PARKENT24 | TEZKOR XABARLAR
Open in Telegram
PARKENT24 - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! ⚡Reklama xizmat: @toshkentreklama_admin 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Show more753
Subscribers
-524 hours
-117 days
-5130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '260
in 0 channels
August '26
+2
in 0 channels
Get PRO
July '260
in 0 channels
Get PRO
June '26
+3
in 0 channels
Get PRO
May '26
+4
in 0 channels
Get PRO
April '260
in 0 channels
Get PRO
March '260
in 0 channels
Get PRO
February '26
+29 839
in 0 channels
Get PRO
January '26
+2
in 0 channels
Get PRO
December '25
+3
in 0 channels
Get PRO
November '25
+1
in 0 channels
Get PRO
October '25
+1
in 0 channels
Get PRO
September '25
+3
in 0 channels
Get PRO
August '25
+3
in 0 channels
Get PRO
July '25
+5
in 0 channels
Get PRO
June '25
+11
in 0 channels
Get PRO
May '25
+2
in 0 channels
Get PRO
April '25
+1
in 0 channels
Get PRO
March '25
+1 804
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
💬 Aloqaga qiynalayapsizmi?
@AloqachiBot orqali o‘zingizning aloqa botingizni bir necha daqiqada yaratishingiz mumkin.
Bot orqali foydalanuvchilar sizga yozadi, siz esa shaxsingizni oshkor qilmasdan bot orqali ularga javob berasiz.
⚙️ Qulay sozlamalar
👥 Qo‘shimcha administratorlar
📱 Telefon raqamini majburiy yuborish imkoniyati*
💬 Xabarlarni qulay boshqarish
Aloqachi Bot — siz va auditoriyangiz o‘rtasidagi qulay aloqa.
👉 @AloqachiBot
| 2 | OPENBUDGET GA OVOZ YIG’IB BERAMIZ.
Tezkor ovoz* yig’ishga yordam beramiz.
Kimga ovoz kerak bo’lsa👉 @milliyteam_support | 5 |
| 3 | 📥 Видео юклаш учун энди каналларга мажбуран обуна бўлиш шарт эмас!
@CHOPQIR_BOT — Instagram, TikTok, Yotube ва бошқа платформалардан видеоларни тез ва осон юклаб олиш имконини беради.
🚫 Реклама йўқ
🚫 Мажбурий каналларга обуна йўқ
🤖 Энг қизиқ имконият — ўз ботингизни яратинг!
@CHOPQIR_BOT орқали ўзингиз учун алоҳида видео юкловчи Телеграм бот яратиб, ундан фойдаланишингиз мумкин.*
👉 @CHOPQIR_BOT | VIDEO YUKLASH | 365 |
| 4 | 🤖 OpenBudget uchun avto ovoz berish botini tayyorlab beramiz!
Namuna bot: @OpenBudgetOvozBerishBot
💰 Har bir muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ovoz uchun xizmat haqqi — 2 000 so‘m.*
🤝 Ko‘proq miqdorda foydalanadiganlar uchun alohida chegirmalar mavjud.
📩 Buyurtma va murojaat uchun: @zoirovs_admin | 394 |
| 5 | Ўзбекистонда банк карталари сони 75 миллиондан ошди
Жорий йилнинг 1-август ҳолатига кўра, муомаладаги банк карталари сони 75,7 миллион донага етган.
Йил бошида 430,8 мингта бўлган терминаллар сони 1-августга келиб 453,5 мингтага етган. Шу билан бирга, банкомат ва инфокиосклар сони 40,1 мингтадан 47 мингтага етган. Бу кўрсаткич 17,3 фоизга ўсган. | 499 |
| 6 | #Parkent_tumani
#Sayyor_qabul
⚡️ FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
📅 2026-yil 8-avgust kuni Parkent tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
🤝 Sayyor qabulda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi vakili hamda Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori ishtirok etdi.
📌 Qabul davomida fuqarolar ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy himoya, moddiy va ijtimoiy ko‘mak, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar.
🌿 Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va ularni qonuniy asosda etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Har bir fuqaro — e’tiborda!
#IjtimoiyHimoya #InsonMarkazi #Parkent #SayyorQabul #FuqarolarMurojaati #IjtimoiyXizmatlar | 576 |
| 7 | #Matbuot
#Press_anons
⚡️⚡️⚡️“PARKENT TONGI” GAZETASINING 2026-YIL 6-AVGUST SONI NASHRDAN CHIQDI
Batafsil👆👆👆
Bizni kuzatib boring:
PARKENT_TONGI_GAZETASI | 546 |
| 8 | #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
⚡️⚡️⚡️Parkent tumanida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
📍Bugun Parkent tumani hokimligida haftaning har payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvining navbatdagi soni tashkil etildi.
