en
Feedback
Nigohlarda...

Nigohlarda...

Open in Telegram

Postlar Manba bilan olinsin!! Rek: @nigohlarda_reklama

Show more
2 797
Subscribers
-1724 hours
-967 days
-46330 days
Posts Archive
Kun kelib, Senga: "Qilgan qaysi amallarim mukofoti ekanligingni bilmayman. Ammo bilganim shu: Allohning karami keng. Qalbim qalbingga moyil bo'ldi.. Ruhim ruhingga.. Sen ila ekanligim mening eng go'zal taskinim bo'ldi. Bas, jannatgacha borar yo'limni faqat Sen ila bosib o'tmoqlikni niyyat qildim. "Meni senga, Seni menga muhabbatli qilgan Robbimga hamd" deyishlikni istayman Qalbim chechagi.

Hayotdan nolishdan avval – bevaqt uni tark etganlar haqida o’ylang. Juftingizdan shikoyat qilishdan oldin – qancha yigit qizlar oila qurishni orzu qilayotganliklari haqida o’ylang. Bebosh farzandingizdan xafa bo’lishdan oldin – farzandsizlikdan qiynalayotganlar haqida o’ylang. Tafakkur qiling, shukr qiling, siz uchun qadrsiz narsalarga qanchadan qancha insonlar mushtoq ekanini..

Erkaklarni seving. Sizning sevgingiz ular uchun juda zarur. Hatto ular buni hech qachon tan olmasalar ham. Har qanday buyuk erkakning ortida unga ishongan va chinakamiga sevgan ayol bor.

Qashshoqlik fojea emas. Hamma fojea ularga nisbatan kibrli boʻlishimizdadir. Kun keladi, ishoning u kun albatta keladiki kambagʻal boʻlmaganingizdan afsus nadomat chekasiz. U kun hech bir soya yoʻqligidan tanangizdagi oqqan terlar quloqlaringizgacha chiqqan kun... Qilajak ehsonlarimizdan u kun uchun kattaroq soyabon hozirlaylik azizlar!

Duo qilinsa ijobati tezroq boʻladigan vaqtlar: 1. Azon aytilgan vaqtda; 2. Qurʼon oʻqilgan vaqtda; 3. Kaʼbani koʻrgan vaqtda; 4. Yomgʻir yogʻayotganda; 5. Dushmanga yoʻliqqanda; 6. Zulm koʻrganda; 7. Duoni bardavom va ixlos ila qilinganda; 8. Farz namozini tugatganda; 9. Duo vaqtida Allohning nomlarini qoʻshishlikda; 10. Payshanbadan Jumaga oʻtar kechasi va Juma kunida; 11. Rajab oyining birinchi kechasi; 12. Shaʼbon oyining 15-kechasi; 13. Arafa kunida; 14. Ramazonning kecha va kunduzida; 15. Iftor vaqtida. Qachon va qayerda boʻlishidan qatʼi nazar duodan toʻxtamang. Zero duodan kuchli vosita yoʻq!

Er — oilaning rahbari. Lekin bu rahbarlik ishxonadagi rahbarlikdan farq qiladi. Ishxonada bir xodim xato qilsa, uni almashtirsangiz bo'ladi, ammo xotinni almashtirish uchun kichik xatolar sabab bo'lolmaydi. Shuning uchun oila rahbari kechirimli, marhamatli bo'lishi kerak. Bunday erni ayol ham sevadi, hurmat qiladi.

Ishq - Haqdan berilgan ilohiy neʼmat Chin oshiq sevadi ruhi oʻlguncha, Sevgi ham aslida goʻzal ibodat, Yolgʻon oshiq sevar nafsi qonguncha. Ishqiy qissalardan ochilmasin soʻz, Senla menga hayot berayapti dars, Allohimdan soʻrab birgina seni, Ruh bilan sevganman, aqlim bilanmas...

Qo’lda Qur’on emas, sharob to’la jom, Ishrat ko’prigi-yu, yo’lidan yurdik, Taqvomiz haloldir, ishimiz xarom, Rasulini sevmas ummatlar bo’ldik. Gunohlar dengizning ko’pigi qadar, Tavba qildim deya ming handon kuldik, Biz uchun yig’lagan, kuyingan zotni, Bir zum ham o’ylamas ummatlar bo’ldik...

