Writer_minds
Open in Telegram
Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Show more3 263
Subscribers
+3224 hours
+1907 days
+1 42230 days
Posts Archive
3 263
+2
Rasmdagi birinchi rasmdagi “dada” ni stadionga har kuni yugurishga chiqsam 2 kunda bir ko’raman. Bugun orqama orqa qaytib qoldik. Ko’p yurar ekan. Suv bo’lib ketgan. Demak ancha muncha kaloriya yoqyapti. Kamiga hardoim qolida kalyaska ichida chaqaloq. Odamlar vaqtim yo’q deydiyu lekin asli dangasa. Semizlik kasallik. Men ayollar haqida gapirmayapman. Silar har holatda asalsizlar:). Erkaklarga tegsin. Juda hunuk ko’rinadi qorin lekin:)
3 263
Bunaqa professor bilan zerikmaysan kaneshna😂😂😂. Bir kun yig’latadi bir kun kuldiradi.
So’z ishlatishni qara
“Rehumanize” bo’lib olasan deb umid qilaman deyapti😂.
Human odam degani “-re” qayta degani. Qayta odam holatiga qaytib ol yozda dedi, Karl.
Da harakat qilyapmiz odam holatiga qaytishga😄sizni “torture” larizdan keyin deb yozvorsammikin😁
3 263
Yaqinda Forest Gumpga aylanaman.
Harkuni dam olishsiz yugurayotganimga ikki oy bo’ldi. Kecha do’zahdek og’rigan oyoqlarim bilan uyga qaytayotganimda birdan ortimga qarab o’tgan narsalarga kulgim qistadi, oldin ortga qarasam bir chuqur ho’rsinib qo’yardim, yugurish hotiralarniyam boladek kulib eslashga undayapti.
O’zimga savol berdim, nimaga “constantly” yani to’htovsiz yugurishni boshladim? Ozmoqchimidim? Yoq. Chunki menda boshqa osonroq versiya bor: birgina ukol va oddiy osongina birdan bir oyda 10 kg tashlash. Men turgan joyimdan shunchaki “move on” qilishni ketishni hohladim shekilli, yo miyamda ketayotgan og’riqdanam ko’ra ko’proq og’riqni his qilishim va miyamga “qara sen o’ylayotgan narsalardanam ko’ra real og’riqlar bor” deyish uchun boshladim, endi to’xtashni iloji bo’lmayapti. Go’yoki to’htasam yana eski men menga yetib oladi.
Keyin birdan Forest Gump esimga keldi. Ko’rganimga naqt 20 yilcha bo’lgan, hatto kinoda aniq nima bo’lganini eslay olmayman. Eslaganim, Forestning bolalikdagi do’sti unga bolalar ustudan kulganda “yugur, Forest, yugur” degani va Forest ortiga qaramay qochishi va oyoq breketlari sinib ketgani. Keyinchalik armiyaga qo’shiladi yana Jennyni “qo’rqsang yugur”degan gapini eslab yana yuguradi. Keyin Jenny uni tashlab ketadi Forest qisqa yugurishga chiqadi, sekin shaharidan chiqib ketadi, keyin Amerikani u chekasidan bu chekasiga qarab 3 yil yuguradi. Undan “atrof muhit uchun, ayollar huquqlari, yo tinchlik uchun yuguryapsizmi?” Deb so’rashganda u shunchaki “ I just felt like running” yani shunchaki yugurgim keldi deb javob beradi. Va bazi ko’rarmanlar “yugurishga aynan sabab, chuqur sabab bo’lishi shart emas” deyishdi. Men Forestni shunchaki 3 yil o’zicha yugurdi deb oylamayman.
Forestni yugurishini sababi nima edi?
Onasi u tugulib katta bo’lgan uyda vafot etadi: “hayot bir quti shokolad” eng sevimli quotasi bo’ladi. Keyin Sevgilisi Jenny qaytib kelganda Forest “ bu hayotimning eng bahtli daqiqasi” deydi. Keyin yomg’ir yog’adi. Kinoda har bir yomg’ir katta depressiyani ifodalaydi. Yomgirdan keyin ertalab uyg’onganda Jenny yarim kechasi uni kichik sovga bilan tashlab ketgan bo’ladi. Mana hayotni “eng bahtsiz daqiqasi” ! Mana senga bir quti shokolad)
Mana Forest Gumpni yugurishiga sabab: yolg’izlik, umidsizlik, hafsalasi pir bo’lish, jahli chiqish, og’riq. Forest o’g’rig’ini so’z bilan ifodalab berolmaydi, shuning uchun oddiygina “i felt like running”
Marafonini ohirida shunday deydi “ bazida siljish uchun o’tmishni o’tmishda qoldirishing kerak”
Hayronman men ham miyamni tozalash uchun 3 yilu, 2 oy, 14 kun, 16 soat yugurishim kerakmi? Yo Seulni u chekkasiga qarab chiqib ketishim kerakmi? Yo suratdagi Arizonaga? Monument valleyga? Forestni turishini qarang….. huddi “western movie” lardagi millionlab yillar davomida shamol va yomg’ir tomonidan shakllangan ulkan qizil qoyalar bilan mashhur, daraxt deyarli yo’q, ufq juda keng, yo’l esa cheksizdek vodiydagi osmondan tap etib yerga tushgan Odam Atodek.
