en
Feedback
Writer_minds

Writer_minds

Open in Telegram

Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa

Show more
3 263
Subscribers
+3224 hours
+1907 days
+1 42230 days
Posts Archive
Habar oldim: “Munosabatlar uzilishini yomon koramandegan ediz. Huddi bir birini vaqtini bekor sarflagan boladi degan ediz…. “ Bu qiz meni manyak deb o’ylagan bo’lsa kerak odamlani va do’stlani hayotini faqatgina to’ldirib berish uchun ishlatadi deb. Asli vaqt deb qoyibman holosku bu ontologiya bilan bogliq. Insonlar bilan juda yaqin bo’lib ketishdan qo’rqish tabiiy. Bu vaqt masalasi emas, ontologiya. Ontologiya bu borliq degani. "Nimalar mavjud?", "Mavjudlikning oʻzi nima?", "Borliq qanday tuzilgan?" kabi eng umumiy va tub savollarga javob beradi yo izlaydigan fan. Endi insonni mavjudligini asosi boshqa insonlar bilan bo’lgan munosabatida shakklanadi. Yani Men va U yoki Men va Sen kabi obyekt yoki subyektlarga ozimizni yillar davomida bog’lab yashaymiz. Ya’ni men oʻzimni anglashim va bor boʻlishim uchun menga "Sen" kerak. Yaqin insoningiz siz uchun shunchaki hayotingizdagi "bitta odam"bo’lmaydi, u sizning borligʻingizni tasdiqlovchi(etibor bering tasdiqlovchi deyapman) tutib turuvchi asosiy ustun bo’ladi. Agar U ketsa, sizning borliq mantiqingiz, ontologiyangiz qulagandek tuyuladi, chunki "Men"ni aks ettiradigan koʻzguyingiz yo’qolib qoladi. Tasavvur qiling agar u “Sen” kuchli ruh bo’lsa sizni Osmonlarga chiqib ketishizga sabab bo’ladi ham metafizik tarafdan ham moddiy tarafdan. Endi meni qo’rqitadigan tomoni o’sha “Sen” ni qanday odamligida. Agar ruhi siniq, qalbi qora bo’lsa (yani sizni sof qalbizni ko’rolmaydigan(o’zim ham oppoqmasman)) siz ham o’sha “Sen” ga aylanib borasiz. “Sen” ni ko’zgu dedik. Siz u koʻzguga qaraganingizda oʻzingizning goʻzal, toza aksingizni emas, uning qorongʻuligi orqali parchalangan aksingizni koʻrishni boshlagan joyda hammasi tugaydi. Siz oʻzingizdan nafratlana boshlaysiz,sizga gapirmay yetqazgan “haqiqati” shaxsiyatizni buzadi. "Rostdan ham men shunaqamanmi?" deb oʻz ontologiyangizni (aslingizni) soʻroqlashga oʻtasiz. Jan-Pol Sartr "Yopiq eshik ortida" pyesasida mashhur bir jumlasi bor "Doʻzax — bu boshqa odamlardir" (L'enfer, c'est les autres) yani boshqa odam oʻzining nigohi va hukmi bilan sizning borligʻingizni oʻgʻirlab qoʻyadi, sizni oʻzi xohlagan qolipga solib "predmetlashtiradi". Ronal`d Layng ismli psixiatr va faylasuf Ontological security degan tushunchani kiritgan. Inson oʻz borligining mustahkamligiga, dunyoning xavfsizligiga va o’zini qadriga ishonsa u ontologik xavfsizlikka kira oladi. Demak hozir boshqalar bilan yaqin boʻlishdan qoʻrqib qolgan bo’lsangiz ontologik xavfsizlik devoriz darz ketgan. Shunchaki u odamga yutilib ketishdan qo’rqasiz. Chunki hali o’z “Men”ingiz ham yo’q. Oʻzligingizni tasdiqlash uchun tashqi "Sen"larga ehtiyoj sezmaydigan darajada ichki ustuningizni tiklashingiz kerak. Shunda qarshingizdan chiqqan har qanday ruhi siniq odam sizning aslingizni oʻzgartira olmaydi, social butterfly ga aylanasiz. Social butterfly bo’lish yaxshimi yomonmi bu alohida mavzu. Menimcha Kichkina Shagzoda asaridagidek sof tuyg’ularga qirg’in kelyapti yo ko’rsatmayapamiz. #Avtobusdagiqaydlar

Men: Men akademiyadan tashqarida bironta hobbysi, qiziqishi bor Professor ni tanlashim kerak supervisor qilib Professor: Gitleram rasm chizishni yaxshi ko’rgan Vienada rassom bo’lib ishlagan

