en
Feedback
Nigora Hasanova blogi

Nigora Hasanova blogi

Open in Telegram

Harakatsizlikda baxt yo’q.

Show more
3 198
Subscribers
-424 hours
-427 days
-2230 days
Posts Archive
Nega o’g’il bolalar o’qishi shart emas?

- Po‘lat, agar seni jarning yoqasiga olib kelib, tanla: yo hayot, yo o‘lim? - deyishsa, nimani tanlar eding? - Bema’ni savolingni qo‘y. - Yo‘q, aytgin. - Albatta hayotni tanlar edim. - Yolg‘on gapirding. Men hazil qilayotganim yo‘q. - Nimani tanlar edimmi? - Ha. - Qaysi biri yaxshi bo‘lsa, shuni. - Sening uchun nima yaxshi? - Mening uchun hayot qolib, o‘likdek yashaganimdan, o‘lib hayot bo‘lishim yaxshi. Odam bo’lish qiyin . @nigorabooklover

Bir tomondagisi yuksaltirsa, aks tomon qulatadi. Siz qaysi tomondasiz? @nigorabooklover

Bo’g’zidan qirqilgan gullar chil-chil singan qadahlar yopilgan eshiklar toptalgan tuyg’ular.. Ko’z yoshingizni arting, chunki quyosh ertaga yana chiqadi 🌝 @nigorabooklover

Odamzod shunday, unga foydang tegmasa qiymatingni yo’qotasan. Buning uchun undan ranjima, axir o’zing ham shundaysan. @nigorabooklover

Abdurahmon Jomiy Yori jon

Jonli sher eshitaylik vey! Yuraveramizmi ish o’qish deb. Fonda ajoyib musiqa, men esa birovga aytolmayotgan gaplaringizni sher qilib kuylayman, ko’zlaringizni yumib eshitasiz) Kimdan bo’lsin? Tanlov sizdan , o’qib berish mendan. Yig’latadiganidan bo’lsin vey! Izohda yozib keting📚 @nigorabooklover

Ayol tabiatini Ekzyuperi kabi bola tilidan yarim qator gap bilan o‘ziga xos tarzda ta’riflab bergan yozuvchi bo‘lsa aytib ketinglar-da) @nigorabooklover

Kichkina shaxzodaning hamma kattalar ham tushunmaydigan bir gapi bor, asarda dialog orasida keladi. -Gulga tikanning nima keragi bor? -Gulga tikanning sirayam keragi yo‘q! -Shunaqami?.. Gapingga ishonmayman! Axir gullar judayam zaif, oqko‘ngil-ku! O‘zlarini botir ko‘rsatish uchun ham tikan chiqarishadi, go‘yo shunda ulardan hamma qo‘rqadigandek.. @nigorabooklover

Mana shu nomukammal tizim sabab qanchadan-qancha bolalar litseylarga qabul qilinmagan..

#Bu_muhim #Fraksiya_pozitsiyasi ⁉️ “Imtihonga qattiq tayyorlanmasam ham bo‘laveradi”Litseylarga qabul jarayonida sertifikatlarni hisobga olish tizimi nima uchun shaffof emas? Facebook | Youtube | Instagram | X

Sizlarni bilamdimu, ammo men hali ham bunga asabiylashib ketyapman( Bosh qismimizda miya borku to’g’rima? U qaysi vaqtlarda ishlamay qoladi shunda?

