Writer_minds
Open in Telegram
Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Show more3 275
Subscribers
+3224 hours
+1907 days
+1 42230 days
Posts Archive
3 275
Patriarxatni eng yuqori cho’qqisi nima bilasizmi? But bir jamiyatki unda endi xatto ayollar ayollardan nafratlanadi, bir ayol boshqa bir ayolni uanchib tashlagisi keladi, o’ldirgisi keladi.
Scarlet letterni ikkinchi marta o’qishim. Bu safar menga bu asar yanada yoqmoqda. Yaxshi kitob sen katta bo’lganing sari kattaradigan kitob. Men endi ko’proq yashab qoydim, yaxshiroq o’qirman bo’ldim, va jo’yali ko’p va ho’p savol beruvchi bo’ldim balki shunga ham qiymati oshgandir bu asarni.
Sahnaga 3 oylik Perl ismli qizalog’ini ko’tarib qamoqhonadan Hester chiqib kelishi bilan asar boshlanadi. Va omma oldida bedarak ketgan erli ayolning farzandli bo’lishi puritan jamoasi tomonidan gunoh deb topilib unga Qizil yaltiroq, tilla rangli ipda belgilangan “A” (Adultry) harfini kiyimining ko’krak qismiga tamg’alangan bo’ladi.
Hester adabiyotdagi Fallen Women(adashgan ayollar) tipiga kiruvchi lekin ulardan Misol uchun Anna Karenina va Bovary Honimdan ancha farq qiluvchi ayol.
Huddi jallodni qatl qilishini tomosha qilgani kelgan halq arosidan bir ayol: - Hech bo’lmaganda issiq temirda tamgani Hesterni peshonasiga bosish kerak edi” deb baqiradi. Bu harfni hohlagan vaqt biron narsa bilan tosib olishini aytadi. Boshqa bir ayol: Bizi nima ishimiz bor tamg’ani ko’ksiga taqadimi, miyasida olib yuradimi, bu ayol hammamizni sharmanda qildi va u o’limga mahkum. Bunaqa qonun yo’qmi hali? Bor shunaqasi, muqaddas kitobda ham bor qonunda ham bor….. g’iybatni to’xtating buzuqi Prynneni o’zi kelyapti” va hakazo va hakazo.
Frankenshteynni ilk bor o’qiganimda shunday tasir qilganki, umuman shu asar haqida taqriz yozmaganman, Scarlet letter(Qirmizi Harf) haqida ham taqriz yozishga qo’rqaman. Chunki bu asar shunaqangi haqiqatlarni ochib tashlaganki yuzizga oyna tutgandek bo’ladi. Men yozgan ilk varoqlardagi ayollar holati tasodif emas. Hawthorne ataylab eng qattiq hukmni erkaklardan emas, ayollardan chiqargandek ko‘rsatadi.Go‘yo patriarxal tizim shu qadar ichkariga kirib ketganki, ayollar ham boshqa ayolning jazolanishini talab qiladi. “Peshonasiga bosish kerak edi” degan gap uyatning tanadan ham chuqurroq, identitetga aylanishini istash edi. Yoshligimda Hester faqat “gunoh qilgan ayol”dek ko‘ringan. Keyinroq esa men Hesterning chidamliligini, jamoaning shafqatsizligini, va eng qizig‘i erkak va ayol gunohiga boshqacha qaralishini ko‘ra boshladim. Chunki Hesterning ko‘ksiga “A” harfi tikiladi, lekin Pearlning otasi (ruhoniy) uzoq vaqt yashirin qoladi(Dimmersdale gunohning yashirin holatida inson qay holga tushishini ko’rsatgan adabiyotdagi yagona obraz). Jamiyatning butun g‘azabi ayol tanasiga yoziladi.
Meni hozir hayolimdan bir narsa o’tayapti. Men bazan o’zimni simpatligim qarg’ishday tuyulardi, hozir Allohga cheksiz shukur qilaman sympath qilib yaratganiga, qattiq qalb qilmaganiga va qush uchsa cho’chiydigan qilib qo’yganiga ming shukur.