Bugun juda katta prezentatsiyamni topshirdim. Ushbu yuqorida aytgan decolonizatsiya va Gayat Almadhoun bo’yicha. Proffessorga
+5
Bugun juda katta prezentatsiyamni topshirdim. Ushbu yuqorida aytgan decolonizatsiya va Gayat Almadhoun bo’yicha. Proffessorga yoqdi, bugun mendan bahtli inson yo’q bu dunyoda😁😁😁. Tasvvur ham qila olmaysiz bunga yetib keguncha qancha stress olganimni🫠

https://t.me/haybarakallachilar Biz runners club ochganmiz yuguruvchilar uchun. Bir kishi menga yugurish yoqmaydi deb yozdi kecha. Yugurish kimga yoqadi deb o’ylaysiz. Yugurish qiyin, yuragiz to’xtab qolag deb 6 km yugurishni hamma o’zini sozlash uchun qiladi. Yangi maqsadlar uchun qiladi. Hammani sababi har hil. Kimdir depressiyadan chiqish uchun qiladi. Agar siz shunchaki yugurishga ham stoldan ko’tarilmayotgan bo’lsangiz, demakki balki miyangiz ham o’tirib qolgandir.

photo content

Kitob yozadiganlar bormi oramizda? T. S Eliotni nazariyasidan obyrktive correlative tushunchasini aytib beraman. “Emotsiyani ifodalashni yagona yo’li obyektiv correlativeni topish” so’zi dumaloqqa oldim. But menga juda qiziq. Insonlar bilan biroz gaplashsam ularni lug’at boyligi ko’pligi yo ozliga 20 minutdan keyinoq ko’rinadi. Bazida suhbatlar shunchaki qisqa bo’ladi, uncha lug’at ham ishlatishingoz shart emas. Bazi yurakka yaqin suhbatlar esa chuqur falsafona bo’ladi, lekin shundayam bazan kishilar o’z tuygularini emotsiyalarini yetarlicha sherigiga yetkazib bera olmaydi. Muddaoga o’taman. Nega asarlarni o’qihganizda “meni aytyapti” deyishizni sababi ham aynan shu obyektiv korrelativedan kelib chiqadi. Yozuvchi o'z qahramonining "qayg'uli" yoki "qo'rquvda" ekanligini shunchaki matnda yozib qo’ymaydi, bu o'quvchiga unchalik ta'sir qilmaydi. Eliotning fikricha, o'quvchini his-tuyg'uga ishontirish uchun yozuvchi quyidagilarni yaratishi kerak: Muayyan buyumlar; Aniq vaziyatlar; Voqealar zanjiri. Bu "formula" o'quvchining ongida aynan o'sha tuyg'uni avtomatik tarzda uyg'otishi kerak. Qisqa qilib aytganda obyektiv korrelyativ his-tuyg'uni "ichkaridan" tashqariga, ya'ni sezgilar orqali anglashiladigan fizik dunyoga ko'chirish san'atidir. Yoki “show, don’t tell” degan termin bor sheriyatda, bu ham bir hil narsa yani gapirma, ko’rsat degani. Misol keltiraman “showing” bilan “telling”ga. Abstrakt ifoda yani telling: Men uning o’limidan juda ham qayg’uda edim. Obyektiv korrelyativ ifoda: "Men otam vafot etganda ko’zimdan yosh chiqmayotganidan uyalib yuzimni u 7 yil kiygan yo’l yo’l ko’ylagiga yashirdim va yoniga yonboshlab cho’zilib yotib oldim.

I have travelled through madness to find me…. Buchi Emecheta “Head Above Water” O’zligini anglash uchun aqldan ozish… …qiziq

Bir insonni sizdan qanday ketishi sizga ko’p narsani aytadi. Ko’p insonlarni hayotda yoqotamiz, lekin hammasini ketishi harhil, o’lib ketganniku vaziyati boshqa lekin ya’ni insonning hayotingizdan, ishdan yoki munosabatlardan chiqib ketishi uning ichki dunyosi haqida juda ko'p narsani aytib beradi. Ularni qanday ketishi juda qiziq menga. Inson munosabatda bo'lgan paytda o'zini yaxshi ko'rsatishga, odobli bo'lishga harakat qiladi. Ammo ketish payti yani "shartnoma" tugaydigan va hech qanday manfaat qolmaydigan paytda inson o'zining asl qiyofasini ko'rsatadi. Kimdir rahmat bilan kimdir g'azab bilan. Bir insonni ketishiga qarab munosabatlaringizni asl qiymatini tushunishingiz mumkin.