O’smir yoshdagi farzandingiz uchun top-5 qiziqarli kitob 📚 1. «Kichkina xonimlar» - Luiza Mey Olkott Bu kitobda 4 ta opa-singilning hayoti qiziqarli tarzda hikoya qilingan. Qahramonlarning yoshi farzandingizning yoshi bilan deyarli teng, shuning uchun ham ularning kundalik hayoti farzandingizga qiziq tuyuladi. Asar - do‘stlik, mas’uliyat, to‘g‘riso‘zlikka o’rgatadi. Bir vaqtning o‘zida bola amerikaliklar hayotiga sayohat qiladi, tasavvurlari paydo bo‘ladi, bilim oladi, o‘sadi, fikrlashni boshlaydi. Muhimi asar bolaning yoshiga mos va qadriyatlarimizga salbiy ta’siri yo‘q. 2. “Matilda” - Roald Dal . O‘smir yoshdagi qiz va hatto o‘g‘il bola uchun ham juda qiziqarli kitob. Asarda ota-onasi farzandiga umuman e’tibor bermaydigan, maktabda ham shafqatsizlikka uchragan, e’tibordan chetda qolib ketgan, ammo hech bir bosim, yoqimsiz holatlarga yengilmagan , kuchli , g‘ayratli , aqlli qizaloq haqida hikoya qilinadi. Voqealar o’smirlar tilida qiziqarli yozilgani uchun farzandingiz muallifning maslahatlarini qiynalmay tushunadi, eng yomon holatlarda ham kuchli va bilimga chanqoq bo‘lish kerakligini anglaydi. Matildaga nisbatan rahm-shafqat uyg’onib, shu bahonada o’zi ham ichki qobilyatlarini namoyon etgisi kelib qoladi. 3. «Tom Soyerning sarguzashtlari» - Mark Tven Juda qiziqarli kitob. Quvnoq, sho‘x, sarguzashtlarni yaxshi ko‘radigan yetim bolakayning hayoti haqida. Boshidan kechiradigan voqealari shu qadar rang-barangki, farzandingiz mutolaa vaqtida umuman zerikmaydi. Mas’uliyat, to‘g‘riso‘zlik, halollik sifatlari shakllanadi. 4. “Mushuklar malikasi Minush” – Anni Shmidt . O‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblardan. Asar farzandingizni rahm- shafqatli, e’tiborli bo‘lishga o‘rgatadi. Syujeti qiziq: mushuk kimyoviy chiqindini yeganidan so‘ng qizaqloqqa aylanib qoladi. Ko‘rinishi odam, ammo qiliqlari mushukni eslatuvchi bu qiz atrofdagilarning e’tiborini torta boshlaydi. Mushuklarning tilini tushunishi, odamlarning ayyor, razil hunarlari, firibgarliklarini fosh etishi qiziq bayon qilingan. Aql bovar qilmas voqealar sabab farzandingiz kitobni qiziqib o’qiydi. Aslida kitob faqat o’smirlar uchun emas, o‘zim ham bu asarni rosa maza qilib o‘qiganman) 5. “Kichkina shahzoda” - A. Ekzyuperi Bu asar haqida olam-olam ijobiy fikrlar aytish mumkin. Men esa bitta gap bilan o’z fikrimni bildirmoqchiman: asar bolangizni qalb ko’zlarini ochadi. Keyin esa bola sizga yuragini ochadi, o’rtangizda do’stlik ko’prigi paydo bo’ladi, qalbi yanada tozaradi. Eng muhimi asar diqqat bilan o’qilishi kerak. Gayritabiiy tuyulgan voqealar, bolakayning g’alati savollari tagida bebaho falsafalar bor va muhimi bola uni bemalol tushunadi. Tavsiya etgan hamma kitoblarim sotuvda bor @nigorabooklover

Qiz farzandi borlar ushbu videoni albatta ko’ring @nigorabooklover

#Bu_muhim Uy-joy sotib olmoqchimisiz? Endi mablag‘ingiz himoyasi kafolatlanadi. Facebook | Youtube | Instagram | X

Xizmat doirasidan tashqaridagi bosh og’riq

Xizmat doirasidan tashqaridagi bosh og’riq.

Bolani telefon bilan nazoratsiz qoldirishning oqibati(

To’g’ri, inson o'z tanlovlarida erkin, biroq shu tanlovlar ortidan keladigan oqibatlar oldida mas'ul. Atrofdagilarning ishonchini suiiste'mol qilish, oxir-oqibat o’sha insonni ma'naviy tanholikka olib keladi. @nigorabooklover