3 275
Ular yosh qizaloqni bolaligidan boshlab go'yo u faqat tana va qomatdan iboratdek tarbiya qilishdi. Natijada, u butun umrini faqat tashqi ko'rinishi haqida qayg'urish bilan o’tkazdi va o'zida parvarishga muhtoj bo’lgan aql ham borligini hech qachon anglab yetmadi.
3 275
Menga bir dugonam qayta qayta qanchalar zerikarli idam
Bo’lib ketganimni takidlaydi. Shu kitob bloging i bekor boshlading, eski Nafisa yerga ursa ko’kka sakrardi, kampir bo’lding qolding deydi. But aytishga haddi siqqan dugonam, oldimda hechkim qolmaganidan sezamanki haqiqatdan juda zerikarli odam bo’lib ketganman. Yoki ular meni shunchaki tushinishmaydi!
3 275
#quotes
Dostoyevskiyni Telbasida Ippolit nima derdi.?
“- Men shunchaki daraxtlarni ko’rgani keldim” dermidi.
Ippolitni sog’indim!
Ippolit:
-Bilasizmi bu yerga daraxtlarni ko’raman deb kelgan edim
-o’liklar hamma narsani aytishlari mumkin.
- men xammani tashlab ketmoqchi edim, lekin hechkim topilmadi.
- o, yaxshiyamki o’lib ketyapman!
- bas kunim bitdi. Men xotira qoldirmadim! Na ovoz , na iz, na bir ish na etiqod tarqatoldim! Agarda sil bo’lib qolmaganimda o’zimni o’ldirgan bo’lardim….
3 275
🤔🤔🤔Hmmm realsiya yo’q😁haliroq soddaroq tilda tushuntirib beraman, nogiron insonlarga bo’lgan qarashingizni 360 gradusga o’zgartiraman
3 275
But betdagi nogironlik nazariyasi bo’yicha bu prizma meni miyamni portlatib yubordi🤯 bir o’qib ko’ring:
Ushbu bo‘limda nogironlik tushunchasi kvant fizikasi orqali Nyutonizm (Nyuton fizikasi) tanqidida qanday markaziy o‘rin tutganini ko‘rib chiqamiz. Karen Baradning ta’kidlashicha, Nyuton fizikasi shunday argumentni ilgari suradi: inson bir vaqtning o‘zida ham o‘lchov asbobining moddiy xususiyatlarini his qilishi, ham shu asbob yordamida o‘lchanayotgan ob’ekt yoki maydonning xossalarini aniqlashi imkonsizdir. Bu bo‘linish Nyutonchi fiziklar uchun "kesim" (kuzatuvchi va o‘lchov asbobi o‘rtasidagi aniq chegara) mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi; bu esa o‘z navbatida boshqa bir narsaning xossalarini "neytral" tarzda kuzatish mumkin degan ishonchni tug‘diradi.
Ilmiy neytrallikka bo‘lgan ushbu hukmron ishonchni tanqid qilish uchun Barad kvant fizikasi formulalariga (xususan, Nils Bor qarashlariga) murojaat qiladi. Bor Nyutonizmni moddiya va o‘lchovning bir-biridan ajralmasligi orqali tanqid qilgan edi. Borning Nyutonizmga qarshi argumentini shakllantirishdagi asosiy tayanch nuqtalaridan biri — qorong‘u xonada qo‘lida tayoq ushlab turgan odam timsolidir. Bu odam avval tayoqning "og‘irligini" his qiladi, so‘ngra tayoq yordamida atrof-muhitni anglashga kirishadi.
Nyuton fizikasi nuqtayi nazaridan, bu vaziyatda kuzatuvchi va kuzatilayotgan narsa o‘rtasida "keskin ajralish" paydo bo‘ladi: tajriba o‘tkazuvchi yoki o‘lchov asbobining (tayoqning) moddiyligiga e’tibor qaratishi kerak, yoki tashqi moddiy borliqni o‘lchash harakati bilan band bo‘lishi lozim. Bu "yoki u, yoki bu" tarzidagi bo‘linish Nyutoncha poydevorni — ya’ni kuzatuvchini kuzatilayotgan narsadan butunlay ajratib olish mumkinligi haqidagi da’voni yaratadi. Kuzatuvchining kuzatilayotgan narsadan bunday "ayirib tashlanishi" fanning eng qimmatli mahsuli hisoblangan "neytrallik"ni keltirib chiqaradi.
