en
Feedback
Writer_minds

Writer_minds

Open in Telegram

Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa

Show more
3 263
Subscribers
+3224 hours
+1907 days
+1 42230 days
Posts Archive
Tushlarni birovga aytma degan safsataga ishonasizmi? Bekorni aytibdi hohlaganizga ayting. Tush asli ong ostingizda bo’layotgan to’zonni nomoyishi. Bugun tush ko’rdim. Gomerni eslaysizmi? Yoki Coleridgeni Kubla Xan dostoni “aytib berolmagan tushi” xispblanadi. Tushimda Afg’oniston ayollarini ko’mish uchun juda katta yertola qazilgan katta Mallardagi(savdo markazi) parking lot(moshina qo’yish shaxobchasi) kirish joyiga oxshash kirish bor lekin faqat yerni tagiga kirib ketgan sementlik emas, tepadan panjara tushadi qamash uchun va birdan Afgonistondagi holat post apocalyptic(qiyomatdan keyin)gi holatga ko’chdi yani dunyo tugagan 30 40 ta odam qolgan yer yuzida va faqat ayollar va bolalar osha yer to’la ga qarab yuguryapti va osmondan nomalum vaxshiy hashorotlar insonlarni qirib tashlayapti, erkaklar qolmagan. Meni tushlar odatda shunchaki “kelajakdan bashorat” emas, (men farishta yo payg’ambar emasman) balki mening hozirgi kundagi ichki kechinmalarim, dunyoda bo‘layotgan voqealarga nisbatan his-tuyg‘ularim va ong ostidagi kuchli xavotirlarim aksi. Meni tashvishlarim bugun nima ovqat qilishdan iborat emas, yoki ertaga qaysi ko’ylagimni kiysam ekandan iborat emas. Men uchun bular nihoyatda mayda. Afg‘oniston mavzusini bilasiz huquqlardan mahrum bo‘lish, chorasizlik va ayollarning erkinligi cheklanishi bilan bog‘liq. Kuni kecha Afg’on ayolininh interviewda aytgan gapi miyamda to’xtamay aylandi: “Qaniydi Alloh ayol zotini yaratmaganda”. Yerto‘la bu real hayotda ijtimoiy adolatsizliklar, inson huquqlarining poymol etilishi yoki ayrim guruhlarning himoyasizligi haqida ko‘p qayg‘urdim balki qayg’urish emas non stop bular haqida o’qiganimdandir. Yer osti va tepadan tushadigan panjara, bu tuzoq, chorasizlik va qamalib qolish qo‘rquvidan deb o’yladim. Post-apokalipsis (Dunyoning tugashi) va faqat 30-40 kishi qolgani ham juda qiziq. Bu balki shaxsiy hayotimdagi yoki ruhiyatimdagi global o‘zgarishlarni anglatar. Dunyoning tugashi, bu meni o’zimni shaxsiyatimni tugashiga bog’ladim. Aynan 40 tacha odamni qolishi bu yolg‘izlik va izolyatsiya hissim. Atrofimda meni tushunadigan yoki men tayanadigan odamlar kamayib ketgandek tuyuladi. Ayollar va bolalarning yugurishi, erkaklarning yo‘qligi ham hayotim bilan bog’liq. Ramziy ma’noda energiya himoya, kuch, ratsional qarorlar va sabrim qolmagan. Ayollar va bolalarning jamiyatning eng nozik va himoyaga muhtoj qismi. Osmondan tushayotgan yirtqich hashorotlar tush ta’birida va psixologiyada nazorat qilib bo‘lmaydigan, mayda lekin yopirilib keladigan muammolar yoki xavf-xatarlar ramzi ekan. Ularning osmondan tushishi va insonlarni qirishi, men hal qila olmaydigan, menga bog‘liq bo‘lmagan katta tashqi muammolar masalan, global inqirozlar, kasalliklar, urushlar, Falastin yoki shaxsiy hayotimdagi kutilmagan qiyinchiliklardandir. Bu tush kuchli stress, xavotir (trevoga) va empatiya (boshqalarning dardini his qilish) natijasi. Men atrofimdagi olamni xavfli deb bilyapman va o‘zimni himoyasiz his qilyapman. Univerni afsuski tohta olmayman, lekin sotsial tarmoqni to’xtata olaman. Vaqtincha Xayr💌

