en
Feedback
Magistr Science🎓

Magistr Science🎓

Open in Telegram

🎓Ilm-fan, magistratura bo‘yicha eng dolzarb ma’lumotlar, tavsiyalar va yangiliklar. ✅Savol va reklama murojaatlari uchun: @Sherali_Toshniyozov

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Magistr Science🎓

Channel Magistr Science🎓 (@magistrscience) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 14 242 subscribers, ranking 13 985 in the Education category and 5 580 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 14 242 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 1 515 over the last 30 days and by -41 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 75.56%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 53.24% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 10 761 views. Within the first day, a publication typically gains 7 583 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 76.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
🎓Ilm-fan, magistratura bo‘yicha eng dolzarb ma’lumotlar, tavsiyalar va yangiliklar. ✅Savol va reklama murojaatlari uchun: @Sherali_Toshniyozov

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

14 242
Subscribers
-4124 hours
+2677 days
+1 51530 days
Posts Archive
#ONLINE_IELTS_MULTILEVEL INGLIZ TILINGIZNI - IELTS 8, TKT BAND 3, MULTILEVEL C1 sertifikatlar sohibasi; - Angilyaning Oksford
#ONLINE_IELTS_MULTILEVEL INGLIZ TILINGIZNI - IELTS 8, TKT BAND 3, MULTILEVEL C1 sertifikatlar sohibasi; - Angilyaning Oksford universiteti doktorantura bosqichiga 100 % li Grant yutgan; - Nomdor stipendiant, 10 lab Xalqaro/Respublika tanlov grantlar g'olibasi; - Prezident e'tirofini qozonib, Prezident sovg'asi - BYD chazor avtomashinasini olgan; - 10 yillik offline, 5 yillik online teaching bo'yicha mutaxasis @Nodira_Nabiyeva bilan 0 dan boshlab IELTS 8+/MULTILEVEL C1 ga olib chiqadigan bepul darslar/materiallar olamiga marhamat! Kirish eshigimiz: https://t.me/+qtjk1x8tUi4zYTU6 https://t.me/+qtjk1x8tUi4zYTU6 https://t.me/+qtjk1x8tUi4zYTU6

#Magistratura #Kerakli_hujjatlar_1_bosqich 1-bosqich magistratura mutaxassisliklariga o'qishga qabul qilingan talabgorlar diqqatiga ❗️ O'qish 7-sentyabr sanasidan boshlanadi 📝Kerakli hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli 5. 3,5x4,5 foto 6 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi 2 xil (papka skorosshivatel, ipli papka); 7. Konvert A5 formatida (konvert kattasidan boʻlishi kerak diplom va ilovalar sigʻadiganidan) 8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, nogironlik guvohnomasi nusxasi ). 9. Xotin qizlar kontrakt pulini qoplab berish boʻyicha arizasi 10. Kontraktga kirgan yigitlarni toʻlov cheki
🚀Sizda ham shu kòrinishdagi ma'lumotlar bòlsa kanal adminiga yuboring: 🧌 @Sherali_Toshniyozov ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

AIFU magistraturasi — til sertifikatisiz, ishingizni tashlamasdan o‘qish imkoniyati ⚡️ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistraturasida qulay imkoniyatlar:
- Til sertifikati talab qilinmaydi - Kirish imtihoni suhbat shaklida - Darslar qulay grafik asosida — ishlab turib o‘qish mumkin - Bir tashkilotdan hamkasblar o‘qisa, har biriga 1 500 000 so‘mgacha imtiyoz - IELTS 7.0+, Milliy sertifikat A+, HSK 4+ yoki GMAT 600+ egalari uchun 50% grant - Har bir magistrantga ilmiy rahbar biriktiriladi
✅ Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi reytingiga ko‘ra, AIFU nodavlat OTMlar orasida bitiruvchilari maoshi bo‘yicha 2-o‘rinda, bitiruvchilarning umumiy sifati bo‘yicha esa 3-o‘rinda. 16 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul davom etmoqda. Hoziroq ariza qoldiring va o‘zingizga mos mutaxassislik hamda imtiyozlar haqida ma’lumot oling. Qabul tez orada yakunlanadi. 👉 Ariza qoldirish qabul.aifu.uz | @aifu_qabul_bot 785552121 Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar: #abituriyent ➖ joriy yilda ham kontraktga kirgan qizlarga davlat byudjetidan to‘lov-kontrakt summasi qoplab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha kontrakt.edu.uz saytidan onlayn ariza berish kerak bo‘ladi. Lekin hali ariza berish boshlangani yo‘q, avval bugungi mandat natijalari to‘liq bazaga kiritilishi kerak. Qachon ochilsa, qo‘shimcha xabar beriladi; ➖ joriy yilda ilk marta magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochildi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi; ➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilishi kutilmoqda. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning haqiqiy xarajat summasini to‘lasa kifoya. ❓Bu nima degani? Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi. Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kontraktga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 7 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q; ➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni to‘laydi, ikkinchi kursga o‘tganda oddiy kontrakt to‘layman, deb o‘ylashmasin. Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etolmaydi. ➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

