en
Feedback
Immunogenomic SamMU [RASMIY]

Immunogenomic SamMU [RASMIY]

Open in Telegram

Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazining rasmiy telegram sahifasi Web sayt:https://immuno-genomic.sammu

Show more
587
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-230 days
Posts Archive
⚡️Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari SamDTUning ko‘p tarmoqli klinikasi va universitet xuzuridagi markazlar fa
+6
⚡️Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari SamDTUning ko‘p tarmoqli klinikasi va universitet xuzuridagi markazlar faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Sunnatovich Imamov hamda Milliy antidoping agentligi bosh direktori Abdushukur Abdudjamilevich Sadikovlar joriy yilning 4-sentyabr kuni universitetning ko‘p tarmoqli klinikasiga tashrif buyurdilar.
Batafsil:👉https://www.sammu.uz/uz/news/2581871 🏛 SamDTU Matbuot xizmati Telegram | Instagram | Facebook

#OAV
Tibbiy ta’limda yangi talablar!
Spiker: JASUR RIZAYEV Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Telegram | Instagram | Facebook

#videolavha Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida Markaziy ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt

Repost from Zarnews.uz
СамДТУда Марказий илмий-тадқиқот лабораторияси ташкил этилди ——— SamDTUda Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etil
+5
СамДТУда Марказий илмий-тадқиқот лабораторияси ташкил этилди ——— SamDTUda Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/mn6s Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Instagram | Youtube

⚡️Markaziy ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi tashkil etildi Bugun tibbiyot taraqqiyotini zamonaviy ilmiy tadqiqotlarsiz tasavv
+9
⚡️Markaziy ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi tashkil etildi
Bugun tibbiyot taraqqiyotini zamonaviy ilmiy tadqiqotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, kasalliklarni erta aniqlash, ularning kelib chiqish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, individual yondashuv asosida diagnostika va davolash usullarini takomillashtirishda laboratoriya tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida Samarqand davlat tibbiyot universitetida yana bir muhim qadam tashlandi. Universitet huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida Markaziy ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi tashkil etilib, foydalanishga topshirildi. 👉 Batafsil 👈
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt

🌟🌟
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI REKTORI, Professor Jasur Rizayev "Bekat" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi.
🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

#Tabriklaymiz #Shukrona_kuni 2026-yil 20-iyul, haftaning dushanba kuni. Bugun, Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilm
#Tabriklaymiz #Shukrona_kuni 2026-yil 20-iyul, haftaning dushanba kuni. Bugun, Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, iste'dodli shifokor, jonkuyar tashkilotchi, samimiy inson KUBAYEV AZIZ SAYDOLIMOVICHning shukrona kuni! Aziz Saydolimovich, tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Doimo sog‘-salomat bо‘ling, baxt, saodat va omad hamisha sizning hamrohingiz bо‘lishi tilakdoshimiz! Kelajakdagi xayrli ishlaringizda fayzu-baraka va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bо‘lsin!                             Hurmat bilan, SamDTU  jamoasi

#Tabriklaymiz #Shukrona_kuni 2026-yil 20-iyul, haftaning dushanba kuni. Bugun, Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilm
#Tabriklaymiz #Shukrona_kuni 2026-yil 20-iyul, haftaning dushanba kuni. Bugun, Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, iste'dodli shifokor, jonkuyar tashkilotchi, samimiy inson KUBAYEV AZIZ SAYDOLIMOVICHning shukrona kuni! Aziz Saydolimovich, tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Doimo sog‘-salomat bо‘ling, baxt, saodat va omad hamisha sizning hamrohingiz bо‘lishi tilakdoshimiz! Kelajakdagi xayrli ishlaringizda fayzu-baraka va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bо‘lsin!                             Hurmat bilan, SamDTU  jamoasi