Nogironlik tadqiqotlari bo‘yicha ko‘plab olimlar (va fenomenolog faylasuf Moris Merlo-Ponti) Borning yuqoridagi tasvirini ko‘zi ojiz insonlarning oq tayoqdan foydalanishiga o‘xshash ekanligini darrov payqashadi. "Tayayoq bilan harakatlanish" (Travel caning) o‘z ichiga oq tayoqni yoy shaklida siljitib, oldindagi yerni "his qilish"ni oladi. Bu jarayonda tayoqning rezina dastasini bo‘shroq ushlash orqali yer relyefini maksimal darajada sezgir idrok etish talab qilinadi. Aslida, tayoqning moddiy holatini his qilish va uning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri — dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatli harakatlanish uchun bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladigan muhim jarayonlardir.
Bundan farqli o‘laroq, Nyuton formulasi "ayri"likni o‘rnatadi: uning fikricha, inson yoki tayoqning og‘irligini, dastasining yopishqoqligini, sharining sakrashini va egilishini his qiladi, yoki yo‘lak yuzasini o‘rganib, to‘siqsiz yo‘nalishni tanlaydi. Nyutoncha qarashda ikkinchi harakat birinchisini siqib chiqaradi va aksincha.
Ammo Borning moddiyani o‘lchash jarayonidagi faol ishtirokchi deb tushuntiruvchi muqobil yo‘li orqali, posthumanistik nogironlik nazariyasi bizga shuni anglashga imkon beradiki: jismoniy holat (impairment) atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirdan Nyutonizm da’vo qilgandek ajralgan emas.
3 275
Qachon bunaqa jamiyat ikkiga ajrab qolganini bilmay qolgan ekanman. Romollilar va ro’molsizlar. Taqvolilar va taqvosizlar. Yaxshi musulmon yomon musulmon. Musulmon va kofir. To’g’ri musulmon, notog’ri musulmon. Oq va qora. Oq va qora. Oq va qora. Binary. Keskin qutb. U gutuh. Bu guruh. Ikki tomon. Taqvoli taqvosiz. Ko’pchiliknk qolipiga tushmay qoldim shekilli birinchi taraf meni “qolipga solishga” harakat qilyapti. “Men ychun xudoga duo qilarkan”. Miyam yorilib ketmasa bo’ldi. “Falsafa ko’p o’qib qoydiz”, “g’arbni ko’p o’qiyapsiz”, “o’zbekcha adabiyot o’qing” “ustozi yoqni uztozi shayton”, “ahmoq ekansan” “befarosat”, 3 kundan beri cheksiz va cheksiz haqoratlar. Nima deyishga hayronman. Gapirsam gorigacha esidan chiqmaydigan lug’at boyligim bor lekin ularni ishlatishga o’ta “soddaman”.
Tasavvur qilayapsizmi? Men o‘qiyotganim uchun ayblanyaoman, bu ham qiziq paradoks. Shu kanallar va ijtimoiy tarmoqni ochibmanki, radikal ateistlarmenga hujum qilsa, uotvolib dinimni himoya qilarkanman, meni dindoshlarim bo’lsa meni ustimdan mag’zava ag’darib tashladi. Juda qiziq. Men haliyam musulmonman va judayam charchadim…….
3 275
“The Scarlet Letter” ilk bor menga asl nusxasini 2015 yil sovg’a qilishgan. Oradan 11 yil o’tib yana qo’limga shu asar kelib tushdi💔
3 275
Onam aytishi bo’yicha men bir liniya(qator) so’zdan tasirlanib ham yig’layverarkanman. I am a cry baby. U haq. Quyidagi G’azal contemporary literature ( zamonaviy adabiyot) dagi eng kuchli canon ga kiritilgan g’azallardan biri va ilk bor buni o’qib yig’laganman. Kechroq tahlilini qilib beraman. Hozir biroq Moby Dick asarining ilk so’zi “Call me Ishmail” esimga tushdi…..