📌Mazkur uchrashuvda Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov, tuman prokurori Qahramon Mirsagatov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Qosimov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abduvali Maxmatov, Respublika ishchi guruhi vakillari, Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi, sektorlar rahbarlari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari hamda tumanning faol va tashabbuskor yoshlari ishtirok etdi.
📌Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
📌Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, ularni qiynayotgan muammolar hamda murojaatlar mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
📌Uchrashuvda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
📍Tadbir yakunida rahbarlar tomonidan yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda davlat va jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 703 |
| 9 | ⚡️⚡️⚡️Tumanimizdagi fermerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
📍Parkent tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 594- hamda 322-sonli qarorlari ijrosini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📌Yig‘ilishda Bosh prokuratura mas’ul xodimi Islom Ergashxo'jayev, Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov, tuman prokurori Qahramon Mirsagatov, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
📌Mazkur yigʻilish davomida qishloq xo‘jaligi sohasida qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi, tumanda chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, aholini sifatli arzon go'sht va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash hamda fermer xo‘jaliklari faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
📌Shuningdek, yig‘ilish davomida qarorlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
📌Yakunda fermerlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 580 |
| 10 | 🎰XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
🇺🇿“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri va bosh mutaxassislari, Parkent tuman prokurori, adliya katta maslahatchisi Qahramon Xaydarovich Mirsagatov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✔️Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — 2026-yilning birinchi yarim yilligida Parkent tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Parkent tuman prokurori Qahramon Xaydarovich Mirsagatovning axboroti tinglandi.
✔️Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan sessiya oldidan o‘tkazilgan deputatlik nazorati tadbirlari natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga savollar berilib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, mahallalarda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
✔️Yig‘ilish yakunida Parkent tuman prokurorining 2026-yilning birinchi yarim yilligida tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olindi hamda mazkur axborotni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.
🔂Shuningdek, yig‘ilish yakunida namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilinib, unda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish belgilandi.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
✅Telegram ✅ Facebook 🌐 Instagram
🇺🇿Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi axborot xizmati | 489 |
| 11 | #Qurilish
⚡️⚡️⚡️Parkent tumani hokimi Qoʻshchinor bogʻidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
📍Bugun Parkent tumani hokimi Elmurod Poʻlatov tumanimizdagi Qoʻshchinor bogʻi hududida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.
🔹Oʻrganish davomida obyektda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda hududni zamonaviy talablar asosida obodonlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
🔹Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 634 |
| 12 | 🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli ZIRH BOT uchun yangi Anti-Spam himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️ Yoqish: /antispam
⚠️ Eslatma: Funksiya hozircha BETA bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa, @zirh_support ga yozing.
➕ Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT | 468 |
| 13 | #Live
#Jarayon
#Mahallalarda_obodonlashtirish
Boyqozon mahallasida obodonlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda
📍Ayni damda Parkent tumani hokimi Elmurod Poʻlatov Boyqozon mahallasida boʻlib, aholi xonadonlarini ko‘zdan kechirmoqda.
📌Oʻrganish davomida mahalla aholisi bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, xonadonlar oldi, ichki ko‘chalar hamda hovlilarni yanada obodonlashtirish, ozodalikka rioya etish va yashil hududlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, mahalla hududini yanada fayzli va namunali maskanga aylantirish, aholi ishtirokida obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 361 |
| 14 | Сайёр қабулда аҳоли мурожаатлари тингланди
➡️ 2026 йил 25 июль куни Тошкент вилояти ИИББ Биринчи минтақавий мувофиқлаштириш маркази бошлиғи Ш.Х. Содиқова ҳамда Паркент тумани Ички ишлар бўлими бошлиғи Ж.К. Косимов томонидан туманнинг “Бўрсилиқ” МФЙ ҳудудида сайёр қабул ўтказилди.
Очиқ мулоқот давомида фуқаролар томонидан турли масалалар юзасидан мурожаат, таклиф ва муаммолар билдирилди. Ҳар бир мурожаат атрофлича ўрганилиб, уларни қонунчилик доирасида ҳал этиш юзасидан тегишли чора-тадбирлар белгиланди.
Сайёр қабул давомида жами 13 та мурожаат келиб тушди. Шундан 2 таси ички ишлар органлари ваколатига оид бўлиб, ижроси назоратга олинди. Қолган 11 та мурожаат ижтимоий ва бошқа соҳаларга тааллуқли бўлганлиги сабабли, кўриб чиқиш ва қонуний ечимини таъминлаш учун тегишли ташкилотларга йўналтирилди.
Бундай сайёр қабуллар аҳоли билан очиқ ва самарали мулоқотни таъминлаш, жойлардаги мавжуд муаммоларни ўз вақтида аниқлаш ва бартараф этиш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш ҳамда давлат органларига бўлган ишончни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 501 |
| 15 | #LIVE
#Jarayon
#Parkent_tumani
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar
⚡️⚡️⚡️Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov "Istiqbol'" mahallasida muloqot o‘tkazmoqda
📍Ayni damda Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan "Istiqbol'" mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
📌Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tomorqadan samarali foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
📌Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ichimlik suvi, elektr ta'minoti va yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
📌Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni tizimli hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilmoqda.
