en
Feedback
Writer_minds

Writer_minds

Open in Telegram

Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa

Show more
3 250
Subscribers
+2524 hours
+1897 days
+1 39530 days
Posts Archive
Kun ohirida menda savol tugildi: men ozimni hayotim bilan nima qilyapman? Hop atrof muhitni saqlash, ayollar huquqlari antrop
Kun ohirida menda savol tugildi: men ozimni hayotim bilan nima qilyapman? Hop atrof muhitni saqlash, ayollar huquqlari antropologiya Gayath Almadhoun Falastin dekolonizatsiya postructuralizm tur kofe damla qayt qil o’qishga ishga dars global southdansan fikring kichik nafisa fikring kichik stress ovqat qildingmi telivizorni ochir qizim dars kichik mitti cheksiz koinot intelektual investitsiya yaxshi bo’ladi hammasi rasmni qalay chizibman qara nega qaramayapsan uhla ertaroq Chakrabarty ontologiya good old days g’arbiy frontda o’zgarish yo’q 12:43

Allen Tete haqida adabiyotshunoslar eshitgandir. Nimaga ilm kerak chunki ilmsiz norm shoiram bo’lolmaysan, Tatedek kalla qo’y
+1
Allen Tete haqida adabiyotshunoslar eshitgandir. Nimaga ilm kerak chunki ilmsiz norm shoiram bo’lolmaysan, Tatedek kalla qo’yib tashlaysan. Shunchaki tasavvur qiling o’qing “Blue Girl” sherini. Endi tasavvyr qiling tepadan oynadan o’rta yoshli erkak yosh qizlarni kuzatib ular haqida sher yozyapti. “Suzuvchilar sheriga qarang “N” so’zini befarosatlarcha ishlatyapti. Auditoryamga bitta narsani bilishlarini sorardim, eshitayotgan o’qiyotgan hamma narsangizga tanqidiy ko’z bilan qarang: bizdan chiqayotgan shoirlarni ham sherlarini yaxshilab o’qisangiz bazilari yo pedofil bo’lib chiqadi yo misogynist, yo Gitlerni malayi bo’ladi

Jontemirni tel no’meri bo’lsa lichkamga tashlab qo’yinglar, iltimos.

Shoirlar she’r yozadi deb o’ylagandim, yo’q ular ayollarni chaynashni sevadi. Bazi sherlarini sevib o’qiganman bazi sherlariga qattiq tanqidlarim bor edi. Ke o’zimiznikilarni chaynamay deb gapirmasakanman. Ancha mard ekanman men

O’zimizga chiqisholmaydi, orqadan gapiradi.

Repost from DARVESHONA
Kallasi bo‘m-bo‘sh odamlar ko‘o‘o‘p uxlashadi. Kamiga ahmoq bo‘lsa, yanayam degan maʼlumot o‘qigandim. Endi bugun baxtsizlik sababi kam uxlashda degan gap eshitib blaaa dahshatli darajada baxtsiz ekanman deb qoldim. Bundanam battar baxtsiz bo‘lay. Tovuq kalla! Uyquni baxtga aloqasi yo‘q. Xay, tunda, uxlaganda ajraladigan garmonlar bor. Baxt esa boshqa. Tuni bilan uxlolmay eeeertalab, bitta jinni sheʼr yozib qo‘ysang, ana baxt! Bitta tentakni sog‘insang, Bitta odamga yaxshilik qilolsang, Harakatda bo‘lsang, O‘zing yeb, o‘zing hazm qilolsang, Hasad qilmasang, Sevolsang dushmaningni ham... ana baxt! Bittasi tirnog‘ing uzun, baxtsiz bo‘lasan, ichida shayton yashaydi degandi. Ha, tupoygina! Shayton tirnog‘imni emas, mani ichimda! Qonimda! Qonimizda! O‘sha bilan baxtliman-ku! Mazzadae

The_Body_Keeps_the_Score_Brain,_Mind,_and_Body_in_the_Bessel_van.pdf5.82 MB

Bugun o’zlik bo’yicha Life writingga(Hayot haqida yozish) yopiq kanalga qo’shilish uchun ohirgi kun, chunki yakshanbagacha kanaldagi materiallarni o’qib tugatishingiz kutiladi. Iltimos, to’lovni o’ylab yakshanbagacha kutmang.

