en
Feedback
🇺🇿Central Asian University

🇺🇿Central Asian University

Open in Telegram

Central Asian University ning rasmiy Telegram kanali. 🤖AI Admissions Consultaint: @cauadmission_bot Website: www.centralasian.uz Instagram: @cauniversity.official 📞71 208-12-34

Show more
929
Subscribers
-124 hours
+87 days
+3830 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
June '26
June '26
+92
in 4 channels
May '26
+130
in 28 channels
Get PRO
April '26
+81
in 12 channels
Get PRO
March '26
+86
in 17 channels
Get PRO
February '26
+44
in 8 channels
Get PRO
January '26
+107
in 21 channels
Get PRO
December '25
+62
in 3 channels
Get PRO
November '25
+58
in 5 channels
Get PRO
October '25
+73
in 10 channels
Get PRO
September '25
+88
in 9 channels
Get PRO
August '25
+133
in 18 channels
Get PRO
July '25
+139
in 8 channels
Get PRO
June '25
+110
in 5 channels
Get PRO
May '25
+87
in 9 channels
Get PRO
April '25
+80
in 10 channels
Get PRO
March '25
+81
in 9 channels
Get PRO
February '25
+94
in 45 channels
Get PRO
January '25
+55
in 7 channels
Get PRO
December '24
+34
in 8 channels
Get PRO
November '24
+314
in 8 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
28 June+1
27 June+1
26 June+4
25 June+5
24 June+6
23 June+2
22 June+3
21 June+4
20 June0
19 June+1
18 June+3
17 June+4
16 June+3
15 June+6
14 June+4
13 June+12
12 June+2
11 June+3
10 June+7
09 June+1
08 June+4
07 June+2
06 June0
05 June+4
04 June+2
03 June+1
02 June+1
01 June+6
Channel Posts
🎓 Alumni Story: Shukhrat Abdullaev CAU Biznes Maktabi bitiruvchisi Shukhrat Abdullaev iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqishini moli
+3
🎓 Alumni Story: Shukhrat Abdullaev CAU Biznes Maktabi bitiruvchisi Shukhrat Abdullaev iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqishini moliyaviy tahlil sohasidagi karyeraga aylantirdi. Central Asian Universityʼda tahsil olayotib, u nafaqat mustahkam akademik bilimga, balki Bloomberg laboratoriyasi orqali qimmatli amaliy tajribaga ham ega bo‘ldi. Aynan shu yerda u moliyaviy bozorlar va sarmoyalarga bo‘lgan qiziqishini anglab, kelajakdagi faoliyatiga poydevor qo‘ydi. Bugungi kunda Shuhrat CAU qoshidagi Bloomberg laboratoriyasida moliyaviy tahlilchi sifatida faoliyat yuritadi. U moliyaviy bozorlar, kompaniyalar va iqtisodiy tendensiyalarni tahlil qilish bilan birga, talabalarga amaliy mashg‘ulotlar orqali moliya olamini kashf etishga ko‘maklashadi. O‘z bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlar ekan, Shuhratning fikricha, real loyihalarda qatnashish, doimiy ravishda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va har bir imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uning karyerasini qurishdagi asosiy omillar bo‘lgan. "Faqat akademik bilimlar bilan cheklanib qolmang. Yangi ko‘nikmalarni rivojlantiring, loyihalarda ishtirok eting, tajriba orttiring va o‘rganishdan hech qachon to‘xtamang." 💙 Bitiruvchilarimiz muvaffaqiyatli karyera qurib, bo‘lajak biznes mutaxassislarini ilhomlantirayotganidan faxrlanamiz. 🔗 Batafsil ma’lumot veb-saytimizda 🎓 Agar siz ham o‘z qiziqishingizni kasbga aylantirishni istasangiz, 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Bugunoq CAU Biznes Maktabidan o‘z o‘rningizni band qiling. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!