Four years ago, I watched a friend tell her four-year-old child that there was a baby in her belly. At the time, I warned her against saying that, pointing out that kids are naturally curious and might eventually ask how the baby got into her tummy in the first place. Well, just this morning, karma caught up with me. Out of nowhere, Madina hit me with the toughest question yet: Madina: "How do people get a baby into their belly?" Me: (stalling for time) "I don't know..." Madina: "You shouldknow. You’re a grown-up!" Me:😁 "Let me think about it..." (panicking slightly) "Well, the doctors put the baby in by making a small cut in the tummy. Then, after nine months, they take the baby out the same way." Madina: (eyes wide)"Oh, that sounds scary!" Me: "Yeah, it is. So... do you want a little brother or a sister?" Madina: "I’d rather just buy a dog if having a baby hurts that much." It is just wild and terrifying. 😶‍🌫️How fast kids seem to process the world now compared to how we remember growing up.

Why_We_Sleep_Unlocking_the_Power_of_Sleep_and_Dreams_Matthew_Walker.pdf3.65 MB

Between_Men_Gender_and_Culture_Series_Eve_Kosofsky_Sedgwick_2015.pdf1.73 MB

Osmondan olib aytmayapman qizla ishonurila qizla. I am not a “trust me bro” 😄. Here is “Between Men” by Sedgwick Kosofsky
Osmondan olib aytmayapman qizla ishonurila qizla. I am not a “trust me bro” 😄. Here is “Between Men” by Sedgwick Kosofsky

Keling, erkaklar haqida gaplashamiz. Eve Kosofsky Sedgwickning "Erkaklar o'rtasida" (Between men) nazariyasini qisqacha yoritib beraman. "Erkaklar o'rtasida" ijtimoiy munosabatlar (homosocial desire) degan bir qurilma bor. Patriarxat jamiyatlarida ushbu "homosocial desire" "heterosexual desire"dan kuchliroq bo'ladi. Terminlarni tushunarli bo'lishi uchun yoyib beraman. E'tibor bering, homosocial deyapman, homosexual emas. Homosocial — bir xil jinsdagi insonlar o'rtasidagi romantik bo'lmagan ijtimoiy munosabat. Homosexual — bir xil jinsdagi insonlarning romantik munosabati. Heterosexual — ikki xil jinsdagi insonlarning romantik munosabati. Endi shu homosocial munosabat kuchli bo'ladi patriarxat madaniyatida. E'tibor bersangiz, qiz va qiz quchoqlashishi yoki qo'l ushlashishi g'aliz ko'rinmaydi, lekin erkaklarning bunday qilishi ularni ma'lum bir homosexual tamgasini o'zlariga yopishtirib olishiga sabab bo'lishi mumkin. Patriarxat jamiyatining erkaklari esa bu tamgadan o'lgudek qo'rqadi. Ba'zan shuni guvohi bo'lamizki, erkak o'z ornini jamiyatdagi boshqa bir erkak oldidagi o'z o'rnini o'z ayolini nazorat qilish bilan ham "ko'rsatishlari" mumkin. Bu yerda maqsad seni o'lgudek rashk qilaman emas, do'stim meni gey deyishidan o'lgudek qo'rqaman deyishni bir yo'li ham bo'lishi mumkin. Yoki “Ser Gwen va yashil ritsar” asaridagi uchlik munosabatlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, aytaylik A erkak bilan B erkak bir ayolni sevadi. Ayol ularni sevgisi uchun kurashyapti deb o'ylaydi, aslida esa ayol bu ikki ritsar uchun bir "mukofot" bo'lishi mumkin. Ya'ni A erkak B erkakni shu qadar kuchli, munosib deb biladiki, unga "erkakligini" ko'rsatib qo'yishi, raqobat qilishi va erkakligini tan oldirib qo'yishi kerak bo'ladi. Va erkaklarning ichidagi bu tan olinishga bo'lgan, boshqa bir erkak tomonidan tan olinishga bo'lgan hohish bazida ularning ayolga bo'lgan sevgisidan ustun bo'ladi.

Sometimes they advise me to take psychological courses or go to psychotherapy and that is the most gaslighting advice for me. I know what will say and how they say and why they say that. Sometimes I just need antidepressants (that is it) not people(with any kind of diploma)

Aytgancha buyerdagi Silvia Plat yozgan Izadorra Dunkan buyuk rus shoiri va mening eng sevimli shoirlarimdan biri Sergey Yeseninni hotini bo’ladi. Amerikada o’zidan 20 yosh katta ayoli bilan biroz muddat yashaydi va mental holati og’irlashgani sabab Rassiyaga qaytadi. Yesenin 1925 yilda Leningrad mehmonhinasida o’zini osgan aynan ikki yildan so’ng Dunkan Fransiyada sharfi moshinaga kirib ketib bo’gilib qolgan. Письмо к женщине" yani "Letter to a Woman" sheri ham Dunkanga atab yozilgan.

Hayit muborak, qanaqa hayit muborak bolalar ochlikdan o’lyaptiyu…….