Voice message01:57

«Oʻzlik»ni qanday qurishni oʻrganamiz. Koʻpchilik avtobiografiya yoki shaxsiy esse yozishni shunchaki xotiralarni qogʻozga tushirish deb oʻylaydi. Lekin dunyo adabiyotida “Life Writing” bu intellektual va nazariy san’at hisoblanadi. 🎓 “LIFE WRITING” Jahon standarti boʻyicha (Bakalavr qisman) Master & PhD darajasidagi intellektual kurs! Oʻz tajribalaringiz, xotiralaringiz va shaxsiyat qirralaringizni zamonaviy adabiyot va nazariya darajasiga olib chiqishni xohlaysizmi? Bu kurs Gʻarb universiteti magistratura (Master) va doktorantura (PhD) darajasida oʻtiladigan Life Writing fanining toʻliq dasturini qamrab oladi. 📌 Nimalarni oʻrganamiz va tahlil qilamiz?Selfhoods (Oʻzliklar): Encounter, Memory, Archive (Saidiya Hartman, Joan Didion, Svetlana Alexievich) • Beyondhoods (o’zdan tashqari oʻzlik): Empathy, Translation, Transformation (Sara Ahmed, Gloria Anzaldúa, Paul B. Preciado) • Alter-Selves (Oʻzga oʻzliklar bu eng qiziq mavzu instagramda eslasangiz Alter-ego yani ichingizdagi ikkinchi self haqida gapirgandim): Epistemology, Kinship, Collectivity (Amitav Ghosh, Donna Haraway, Alexis Pauline Gumbs) 🚀 Kursning asosiy maqsadi: Sizga faqat matn yozishni emas, balki bugungi kunda jahon adabiyoti va tanqidchiligida nima TRENDDA ekanligini, matn ortidagi nazariy freymvorklarni va konseptual fikrlashni oʻrgatish. Yoziladigan Matn Turlari (Genres & Formats) Oʻquvchilar oʻz hayotiy tajribasini quyidagi shakllarning birida yoki ularning aralashmasida (gibrid) shakllantirishadi: Autotheory (Avtonazariya): Shaxsiy hayotiy voqealarni murakkab nazariyalar (biopolitika, ekologiya, arxiv nazariyalari) bilan chatishtirib yozish. Experimental Memoir (Tajribaviy memuar/xotira): Anʼanaviy xronologik xotira emas, balki parchalangan (fragmented), shakli va vaqti oʻzgaruvchan xotira matnlari. Speculative / Archival Narrative (Arxiv va gipoteza matnlari): Yoʻqotilgan, arxivda saqlanmagan yoki aytilmay qolgan tarixiy va shaxsiy xotiralarni badiiy qayta tiklash (Saidiya Hartman uslubida). Testimony va Reportaj: Guvohlik berish, hujjatli va etnografik kuzatuvlarga tayangan shaxsiy hikoyalar. Epistolary / Prose Poetry (Maktub yoki nasriy sheʼriyat shaklidagi matnlar): Insho va sheʼriyat, xat va esse oʻrtasidagi chegarasiz matnlar. 🧠 Kimlar uchun? Akademiklar, adabiyotshunoslar, yozuvchilar, tarjimonlar hamda oʻzining intellektual salohiyatini yangi bosqichga olib chiqmoqchi boʻlganlar uchun. Jiddiy mehnat va analitik fikrlash talab qiladi. 📩 Roʻyxatdan oʻtish: @abdusattarovanafisa

Kuz plot twistlarga boy ya’ni kutilmagan burilish. Hayotizda malum bir muddat bo’ladi mafaqat hayotda balki bir yilni o’zida. Men sizga 2026 ni plot twistini taklif qilmoqchiman, albatta talanga ko’ra. Menga ikkita mazmundagi talab tushdi: 1) Yozish bo’yicha kurs (IELTS writing emas, badiiy yozish) 2) Badiiy matn tahlili bo’yicha kurs Ikkisi boyicha ham shablon tuzdim, chegaralangan auditoriyaga zoom orqali hayotimda olgan eeeeng qimmat ilmlarni ulashmoqchiman, faqat niyati jiddiylargina shaxsiyga murojat qiling. Hozir Life Writingni shablonini tashlayman. Qisqa tavsilotini o’qib jiddi jahd qilsangizgina to’liq jadval va kitoblar sizga tashlab beriladi, agar ingliz tilini bilmasangiz havotir olmang tarjima qilinadi hamma nazariya va tushunmagan narsangiz zoomda tushuntirib beriladi.

Laylakni yurishini qilaman deb chumchuqni puti yirtilganakan” degan gapni yaxshi ko’rardim Yulduzli Tunlar asaridagi. Lekin buni qo’lidan kemagan ishga chiranib eshib qoyganlarga nisbatan ishlatardim. Hozir o’zimni putim yurtilib o’tiribdi, o’lay agar hechkimga o’xshamoqchimasiydim, prosta ikkita zinani bitta qilib sakramoqchiydim😁 Put*panja o’rtasidagi yupqa parda

Aytaymi qanday insonlarga havas qilaman, unchalik ham chuqur o’ylamaydigan insonlarga, yuz va tondagi o’zgarishni sezmaydigan insonlarga, insonlarni terisini orqasidan ichini ko’rmaydigan insonlarga, tez yo’rg’alab ketadigan unutuvchan insonlarga, yostiqqa boshi tegishi bilan uhlaydigan insonlarga, terisi qattiq insonlarga. Hamma narsani eplay olaman lekin tepadagi narsalarni yillab harakat qilib ham o’zgartira olmadim, qon bilan kirganga o’xshaydi.