2
👏 “Mehmonxona boshqaruvi va turizm maktabi” talabalari Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, bitiruv malaka+6
👏 “Mehmonxona boshqaruvi va turizm maktabi” talabalari Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar va o‘zlarining akademik hayotidagi yana bir muhim marraga erishdilar. Himoya jarayonida talabalar turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan tadqiqotlarini taqdim etdilar. Ularning loyihalari O‘zbekistondagi sayyohlik tajribalari, sayohat xulq-atvori, xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish, sanatoriy-kurort turizmi hamda xodimlarning farovonligi kabi mavzularni qamrab olib, kuchli tahliliy ko‘nikmalar va sohaga oid amaliy yondashuvni namoyon etdi. Milliy talablarni muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilarimiz endilikda O‘zbekiston va Shveysariya diplomlarini qo‘lga kiritdilar. Bu ularning ta’limi xalqaro sifatga mos ekanligini tasdiqlaydi. 🇺🇿🇨🇭 Ushbu yutuq bilan talabalarimiz, professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlarni tabriklaymiz. Bitiruvchilarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz! 💙 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
289
3
🩺CAU tibbiy rezedenturasi— bo‘lajak shifokorlar haqiqiy klinik tajriba orttirib, kasbiy mahoratini oshiradigan maskandir. Us
🩺CAU tibbiy rezedenturasi— bo‘lajak shifokorlar haqiqiy klinik tajriba orttirib, kasbiy mahoratini oshiradigan maskandir. Ushbu videoda nevrologiya yo‘nalishi rezidenti Nilufar Odilova CAU tibbiy rezedentura dasturi unga xalqaro mutaxassislar bilan birga ishlash, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish hamda o‘z tadqiqotlarini xalqaro tibbiy anjumanlarda taqdim etish orqali amaliy klinik tajriba to‘plashga qanday yordam bergani haqida so‘zlab beradi. Rezedentura — bu nafaqat klinik amaliyot, balki uzluksiz o‘qib-o‘rganish, kasbiy yuksalish va jahon tibbiyot hamjamiyatining bir qismiga aylanish demakdir. 🎓 CAU tibbiy rezedenturasiga 2026-yil uchun qabul boshlandi. 2026-yilgi qabulda 11 ta klinik mutaxassislik — endokrinologiya, kardiojarrohlik, urologiya, oftalmologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha 29 ta o‘rin taklif etiladi. 📌 Arizalar 2026-yilning 30-iyuniga qadar qabul qilinadi. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
318
4
🏀⚽️🎾 CAU talabalari o‘quv jarayoni bilan bir qatorda faol va sog‘lom turmush tarzini olib borishlari uchun zamonaviy sport
🏀⚽️🎾 CAU talabalari o‘quv jarayoni bilan bir qatorda faol va sog‘lom turmush tarzini olib borishlari uchun zamonaviy sport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Chunki universitet hayoti nafaqat bilim olish, balki sport bilan shug‘ullanish, yangi do‘stlar orttirish va unutilmas xotiralar yaratish demakdir. 💙 👇 Sizning sevimli sport turingiz qaysi? Izohlarda yozib qoldiring! 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
328
5
🎓 Uzoq davom etgan tayyorgarlik, tinimsiz mehnat va ko‘plab sinovlardan so‘ng muhim kun yetib keldi — Bitiruv malakaviy ishl
🎓 Uzoq davom etgan tayyorgarlik, tinimsiz mehnat va ko‘plab sinovlardan so‘ng muhim kun yetib keldi — Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish kuni. Ushbu yuksak bosqichga yetib kelgan barcha bitiruvchilarni samimiy tabriklaymiz. Himoya jarayonida sizlarga ishonch, muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
325
6
🎓 Bitiruvga bir qadam qolganida qanday hislar chulg‘aydi? Bitiruvchilarimizning diplom himoyasi, universitetdagi unutilmas o
🎓 Bitiruvga bir qadam qolganida qanday hislar chulg‘aydi? Bitiruvchilarimizning diplom himoyasi, universitetdagi unutilmas onlari va kelgusi rejalari haqidagi fikrlarini o‘zlaridan eshitamiz. 💙 Diplom himoyasi uchun eng sara maslahatlaringizni izohlarda yozib qoldiring. 👇 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