Qora mushuk: -nima biz lanatlanganlardanmizmi? Qora qarg’a: -ha, faqatgina ularning hikoyalarida

Seni baxting menga sanalar uyat ... Meni tushunmasang indamayapman, Seni tushunmasam xafa bo'lma xo'p? Sening ishing menga xa
Seni baxting menga sanalar uyat ... Meni tushunmasang indamayapman, Seni tushunmasam xafa bo'lma xo'p? Sening ishing menga xatodir, xato, Kulgingga sababchi men tushungan g'am. Yo'llarimiz tersdir shu qadar hatto, Kesishib qolmaydi ro'yolarda ham. Poyingga tillodan sochishsa zarlar, Ishga tushmas hatto ko'z girim mening. Ongimda uchragan sof mo jizalar, Hatto tushlaringga kirmaydi sening. Butkul bo'lak olam shunaqamiz biz, Taassufki dilda o'zgacha niyat. Sen mening bahtimni etolmassan his, Sening bahting menga sanalar uyat!! Sening bahting menga sanalar UYAT XAYRULLO HAMIDOV. InshaAllah I will invite Ghayath Almadhoun to Seoul💌

Yozinglar! Qanday fikrlashingizni bilish uchun yozing! Fikrlash uchun esa o’qing! Na o’qimaysiz, na yozmaysiz, unda bilingki,
Yozinglar! Qanday fikrlashingizni bilish uchun yozing! Fikrlash uchun esa o’qing! Na o’qimaysiz, na yozmaysiz, unda bilingki, siz fikrlamaysiz va bir qop go’shtsiz!

Gʻarbning va xususan Amerikaning Falastin masalasidagi bugungi pozitsiyasi shunchaki navbatdagi geosiyosiy xatolik emas. Bu ularning asrlar davomida oʻzgarmay kelayotgan, oʻsha oʻzlari daʼvo qiladigan "inson huquqlari" va "qonun ustuvorligi" niqobi ostiga yashiringan varvarlarga hos tabiatining navbatdagi ko’rinishi. Gʻarb Sen hech qachon oʻzgarmaysan Sen oʻsha tub joy amerikaliklarni (indeyslarni) qirgʻin qilgan, afrikaliklarni qul qilib, odam oʻrnida koʻrmagan, Xiroshima va Nagasakida soniyalar ichida yuz minglab tinch aholini kulga aylantirgan va Vyetnamda odamlar ustidan napalm yogʻdirgan qonxoʻr tizim bo’lgansan. Bugun Netanyaxu kabi psixopatlar Falastinga qarshi "yakuniy yechim" (final solution) eʼlon qilayotganda uni qurol-yarogʻ va daxlsizlik bilan taʼminlayotganing tarixingdagi vahshiyliklarning bevosita davomidir. Bu oʻtmish uchun na pushaymonlik, na tavbang bor. Sen dunyoni boshqarishga, Global Janubga maʼnaviyat darsi oʻtishga zarracha loyiqmassan. Gʻarb siyosatshunoslari buni shunchaki "vaqtinchalik inqiroz" yoki "strategik ittifoqchilik" deb oqlashga urinishmasin. Amalda biz guvohi boʻlayotgan narsa rasmiy dekolonizatsiyadan (mustamlakalar ozod boʻlgandan) keyin ham dunyoni boshqarishda davom etayotgan yashirin global iyerarxiyaning ishidir. Quijano aytganidek, mustamlaka maʼmurlari ketgan boʻlsa-da, ularning irqiy tasniflash (racial classification) va dunyoni "oq tanli/madaniyatli" hamda "rangli/yovvoyi"ga ajratish tizimi zarracha oʻzgargani yoʻq. Gʻarb uchun falastinliklarning hayoti va oʻlimi gumanitar fojia emas, balki kapitalistik va ontologik (mavjudlik) iyerarxiyaning quyi pogʻonasidagi "sub-human" (chala inson)lar hayotidir. AQSH va uning ittifoqchilari inson huquqlari haqida gapirganda, faqatgina "evrosentrik" (Evropaga xos) insonni, yaʼni oʻzlarini koʻzda tutishadi. Global Janub esa ularning nazdida hamon ekspluatatsiya qilinishi, nazorat qilinishi va kerak boʻlsa, tizim barqarorligi uchun qurbon qilinishi kerak boʻlgan "geografik hudud va tana"lardir. Neft bo’yicha chiqayotgan “tabiatni asraylik” shoiri ostidagi yurishlar o’zi boy bo’lib olgandan keyin, qo’shnisiga suvni tejab ishlat deydigan meshqorin multfilmlarni eslatadi. Iyunda Ghayatning “Men senga yaralangan qo’l olib keldim” va boshqa bir necha massacre, genotsid va quvg’inlik haqida prezentatsiyam bor. yuqoridagi gaplarimni, sal qog’ozga o’rab yetkazish ustida ishlayapman))

