en
Feedback
11-AVGUST || SHUKUR YO’LI || START

11-AVGUST || SHUKUR YO’LI || START

Open in Telegram
5 934
Subscribers
No data24 hours
-1417 days
-84430 days
Posts Archive
📚 Bu 2 kunlik darsga boshqacha darajada tayyorgarlik ko‘ryapman, bilasizmi nimaga? Chunki juda ko‘pchilikni qiynayotgan savo
📚 Bu 2 kunlik darsga boshqacha darajada tayyorgarlik ko‘ryapman, bilasizmi nimaga?
Chunki juda ko‘pchilikni qiynayotgan savollarga aynan shu 2 kunlik darsimizda javob berishga va sizlarga kerakli bo‘lgan bilimlarni berishga oshiqyapman.
✨ Bu 2 kun siz uchun unutilmas bo‘lishini va hayotingizning yaxshi tomonga o‘zgarishiga sababchi bo‘lishini chin dildan xohlayman. Sizdan kichikgina, lekin juda muhim iltimosim bor! Shunchaki tomoshabin bo‘lib qolmang. Boshqalarni ham hayotini o‘zgartirishga sababchi bo‘ling. 📲 Do‘stlaringiz, guruhlaringiz, tanishlaringizga ushbu kanal havolasini yuboring. Ularni ham bu 2 kunlik ichki o‘zgarish sayohatiga chorlang. Tasavvur qiling: Siz yuborgan bitta link, kimningdir hayotini butkul o‘zgartirib yuborishi mumkin 🗓 Dars sanasi: 25–26-iyul 🕗 Soat: 20:00 📍 Kanalni "закрепить" qilib, ovozini yoqishni unutmang! 📌 Kanaldagi har bir postni diqqat bilan o‘qing, chunki darsimiz kunigacha sizlarga qo‘shimcha foydali ma’lumotlar tashlab boraman.

So‘nggi vaqtlarda bir gap qulog‘imga tez-tez chalinyapti. “Bepul marafonlar baribir foyda bermaydi!” Ammo men bunga boshqacha qarayman. Oldingi kurslarimda, marafon va vebinarlarimda qatnashgan ayollar ko‘z o‘ngimda o‘zgarishlar qilishgan va qilishyapti. Hatto ba’zi ayol-qizlarning natijasidan yig’layapman🥺 Ba’zilar qalbidagi yukni yengillashtirdi, ba’zilar umuman yukdan halos bo’ldi. Ba’zilar o‘zini kechira oldi. Ba’zilar esa — birinchi marta o‘zini tinglashni boshladi. Ba’zilar esa o’zini topdi, maqsadini topdi, chalkashliklarga, tartibsizlarga barham berdi. Hammaning natijasi bor, alhamdulillah. Endi esa men yana bir bepul vebinar o‘tkazmoqchiman. Kamdan-kam hollarda bunaqa ochiq suhbatlar qilaman, bilasiz. Bu safar — nomi: “Saodatli yo‘l”🥹 Bu yo‘l har kimning qalbida bor aslida. Faqat ba’zida biz uni unutib qo‘yamiz. Shu vebinarda birga eslaymiz. Birga topamiz. Men bunga jiddiy tayyorlanyapman. Sizlarni eslab, sizlarni his qilib. Bir necha yillarda buyon ichimda yig’ilgan gaplarimni, kuzatishlarimni, o’rganganlarimni, saboqlarimni, ilmlarimni aytmoqchiman. Agar hozir sizning ichingizda hissiyotlar junbushga kelgan bo’lsa, yaqinlaringizni ham taklif qiling. Axir bu suhbat sizlar uchun. 👇 Agar ilgari mening darslarimda qatnashgan bo‘lsangiz, izohlarda o‘z hissiyotingizni yozib qoldiring. Yangi ayollar uchun bu katta turtki bo‘ladi.

Hayrli kun, azizlar. Salomatmisiz? Bilasiz, safardaman, lekin shunday bo‘lsa-da, siz uchun harakatdaman. 💛 Qizalog‘im bilan
Hayrli kun, azizlar. Salomatmisiz? Bilasiz, safardaman, lekin shunday bo‘lsa-da, siz uchun harakatdaman. 💛 Qizalog‘im bilan birga sizga imkon qadar videolar, rasmlar orqali manzarani ko‘rsatishga va siz ham buni his qilishingiz uchun harakatdaman. 🤍 Bu safar nafaqat jismoniy yo‘l 🛤️ balki bu ichki sayohatimiz ham bo‘lmoqda)) Kechagi “og‘riqlar” haqidagi savolimga yozgan javoblaringizni bittalab o‘qib chiqyapman. ✉️ Ba’zilar yuragidagi og‘riqlarni hech kimga aytolmaganligini 💔, ba’zilar esa birinchi marta ochiq va samimiy yozganini his qildim. 🤲 Shu sabab, har bir javobingizga to‘la va to‘kis tarzda munosabat berish, va aynan siz uchun kerakli darsliklar, savollar va mashqlarni tayyorlash ustida ishlayapman. 📚🖊️ In shaa Allah, 25-26 iyul kunlari biz birga o‘zimizni qayta kashf qilamiz. ✨ Bu faqatgina bilim emas, bu — ichki uyg‘onish bo‘ladi. 🌱 Unutganingizni eslaysiz. 🧠 Yo‘qotganingizni topasiz. 🔍 Yashirganingiz bilan yuzma-yuz bo‘lasiz. 🪞 Va eng muhimi — o‘zingizni yana bir bor sevib qolishingiz mumkin bo‘ladi. 💗 Vebinargacha bo‘lgan har bir kunni imkon qadar mazmunli, yaqin, va siz uchun foydali o‘tkazishga harakat qilaman. 🤍🌷