319
7
🇰🇷 CAUʼning ikki talabasi 2026-yil kuzgi semestrini Osiyoning yetakchi texnologik universitetlaridan birida tahsil olib o‘t
🇰🇷 CAUʼning ikki talabasi 2026-yil kuzgi semestrini Osiyoning yetakchi texnologik universitetlaridan birida tahsil olib o‘tkazadi. Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi talabasi Khadija Umarkhon va Kompyuter fanlari yo‘nalishi talabasi Saodatkhon Akramkhonovna Janubiy Koreyadagi Ulsan National Institute of Science and Technology (UNIST) da akademik almashinuv dasturida ishtirok etish uchun saralab olindi. 2026-yil kuzgi semestr davomida ular dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar bilan birga tahsil oladi, ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashadi hamda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ixtisoslashgan fanlarni o‘rganadi. Dasturga qabul jarayoni yuqori raqobat asosida amalga oshirildi. Nomzodlardan kamida 4,3 ballik tizimda 3,0 GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lish, IELTS 6.5 yoki undan yuqori darajadagi ingliz tili bilimini namoyish etish hamda kamida bir yil universitetda tahsil olgan bo‘lish talab etildi. Yuqori akademik natijalari, intilishi va mehnatsevarligi tufayli Khadija va Saodatkhon ushbu xalqaro akademik mobillik dasturi orqali Central Asian University nomidan universitetimizni munosib tarzda namoyon etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Talabalarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va Janubiy Koreyadagi o‘qish jarayonida ularga muvaffaqiyat, yangi tajribalar va unutilmas taassurotlar tilaymiz! 🌍💙 Siz talabalar almashinuvi dasturi orqali qaysi davlatda tahsil olishni istardingiz? 👇 Fikringizni izohlarda qoldiring. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
407
8
🎓Alumni Story: Bobirjon Mardonov Samarqanddagi kichik bir qishloqdan sun’iy intellektga asoslangan texnologik loyihalarga ra+7
🎓Alumni Story: Bobirjon Mardonov Samarqanddagi kichik bir qishloqdan sun’iy intellektga asoslangan texnologik loyihalarga rahbarlik qilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Bobirjon Mardonovning hayoti — matonat, qat’iyat va tinimsiz bilim olishga asoslangan hikoyadir. Central Asian University Muhandislik Maktabi bitiruvchisi Bobirjon texnologiyalarga bo‘lgan ishtiyoqini universitetdan ancha oldin kashf etgan. Muhandislik va kompyuter fanlariga bo‘lgan qiziqishi tufayli u ta’limga xalqaro yondashuvi, ingliz tilida muloqot qiluvchi muhiti va kelajak innovatorlarini yetishtirishga qaratilgan qarashlari uchun CAUʼni tanladi. O‘qishi davomida Bobirjon dasturlash, mashinali o‘qitish, kompyuter ko‘rishi va ma’lumotlar tahlili kabi sohalarni o‘rganish bilan birga, turli loyihalarda faol qatnashib, frilanserlik va o‘qituvchilik bilan ham shug‘ullandi. Dastlab raqamli yechimlar yaratish va kursdoshlariga yordam berish bilan boshlangan bu faoliyat, keyinchalik uning AKFA Group’da ma’lumotlar tahlilchisi, so‘ngra esa Korzinka Go‘da ma’lumotlar muhandisi lavozimlarida ishlashiga zamin yaratdi. Bugungi kunda Bobirjon “Humaid.co” startap loyihasiga rahbarlik qilmoqda. U yerda Bobirjon sun’iy intellekt va eng yangi texnologik yechimlar ustida ish olib borib, real hayotda katta o‘zgarishlar yarata oladigan mahsulotlarni ishlab chiqishga hissa qo‘shmoqda. O‘tmishga nazar tashlar ekan, u moslashuvchanlik, muloqot qobiliyati va doimiy o‘rganishga intilish texnik ko‘nikmalar kabi muhim ekanligiga ishonadi. Uning hozirgi talabalarga aytar so‘zi oddiy: “Asosiy bilimlarga e’tibor qarating, qulaylik hududingizdan chiqing va o‘rganishdan hech qachon to‘xtamang. Texnologiya doimo o‘zgarib turadi, ammo moslashish qobiliyati har doim sizning eng katta kuchingiz bo‘lib qoladi”. Bitiruvchilarimiz texnologiyalar kelajagini shakllantirayotgani va muhandislarning yangi avlodini ilhomlantirayotganidan faxrlanamiz. 💙 🔗 Batafsil ma’lumotni veb-saytimizda o‘qing 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