Mas’uliyatsizlik va xudbinlik eng go’zal tuyg’ularni ham fojiaga aylantiradi. “Odam bo’lish qiyin” romanini hozir tugatdim. Abdulla sabab hammadan nafratdaman) Yozayotganlarim ham bir oz emotsiyada. Sovishimni kutmayman, zero issig’ida ichidagi gapni aytib tashlayveradi odam. Vaqt o’tsa miyyada tahrir boshlanib ketadi. Men esa matnda ham videoda ham tabiiylikni yaxshi ko’raman. Xullas. Odam bo’lish qiyin.. Bir vaqtlar o’qigandim bu asarni. 7 yoki 8 sinfda. (Aslida bu yoshda o’qib bo’lmaydi bu romanni) O’sha vaqt ham nafrat, alam bosib kelgan. Gulchehra uchun haftalab yig’lab yurganman( O’smir yoshimda bu asar qanday qo’limga tushgan, nega o’qiganman bilmayman. Ammo, bu safar muallifning fikrlarini anglagandekman. Aksariyat insonlar jamiyat uchun obro’li xisoblangan qolipga moslashib oladi, buni to’g’ri yo’l deb biladi, faxrlanadi, kerak bo’lsa sevganidan, yaqinlaridan voz kechadi. Abdulla shundaylardan edi. Nafsi, xudbinligi, zaifligi bilan nafaqat o’zini, Gulchehrani ham baxtsizlikka giriftor qildi. Olim bo’laman dedi-yu, odam bo’lishni unutdi. Ichki dunyosi inqirozga yuz tutgan, ma’naviy sinovlarga dosh berolmagan , yashashning oson va yengil yo’li uchun zimmasidagi vazifalardan voz kechib, yaqinlarining yuzini qora qilgan , bir qizni badnom qilgan Abdulla.. (Siz istagan ismingizni qo’yib o’qiyvering)) Albatta, jasad uning odam ekanini bildirmaydi. Bu jasadning ortida nafs, qo’rqoqlik, xudbinlik, mas’uliyatsizlik, xiyonat va hokazo illatlar yotishi ham mumkin. Muallif Abdullaning ichki kechinmalari, vijdon azobi va pushaymonligini mahorat bilan bayon qilgan. Qilmishini anglab yetgan lahzada o‘quvchida unga nisbatan rahm-shafqat uyg‘onadi . Ammo men achinmadim, chunki u avvalo erkak edi. Erkak. To’g’ri yozuvchi uni vijdon azobi bilan jazolagan. O’zi adabiyotda bunday hukmlarni o’qigan adiblar juda ko’p. Pushkin o’z Oneginini, Stendal’ Sorelini, Mopassan ham qahramonlarini umuman ayamaydi, Tolstoychi dahshat) Qodiriyning hukmi suyak-suyakkacha yetib boradi, Hoshimovda ham shunday. Savalaydi) Menga Aytmatovning jazo usuli ko’proq yoqadi. Xiyonat qilgan, qo’rqoq va mas’uliyatsiz qahramonlarini qattiq jazolaydi. Mazza qivoraman) “Sarvqomat dilbarim”ni o’qiganlar tushundi gapimni. Aytmatov bu borada genial )) Xullas, bu mavzu adabiyotning kechasida ham , bugunida ham, ertasida ham aktual bo’lib qolaveradi. Va turli millat adiblari unga o’z holicha hukm o’qiyveradi. Chunki jamiyat ana shu inson bilan mukammaldir . O’lmas Umarbekov romanda har bir fojia noto’g’ri qarorlarning oqibati ekanini, xudbin nafaqat o’z hayotining balki qo’shib yaqinlarining jallodi bo’lishi mumkinligini avaylab yozgan. Asarni 20-25 yoshdan keyin o’qishni tavsiya etaman. Ammo qizlar ertaroq o’qisin. Ko’zi ochiladi, pushti ko’zoynaklari yechiladi, atrofidagi Abdullalardan ehtiyot bo’lishni o’rganishadi. Oqlamayman uni. Ablah insonni oqlab bo’lmaydi. Asrning g’oyasi: Sevgi - bu boshqa inson taqdiri uchun yuksak mas’uliyatdir! Yana qaytaraman, fikrlarni siqib yozdim. Qilaversa jahl ustida yozilgan dastlabki xulosalar)) @nigorabooklover