267 days
+1 35330 days
Posts Archive
📚✨ Tarjima va e’rob qiling ✨📚
📝 مَا كُلُّ مَا يَعْرِفُهُ الْمَرْءُ يَصْلُحُ أَنْ يَقُولَهُ، فَاخْتِيَارُ الْكَلَامِ مِنْ حُسْنِ الْعَقْلِ.
🌿 Koʻp ishlatiladigan jumlalar 🌿
▪️ مَا دُمْتَ مُسْتَعِدًّا فَلْنَبْدَأْ
Tayyor ekansiz, unda boshlaylik 🚀
▪️ لَا أَمْلِكُ إِلَّا أَنْ أَنْتَظِرَ
Kutishdan boshqa choram yo‘q ⏳
▪️ بِكُلِّ سُهُولَةٍ يُمْكِنُكَ فَهْمُهُ
Uni bemalol tushunishingiz mumkin 💡
▪️ لَمْ يَخْطُرْ ذَلِكَ بِبَالِي
Bu xayolimga ham kelmagan edi 🤔
▪️ لَيْسَ مِنَ السَّهْلِ أَنْ نُغَيِّرَ ذَلِكَ
Buni o‘zgartirish oson emas 🔄
▪️ مَا زَالَ الْأَمْرُ قَيْدَ الدِّرَاسَةِ
Masala hali o‘rganilmoqda 📚
▪️ لَا أَرَى أَنَّ هَذَا وَقْتٌ مُنَاسِبٌ
Menimcha, hozir buning uchun mos vaqt emas ⏰
▪️ مَا إِنْ وَصَلْتُ حَتَّى بَدَأَ الدَّرْسُ
Men yetib kelishim bilan dars boshlandi 📖
▪️ لَوْ كُنْتُ أَعْلَمُ ذَلِكَ لَأَخْبَرْتُكَ
Agar buni bilganimda, sizga aytgan bo‘lardim 💬
▪️ لَا سِيَّمَا أَنَّ الْوَقْتَ قَصِيرٌ
Ayniqsa, vaqt qisqa ekanini hisobga olsak ⏳
#Arab_tili_iboralari
📌 Kanal: @arabtilih
👥 Guruh: @arabtilihh
Biror fe'liy jumlani tarkib qilishingizdan avval oʻzingizdan soʻrang:
• Buni kim qildi/bajardi?
Foʼil, boʻladi
• Bajaruvchi nima qildi?
Mafʼulun bih, boʻladi
• Bu narsani qanday qildi?
Hol, boʻladi.
• Bu narsani qayerda qildi?
Zarfı makon, boʻladi.
• Bu narsani qachon qildi?
Zarfı zamon, boʻladi.
• Bu narsani nima uchun qildi?
Mafʼulun liʼajlih boʻladi.
Repost from Arab tili barcha uchun 📚📚
🟣Ibodulloh Ahrorov ustozning هيا نتكلم باللغة العربية "(Keling arab tilida gaplashamiz)" kitobining pdf varianti.
❕Foydalanishdan avval bu xabarni oʻqing!
🟢Og'zaki mahorat uchun yaxshi kitob.Kitobda kundalik mavzularda kerakli dialoglar berilgan. Juda ko'plab dialoglardan iborat.
#Arab_tili_pdf_kitoblar
📌 Kanalimiz: @arabtilih
👥 Guruhimiz: @arabtilihh
🌟 MA’NAVIY VA LAFZIY IZOFA 🌟
🤔 Ma’naviy izofa nima va u matnga qanday ma’no bag‘ishlaydi?
✅ Ma’naviy izofada ikki ot bir-biriga bog‘lanib, haqiqiy egalik hamda qarashlilik ma’nosini hosil qiladi. U birinchi otga aniqlik yoki xoslik sifatini beradi.
📌 Misol: كِتَابُ زَيْدٍ — Zaydning kitobi. Bu yerda kitob aynan Zaydga tegishli ekani anglashiladi.
📖 Lafziy izofa ma’naviy izofadan nimasi bilan ajralib turadi?
✅ Lafziy izofada sifatdoshlar birinchi taraf bo‘lib keladi. U haqiqiy egalikni anglatmaydi, balki talaffuzni yengillatish uchun xizmat qiladi.