Tonight
By Agha Shahid Ali
Pale hands I loved beside the Shalimar
—Laurence Hope
Where are you now? Who lies beneath your spell tonight?
Whom else from rapture’s road will you expel tonight?
Those “Fabrics of Cashmere—” “to make Me beautiful—”
“Trinket”—to gem—“Me to adorn—How tell”—tonight?
I beg for haven: Prisons, let open your gates—
A refugee from Belief seeks a cell tonight.
God’s vintage loneliness has turned to vinegar—
All the archangels—their wings frozen—fell tonight.
Lord, cried out the idols, Don’t let us be broken;
Only we can convert the infidel tonight.
Mughal ceilings, let your mirrored convexities
multiply me at once under your spell tonight.
He’s freed some fire from ice in pity for Heaven.
He’s left open—for God—the doors of Hell tonight.
In the heart’s veined temple, all statues have been smashed.
No priest in saffron’s left to toll its knell tonight.
God, limit these punishments, there’s still Judgment Day—
I’m a mere sinner, I’m no infidel tonight.
Executioners near the woman at the window.
Damn you, Elijah, I’ll bless Jezebel tonight.
The hunt is over, and I hear the Call to Prayer
fade into that of the wounded gazelle tonight.
My rivals for your love—you’ve invited them all?
This is mere insult, this is no farewell tonight.
And I, Shahid, only am escaped to tell thee—
God sobs in my arms. Call me Ishmael tonight.
3 275
Qanchalik farishtasan desa, “menmi men shu qadar pokmanki men tog’ni oldiga bormayman tog’ meni oldimga keladi, ha shunaqa tog’ni siljitar qadar pokman” deb o’ylarkan bazilar.
3 275
Eyfel minorasini ijtimoiy tarmoqlarda ko’rib qolsam Ghayath Almadhounni o’sha gapi esimga tushadi: “Men Jazoirdan o’g’irlangan temirdan qurilgan Eyfel minorasi oldida rasmga tushaman”
3 275
Faust va Malta Yahudiysi.
Kristofer Marloning qahramonlarini kuzatib bir narsaga amin bo‘ldim: uning qahramonlari shunchaki yovuz qahramonlar emas, ular juda aqlli yovuzlar. Ular o‘z gunohlarini oqlash uchun dunyodagi eng qudratli narsadan yani muqaddas matnlardan foydalanishadi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Doktor Faust ham, "Malta yahudiysi"dagi Barabas ham o‘z yo‘lini oqlash uchun Injil va Tavrotni shunday ustalik bilan "qirqib" olishadiki, natijada haqiqat teskarisiga aylanib qoladi.
Faustning dastlabki monologini o‘qisak, uning naqadar katta mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘ramiz. U Injildan: "Gunohning evazi o‘limdir" degan gapni o’qiydi va to‘xtaydi. Keyin esa: "Agar bizda gunoh yo‘q desak, o‘zimizni aldaymiz" degan jumlani topadi. Uning xulosasi shunday: "Demak, baribir gunoh qilamiz, baribir o‘lamiz. Unda hammasiga qo‘l siltab, sehrgarlik bilan shug‘ullanganim ma’qul!" Demak shaytonni maqsadi insonga gunohni qildirishdanam ko’ra, “endi orqaga yo’l yo’q dalshe davom etamiz” deyish ekan. Bu yerda Faustning "aqlli" hiylasini ko‘rib turibmiz. U o‘zi iqtibos keltirgan jumlalarning ikkinchi yarmini qasddan tashlab ketadi. Injilning o‘sha joyida, "...lekin Xudoning inoyati abadiy hayotdir" yoki "...agar gunohlarimizga iqror bo‘lsak, U bizni kechiradi" degan davomi bor. Faust kechirimlilikni emas, o‘limni tanlaydi, chunki unga o‘z mutakabbirligi (mag‘rurligi) kibri uchun bahona kerak edi.
