Writer_minds
Open in Telegram
Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Show more3 250
Subscribers
+2524 hours
+1897 days
+1 39530 days
Posts Archive
3 259
Assalomu alaykum hammaga.
Shu joydan eson omon chiqib olsam, Yeonnam-dongs Smiley Laundromat va Can’t Hurt Me haqida gaplashamiz hudohohlasa😊❤️
3 259
“Oh, Nastenka! You know, we thank some people for merely living at the same time as we do. I thank you for the fact that I met you, that I will remember you for all my life.”
3 259
Behazil, intellektli odamlar sevishing. Uchrashuvga chiqqanda faqat tashqi ko’rinishiga qarayvermang.
Ko’rinish o’zgaradi, pul qadrsizlanadi. Intellekt esa muloqotni doim jonli saqlab turadi. Har bir suhbatda sizga yangi dunyolarni ochadi, fikrlashga undaydi, o’stiradi.
60 yoshda Uni xarakteri va aqli bilan yashaysiz, qomati yoki chiroyi bilan emas(agar 60 ga kirgizsa)
3 259
Manimchaa nimaga smile qoyganilani tushu dim instagramdagi restaran mavzusi esizga tushdi shekilli🤣🤣🤣
Romantikaniyam beliga tepdilaring😁
3 259
-Restoranga borishni hohlaysanmi?
-Sen bilan butun umr birga yashashni hohlayman, senga o’xshagan o'gil, o'zimga o’xshagan qiz tugib berishni, butun dunyoni sen bilan kezishni, sen bilan bir kunda o'lishni hohlayman. Restoranmi? Yoq restoranga borishni hohlamayman!
@writerminds
3 259
Absurd teatr bo’yicha “Waiting for Godot” (Godotni kutib) pyesasini sevaman❤️❤️❤️❤️
Bu asar o’zbekchada bor va Mutoalaxonada ham ko’rdim. Absurdismga tushunadiganla va qiziqadiganlar bu asarni o’qishingiz shart. Mukkamdan ketganman bu asarga chunki men ham siz kabi doim nimanidir kutaman va nimani kutayotganimni bilmayman…..
3 259
Eng sevimli asarim shunday boshlanadi: Maryam ilk bor haromi so’zini eshitganda 5 yosh edi.
O’zbeklarni bir gapidan nafratlanaman: “asli naslini surishtirdingmi?”
“Alkashni bolasi”, “foxishani qiz”,”shallaqi holasi bor”, “ammasiga tortadi baribir” bu tamg’alar bari manaviy tubanlik. Ota ona qilgan qilmishi uchun hechqachon bola javob bermaydi. Bola qanday oilada tug’ulishini o’zi tanlamaydi. “Alkashni bolasi” degan “farishtadan” bolgan tili tanglayinga yopishib qolmasligigada hayron qolaman. Farzand ota-onaning shaxsiy mulki yoki davomi emas, u mustaqil shaxs.
Ota-onasining yo'lidan yurmay, jamiyatga ulkan nafi tekkan, o'z mehnat va aqli bilan buyuk natijalarga erishgan minglab insonlar bor.
Aksincha ziyolilar oilasida tug'ilib, teskari yo'lga kirib ketganlar ham oz emas.
Maryam atigi 5 yoshida, hali dunyoni gunoh yoki ayb nimaligini tushunmaydigan yoshda "haromi" degan og'ir so'zni eshitishi va kattalarning xatosi natijasida dunyoga kelgani uchun butun umri davomida jamiyatning va hatto o'z otasining kamsitishlariga, sovuq munosabatiga chidashga majbur bo'lishi yangilikmas. Chaqaloq toza varoqdek dunyoga keladi deydida keyin “nasli nasabini surishtir” deydi, xristianmisan “original sin” ni “gunoh”ni halitdan yopishtirasan bolaga desang yo’q musulmonman deydi. Qayerda bor dinimizda insonning axloqi gendan o’tadi degan tushuncha?
Bu shunchalik tubanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyati qanchalik pastligini ko’rsatadi, yani ota onasi kim naslini surishtirdingmi deyish bu xuddiki so’rachi kechagi yomg’irni shu yog’diriptimi deyishdek gap. Xudomidi U? Kechagi yomg’irni u yog’dirmagan ekan, ota onasini ham u tanlamagan!