If you think that you are clever, come to my department, they will show you hundred proofs that you are the most stupid person in the world)

PhD hayoti 5 ta so’zda: stress, soch to’kilishi, yig’lash, wtf ….

O’tgan oy “ortiga kitob ortgan eshshaklar” haqida gapirgandim, qishda, intelektual narcissist haqida hapirgandim. Muddao nimaydi? Muddao uyida katta kutubhonasi bo’lsada, oyiga 20 ta kitob o’qivorsada tanqidiy yondashish kerak bir kishiga, avliyo deb atrofida olov yoqib o’ynamang bunaqalani. Dam olaman degandim, dam ogani qo’ymaydi bunaqa postlar meni miyamni qizitib tashlaydi. Mingta kitob o’qigan bo’lsa mingtadan yarimi ayollar haqida, qani simpatiya, qani ayolga hurmat, yaxshiyam ayol tuqqan silani, tuqqandayam joni qinidan chiqib ketay deb tuqqan. Disclaimer ga osaymi o’zimni, hazilmush, turgan bitgani fitnaku. O’ziga o’xshagan arzon hazil! Odam gavjum bo‘ladigan sport tadbirlarida xavfsizlikni va shaxsiy daxlsizlikni ta’minlash uchun tekshiruv paytida erkaklar va ayollarga alohida yo‘laklar ajratish butun dunyoda keng tarqalgan amaliyot( crowd control). Qolaversa, (qo‘l bilan) tekshiruvda ayollarni ayol xodimlar tekshirishi (samalyotda uchish shartmi buni bilish uchun))ham daxlsizlik, ham etika talabidir. Buni "ayollarni yakkalash" deb talqin qilish uchun odamda minimal mantiqiy fikrlash qobiliyati ham bo‘lmasligi kerak. Da minimal! Oddiy xavfsizlik chorasini erkak va ayol tengligi haqidagi falsafiy bahsga aylantirishga urinish hatto bu "hazil" bo‘lgan taqdirda ham shunchaki ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning reaksiyasi (layk, komment) yig‘ish uchun qilingan professional "trolling" . What a straw man ! "Xalqaro darajadagi feministlarimiz qayoqqa qarashmoqda?" deb masalani sun’iy ravishda siyosiylashtirgan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda "Straw Man" (Somon odam) deyiladi. Ya’ni, raqibning (bu o‘rinda feministlarning) haqiqiy pozitsiyasini emas, balki o‘zidan to‘qib chiqarilgan absurd (bema’ni) bir holatni o‘rtaga tashlab, keyin uning ustidan kulyapti. Qisqacha aytganda, bu post hech qanday intellektual qiymatga egamas, auditoriyani jahlini chiqarish orqali o‘z sahifasiga odam jalb qilmoqchi bo‘lgan arzon kontent. Kommentlar ichida ayollarni “femka” deb so’kkan, qanday kulishni bilmadim, o’zini lichkasiga yozdim javob yo’q. “Femka”ni menga tushintirib bersin aytinglar! Aytgancha faqat “o’qigan” deyilishlik uchun o’qiydiku qaydanam bilsin feminizm nimaligini. Din bilan o’nashishni qachon to’xtatadi bu xalq bilmadim. Ko‘pchilik blogerlar uchun eng oson va ishonchli usul auditoriyaning diniy g‘ururi va hissiyotlariga teginish. feminizmni shunchaki "ayollar huquqlari" yoki "teng imkoniyatlar" deb qaramaydi, balki "an’anaviy qadriyatlarimizga, dinimizga qarshi qaratilgan g‘arbcha buzg‘unchi g‘oya" deb taqdim etishadi. Natijada odamlarda "Agar men feministni qo‘llasam, dinimga qarshi chiqqan bo‘laman" degan sun’iy va xato qo‘rquv paydo bo‘ladi. Chalasavodlar feminizm deyilganda masalaning mohiyatini xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlikni kamaytirish, ta’lim olish imkoniyatini berish, majburiy nikohlarga chek qo‘yish yoki mehnat bozorida haq-huquqlarini himoya qilishni umuman tilga olishmaydi. Buning o‘rniga, radikal g‘arb madaniyatining ayrim chekka unsurlarini olib kelib, din qonun-qoidalariga urishtirishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi arzon "hype" ortidan quvib, jamiyatdagi jiddiy muammolarni sayoz hazillar bilan o‘yinchoq qilishni to‘xtatish kerak. (Nechta ayol o’lib bersin yana) Din ham, ayollar huquqlari ham bir-ikki sahifaga odam yig‘ish uchun ishlatiladigan instrument emas. Kelinglar do’st inoq bo’lib yashaylik, har bir narsaga o‘z nomi bilan, kontekstini tushunib baho beraylik. O’qiylik, chinakamiga o’qing, nazariya ham o’qing badiiy asarni kallachangiz chaqa olmasa.