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro hamkorlik – ilm-fan taraqqiyotining muhim omili 📌 Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoy Xalq
+3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Xalqaro hamkorlik – ilm-fan taraqqiyotining muhim omili
📌 Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Sian Jaotun universiteti (Xi’an Jiaotong University) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mexmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori professor A.S.Kubayev kutib oldi. Tashrif doirasida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro grantlarda ishtirok etish, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlarning akademik almashinuvini kengaytirish, shuningdek, tibbiyot, biotexnologiya, genomika, immunologiya va innovatsion tibbiy texnologiyalar sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Sian Jaotun universiteti 1896-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning eng nufuzli tadqiqot universitetlaridan biri sanaladi. Universitet ilmiy salohiyati, zamonaviy laboratoriyalari va xalqaro hamkorlik dasturlari bilan dunyo miqyosida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan.
✅ Shuningdek, mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi faoliyati, jumladan ilmiy tadqiqot ishlari hamda xalqaro grantlardagi faol ishtiroki bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, yuqori reytingli xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. ✅ Ushbu tashrif Samarqand davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yangi imkoniyatlarni yaratish hamda jahon ilmiy hamjamiyati bilan integratsiyani yanada kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt

⚡️27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni! Sana munosabati bilan barcha soha vakillarini tabriklaymiz!
⚡️27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni! Sana munosabati bilan barcha soha vakillarini tabriklaymiz! Telegram | Instagram  | Facebook

#Prezident_tabrigi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik — Поздравление работникам печати и средств массов
#Prezident_tabrigi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrikПоздравление работникам печати и средств массовой информации 🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook

+8
📌Maktab o'quvchilari o'rtasida Kimyo fanidan "Hokim olimpiadasi" o'tkazildi Joriy yilning 24-iyun kuni "Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi" shiori ostida Samarqand davlat tibbiyot universitetida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Viloyat hokimi" fan olimpiadasi tashkil etildi.
Olimpiadaning adolatli va shaffof tarzda o'tishi nazoratga olingan bo'lib, o'quvchilarning ota-onalari uchun ham kuzatuv xonalari tashkil etildi.
Yakunda g'olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirandilar.
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt

🟠🟠🟠🟠 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda yuksak natijalarni qayd etdi! 🥰😇🥰Times Higher Educ
🟠🟠🟠🟠 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda yuksak natijalarni qayd etdi!   🥰😇🥰Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egalladi.  
📊Universitetning asosiy ko‘rsatkichlari: ✔️SDG 3 – Sog‘liq va farovonlik82-o‘rin ✔️ SDG 4 – Sifatli ta’lim101–200-o‘rin ✔️ SDG 17 – Maqsadlar uchun hamkorlik201–300-o‘rin ✔️ SDG 1 – Qashshoqlikka barham berish301–400-o‘rin ✔️ SDG 5 – Gender tengligi301–400-o‘rin ✔️ SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar401–600-o‘rin
  🏆 Umumiy THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyo universitetlari orasida 301–400-o‘rinlar guruhidan joy oldi.  
Mazkur natijalar universitetning nafaqat xalqaro maydondagi nufuzini, balki mamlakat miqyosidagi yetakchi o‘rinlarini ham tasdiqladi.   🙄 O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 6-o‘rinni egalladi; 🤓 Respublikadagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  
Ushbu yutuqlar universitetda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash, xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro e’tirofidir. 🏛SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

⚽️⚽️⚽️⚽️ 🇺🇿O'ZBEKISTON 1 - 1 KOLUMBIYA🇨🇴 ⚽️ | Fayzullayev 60' 🏛 SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook

🎥 TARIXIY OʻYIN BOSHLANDI 🎥 🌍Jahon chempionati | 1-tur 🇺🇿O'ZBEKISTON - KOLUMBIYA🇨🇴 Olgʻa Oʻzbekiston! Bizga qoʻshiling
+5
🎥 TARIXIY OʻYIN BOSHLANDI 🎥 🌍Jahon chempionati | 1-tur 🇺🇿O'ZBEKISTON - KOLUMBIYA🇨🇴 Olgʻa Oʻzbekiston!
Bizga qoʻshiling va milliy terma jamoamizni birgalikda qoʻllab quvvatlang!
🏛 SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook

🌍⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️🌍 ⚽️ Tarixiy o'yinni biz bilan tomosha qiling! 🌍Jahon chempionati | 1-tur 🇺🇿O'ZBEKISTON - KOLUMBIYA🇨🇴 🗓
🌍⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️🌍 ⚽️ Tarixiy o'yinni biz bilan tomosha qiling! 🌍Jahon chempionati | 1-tur 🇺🇿O'ZBEKISTON - KOLUMBIYA🇨🇴
🗓 18-iyun, soat 06:30 da 🗺 SamDTU Morfologiya binosi katta majlislar zali (🔴jonli efir)
🇺🇿 Milliy terma jamoamizni birgalikda qo'llab quvvatlaymiz!!! 🏛 SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook

⚡️XALQARO MAYDONDAGI YANA BIR ULKAN YITUQ! Universitetimiz talabalari Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro kim
+9
⚡️XALQARO MAYDONDAGI YANA BIR ULKAN YITUQ! Universitetimiz talabalari Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro kimyo olimpiadasida yuksak bilim, iqtidor va salohiyat namoyish etib g‘oliblar safidan munosib o‘rin egalladilar. Joriy yilning 29-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, professor Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna rahbarligida I.M.Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universitetida “Organik kimyo” fanidan o‘tkazilgan XI xalqaro olimpiadada qatnashib g‘olib bo‘lishdi.
Olimpiadada talabalarimiz 5 bosqichdan iborat topshiriqlarni a'lo darajada bajarib, guruh hisobida eng yuqori ball to‘plashdi va universitetimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, olimpiada g‘olibi diplomlari bilan taqdirlandilar.
Olimpiadada qo‘lga kiritilgan yuqori natijalar Samarqand davlat tibbiyot universitetida ilm-fanga qaratilayotgan e’tibor va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iqtidorini ro‘yobga chiqarishda olib borilayotgan ishlarning yorqin dalilidir.
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt

🔴 📝📝📝📝📝📝📝 ❗️Ayrim doktorantlarga oshirilgan stipendiya to‘lanadi
✅ “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–98-son, 26.05.2026 y.) qabul qilindi.
📆 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1 sentabrdan Davlat budjeti hisobidan tayanch doktorantura va doktorantura (doktorantura)da kadrlar tayyorlashda: 📊doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar (ustuvor ilmiy ixtisosliklar)ga ajratiladi; 📈differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya to‘lanadi; 📌ustuvor ixtisosliklarga qabul qilinganlarga tadqiqot ishida zarur asbob-uskunalar xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ doktorant tahsil olayotgan tashkilotga yo‘naltiriladi; ➡️tayanch doktorantura bosqichining 1-o‘quv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va ma’lumotlar tahlili kabi fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi. ✅ Ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmog‘ida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega bo‘lish talabi joriy etiladi. ⛔️Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda tegishli fan yo‘nalishlarida milliy sertifikatga ega talabgorni mutaxassislik fani bo‘yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi.
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt

#chempulse_2026 📌Samarqand davlat tibbiyot universiteti va universitet huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi bilan talabalar, tadqiqotchilar va yosh innovatorlarni tibbiy kimyo, innovatsiyalar hamda kelajak sog‘liqni saqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan CHEMPULSE 2026 — Tibbiy kimyo va startap loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt

❗️❗️❗️❗️❗️ 🧬 CHEMPULSE 2026 — Tibbiy kimyo va startap loyihalar ko‘rgazmasi 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba
❗️❗️❗️❗️❗️ 🧬 CHEMPULSE 2026 — Tibbiy kimyo va startap loyihalar ko‘rgazmasi 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalar, tadqiqotchilar va yosh innovatorlarni tibbiy kimyo, innovatsiyalar hamda kelajak sog‘liqni saqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy forumda ishtirok etishga taklif etadi. 🔬Ilmiy loyihalar 💡Startap g‘oyalar 🌍Xalqaro hamkorlik 🧪Tibbiy kimyo va innovatsiyalar
📆 2026-yil 25-may ⏰ Soat 11:00 📍Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi binosi
bizni kuzating
✈️Telegram 📷Instagram 📒Facebook 💱Web sayt