#Doktorantura Magistraturadan keyingi ta'lim shakli bu doktorantura, @doktorantlarofficial kanalida bu haqida ma'lumot olishingiz mumkin @magistrscience @magistrscience_group

O‘qituvchisiz? • Darsda qiziqish pastmi? • Metodlar yetishmayaptimi? • Sinfni boshqarish qiyinmi? Ayniqsa, sentyabrda yo‘l qo‘yilgan bu xatolar butun yilga qimmatga tushadi.  MuallimMuhammad kanalida — sentyabrni professional boshlashingiz uchun maxsus qo’llanma tayyorlab qo’yilgan🎁 Hoziroq kanalga obuna bo’ling va birinchi haftani qanday o’tkazish bo’yicha qo’llanmaga ega bo’ling. Darslaringizni samarali tashkil qiling. 👉 Kanalga qo’shiling 👈 👉 Kanalga qo’shiling 👈

Voice message02:21

#Magistratura #Super_kontrakt
📌 Magistraturani ham super-kontrakt qilsa bo'ladimi?
Ushbu savolni til sertifikati majburiyati qo'yilganidan beri endi eshitishim, chunki avvallari faqatgina til sertifikati borlar hujjat topshiraolgani uchun kvotalar to'lmay qolib shundoq ham barcha o'qishga kirib ketar edi. Bu yildan til sertifikati bo'yicha yengillik berilgani sababli magistraturaga hujjat topshirganlar soni ortib ketdi, natijada kvotalar to'lib, magistraturaga kiraolmaganlar soni ham ortdi. Amaldagi tartibga ko'ra magistraturaga kvota doirasida o'qishga kiraolmaganlarga ham qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida bir talabani o'qitishga ketadigan sarf xarajatlardan kelib chiqib belgilangan kontrakt asosida magistraturaga qabul qilishadi. Lekin buning uchun Davlat qabul komissiyasi bayonini kutish kerak, sentabr oyida chiqib qoladi. U super-kontraktga o'xshab 3-4 baravar kontrakt bo'lmaydi, 1 talabani o'qitishga ketadigan sarf xarajatlarga nisbatan belgilanadi, bu 15-20 mln atrofida bo'lishi yoki undan kam-ko'p bo'lishi mumkin. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

❗️Magistratura mandati chiqdi! 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklari
❗️Magistratura mandati chiqdi! 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📢 Vazirlikka tashrif buyurib, magistratura mandati bo‘yicha oydinlik kiritildi! Bugun magistratura mandat natijalarining kechikishi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrif buyurdik. Mas’ul xodimlar bilan uchrashib, talabgorlarni qiziqtirayotgan asosiy savollarga aniqlik kiritildi. Foydali ma'lumotlar kanalda ⬇️ 🇺🇿 MAGISTRATURA | rasmiy kanal

🟦🟦🟦🟦 #Magistratura Magistratura qabul natijalari haligacha chiqmadi, Oliy ta'lim vazirligi shunchalar e'tiborsizki bu holatga, hech kim hech qanday munosabat bildirgani ham yo'q. Qachon chiqadi? 1 oydami? Bugunmi? Ertagami? Hech kimi ishi bo'lgani yo'q. Ko'pchilikning ishi shu bilan bog'liq talabgorlar ishga kirishga shoshilib yurishibdi, magistraturaga o'qishga qabul qilinsa, kamroq dars soati beradi, maktablarda shuni ham hech kim o'ylagani yo'q. Natijalar bugun chiqishi shart, hech qanday savolga yoki bahonaga o'ri bo'lmasligi kerak. Va natijalar nega kechikkani to'g'risida ham, rasmiy munosabat bildirilishi shart. Shucha insonning taqdiri kimgadur o'yin bo'lishi kerak emas! Uyalish kerak o'zi vazirlik mas'ullari bu holatdan❗️ Vazirlik mas'ullaridan sal e'tiborliroq bo'lishii so'rab qolamiz❗️ ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