Endi Barabasga Keladigan bo’lsak: U o‘z boyliklari haqida gapirganda: "Bu yahudiylarga va’da qilingan baraka, Ibrohim alayhissalomning baxti mana shunda edi", deb maqtanadi: Men tanlanganman, men kitob egasiman, men Xristianlardan ustunman, men cho’chqa yeydiganlardan ustunman. U dengizdagi kemalarini va sandiqdagi tilla tangalarini ilohiy bir lutf sifatida talqin qilib maqtanadi. Bu yerda ham o‘sha tanish uslub: Barabas muqaddas bitiklarning faqat moddiy muvaffaqiyat haqidagi qismini oladi-yu, lekin o‘sha barakaga loyiq bo‘lish uchun talab qilinadigan ma’naviy poklikni, insoniylikni, mehr muruvvat va sevgini unutadi. U "Men Xudo tanlagan bandaman, demak, nima qilsam ham boyligim mening haq ekanligimga dalil" degan mantiq bilan ish tutadi. U boylikni ma’naviy mezon qilib oladi, vaholanki, uning qilayotgan ishlari (aldov, qotillik) u da’vo qilayotgan muqaddas qadriyatlarga mutlaqo zid bo’lgan.
3 275
When I had Bells Palsy because of stress( like literally falajlik, umrbod qolib ketishi mumkin bo’lgan falajlik edi) I realised that I had no one except my husband and daughter now when I did a sin I realised I have soooooo many caring people around me. 😂 This is actually not funny this is sad
3 275
. Ko’p narsalar yozmoqchi edim “Algernon uchun gullar” haqida, lekin hozir shunchaki devorga qarab devorqog’ozdagi shakllar bo’ylab ko’zimni yurgizib ularni sanab chiqsamda sizga tagiga chizib chiqgan misralarimni tarjimasini ulashsam
• "Qaysi biri yomonroq ekanini bilmayman: o‘zligingni anglamasdan baxtli bo‘lishmi yoki doim orzu qilgan odamingga aylanib, o‘zingni yolg‘iz his qilishmi?"
• "Men qo‘rqaman. Hayotdan, o‘limdan yoki yo‘qlikdan emas, balki hayotimni xuddi hech qachon yashamagandek besamar o‘tkazib yuborishdan qo‘rqaman."
• "Kitoblar, musiqa va men o‘ylashim mumkin bo‘lgan narsalar borligi uchun Xudoga shukur."
• "Intellekt (aql-idrok) — insonning eng buyuk tuhfalaridan biri. Ammo ko‘pincha bilimga bo‘lgan intilish mehr-muhabbatga bo‘lgan ehtiyojni siqib chiqaradi. Buni yaqinda o‘z tajribamda kashf qildim. Men buni sizga gipoteza sifatida taqdim etaman: Mehr berish va qabul qilish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan aql-idrok aqliy va axloqiy tanazzulga, nevrozga va hatto psixozga olib keladi. O‘z-o‘ziga mahliyo bo‘lgan va insoniy munosabatlardan voz kechgan aql faqat zo‘ravonlik va azobga yetaklaydi."
• "Agar odamlarga ustingizdan kulishga ruxsat bersangiz, do‘st orttirish oson kechadi." (Izoh: Bu qahramonning aqli zaif bo‘lgan davridagi sodda qarashlari)
• "Endi tushunib yetdimki, kollejga borish va ta’lim olishning muhim sabablaridan biri — butun umr ishonib kelgan narsalaringiz aslida haqiqat emasligini va hech narsa ko‘ringandek bo‘lmasligini anglashdir."
• "Qanchalik g‘alati: o‘zini samimiy va madaniyatli hisoblaydigan, qo‘lsiz-oyoqsiz yoki ko‘zi ojiz tug‘ilgan odamni kamsitishni xayoliga ham keltirmaydigan kishilar — aqli zaif odamni haqorat qilishni hech qanday ayb deb bilishmaydi."