Video message00:56

💫 “Saodatli yo’l”ga birga chiqqanimiz muborak bo‘lsin. 📌 25–26-iyul kunlariga qadar biz birga bo‘lamiz. Yuragingizda allaqa
💫 “Saodatli yo’l”ga birga chiqqanimiz muborak bo‘lsin. 📌 25–26-iyul kunlariga qadar biz birga bo‘lamiz. Yuragingizda allaqachon yashirinib turgan xotirjamlik, rozilik va ichki salomatlik sari birgalikda qadam qo‘yamiz. Men sizga ushbu yo‘lda foydali bo‘lgan barcha bilim va tajribalarimni samimiyat bilan ulashaman. 🌸 Siz bilasizmi, Saodat – bu uzoqdagi narsa emas. U har bir kunni anglab yashashda, bor narsaga shukr qilishda, va albatta – intizomda yashiringan. Shunday ekan, agar hayotingizda: • 🕊 Dangasalik o‘rniga mas’uliyatni tanlasangiz, • 🧭 Tarqoq fikrlar o‘rniga tartib va rejani qo‘llasangiz, • 💫 Har bir kunni beparvolik bilan emas, niyat va shukur bilan boshlasangiz, saodat o‘zi siz tomon yuradi. 📥 Sizga shunchaki kelmadim, bugun “Moliyaviy faravonlik yoxud pulsizlikdan qutilish” mavzusidagi kichik video darsni ulashmoqchiman. Videodarsni ko’rish uchun 📝 Ko‘rib, o‘zingiz uchun foydali xulosalarni yozib qoldiring — qalbingizda qanday o‘zgarishlar boshlandi, buni so‘zga aylantiring. Saodat yo‘li — bu yurakdan boshlangan yo‘l. Ushbu yo‘lda siz bilan birga ekanimdan behad xursandman. Men bilanmisiz?!

🎥 25-26 iyul kunlari bo'lib o'tadigan bepul Vebinargacha ham sizlar vaqtdan unumli foydalanishingiz uchun maksimum bu kanalni manfaatli olib borishga harakat qilaman. ✅ Va bu ishni aynan hozirdan boshlashga qaror qildim! Safimiz 1000 ga yaqinlashib qolibdi. Keling, sizlarni eshitsam. Kim qaysi muammo sabab ushbu kanalga qo'shildi? - O’zidan qoniqmaslik - Hayotida tartibsizliklarning ko’pligi - O'ziga ishonmaslik - Munosabatlarda kelishmovchiliklar Kommentariyada javoblaringizni qoldirsangiz, har biringizni o'qishga harakat qilaman! 🚀

🎉 Xush kelibsiz! Sizni chin dildan tabriklayman! Siz bugun eng muhim qadamni tashladingiz. Hayotingizdagi og‘riqli savollarga, ichingizdagi jim yurak chaqirig‘iga nihoyat javob bera boshladingiz.
Bu — oddiy kanal emas. Bu — Saodat yo‘liga birinchi qadam.
🗓 Bu kanalda siz uchun muhim bilimlar va foydali maslahatlar berib boriladi. Eng asosiysi — 25–26-iyul kunlari sizlar uchun maxsus “Saodat yo‘li” nomli jonli dars bo‘lib o‘tadi. Bu kunlarda siz bilan birga yuzlab ayollar ichki tinchlik, shukur, qadriyat va sevgiga yuzlanishadi. ☝️ Shunday ekan, dars kunigacha bo‘lgan vaqt davomida sizga beriladigan ma’lumotlarni va darslarni o‘tkazib yubormaslik uchun hozirdan kanalning ovozini yoqib, “закрепить” 📌 qilib qo‘ying. 🙌 Demak,25–26-iyul kunlari soat 20:00 da “Saodat yo‘li” nomli bepul 2 kunlik vebinarga tayyormisiz? ✊ Reaksiyalar orqali javobingizni qoldiring!