📌 Misol: حَسَنُ الوَجْهِ — Yuzi go‘zal; طَالِبُ العِلْمِ — Ilm talab qiluvchi.
💡 Ular o‘rtasidagi eng muhim grammatik farq qaysi?
✅ Ma’naviy izofada birinchi ot alif-lom artiklini qabul qilmaydi. Lafziy izofada esa nutq talabiga ko‘ra birinchi otga alif-lom artikli qo‘shilishi mumkin.
📌 Misol: الحَسَنُ الوَجْهِ — Yuzi go‘zal bo‘lgan kishi.
🔥 Muhim qoida:
✅ Birinchi ot oddiy tushuncha bo‘lib egalikni anglatsa — ma’naviy izofa, agar sifatdosh bo‘lib holatni tasvirlasa — lafziy izofa hisoblanadi.
━━━━━━━━━━━━━━━
📌 Kanalimiz: @arabtilih
👥 Guruhimiz: @arabtilihh
#Arab_tili_savol_javob
#Arab_tilida_pdf_kitoblar
📌 Kanalimiz:@arabtilih
👥 Guruhimiz:@arabtilihh
🌟 ARAB TILIDAGI MAQOLLAR VA UNING HAYOTIY HIKMATI 🌟
🤔 Mehnat va harakat haqida qaysi maqol mashhur?
✅ مَنْ جَدَّ وَجَدَ — Kim harakat qilsa, natijasini topadi.
📖 Sabr va chidam haqida-chi?
✅ الصَّبْرُ مِفْتَاحُ الفَرَجِ — Sabr — yutuq va yengillikning kalitidir.
💡 So‘zlashuv va muomala haqida nima deyilgan?
✅ خَيْرُ الْكَلَامِ مَا قَلَّ وَدَلَّ — So‘zning yaxshisi — qisqasi va ma'nolisidir.
🔥 Xulosa:
✅ Qisqa maqollar tilni ravon va purma'no ko‘rsatishga yordam beradi!
━━━━━━━━━━━━━━━
📌 Kanalimiz: @arabtilih
👥 Guruhimiz: @arabtilihh
#Arab_tili_savol_javob
ㅤ⪻ المنادى المضاف إلى ياء المتكلم ⪼
ㅤ📝 Ya'ul mutakallimga izofa qilingan munodoning besh ko'rinishi bor.
ㅤ📚Ular:
ㅤ❶- Kasrasini qoldirgan holda izofa qilingan "ya"ni hazf qilish, bu ko'rinishi eng ko'p uchraydigani.
Misol: ◈ يَا رَبِّ ، يَا قَوْمِ ..ㅤ❷- "Ya"ni sukunli qilish, bu 1- sidan ko'ra kamroq keladi.
Misol: ◈ يَا رَبِّيْ ، يَا قَوْمِيْ ..ㅤ❸- "Ya"ni fathali qilish, bu 2- sidan ko'ra kamroq keladi.
Misol: ◈ يَا رَبِّيَ ، يَا قَوْمِيَ ..ㅤ❹- "Ya"ni alifga qalb qilish, vaqf qilishda uning oxiriga ( هاء السكت )ni keltirish ham joiz.
Misol: ◈ يَا رَبَّا / رَبَّاهْ ، يَا قَوْمَا / قَوْمَاهْ.ㅤ❺- "Ya"ni alifga qalb qilish, so'ngra alifni hazf qilish, bu ko'rinishi kam uchraydi.
ㅤMisol: ◈ يَا رَبَّ ، يَا قَوْمَ.
براري افريقيا ꞉ معركة البقاء في أشرس بقعة على كوكب الأرض كويست عربية
Maroqli tomosha tilaymiz 😊
#Arab_tilida_tabiat
Kanalimiz: @arabtilih
Guruhimiz: @arabtilihh
Qotrun nado darslari davom etadi birozdan keyin
@arabtilihh savol-javob uchun
🎞 Nomi: Solohiddin Ayyubiy 4 qism
⌛️ Vaqti: 25 daqiqa 45 soniya
🇸🇦 Tili: Arabcha
🌴 Maroqli tomosha tilaymiz