Ahmoqni tutish uchun, o’zingizni ahmoq sifatida tuting qabilidagi bob bor edi. Hozir kitob yonimda emas O’zbekistondaligi uchun aniq bob nima haiqdaligini eslolmayapman lekin tahminan sherigingni o’zingdan aqlli qilib ko’rsatish yoki ozing honadagi eng ahmoq ro’liga tushvolish haqida edi. Men bundan unconsciously foydalanganman o’qimasimdan oldin hatto lekin ahmoqni tutish uchunmas, shunchaki aqlli korsatmaslik uchun. Farishtalik “farishtalarga” yarashadi. Hozir aynan Jew of Malta asarini Professorim jon berib gapiryapti, asarda Xristian ham, yaxudiy ham musulmon ham makiavellian harakterlari borligini ochib bergan. Lekin baribir ohiri oliyjanoblik yutib chiqadi. Yo’qsa Barabasga o’xshab o’ziz qaynatgan yog’ga o’ziz qovrulasiz.

The_Prince_Machiavelli_Nicolo_PennState_7bf17af32f554bfd8bbcb1057eea2f35.pdf4.42 KB

Yoshim hali oyoq kiyimim razmeridan katta emas, lekin juda ko’p haqiqatlarni anglab yetdim. Hayotizda bazida shunday insonlar bo’ladi siz aslida chiroylisiz, mehribonsiz aslida yaxshi insonsiz, muvaffaqiyatlisiz lekin ular sizi “yaxshi” masligizga ishontirib qo’yadi. Va siz o’zizdan nafratlanishni boshlaysiz. Aslida muammo sizda emas… Muammo sizni doim sindirishga urinadigan nigohlarda, sevgini nazorat bilan adashtiradigan odamlarda bo‘ladi. Ba’zi insonlar o‘zidagi qorong‘ilikni boshqalarning qalbiga ko‘chirishga urinadi. Ular sizning xatolaringizni kattalashtirib, yaxshiliklaringizni kichraytiradi. Vaqt o‘tib esa siz ularning ovozini o‘zingizning ichki ovozingizdanda balandlatib qo’yasiz, va oyoq kiyim razmeringizdan yoshingiz o’tib tushganda sizni sevmaganlar uchun qanchalik qayg’urganiz uchun afsus chekasiz. Men shartsiz sevgiga ishonaman. Manfaatlarsiz sevgiga ishonaman. Mani sevmagan “s” ni to’g’ri talaffuz qilmas ekansan demaguncha shu “kamchiligim”ni sezmagan ekanman. Meni sevar oldiga yugurib bordim, —men “s” ni talaffuz qilolmaymanmi? —Ha —nega shu paytgacha aytmagansiz? Lagapetga boraymi endi ) ? — yo’q seni eng yoqimtoy payting shu “s” ni tallaffuz qiganingda chiqadi Doim sizni shartsiz sevganlar bilan bo’ling☺️❤️

“Ona, sen bergan hurmoni ekish uchun kovlagan chuqurchamga betimni ko’mishim kerak” Onamni asra by Shin Kyong Suk

Faqat kitob qutqaradi sizni ayollar, faqat va faqat kitob. O’qimasakansiz, falon falon pulingiz osmonga uchadi. Pulku mayli,
Faqat kitob qutqaradi sizni ayollar, faqat va faqat kitob. O’qimasakansiz, falon falon pulingiz osmonga uchadi. Pulku mayli, mediocre bo’lib yashash “qiyin”