458
9
🦷🎓 CAU Stomatologiya maktabining birinchi bitiruvchi oqimi DDS (Stomatologiya jarrohligi doktori) darajasi uchun o‘tkazilga+9
🦷🎓 CAU Stomatologiya maktabining birinchi bitiruvchi oqimi DDS (Stomatologiya jarrohligi doktori) darajasi uchun o‘tkazilgan Amaliy OSCE shaklidagi Davlat attestatsiyasining yakuniy bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi. 2026-yil 19-iyun kuni DDS bitiruvchi kurs talabalari klinik salohiyat va amaliy ko‘nikmalarni baholashga qaratilgan jonli OSCE stansiyalari, statik OSCE stansiyalari hamda kavakni preparatsiyalash mashqini o‘z ichiga olgan Davlat attestatsiyasining uchinchi va yakuniy bosqichidan o‘tdilar. Imtihon akademik doiralar, sog‘liqni saqlash muassasalari va stomatologiya amaliyoti vakillaridan iborat nufuzli tashqi baholovchilar ishtirokida o‘tkazildi. Jonli OSCE stansiyalari: • Bemorning qon bosimini o‘lchash • Bemorda dental rentgen trubkasi boshining konusini (PID) joylashtirish Statik OSCE stansiyalari: • Stomatologik anesteziyaning klinik usuli • Og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimasini gistologik tahlil qilish orqali og‘iz saratoniga tashxis qo‘yish • Ortodontik bemorlar uchun sefalometrik tahlil Restavratsion stomatologiya stansiyasi: • Tish kariyesini aktiv tozalash va kavakni preparatsiyalash Ushbu imtihon stomatologik ta’limning amaliy qismini yakunlab, o‘z kasbiy faoliyatining keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan birinchi DDS bitiruvchi oqimi uchun muhim marra hisoblanadi. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
447
10
🩺 Tibbiy rezident bo‘lish aslida qanday? Ushbu videoda Otorinolaringologiya (LOR) yo‘nalishi rezidenti Temur Tillakhujaev CA
🩺 Tibbiy rezident bo‘lish aslida qanday? Ushbu videoda Otorinolaringologiya (LOR) yo‘nalishi rezidenti Temur Tillakhujaev CAU Tibbiy rezidentura dasturi doirasidagi o‘zining rezidentura tajribasi, klinik amaliyoti va kasbiy rivojlanishi haqida so‘zlab beradi. 🎓 CAU Tibbiy rezidentura dasturining 2026-yilgi qabul jarayoni boshlandi. 2026-yilgi qabulda 11 ta klinik mutaxassislik — Endokrinologiya, Kardiojarrohlik, Urologiya, Oftalmologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha 29 ta rezidentlik o‘rni taklif etiladi. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ✔️ Chinakam shifoxona muhitida klinik ta’lim ✔️ Rasmiy ishga joylashish va rezident maoshi ✔️ Tajribali mahalliy va xalqaro shifokorlar mentorligi ✔️ Zamonaviy tibbiy texnologiyalar va uskunalardan foydalanish imkoniyati ✔️ Ilmiy tadqiqotlar va akademik rivojlanish uchun imkoniyatlar Agar siz tibbiy faoliyatingizda keyingi qadamni tashlashga hamda amaliy tajriba va kasbiy o‘sishga yo‘naltirilgan muhitda malaka oshirishga tayyor bo‘lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun. 📌 Arizalar 2026-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
335
11
Biznes Maktabi, Arxitektura va dizayn Maktabi hamda Stomatologiya Maktabining bitiruvchi talabalari yakuniy davlat attestatsi+9