Stoner asarini orqasida yozilgan tarif: “William Stonerni hayotini Ingliz tili adabiyoti seminari o’zgartirib yubordi” Asli Qishloq xo’jaligi sohasida o’qishga kirgan Stoner sohasini adabiyotshunoslikka o’zgartirib yuboradi. Asar Stonerning yoshlik chog’idan o’limigacha bo’lgan hayotini nixoyatda boy til bilan yoritib bergan. Aslida asar Stoner haqida ham emas, goyoki yozuvchi qara hayot doim sen hohlagandek yoki kinolardagidek rang barang burilishlardan va ekzotikadan iborat emas, sen Buyuk Getsby emassan har Yakshanbada bazmlar uyushtradigan, balki manotonus hayot muvaffaqqiyatsiz turmush, zerikarli kasb, hudbin do’stlardan iborat bo’lishi va hatto kelishing qanday bo’lsa ketishing, o’liming ham shunday ahamiyatsiz ekanligini aytmoqchiday. Meni qoniqtirmagan bir sahna bor. Asarning eng muhim burilish nuqtasi Uilyam Stonerning adabiyotga bo'lgan sevgisi uyg'onishi va bu orqali butun hayoti o'zgarishi epizodi. Muallif ushbu hal qiluvchi epizodni Stonerning Archer Sloanning she'riyat darsida Shekspirning 73-sonli sonetini tushunib yetgan lahzasini yetarlicha chuqur va ta'sirli ochib bera olmagan. “Shekspir sizga uch yuz yil uyoqdan turib gapiryapti, eshityapsizmi uni?” “U sizga nima dedi” “Sonetni manosi nima?” Kabi savollariga Stoner “Bu shuni anglatadiki…” deb so’zini davom ettira olmay qoladi. Va yozuvchi uyog’iga ham qahramonni ichki kechinmalari va sonet haqida nimani his qilganligini tariflash o’rniga “show, dont tell” yani “ko’rsat aytma” qoidasiga amal qilib uni faqat tana tilini tasvirlash bilangina cheklanadi. Qani ichki manolog, Qani “portlash”, qani “aha moment” , qani “O’lik shoirlar jamiyati”dagi singari adabiyot bu hayot mamot masalasi kabi undalma. Bu ruhiy transformatsiyadan ko'ra, shunchaki xronologik fakt kabi bayon etilgan. Mayli qahramon ichki manolog uchun lug’at boyligi yo’q deylik chunki u oddiy fermer oilasidan chiqqan va amaliy mehnatdan boshqasini bilmaydi lekin Professorimizchi ? Nima u daladagi qo’riqchimi? Sohasini o’zgartirganini o’zi sababini anglab yetmagan Stonerga qarab professor “Siz adabiyotni sevasiz” “siz o’qituvchi bo’lasiz” deb “tashxis” qo’yadi. Lekin bu xulosa Stonerning o'z tajribasidan, iztirobli izlanishlaridan kelib chiqmaydi, balki begona odamning so'zi sifatida beriladi. Shekspirni sonetiga keladigan bo’lsak u butun Stonerni hayoti va asarga foreshadow yani oldindan ochilgan karta edi. Asarning qolgan qismida Stoner adabiyot uchun barcha narsasidan mansab, oilaviy xotirjamligidan voz kechishga tayyor inson sifatida ko'rsatiladi. Ammo uning qalbidagi bu buyuk muhabbatga asos solgan birinchi dars epizodi bu qurbonliklarning masshtabiga mos kelmaydi. Bu quruq tasvir va sovuqqonlik asar dramaturgiyasida sezilarli bo’shliq bo’lib qolgan. Savol ochiq qoldiraman nega Stoner adabiyotni tanlagan yoki umuman nega bir turfa insonlar gumanizm sohasini tanlaydi?