3 259
I confuse
people. I have a happy personality and a sad soul that keeps me up at 2 am.
I'm bold but shy. I love hard, but at times I feel heartless. I love being around people, but I'd rather be alone. I'm healing and hurting at the same time.
Dedicated to growth, but I know self sabotage too well. I'm still trying to find peace/balance after a lifetime of chaos.
3 259
Never Let Me Go(Meni hechqachon qo’yib yuborma) by Kazuo Ishiguro.
Spoiler bor 99 foiz
Kazuo Ishiguroning Never Let Me Go (Meni Hechqachon Qo’yib Yuborma) asarini bir yil deganda tugatdim. Aslida o’tgan yil asarni boshladim va cho’ntakka sig’ar qadar kichik nashrini sotib olganim uchun men bilan 20 martacha sumkamda sayr qilib keldi, lekin har safar ochganimda Kathy( boshqa qahramon)ning tuyg’ulari va fikrlari hatto sevgisi juda quruq eshitilaverdi. Asar o’rtasiga va nihoyat o’zimni majburlab ohiriga borganimda chaqmoq chaqqanday bo’ldi. Asar haqida googlega umuman qaramagan ekanman, rabbit hole qilib kovlab asar haqida bilib qo’yishdan qo’rqib hatto “introduction” yani kirish qismlarini ham o’qimayman odatda.
Hullas asar qahramonlari klonlar ekan, ilm fan va jamiyat ulardan organlarni sotuvchi klon yaratgan.
Bu menga o’z o’zidan sevimli asarim Frankenshteyn ni eslatdi. Ota onasiz tug’ulish va katta bo’lish, “inson” bo’lishga intilish, haqiqiy inson ekanligini isbotlashga urinish bu “yaratilgan” bechorahollarni birlashtirib turuvchi mavzular edi. Bitta farq bor Frankenshteyndagi yaratiq isyon qiladi, qasos oladi, vayron qilib tashlaydi lekin Ishiguro qahramonlari isyon qilmaydilar. Yozuvchi bunga javobi meni hayron qoldirdi: uning aytishicha siz aytayotgan isyon qilish faqat kitoblarda va kinolardadir balki, haqiqiy hayotda insonlar isyon qilmaydi, tarix bo’ylab insonlar bahtsiz turmushlarda, rasvo ishlarda yashab kelishadi, millionlab odamlar konlarda ishladi, millionlabi qul bo’ldi lekin isyon qilishni bilmadi va o’lib ketdi qabilida javob berdi.
Roman nomi juda go’zal: “Meni hechqachon qo’yib yuborma” . Bu bir qo’shiqdan olingan jumla: Kathy bolaligida bu qoshiqni notogri tushunadi: bolam(baby) meni hechqachon qoyib yuborma deb iltijo qilayotgan ona deb tushunadi, chunki Kathy hechqachon ona bola olmas edi.
Keyinchalik qo’shiq manosi u uchun biroz kengayadi: asar songida Kathy oz hotiralariga mahkam yopishadi “Ruthni yoqotdim, Tommyni yoqotdim, lekin ular haqidagi hotiralarni yo’qotmayman” deydi, bittagina mulki hotirasi qoladi. O’lim muqarraligini bilib yoki ajrashish muqarrarligini bilib “meni qoyib yuborma deyish” bu inson qanchalik ojizligini, hechqachon yetishib bolmaydigan baht bir biridan ayrilmaslikka bolgan fojeali “imkonsiz iltijo”dir. Shunchaki “Meni ushlab tur” deyish mumkin lekin sevgida iltijo qilinadi: Meni hechqachon qoyib yuborma…
3 259
Aqlli odamlar skeptik bo’ladi. Yani “to’g’ri javobni bilmasligi mumkin va buni ochiqchasiga tan oladi. Balki qayergacha bilish mumkinlik chegarasimi biladi. Overconfidence hani o’ziga nihoyatda ishonish ham “intellectual” odamlarda ko’rinmaydi.
Yuqoridagi kitobni do’stim maslahat berdi. Bugun kechgacha tugatib hulosa yozishga yo instagramda 2 minut “aqllilik” qilishga harakat qilaman:)
3 259
Yuqoridagilar to’liq kitob shaklida emas bazilari, kitobi kerak bo’lsa aloqaga chiqinglar topib beraman(harqanday nazariyani)
