Mutolaaviy
Open in Telegram
🗽 insta. mutolaviy
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
274
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-4730 days
Posts Archive
274
Tanani berkitishni oʻzi kifoya deb oʻylasangiz adashasiz!
Tanani avvalo taqvo bilan berkitish kerak, mato bilan emas..!
274
Ayol sevilsa yaxshi, ammo rashkchi er tomonidan sevilsa, u saodatlidir.
Chunki, rashki bo'lmagan erkakda
hayir ham yo'q.
Rashksiz "erkakka" Jannat harom.Begonalar ovozini eshitmasin deb uning o'rniga salom ber,birovning ko'zi unga tushmasin deb, oldinda yur, sha'nini, qadr-qimmatini himoya qil, qattiq rashk qil.
Allohning hadiyasi, omonatingni rashk qil
274
"Yusuf surasi shuni eslatadiki;
Umidingizni yo'qotmang!
(Bugun yig'lagan ertaga albatta kuladi :)
274
#hayotiy🖤
Unutdim deysiz-u ammo shunaqa vaqtlar boʻladi-ki, xohlasangiz ham xohlamasangiz ham bexosdan yodingizga tushadi va gʻamlar dengiziga choʻkib ketasiz... koʻzlari, tabassumini koʻrish xumori tutadi, oʻzingiz bilmagan holda telefonning sekretni joylarida yashiringan suratiga qaraysiz, har bir suratni sinchiklab kattalashtirib, kichiklashtirib qaraysiz, va kulib aytasiz "naqadar chiroyli manzara-a", aslida u joyga kirish siz uchun juda qiyin va qoʻrqinchli, ammo oʻsha vaqtda boshqa ilojingiz ham qolmaydi, chunki oʻsha vaqt sogʻinchga bardosh berolmagan vaqtingiz boʻladi...ammo bardosh berasiz shunga majbursiz va sekin bu gʻamni yengillatish yoʻlini qidirasiz va oldin u bilan yurgan, birga kezgan joylarga aylangiz keladi...aylanasiz shirin xotiralarni eslaysiz, ozroq taskin topasiz sogʻinch ozroq bosilgandek boʻladi goʻyoki, ammo unaqa emas shunchaki shirin xotiralar sizni mast qilgudek boʻladi, shu sabab ozroq muddatga sogʻinchni unutasiz, qarabsiz-ki butun shu hayotiz davomidagi eng yaxshi sogʻinchni bostirish usuli shu boʻlib qoladi...aslida ham shunaqa emasmi...? (Sabr ila oʻqigan barchaga raxmat...!)
274
🎁 Baroat kechasi muborak bo‘lsin! 🌛
Bugun – gunohlar kechiriladigan, qalblar poklanadigan va duolar ijobat bo‘ladigan ulug‘ kecha.
🤲 Duoda bo‘ling, qalbingizni Allohga oching
🕯 Yaxshi niyatlar qiling, gunohlardan keching
💫 Allohdan sog‘lik, tinchlik va baraka so‘rang
Bugun qilgan har bir ibodat, har bir duo qalbingizni yoritadi va ruhingizni poklaydi.
🎁 Keling, Baroat kechasini samimiy ibodat va duo bilan kutib olaylik!
Hammaga muborak bo'lsin 🎁
Yaqinlaringizga ham eslatib qo‘ying🚀
274
#Tafakkur
"Boshqalardan ko‘ngling qolmasligini eng afzal yo‘li — hech kimdan hech narsa kutmasligingdir!".
Jubron Xalil Jubron
274
Farzandlar quloqlari bilan emas, ko‘zlari bilan tarbiya oladi.
Bir ota oilasi bilan o‘tirganida unga qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
U “Zarur ishlarim bilan yurgandim, hozir gaplasha olmayman” dedi va go‘shakni qo‘ydi.
Ota o‘yladiki, men oilamga e’tibor berayapman, oila muhim.
Lekin farzandlari undan “vaziyatdan chiqish uchun yolg‘on gapirish mumkin” degan saboqni oldi.
Bir ona esa farzandi bilan avtobus kutib turgandi.
Farzandi qo‘lidagi narsani yerga otdi, ona esa baqirdi,
“Yerga tashlama, bu axlat joyi emas,,
Ona o‘yladiki, men tozalikka o‘rgatyapman.
Ammo farzand undan “maqsadga erishish uchun baqirish, ojizlarga zug‘um qilish mumkin” degan darsni oldi.
Farzandlar bizning nasihatlarimizdan emas, kundalik harakatlarimiz dan o'rnak oladi.
274
Insonni chinakam tushunish uchun, uning nuqtayi nazaridan qarab ko‘rmaguningcha hech qachon anglay olmaysan… ya’ni, go‘yo uning terisi ichiga kirib, shu holda yurib ko‘rmaguningcha.
274
@Mutolaaviiy kanalidan kichik konkurs✅
Kommentariyaga shunchaki + qoldiring
G'olib random tarzda aniqlanadi😎
Golibga 15 talik yoki 25 talik gift yani yulduzcha tashlab beriladi😎
274
Hayotingizda nima qilishni bilmay qolsangiz — mutolaa qiling.
Muammoning yechimini topolmasangiz — mutolaa qiling.
Yangi nigoh, yangicha g'oya kerak bo‘lsa — mutolaa qiling.
Motivatsiya izlayotgan bo‘lsangiz — mutolaa qiling.
Hammasidan to'yib-charchab, taslim bo'lar holga kelgan bo'lsangiz — mutolaa qiling.
Mutolaa qilish — hayotingizni osonlashtirishda eng katta yordamchilaringizdan biri bo'la oladi.