📌Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta'minlash Parkent tumanida izchil davom ettirilmoqda.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 360 |
| 16 | #Fuqarolar_qabuli
⚡️⚡️⚡️Tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
📍Bugun Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
📌Qabul davomida fuqarolar tomonidan qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari, subsidiya, kredit ajratish, suv ta’minoti hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📌Har bir murojaat mas’ul mutaxassislar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olindi.
📌Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammo hamda takliflarini tinglash, dolzarb masalalarga amaliy yechim topishga qaratilgan bunday qabullar belgilangan reja asosida muntazam davom ettiriladi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 357 |
| 17 | Yangi yoʻl belgilari oʻrnatish ishlari davom etmoqda.
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, transport vositalarini xavfsiz va tartibli harakatlanishi maqsadida Qiziltogʻ-Parkent yoʻnalishi boʻylab zamonaviy yoʻl belgilari oʻrnatilmoqda. Oʻrnatilgan yoʻl belgilari amaldagi yoʻl harakati qoidalari va belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiq joylashtirilgan.
Belgilar yuqori sifatli, yorugʻlikni qaytaruvchi (reflektorli) qoplamaga ega boʻlib, tungi vaqtda ham transport vositalariga uzoq masofadan aniq koʻrinadi. Mazkur yoʻl belgilari haydovchilarni yoʻl harakati sharoitlari, tezlik cheklovlari, ustuvorlik, ogohlantiruvchi talablari haqida o‘z vaqtida xabardor qiladi hamda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
Barcha yoʻl harakati ishtirokchilaridan oʻrnatilgan yoʻl belgilariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻrab qolamiz. Shuningdek yoʻl belgilarni oʻrnatgan maʼsul tashkilotga minnatdorchilik bildiramiz.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 567 |
| 18 | #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
⚡️⚡️⚡️Rahbar va yoshlar bir davrada
📌 Parkent tumanida yoshlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda kelajagi uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar olib borilmoqda.
📌 Har payshanba kuni o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Parkent tumanidagi Ixtisoslashgan maktabda navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
📌Unda tuman hokimi Elmurod Po‘latov boshchiligida tuman prokurori Qahramon Mirsagatov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti mas’ul xodimlari, tuman IIB boshlig‘i Jamshidbek Qosimov. tuman Yoshlar ishlari bo'limi hamda yoshlar ishtirok etdi.
📌 Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, kasb-hunar egallash, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
📌 Tadbir yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berilib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website | 595 |
| 19 | 🟠🟠🟠🟠
⚡️⚡️⚡️PARKENTLIK CHEMPIONLAR SAFI KENGAYMOQDA
“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichida Parkent tumani sportchilari yuksak natijalarni qayd etib, navbatdagi ulkan muvaffaqiyatga erishdi.
Shu munosabat bilan Parkent tumani hokimligida chempion sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov sportchilarni samimiy qutlab, ularning erishgan natijalari tumanimiz sporti uchun ulkan faxr ekanini ta'kidladi hamda kelgusidagi musobaqalarda ham ularga yangi zafarlar tiladi.
Ma'lumot oʻrnida aytish joyizki, para shaxmat bahslarida Xumora Karimova va Shaxzoda Mirxomidova barcha raqiblarini ortda qoldirib, Respublika chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, para stol tennisi musobaqalarida Asliddin Sirojiddinov yuksak mahorat, mustahkam iroda va g‘alabaga bo‘lgan qat'iy intilishni namoyon etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Marosim yakunida chempion sportchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mazkur yutuqlar sportchilarimizning tinimsiz mehnati, matonati va salohiyatining yorqin samarasidir.
Bu g‘alabalar Parkent tumani sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa sifatida muhrlandi.
Sportchilarimizni ushbu ulkan yutuqlar bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi nufuzli musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi chempionliklar va yuksak marralar tilaymiz!
Bizni kuzatib boring:
PARKENT_TONGI_GAZETASI | 483 |
| 20 | #qabul_vaqti
Har bir murojaat – e’tibor va amaliy yechim markazida
Parkent tumanidagi 29-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputati G‘afurjon Muhamedov hamda tuman hokimi Elmurod Po‘latov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar batafsil tinglanib, har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokamalar olib borildi. Murojaatlarni joyida hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning asosiy qismini uy-joy bilan ta’minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, imtiyozli kredit ajratish, davlat ko‘magi hamda boshqa ijtimoiy masalalar tashkil etdi.
Sayyor qabulda jami 21 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Shundan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Qolgan 12 ta murojaatning ijrosi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram | 16 |