#Magistratura Magistratura talabalari uchun hech qanday imtiyozli ta'lim kredit turi yo'q, qaysidur kanallardan tarqalgan ma'lumotlarni bizga yubormang, u ma'lumotlar to'laqonli asosga ega emas. Qo'shimcha kontrakt asosiyda kiradigan ayol-qizlar uchun ham imtiyozli kredit mavjudmas. Lekin ta'lim krediti bor❗️ ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

⚡️ Mahalliy hokimliklar tomonidan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi 🔰“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizning kontrakti to‘lab beriladi.   Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2 va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.   ✔️ Ushbu imtiyozdan quyidagi toifadagi xotin-qizlar foydalanishi mumkin:  
– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);   – yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar    – voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.
  ❗️Eslatma: ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

UWED (Дипломатия) контракт нархлари - камбағални боласи ўқий олмайдиган даргоҳ экан. @u_generalissimus
+1
UWED (Дипломатия) контракт нархлари - камбағални боласи ўқий олмайдиган даргоҳ экан. @u_generalissimus

#Magistratura_mandat Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, magistratura natijalari bugun 22:00 yoki 23:00 dan boshlab e'lon qilinadi. Natijalarni my.edu.uz sayti orqali bilib olasiz⚡️

#Magistratura_mandat Magistratura javoblarini shunaqa kutayotganlar ham yòq emas😁

#Савол_беринг_жавоб_берамиз Таълим ташкилоти рахбарлари "Декрет" дан қайтган ўқитувчиларни ишга қўймай жиддий хатолик қилмоқда
Assalom alaykum men maktabda Uqtuvchiman 2025 yilda ta'tilga chiqan edim bir yil ta'tilda hozir avgustdan ishga qaytib borayabman men avgustdan ishga qabul qilmayabdi sentabrdan deb.
Мактаб маъмуриятининг сизни август ойидан ишга қабул қилмаслик ва сентябргача кутиш ҳақидаги талаби мутлақо ноқонуний ва асоссиздир. Сиз бола парваришлаш таътилидан (ижтимоий таътилдан) исталган вақтда, жумладан август ойида ҳам ўз иш жойингизга қайтишга тўлиқ ҳақлисиз. Масаланинг ҳуқуқий жиҳатига бирма бир тўхталадиган бўлсак, Биричидан, Кодекснинг 215-моддасига ва 239-моддаси иккинчи қисмига асосан, ходим таътилда (жумладан, бола парваришлаш таътили каби ижтимоий таътилларда) бўлган даврда унинг иш ўрни (лавозими) қатъий сақланиб қолади. Иккинчидан, МКнинг 25-моддаси иккинчи хатбошисига мувофиқ, иш берувчи ходимларни меҳнат шартномасида шартлашилган иш билан таъминлаши шарт. Мактаб раҳбарияти «ҳозир дарс йўқ» ёки «иш сентябрдан бошланади» деган баҳона билан сизни августда ишга чиқармасликка ҳақли эмас. Август ойида ҳам мактабда ўқув йилига тайёргарлик, ташкилий ишлар олиб борилади ва сиз ушбу кунлар учун тўлиқ маош олиш ҳуқуқига эгасиз. Учинчидан, МКнинг 405-моддасига аосан, Бола парваришлаш таътили — бу ходимнинг қонуний ҳуқуқидир. Қонунчиликка кўра, ходим ушбу таътилдан ўз хоҳиши билан исталган вақтда (муддатидан олдин ҳам) чиқиб, ишга қайтиши мумкин. Бунинг учун иш берувчининг «рухсати» талаб этилмайди, улар фақат сизнинг аризангизга асосан ишга қайтиш ва таътилни тугатиш ҳақида буйруқ чиқаришга мажбурдирлар. Нима қилиш керак? 1. Мактаб директори номига: «Мени 2026 йил август ойининг Х-санасидан бошлаб бола парваришлаш таътилидан қайтиб, ўз лавозимимда иш фаолиятимни бошлашимга рухсат беришингизни сўрайман» деб ёзма ариза топширинг. Аризани топширганда унинг иккинчи нусхасига мактаб котибидан қабул қилинганлиги ҳақида сана ва имзо қўйдириб олинг. 2. Раҳбариятга Меҳнат кодексининг 25, 215, 239 ва 405-моддаларини эслатинг. Сизни асоссиз равишда ишга қўймаслик меҳнат тўғрисидаги қонунчиликни қўпол равишда бузиш ҳисобланиши ва маъмурий жавобгарликка тортилишга сабаб бўлишини тушунтиринг. 3. Агар барибир рад этишда давом этишса, дарҳол яшаш ҳудудингиздаги Давлат меҳнат инспекциясига ёки прокуратурага мурожаат қилинг. Манба ➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси @magistrscience @magistrscience_group