Va aytadi; “I’m pretty tired… I think I’ll go home now.”(ancha charchadim, uyga qayataman)
3 263
“All right, I’m glad it’s a girl. And I hope she’ll be a fool—that’s the best thing a girl can be in this world, a beautiful little fool.”
“Mayli, qiz ekanidan xursandman. Va umid qilamanki, u ahmoq bo‘lib ulg‘ayadi — chunki bu dunyoda qiz bola uchun eng yaxshi narsa shu: chiroyli va sodda (ahmoq) bo‘lish.”
Buyuk Getsby asaridagi shu quotani bir minut oldin hozirgina chaqdim, necha yillardan beri endi tushundim Daisy asli nima demoqchi bo’lganini
3 263
“Xudoni miqlab qoqqan odamzotdan Nima kutyapsan”?
Bir kun Iso alayhissalomning yani nasroniylarning e’tiqodiga ko‘ra “Xudo” ni mixlayotgan (garchi miqlanmagan bo’lsada) miqchilarning suxbatini badiiylasgririlgan asar o’qidik. Juda oddiy. Xuddi doimiy qiladigan ishidek miqlashgan, hatto o’z kundalik yumushlarini gaplashib, xuddi doyalar tepangda to’y haqida gaplashgandek, bedardgina miqlashdi.
Shu kitobni o’qiganimdan beri kimdandir hafa bo’lsam aytaman. O’zing miqchisan senga bu birovni og’ritish oddiy hol, xudoni miqlar qadar yovuzsan.
3 263
“There must be something like the opposite of suicide, where someone radically and abruptly decides to start living.”
“O‘z joniga qasd qilishning (suitsid) teskarisi ham bo‘lishi kerak yani inson bir kun kelib keskin va kutilmagan ravishda yashashni boshlashni tanlab qolgan vaqt.”
Menga eng yoqqan joyi “radically”(keskin) va “abruptly”(kutilmagan) so’zlari. Chunki ko‘pincha odamlar o‘zgarish asta-sekin bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ba’zan esa hammasi bir soniyada sodir bo‘lishi mumkin. bir qaror, bir uyg‘onish, bir “yetar” bo’ldi degan nuqta.
Aynan shu “radikal keladigan fikr” ustiga qurilgan asarlar eng top asarlar misol uchun Raskilnikovni “radikal qarori”ni hozir birdan hayolimga keltirdimu yuzimda tabassum paydo bo’ldi, albatta qotillik kulgili ish emas, lekin (😁) ……… lekin, bu erda kulgili narsa voqeaning o'zi emas menga balki mening ongimdagi adabiy parallel va strukturaning mukammalligini kashf etib hayratga tushdim. Raskolnikov o'zining "radikal qarori" bilan oddiy va zerikarli qonuniyatlarni buzib, o'zini o'sha "olomon" (Das Man) ichidan to'satdan sug'urib olmoqchi bo'ladi. Das Man ham juda qiziq Martin Heideggerning "O'limga qarab yashash" bo’yicha falsafasidan olingan. Xaydegger insonning kundalik hayotini ikki turga ajratadi: Haqiqiy bo'lmagan (Inauthentic) va Haqiqiy (Authentic)hayot. avtopilotda olomon bilan bir xil yashayotgan odam birdan o’z hayotini o’zi qurgisi kelib qolgan jarayonlar haqida yozgan. Raskolnikovga qaytsak, U boltaning bir zarbi bilan nafaqat kampirni, balki o'zining eski, muhtoj va passiv hayotini o'ldirmoqchi, bir soniyada "boshqa odam" bo'lib uyg'onmoqchi bo'ladi. Albatta bu radikal fikri uni manaviy o’likka aylantiradi. Balki haqiqiy qaytishi Sonya poyiga yiqilib yig'lagan soniyada sodir bo'lgandir.