Va nihoyat kitob yetib keldi❤️Tez orada Ghayath Almadhounning yangi tandirdan uzilgan sherlarini tarjimasi bilan bo’lishaman�
Va nihoyat kitob yetib keldi❤️Tez orada Ghayath Almadhounning yangi tandirdan uzilgan sherlarini tarjimasi bilan bo’lishaman😍

Voice message03:41

photo content
+1

"Men chuqur tuyg‘ularsiz yashash qanday bo‘lishini bilmayman. Hech narsani his qilmayotgan paytimda ham, buni butun borlig‘im
"Men chuqur tuyg‘ularsiz yashash qanday bo‘lishini bilmayman. Hech narsani his qilmayotgan paytimda ham, buni butun borlig‘im bilan his qilaman." Sylvia Plath. Sen bilan tuyg’ulari o’xshash bir asr oldin va qolaversa umuman boshqa qitada yashagan ayolni o’qish, bu boshqa darajadagi baxt.

Agar sizdan hamma narsani (irqingiz, millatingiz, ism, oila, farzand, din, kasbingiz) shilvolinsa sizda nima qoladi?

Insoniyatni eng katta hatosi “birinchi raqamli”(Number 1) man deb o’ylashi bo’ladi. Life of Pi yani Pining hayoti asari asli siz o’ylagandek inson va tabiatning tengligi haqida emas, yana o’sha hato, yana o’sha inson birinchi o’ringa qo’yilishi, yana o’sha hayvon hayvonligi yashiringan. Asar yana inson ovozi orqali gapirgan, siz hechqachon hayvon nima deganini eshitmaysiz. Bengal yo’lbarsiga qanchalik mehr bilan qaramasin, Pi unga insoniy manolarni majburlab yopishtiradi. Asar ohirida esa shunchaki yo’lbarsni o’zining vahshiy instinkti deydi. Endi umuman havonning mustaqil mavjudligini ham yo’q qiladi. Shaxsiyat berdi va yana tortib oldi. Endi buyerda mustaqil subyekt emas, inson omon qolishi uchun “instrument” ro’liga tushib qoldi chiroyli mushukchamiz. Ular ohiri sohilga yetib borganda, yo’lbarsa nima qiladi? Orqasiga ham qaramasdan jungliga kirib ketadi. Piga alam qiladi, chunki u uni do’stim deb o’ylardi, yo’lbarsni wildnessga yani yovvoyilikka qaytib kirib ketishi esa “inson” va “hayvon” degan tushunchalarni yana ikki qutbga bo’lib yuboryapti. Pi “sivilizatsiyalashgan insoniyatga qaytadi, yo’lbars esa tamed yani boshqarilishi va qolga orgatilishi kerak bo’lgan yovvoyilikka. Gapirsa gap ko’p karl, sen ko’rayotgan narsa asli sen ko’rayotganing kabi emas)

Haliyam eski hikoyalarga ishonasizmi? Yani bir yigit keyin qiz topadi keyin turmush quradi va farzandli bo’ladi. Aynan shu na
Haliyam eski hikoyalarga ishonasizmi? Yani bir yigit keyin qiz topadi keyin turmush quradi va farzandli bo’ladi. Aynan shu narrative “bahtli oila” hikoyasi hisoblanadi. Aslida hikoya to’y bilan boshlanishi kerak edi. Ana to’ydan keyin ikkita just qanday yashashi, qanday bir biri bilan munosabat o’rnatishi haqida bo’lishi kerak edi. Ana o’shanda balki o’rgangan bo’lardik asli turmush birhillikni topish emas har hilliklarimiz haqida suhbat(conversation is important) qurishdan iborat. Hechnarsani hal qilishingiz shart emas, shunchaki suhbat quring…..

@shazam_mbot orqali musiqalarni oson toping va  instagram tiktok youtubedan videolarni yuklab oling !

Voice message10:38

Ikkala payg’ambarni cho’pon bo’lgani bejizmas “qo’ylar” ko’p)