Repost from N/a
🎓 Ilmiy maqolangiz bor, lekin uni xalqaro jurnalga qanday tayyorlashni bilmayapsizmi? Tadqiqot olib borish — ilmiy ishning eng muhim qismi. Ammo yaxshi natijani xalqaro ilmiy jurnal talablariga mos maqolaga aylantirish ham alohida tajriba talab qiladi. Qaysi jurnalni tanlash kerak? Maqola strukturasi qanday bo‘lishi kerak? Grafik va rasmlar qanday tayyorlanadi? Jurnal template talablariga qanday moslashtiriladi? Submission jarayoni qanday amalga oshiriladi? Editor yoki Reviewer savollariga qanday javob berish kerak? 🚀 PhDMindPhD darajasi va xalqaro ilmiy tajribaga ega mutaxassislar jamoasi bo‘lib, tadqiqotchilarga ilmiy ishlarini xalqaro nashrga tayyorlash jarayonida professional maslahat va amaliy ko‘mak beruvchi platforma. Biz quyidagi bosqichlarda yordam beramiz: 📝 Maqola strukturasi va ilmiy matnni takomillashtirish 📊 Grafik, rasm va natijalarni professional taqdim etish 🔎 Mos xalqaro jurnalni tanlash 📑 maqolani jurnal talablariga moslashtirish 📤 Submission jarayonida ko‘mak ✉️ Editor bilan yozishmalar bo‘yicha maslahat 🔄 Reviewer izohlarini tahlil qilish va revision jarayonida yordam 📚 Response to Reviewers hujjatini tayyorlash bo‘yicha maslahat Biz tanlaydigan nashrlar: Biz faqat Scopus, Web of Science (O’zbekiston Respublikasi AOK ro’yxatidagi) bazasida mavjud halqoro jurnallarni tanlaymiz. Muhim tamoyilimiz: Sizning tadqiqotingiz — sizning ilmiy ishingiz. PhDMind tayyor ilmiy ish yoki soxta natija yaratmaydi. Bizning vazifamiz — sizga o‘z tadqiqotingizni xalqaro ilmiy standartlarga mos ravishda taqdim etish va nashr jarayonini yaxshiroq tushunishga yordam berish. 🎯 Maqsadimiz faqat bitta maqolangizni tayyorlash emas. Hamkorlik davomida olgan tajribangiz orqali kelajakdagi ilmiy ishlaringizni xalqaro jurnallarga yanada mustaqil tayyorlay olishingizni istaymiz. 🌐 PhDMind — Tadqiqotdan nashrgacha. Batafsil ma’lumot: Web-sahifa: phdmind.com Telegramkanal: PhDMind 📩 Konsultatsiya va hamkorlik uchun biz bilan bog‘laning: Buning uchun web-sahifa (link bu yerda) dagi bog’lanish bo’limidan murojat qiling va ma’lumotlaringizni qoldiring. Ilm-fan · Tajriba · Xalqaro nashr

• eng so’nggi insayd: magistratura mandati ertaga kun davomida e’lon qilinar ekan, bugun yotib uxlasangiz ham bo’ladi.

#Magistratura_mandat Magistratura natijalari e'lon qilingani yòq. Bu xabar rasmiy bo'lmagan kanallardan tarqalgan