Men hozir aynan sutsidni teskarisi shu birdan (abruptly)yashashni hohlab qolish haqida gapirmoqchiman, buning uchun sizga chiroq kerak. Hozir aniq eslay olmayapman lekin bir Koreys tilidagi sherda shunday jumla bor edi: “hona chirog’ining birdan yonishi ko’zimni og’ritdi” qabilida. O’sha she'rdagi personaj qorong'ulikda uzoq vaqt qolib ketgan bo’lsa, uning ko'zlari zulmatga, ya'ni o'sha men aytgan "yashashni istamaslik" va tushkunlik holatiga moslashib bo'lgan bo'ladi. To'satdan chiroq yonishi bu ong uchun shok holat. Chiroq birdan yonganida ko'zning qamashishi va og'rishi bu yorug'likning yomonligidan emas, balki yoruqlikning haddan tashqari ko'pligidan va ko'zning unga hali tayyor emasligidan dalolat beradi. Ruh uzoq vaqt och qolganidan keyin, to'satdan berilgan ulkan hayotiy energiyani bir vaqtning o'zida hamma yoqqa sochib yuboradi. Qorong'u xonada inson hamma narsani ko'ra olmaydi, lekin qorong’ulik xavfsizdek tuyuladi, chunki hech narsa o'zgarmaydi bir hil. Chiroq yonganda esa, xonadagi bor haqiqat tartibsizliklar ham, go'zalliklar ham birdan ko'rinib qoladi. Siz o'zingizni cheklab yashagan qoliplarni buzganingizda, chiroq yonadi va ichingizdagi barcha bostirilgan istaklar, hislar, hayotga bo'lgan chanqoqlik birdan yuzaga chiqadi. Hamma qanday yashashni biladi. Erta turish kerakligini lekin 2 gacha joyidan ko’tarila olmaydi, yugurish kerakligini lekin o’rnidan turib ko’chaga chiqa olmaydi, to’g’ri ovqatlanish kerakligini lekin baribir sigaret chekadi, qattiqroq harakat qilish kerakligini lekin bo’yradek bir stolda 10 yil o’tiradi, aynan shu paytda sizga chiroq kerak. Xo‘sh, insonni bir soniyada radikal uyg‘otib yuboradigan bu chiroq hayotda nimalar shaklida namon bo‘lishi mumkin?
The bottoming out(pichoq suyakka taqalishi) kerak. Ba’zan chiroq bu inson chidashi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi azob nuqtasi bo’ladi. Inson ruhan shunday bir tubga tushadiki, undan pastga tushishning iloji qolmaydi. Oynaga qarab o’zidan jirkanadigan holatga keladi. Chiroq bir keskin harakat yoki bir o’lim bilan to’qnashuv yoki estetik shok, bir go’zallik bilan to'qnashuv bo’lishi mumkin. Chirog’ingizni toping.
3 263
Men hayoyinda uchratgan eng qo’rqinchli insonlar bu o’zlarini “eng yaxshi”man deb o’ylaydiganlar bo’ldi. Lekin nima bo’lgan taqdirda agar odamlarga yaxshilik qilsam, ular ham yaxshilik bilan javob qaytarishadi, deb ishonardim.
Lekin hayot menga buning aksini oʻrgatdi. Odamlar asliyati kim bomlsa shu bo’ladi.
Odamlar sizga qanday taʼsir qilishidan qatʼi nazar, baribir oʻz bilganidan qolishmaydi. nimaga ishonishni xohlashsa shunga ishonishadi va qanday istashsa shunday yoʻl tutishadi.
Kun yakunida esa (hamma narsa ayon boʻlganda), amallar soʻzlardan koʻra balandroq gapiradi, soʻzlarning esa koʻpincha hech qanday qiymati boʻlmaydi.
Va doim bir narsani esingizdan chiqarmang bazan 2 ta suhbatdan keyin qarshingdagi odamning ruhi bilan seni ruhing bog’lanmaganini sezasan shunda ham u odamni yonida bo’lishga harakat qilma, ruhingni charchatib qo’yasan.
3 263
Insondagi qobiliyatlar bir biriga qor parchalari kabi o'xshamaydigan xarhil. hamma xarxil sevadi, xarxil mehr beradi, har hil qayg'uradi, lekin yagona umumiy jihat bor. Shu jihat odamlarni biralshtirib turadi. Bu ularning bir-birlariga nisbatan xuddi „yirtqich hayvonlar“ kabi shafqatsiz boʻla olish qobiliyatidir."
3 263
Bir narsani yaxshilab uqtirib qo’yay: travma agar sizga irqiy, diniy, oilaviy uzoqda yo bog’lanmagan bo’lsa buni tushunish qiyin. Aslida uonimizdagi inson ichi to’lib travmasini aytib bersaham bezrayibgina qarab turamiz, quchishni o’rniga. Kitob juda katta muvaffaqiyat ekanligi Nobelni olganidan bilinib turipti aslida, yani albatta o’qish kerak. Bugun tahlil jarayonida Koreys millatiga mansub PhD boshlagan bir qizimiz ovozi bog’ziga tiqilib gapirolmadi va yig’lab yubordi. Bu 3ta narsani yorqin ko’rsatadi. Asar kuchli yozilgan bu bir, 1980 yilgi voqea va umuman bir dona insonni ustidan qotillik ham katta fojea bu 2, adabiyotshunoslar “yig’loqi” bo’ladi bu uch.