Biznes Maktabi, Arxitektura va dizayn Maktabi hamda Stomatologiya Maktabining bitiruvchi talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini topshirishda davom etmoqda. Biznes Maktabi talabalari Artel kompaniyasi vakillaridan tashkil topgan attestatsiya komissiyasi oldida o‘z bitiruv va capstone loyihalarini himoya qilib, real biznes muammolarining amaliy yechimlarini taqdim etdilar. Arxitektura va dizayn Maktabi talabalari esa texnik mahorat va o‘ziga xos yondashuvni aks ettirgan ijodiy, innovatsion hamda puxta ishlab chiqilgan loyihalari bilan barchani hayratda qoldirdilar. Ayni vaqtda, Stomatologiya maktabi talabalari amaliy OSCE imtihonini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘zlarining klinik bilimlari, muloqot ko‘nikmalari va kasbiy faoliyatga tayyor ekanliklarini namoyon etdilar. Bitiruv marosimi yaqinlashar ekan, talabalarimiz o‘zlarining kelajakdagi faoliyatini belgilab beruvchi fidoyilik, ijodkorlik va professionallikni namoyish etishda davom etmoqda. Barcha bitiruvchilarimizga o‘qishlarining ushbu muhim yakuniy bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 💙 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
355
12
🎓 BITIRUV MAROSIMI 2026 Hurmatli bitiruvchilar, Sizlarni Central Asian University diplom topshirish marosimiga taklif etamiz
🎓 BITIRUV MAROSIMI 2026 Hurmatli bitiruvchilar, Sizlarni Central Asian University diplom topshirish marosimiga taklif etamiz! 📅 Sana: 2026-yil 7-iyul 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 📍 Manzil: CAEx (Central Asian Expo Center) 👔 Dress Code: • Erkaklar — kostyum va galstuk • Ayollar — nafis ko‘ylak yoki klassik kostyum ✨ Bilamizki, har bir bitiruvchi bu unutilmas kunni o‘zining eng yaqin insonlari bilan birga o‘tkazishni istaydi. Axir bu nafaqat sizning yutuqlaringiz, balki butun ta’lim yo‘lingiz davomida sizni qo‘llab-quvvatlagan, sizga ishongan va doimo yoningizda bo‘lgan insonlarning ham bayramidir. ✅ Shu munosabat bilan formani to‘ldirib, marosimda sizga hamrohlik qiladigan mehmonlar sonini ko‘rsatishingizni so‘raymiz. 😌 ❗️E’tiboringizga havola qilamizki, tadbir yopiq formatda o‘tkaziladi. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
380
13
Sizga eng yaxshi yozgi kayfiyatlarni tilaymiz! Bu yozni kim bilan o‘tkazyapsiz? Izohlarda ularni belgilang! 👇🏻 🇬🇧 For rea
Sizga eng yaxshi yozgi kayfiyatlarni tilaymiz! Bu yozni kim bilan o‘tkazyapsiz? Izohlarda ularni belgilang! 👇🏻 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
350
14
🎓 Bugun Biznes Maktabi, Arxitektura va dizayn maktabi hamda Stomatologiya maktabi bitiruvchilari uchun muhim kun bo‘ldi – ul+9
🎓 Bugun Biznes Maktabi, Arxitektura va dizayn maktabi hamda Stomatologiya maktabi bitiruvchilari uchun muhim kun bo‘ldi – ular yakuniy davlat attestatsiyasining birinchi kunini muvaffaqiyatli yakunladilar. Kun davomida Biznes Maktabi talabalari o‘qish davomida orttirgan bilimlari, tahliliy ko‘nikmalari, tadqiqot qobiliyatlari va amaliy yechimlarini namoyish etib, o‘zlarining bitiruv va Capstone loyihalarini taqdim qildilar va himoya qildilar. Arxitektura va dizayn Maktabining bitiruvchi talabalari esa o‘zlarining ijodiy qarashlari, texnik mahorati hamda g‘oyalarni funksional va innovatsion dizaynlarga aylantira olish qobiliyatini ko‘rsatib, yakuniy loyihalarini taqdim etdilar. Shu bilan birga, Stomatologiya Maktabi talabalari yakuniy davlat attestatsiyasining nazariy bosqichini yakunladilar. Bu ularning akademik tayyorgarligi va kasbiy amaliyotga tayyorligini baholashdagi muhim qadamdir. Keyingi bosqich Amaliy ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha davlat attestatsiya imtihoni (OSCE) bo‘ladi. Yakuniy loyiha himoyalari talabalarga o‘z ishlari natijalarini ilmiy komissiyalar oldida taqdim etish, o‘z g‘oyalarini himoya qilish va o‘qish davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyatini beradi. Barcha bitiruvchilarimizga o‘z akademik va professional yo‘lining ushbu muhim bosqichida ishonch va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 💙 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
379
15