Doim tabassum qilib yuradigan kishilarning yelkasida tashvishlari yo‘q deb o‘ylardim. Keyin bilsam, ularda ham tashvishlar bor-u, faqat ular tashvishlarini yelkalari ustiga olishmas, balki oyoqlari ostida bosib o‘tishar ekan. ©️ Mahbubiy

Doim tabassum qilib yuradigan kishilarning yelkasida tashvishlari yo‘q deb o‘ylardim. Keyin bilsam, ularda ham tashvishlar bor-u, faqat ular tashvishlarini yelkalari ustiga olishmas, balki oyoqlari ostida bosib o‘tishar ekan. ©️ Mahbubiy

Assalomu alaykum xammaga aktiv bo‘la olmayapman, post tashlab turgani odam kerak bormi talabgorlar? 😊

Charchasang, Qiynalsang, Shikoyatchi bo‘lsang, "Koshki"larga sig‘insang, So‘zni "ammo, lekin", deb boshlaydigan bo‘lsang, Ishq yo‘liga kirma... Hazrati Mavlono Jaloliddin Rumiy

Turmush ‐ olis bir yo‘l... Bu yo'lning turfa hil manzillari bor: Shodlik, baxt, boylik... Dard, qayg‘u yetishmovchilik... Kimningdir jufti qaysidir manzilda qolib ketadi... yana kimdir o‘z juftini tashlab, o‘zgani o'ziga hamroh tutadi... faqat eng sabrli sodiqlargina bu yo'lni birgalikda bosib o‘tib, so‘nggi manzilgacha birga qoladi...

Oila qurish - bu bir kunlik to‘yni el ko'ziga dabdaba bilan o'tkazish uchun bor kuch va imkoniyatini sarflash degani emas, balki o‘sha ga‘yrat shijoatni to'ydan keyin boshlanadigan hayotni to‘g‘ri yo'lga qo'yish, mustahkam va baxtli oila barpo qilish uchun sarf qilish degani...

Dang'illama uyda yashamasalar ham, sayru sayohatga bormasalar ham, turmush o'rtog'idan har bayram qimmatbaho sovg'alar, hashamatli guldasta olmayotgan bo‘lsalar ham baxtli yashayotganlar ko‘p. Baxt darajasi yoki sevgining kuchi moddiyat bilan o‘lchanmaydi... Bu narsalarni bari rizqdan, rizq esa Allohdan. Rizq hammada ham bir xil bo'lavermaydi.

Sabr qilsang ham taqdirda bori bo‘ladi, Ajr olganing qoladi. Besabrlik qilsang ham taqdirda bori bo‘ladi, Gunohkor bo‘lganing qoladi. Hazrati Ali roziyallohu anhu

Ne‘mat beruvchiga shukr qilish ham katta ne‘matdir... chunki shukr ila ne‘mat bardavom bo‘ladi. Ne'matning yo'qligiga chidashdan ko‘ra, boriga shukr qilish qiyinroqdir. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Baht nima men uchun aytaymi senga? Habar berolmasam havotir olsang. Keyin yaxshiman-u desam o‘zingga, Ishonmay yonimga kelgun
Baht nima men uchun aytaymi senga? Habar berolmasam havotir olsang. Keyin yaxshiman-u desam o‘zingga, Ishonmay yonimga kelguncha shoshsang... Baht nima men uchun aytaymi senga? Har qanday holatda yonimda turishing. Dard kelsa simirib, bahtga cho‘milib, Quvonch-u qayg‘uda birga bo‘lishing... Baht nima men uchun aytaymi senga? Mana shu dunyoda sening borliging. Mendan ham yaxshilar to‘lgan olamda, Faqatgina yolg‘iz menga yorliging...

Kanalga yaxshi qaray olmayapman sizlar postlar yoqyaptimi? 🌝

Meni lol qoldirgan hikmatlardan: Xato va gunohlar seni har qancha bulgʻamasin, Allohga qayta-qayta murojaat qilishda ikkilanma! Gunoh va maʼsiyat buluti ostidaligingda seni yashirib, gunohlaringni oshkora qilmagan Zot seni tavba qanoti ostida sharmanda qilib qoʻymaydi. "Hikmatlar"