3 263
Ulug’bek Hamdamning “To’rtko’cha” asarida Andijon 2005 voqealari aks etgan ekan. 2024 nashrdan chiqqan. Qoyil🔥
3 263
Human Acts by Hang Kang
Etibor bersam hamma kitobxonlar bir asarga taqriz yozsa faqat maqtab yozarkan yoki syujeti “shunaqa” deb yozib qo’yadi, hayronman yo ular shunchaki “o’qildi” deyish uchun o’qiydi yo umuman yuzaki o’qiydi, chunki sizda har doim “if” degan tanqidiy yondashish bo’lishi kerak garchi asar Nobel olgan bo’lsada.
Human Acts haqida maqtasa olqishlasa bo’ladigan detallar nixoyatda ko’p. Lekin meni savolim shundan iboratki, oddiy havaskor o’qirman bu 1980 yil Koreaning Gwangju shahrida bo’lgan massacre yani qirg’in haqida o’qiganda etik tomondan nima qila oladi, rostan ham visceral tana qismlari, qon, tana, qalab tashlangan o’lik tanalarni tasvirini his qilib o’qiy oladimi, his qilgandan keyinchi?
Birinchidan textda vizual tasvir nihoyatda saturated yani visual og‘irlik bor. Misol uchun Hogarth nashrining 110 sahifasida victimni jinsiy o’latini askarlar majburlab chumolilarga 3 soat majburlab yedirgan tasviri bor. Bunga o’xshash tasvir „Tushda Kechgan Umrlar“ asarida ham mavjud faqat chumoli emas kalamush tasvirlangan. Muammo genital(jinsiy) qismda emas asli genital qismga hujum bu juda katta taqiq (as it is the most vulnerable and private part). Muammo shundaki butun asar bo’ylab yozuvchining "sovuqqonligi" ufurib turadi. (O’tkir Hoshimov umuman qovun tushurgan bu borada, u bu manzarani tarixiy fakt edi deb yozib ketgan, garchi tarixiy fakt bo’lsada muallif o‘ziga xos tarzda masofa saqlab qo’ygan, bu esa o‘quvchiga kitobni "tarixiy hujjat" sifatida yopib qo‘yish imkonini berib qo’yadi.
Hang Kangga kelsak asardagi bir nechta hikoyachilar va turli vaqt qatlamlari orqali qurilgani o’quvchini adashtirib tashlashi yoki siyosiy va tarixiy kontekstdagi subyektivlik yoki o‘limni, tananing parchalanishini va jasadlarni juda poetik va batafsil tasvirlashini tanqid qilsam kun kech bo’ladi. Men hozir faqat kitobni “quruq” ligi haqida shikoyat qilmoqchiman.
Hang Kang o’quvchini o’z holiga tashlab qo’ygan. Aslida Asarni ichida Hang Kang ham qahramonlar ichiga tushadi chunki yozuvchining bu qoʻzgʻolon bilan shaxsiy bogʻliqligi bor: u tugʻilib oʻsgan oila ilgari aynan Dong-xoning ota-onasiga sotilgan "xanok"da (anʼanaviy koreys uyi) yashagan boʻladi.
Yozuvchi qoʻzgʻolon boshlanishidan bir necha oy oldin Seulga koʻchib ketgan boʻlsa-da, uning otasi Gvangjudagi koʻplab doʻstlari bilan aloqani uzmagan edi. Lekin Kang hechqanday shaxsiy hulosalarini kiritmagan asarga, personajlarni ichki dunyosini ham juda minimal tasvirlagan. Hozirgi kunda Falastinda genotsit ketoyatgan bir vaqtda insonlar qonli maydon tasvirlariyu uzilib ketgan tana bo’laklariga “to’yingan”. Bu vaziyatda o’qirman “boshqa yurt dardi” deb hatto qonli tasvirlarini instagramda reelsni o’tkazganday o’tib ketishi ham mumkin. Balki bu subyektiv fikrini aralashtirmagani Hang Kangni yutug’idir chunki fikr qo’shish endi propogandaga aylanib ketishi mumkin. Yoki yozuvchini kuchli “men”i asardagi, o’qirmanni o’zini fikrini shakllantirishini to’sib qo’yishi mumkin. Menimcha Kang mana haqiqat ko’r deb o’zimizni vijdonimizga tashlab qo’ygan lekin bizda vijdon bormikin?
Savol nega bizda shu paytgacha Andijon 2005 yilgi massacre haqida bironta asar yo’q?