🇺🇸Америка Қўшма Штатларининг Халқаро молиявий тараққиёт корпорацияси (DFC) раҳбари Бен Блэк бошчилигидаги делегация билан у+5
🇺🇸Америка Қўшма Штатларининг Халқаро молиявий тараққиёт корпорацияси (DFC) раҳбари Бен Блэк бошчилигидаги делегация билан учрашув ўтказилди ✅Бугун, 2026 йилнинг 17 июнь куни АҚШ Халқаро молиявий тараққиёт корпорацияси (DFC) бош директори жаноб Бен Блэк бошчилигидаги делегация компаниямизга ташриф буюрди. 🤝Ташриф давомида АҚШ компаниялари билан ўзаро алоқаларни кенгайтириш, амалга оширилаётган лойиҳаларга DFC маблағларини жалб қилиш ва ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинди. 💠Ўтказилган учрашувда АҚШ ва Ўзбекистон давлат раҳбарларининг ўзаро дўстлик, иқтисодий ва инвестициялар соҳасида алоқаларни кенгайтиришга қаратилган саьйи ҳаракатлар натижасида икки давлат орасидаги алоқалар янги босқичга чиққанлиги бизнес учун кенг имкониятлар яратиб бераётганлиги эътироф этилди. ✅AKFA GROUP асосчиси Жаҳонгир Ортиқхўжаев учрашув давомида соғлиқни сақлаш, таълим лойиҳаларига инвестициялар киритиш ва ривожлантириш масалаларига алоҳида эътибор қаратди. Хусусан, АҚШнинг Cleveland Clinic Foundation ташкилоти билан ҳамкорликда Тошкент шаҳрида барпо этилаётган тиббиёт клиникаси лойиҳаси минтақада замонавий тиббий таълим ҳамда инновацияларни ривожлантиришда аҳамиятли бўлиши, соғлиқни сақлаш соҳасига янги  даволаш услубларини жорий этишга хизмат қилишини таъкидлади. 💠Шунингдек, АҚШнинг “FLSmidth”компаниясининг технологиялари асосида тоғ-кон саноати учун металл конструкциялар ишлаб чиқариш лойиҳаси амалга оширилаётганлиги таъкидлаб ўтилди. Учрашув давомида Жаноб Блэк Ўзбекистон Республикасининг глобал иқтисодиётдаги ўрни, унинг стратегик аҳамиятини таъкидлаб,минтақанинг иқтисодий салоҳиятига эътиборқаратди ва узоқ муддатли алоқаларни мустаҳкамлаш ҳар икки томон учун катта имкониятлар яратишини таъкидлади. АҚШ халқаро молиявий тараққиёт корпорациясиЎзбекистондаги етакчи компаниялар билан ҳамкорликни ривожлантириш ва янги, истиқболли лойиҳаларга йирик инвестицияларкиритиш муҳим вазифалардан бири эканлигини билдирди. Учрашув давомида Cleveland Clinic Foundation ташкилоти билан Тошкент шаҳрида барпо этилаётган замонавий тиббиёт клиникаси қурилишини молиялаштириш масалаларига келишиб олинди. 🔹Жаноб Бен Блэкка ташрифи ҳамда компаниямиз томонидан амалга оширилаётган лойиҳаларга бўлган ишончи учун самимий миннатдорчилик билдирамиз. Ишонамизки, бугунги мулоқот келажакдаги самарали ҳамкорликлар ва янги ташаббуслар учун мустаҳкам асос бўлиб хизмат қилади.
389
16
🏆 Birinchi CAU xalqaro olimpiadasi Markaziy Osiyoning turli burchaklaridan 1500 dan ortiq o‘quvchini uch kunlik bilim, raqob
🏆 Birinchi CAU xalqaro olimpiadasi Markaziy Osiyoning turli burchaklaridan 1500 dan ortiq o‘quvchini uch kunlik bilim, raqobat va ilhomga boy tadbirda jamladi. Ushbu ajoyib sayohatning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur. 💙 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
383
17
🩺⚙️ Biotibbiyot muhandisligi — sog‘liqni saqlash sohasini yanada aqlli, qulayroq va samaraliroq qiladigan yechimlarni yarati
🩺⚙️ Biotibbiyot muhandisligi — sog‘liqni saqlash sohasini yanada aqlli, qulayroq va samaraliroq qiladigan yechimlarni yaratishni istaganlar uchun jadal rivojlanayotgan yo‘nalishdir. Biotibbiyot muhandislari sog‘liqni saqlash kelajagini quyidagi yo‘llar bilan shakllantirmoqda: 🔹 Protezlar va reabilitatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish 🔹 Shifoxona va klinikalarda qo‘llaniladigan tibbiy asbob-uskunalarni loyihalash 🔹 Kasalliklarni aniqlash va tibbiy qarorlar qabul qilishda sun’iy intellektdan foydalanish 🔹 Salomatlikni real vaqt rejimida kuzatib boruvchi taqiladigan qurilmalar 🔹 Tibbiy robototexnika va robot yordamidagi jarrohlik 🔹 Diagnostika tizimlari va tibbiy