656
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-2730 days
Posts Archive
Repost from N/a
+1
📚Kitob nomi: Nafs tarbiyasi
📝Muallif:Hakim Termiziy
“Alloh tavhid nurini inson qalbiga jo etgan"
.
Nafs esa har qanday holatda ham — o‘zi uchun izn berilganmi yoki yo‘qmi — dunyoda qo‘lga kiritgan narsasidan sevinadi.
Mana shu sevinch tomirlarda kezuvchi va butun tanaga yoyiluvchi bir zahardir.”
Kitobda nafs haqida chuqur so‘z yuritiladi. Bir gap bor:
“Inson nafsini tanisa — o‘zini taniydi.” Bu qanchalik to‘g‘ri?
Biz bir zum ham bizdan ayrilmaydigan, doim lazzatlanishni istaydigan nafsimizni taniymizmi?
Nafsni izmimizga solganmizmi yoki nafs bizni o‘z izmiga solganmi?
Kitobda Imom Termiziyning hayotlari haqida ham so‘z yuritiladi. U zot dunyoni tark etganlaridan keyin ham ilmlarini dunyoga yoygan shogirdlari haqida ham hikoya qilinadi.
Albatta, o‘qishni tavsiya qilaman.
Inson buyuklar hayotini o‘qiganda, o‘zining naqadar ayanchli ahvolda ekanini anglab yetadi.
Biz nafas olayapmiz — demak, hali vaqt bor.
Keling, nafsimizni isloh qilaylik.
@Basirat_ilm📔
Ko’p Kitob o’qib, o’qib, o’qib… Lekin amal qilmaslik, boylik to’plab lekin uni savob, xayrli ishlarga sarf qilmaslikka o’xshaydi.
Ko’p Kitob o’qish kerak emas, sizni amal qilishga unday oladigan kitoblarni ko’proq o’qish kerak. Chunki inson bir kitobni har o’qiganda turli xil foydalar oladi, har bir takror o’qilgan kitob mutolaasida kitobxon kitobga yangi nigoh bilan qaraydi.
Shuning uchun ko’p kitob o’qishdan ko’ra, amal qilishga unday oladigan, siz yaxshi ko’rgan kitoblaringizni ko’proq o’qishni tavsiya qilaman.
Muhammad Abu Bakr
Repost from N/a
+1
📚Kitob nomi: “O‘qing, ey ayollar!
📝Muallif: Nadiya Ramazon
Ayol ilm o‘rgansa, ko‘z bilan emas, yurak bilan ko‘ra boshlaydi.
Ilm — qalbdagi nur, fikr uyg‘oqligidir.
Kitobni har bir ayol-qiz o‘qishini tavsiya qilaman.
Biz ilm olishga, o‘qishga vaqt yo‘q deymiz, aslida unaqa emas, nafsimiz aytganini qilyapmiz, xolos...
Nimaga deysizmi?
Siz bir kunda necha marta telefonga qaraysiz?
Telefonga qarashga vaqt bor-u, 1 soat ilm olishga vaqt yo‘qmi?
Kimni aldamoqchisiz?
Bu kitob sizga motivatsiya, turtki bo‘lishiga ishonaman.
Bu kitobni o‘qir ekanman, men ham o‘zimga: “Nimaga ilm olmayapman?”, “Nimaga vaqtim yo‘q?” deb savol berdim.
Hech kim mukammal emas. Zotan, men ham dangasalik qilib, “vaqtim yo‘q”, “charchadim” deb yotib olgan vaqtlarim bo‘lgan.
Men bu kitobni o‘qib juda katta xulosalar oldim. Bu kitob meni uyg‘oqlikka chorladi.
Shunchaki yashab ketmang, shunchaki oila qurmang, shunchaki farzandli bo‘lmang, shunchaki bo‘lmasin.
O‘qing, ey ayollar...
Balki keyingi kitobni siz yozarsiz...
@Basirat_ilm📔
Repost from N/a
Arab tili teng = Uzun yo’l. (cheksiz) Tajvid teng = O’zgarmas qolip. (Piyola)Shu qoidani tushungan kundan boshlab siz arab tili va tajvidni juda oson o’rganishni boshlaysiz. 1000000000…% kafolat beraman. @KATTA_DARSXONA KATTA MAQSADI BORLAR UCHUN
Kitob o‘qib dunyoni qutqara olmaysiz, lekin dunyodan biroz o‘zingizni qutqarishingiz mumkin...
Jaloliddin Rumiy
Repost from N/a
Siz qaysi yo’ldasiz…?
————————————(+ rivojlanish)
Yoki…
————————————(-qotib qolish)
@bir_foizdan
Repost from N/a
Har bir insonning Hayotdagi missiyasi bor, u missiyani topish juda mushkul, qiyin. Kim topsa dunyodagi 1% maqsadi, missiyasi aniq bo’lgan insonlar qatoridan joy oladi…
@bir_foizdan
Kitobxon kanalimiz yaqin kunlarda yana uyg’onadi.
Biz yana faollashamiz, bizni tark qilganlar afsuslanadi. Biz bilan qolganlar sizni insha Alloh ko’p yangiliklar kutmoqda…
Bizni kemamizni cho’kdi deganlar, kemamiz suv osti kemasi ekanligini bilishmaydi.
Savol:
Nega kitobxonman degan odamlardan biror kitob haqida so’ralsa, Zo’r kitob tavsiya qilaman deb qisqa javob beradi…?
To’liq, tushunarli, qisqa sharhlab berish shunchalik qiyinmi, yoki u kitobxonman deganlar asl kitobxon emasmi…?
+5
Mana hadiya qilib berilgan kitoblar jamlanmasi…Sizga shunaqa jamlanma hadiya qilishsa, qaysi kitoblarni so’ragan bo’lar ediz…?