경수대로692번길 2.m4a1.55 MB

Mini_Philosophy_A_Small_Book_of_Big_Ideas_Jonny_Thomson_2021_Headline.pdf2.79 MB

In my shoes, just to see What it's like, to be me I'll be you, let's trade shoes Just to see what it'd be like To feel your pain, you feel mine Go inside each others' minds Just to see what we'd find Look at shit through each others' eyes Eminem

Men sizni KATTAligingizni “nimani his qilishingiz va “nimani boshqalarga his qildira olishingiz” bilan o’lchayman. Bir kimdir keladida do’st asli bunaqa bo’ladi deydi, yana kimdir qara sevgi mana asli deydi kimdir qara onalik bu, qara otalik bunaqa bo’ladi deydi yani doʻstlik, sevgi va ota-onalikning haqiqiy mezonlari o’zgartirib tashlaydi. Endi sen bu tuygularni eng “top”ini bera oladigan insonni yoki shu tuygularga to’la insonni ko’rganingdan keyin boshqalar senga “ilimiliq” bo’lib qoladi. Naqadar ajoyib o’zing ko’ra olmagan taraflarni boshqalar ko’rishi va buni ayta olishi aytsam “pasayib” “kamayib” qolaman deyish yo’qligi, bu zo’r bo’lib ketadi deyish yo’qligi. Qanchalar katta yurak bilan yashaydi bu odamlar. Ular tanadangina emas yuraklar iborat. Ularda et emas venalar, ularda go’sht emas qalblar bor. Yani bir do’stim bor men bilan kulib men bilan yig’laydigan, do’stimda men dostlikni cho’qqisini ko’raman boshqa do’stlarimni ham qadrlayman albatta lekin ularni ustidan soya solib tashlaydi bu qiz katta yuragi bilan. Sevgida ham shunday bizni sevganlar kop lekin bittasi bor hammasiga soya solib qoyadi. Onalik shu ekanda deb katta bo’lasan daxshatli koinotdek onalarni ko’rasan otalik shu ekanda deysan asli akvariumdagi baliqcha bulasan va Iso masixdek otalarni ko’rasan. Bu saxiylik bu bag’rikenglik ham sadaqaga o’xshaydi, ularda ham bergan sari mehri ko’payib, go’zalligi ortib boraveradi. Bitta xavf koraman ushbu “mezonlashda”, yani quyoshni ko’rdim, endi chiroqlar xira ko’rinina boshlaydi.

Bir odamni maqsadlarini aniqlash qiyin emas “kumir”ini “role model” “havas qiladiga kishisi” kimligini so’rang. Va o’sha “influencer” ga qarang, qanday fikrlaydi, ro’parangizdagini fikrlash chegarasi o’sha joyga qadar, qanday o’zini tutadi, shu tutish eng yuqori shkalada u uchun, oilasi qanday, shunday oilani havas qiladi va hakazo

Samuyel Bekketning fikrlash tarzi sizni shiftga uzoq muddat termultirib qo’yadi. Uning iboralarida ortiqcha balandparvozlik yoki soxta tasalli yoʻq, minimalizmni boplaydi yani. Bir minutlik teatri bor “Nafas”(Breath) nomli, shu asarni o’zigina uni dajoligini ochib bergan. Quyidagi satrlariga etibor bering: Poyon (ohir) bu toʻsatdan keladigan narsa emas; u allaqachon yetib kelgan, shunchaki hali toʻliq tugagani yoʻq..." Tugashni insonlar ko’pincha bir lahzalik deb tushunadi, to’satdan sodir bo’ladi deb o’ylaydi. Misol uchun o’limni, munosabatlar tugashini, loyihalar sinishi va hakazo. Lekin Bekketga ko’ra haqiqiy tugash ancha oldin boshlangan bo’ladi: mano tugashi, ishtiyoq tugashi, tuyg’ular tugashi. Siz “do’stim bilan otgan hafta urishib qoldim” deysiz, aslida Urush bu shunchaki bahona. Doʻstlik aslida bir yil oldin, suhbatlarda samimiyatini yoʻqotib, shunchaki rasmiyatchilikka aylanganda tugagan. Siz u bilan uchrashishni paysalga solganingizda, qoʻngʻiroqlarga javob bermaganingizda tugagan.Yani do’stlik allaqachon tugagandi, lekin uni tan olish va amalda toʻxtatish bir yilga cho’zilib ketgandi. Munosabatlarda ham shunday yakun birdan kelmaydi, allaqachon tugab bo’lgan bo’ladi faqat rasmiy tugamagan. Buni men oshqozondahi zardobga o’xshataman. Yani aytilmagan ginalar, ichga yutib ketilgan e'tirozlar va mayda hurmatsizliklar bir qarashda oddiy tuyuladigan "tomchilar" munosabatning ichki muhitini zardobday (kislotaning qiziloʻngachga tomchilab, kuydirishi) zaharlaydi. Zardob tomchisi teggan joyini achishtirib kuydiradi.Birinchi tomchiga koʻnikasiz, ikkinchisiga ham...Oshqozon devori oʻzini kislotadan himoya qiluvchi qatlamga ega. Zardob uzluksiz chakillasa, shu himoya qatlami yemirilib, yaraga (yazvaga) aylanadi. Bekket aytgan “tugash” shu. Allaqachon tugagan bo’lsada rasmiy tugashni kutish.