tasvirlash texnologiyalari 🔹 Biotexnologiya, dori vositalarini yaratish va biotibbiy tadqiqotlar CAU Muhandislik maktabida talabalar sog‘liqni saqlash va texnologiya sohasidagi eng dolzarb muammolar ustida ishlashga tayyorlaydigan fanlararo bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 🎓 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Agar innovatsiyalarga ishtiyoqingiz baland bo‘lsa va texnologiya yordamida insonlar hayotiga haqiqiy hissa qo‘shishni xohlasangiz, Biotibbiyot muhandisligi aynan siz uchun to‘g‘ri tanlov bo‘lishi mumkin. Hoziroq ariza topshiring va CAU Muhandislik maktabidan o‘z joyingizni egallang. 🚀 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
403
18
🩺⚙️ Biotibbiyot muhandisligi — sog‘liqni saqlash sohasini yanada aqlli, qulayroq va samaraliroq qiladigan yechimlarni yarati
🩺⚙️ Biotibbiyot muhandisligi — sog‘liqni saqlash sohasini yanada aqlli, qulayroq va samaraliroq qiladigan yechimlarni yaratishni istaganlar uchun jadal rivojlanayotgan yo‘nalishdir. Biotibbiyot muhandislari sog‘liqni saqlash kelajagini quyidagi yo‘llar bilan shakllantirmoqda: 🔹 Protezlar va reabilitatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish 🔹 Shifoxona va klinikalarda qo‘llaniladigan tibbiy asbob-uskunalarni loyihalash 🔹 Kasalliklarni aniqlash va tibbiy qarorlar qabul qilishda sun’iy intellektdan foydalanish 🔹 Salomatlikni real vaqt rejimida kuzatib boruvchi taqiladigan qurilmalar 🔹 Tibbiy robototexnika va robot yordamidagi jarrohlik 🔹 Diagnostika tizimlari va tibbiy tasvirlash texnologiyalari 🔹 Biotexnologiya, dori vositalarini yaratish va biotibbiy tadqiqotlar CAU Muhandislik maktabida talabalar sog‘liqni saqlash va texnologiya sohasidagi eng dolzarb muammolar ustida ishlashga tayyorlaydigan fanlararo bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 🎓 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Agar innovatsiyalarga ishtiyoqingiz baland bo‘lsa va texnologiya yordamida insonlar hayotiga haqiqiy hissa qo‘shishni xohlasangiz, Biotibbiyot muhandisligi aynan siz uchun to‘g‘ri tanlov bo‘lishi mumkin. Hoziroq ariza topshiring va CAU Muhandislik maktabidan o‘z joyingizni egallang. 🚀 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
10
19
🎓 CAU'ga hujjat topshirishni rejalashtiryapsizmi? Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarni jamlab, ularga bi
🎓 CAU'ga hujjat topshirishni rejalashtiryapsizmi? Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarni jamlab, ularga bir videoda batafsil javob berdik. 💙 Ushbu video orqali akademik dasturlar, qabul jarayoni, grant va stipendiyalar, talabalik hayoti hamda Central Asian University taqdim etayotgan imkoniyatlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. 📌 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Hoziroq tomosha qiling va CAU’dagi ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishing! 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
399
20
“Yuz Fest” ajoyib chiqishlar, koʻtarinki kayfiyat va musiqa vositasida insonlarni birlashtirgan muhitga boy bo‘ldi. Ayniqsa,
“Yuz Fest” ajoyib chiqishlar, koʻtarinki kayfiyat va musiqa vositasida insonlarni birlashtirgan muhitga boy bo‘ldi. Ayniqsa, CAU talabalarimizning taniqli san’atkorlar bilan bir sahnada o‘z iste’dodi, ishtiyoqi va ijodini keng ommaga namoyish etganidan behad faxrlanamiz. Bunday lahzalar bizga universitet hayoti shunchaki auditoriya bilan cheklanib qolmasligini eslatib turadi. Bu, ayni vaqtda, o‘z qiziqishlaringizga intilish, o‘zingizni namoyon etish, ishonchni mustahkamlash va unutilmas xotiralar yaratish demakdir. Ushbu oqshomni chinakamiga o‘zgacha bo‘lishiga hissa qo‘shgan barchaga tashakkur! 💙✨ 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
381