en
Feedback
Shahzod Tursunov️

Shahzod Tursunov️

Open in Telegram

Fikrlarim va qiziqishlarim haqida postlar. Nemis tili blogim ; @shahzod_tursunov_de

Show more
3 989
Subscribers
-324 hours
-467 days
-10230 days
Posts Archive
35 yil muborak bo'lsin, Ona vatanim 🇺🇿 va OTA vatanim 🇹🇯 !!!

Kitob o’qishni odatga aylantirmoqchi bo’lganlar uchun Deyarli har oy kitob olaman, yani bir yilda 3, 4 marta olsam ham, oyiga
Kitob o’qishni odatga aylantirmoqchi bo’lganlar uchun Deyarli har oy kitob olaman, yani bir yilda 3, 4 marta olsam ham, oyiga 2 tadan o’qiyman deb - har bir oy uchun bittadan kitob olaman, lekin … , Ish va hayot tashvishlar bilan chalg’ib, kitob o’qish esimdan chiqib ketadi, orada 10, 15 kunlab o’qimayman, sababi kitob o’qishga imkon yo’qligi yoki ko’zga tashlanadigan joyda turmasligi. Shunga yechim izlab, ohiri kitobni yostiq ustiga qo’yishni va har kunu tongda o’qishni odat qilish to’xtamiga keldim - hozirda 35 kun bo’ldi, yaxshi ketyapti. Ba’zida 15, 20 sahifa o’qiyaman, kirishib ketsam, ba’zan esa atiga 3, 4 sahifa, lekin har kuni - yani har kuni o’qiyman, sababi kunimiz odatlardan iborat, hayotimiz esa kunlarimizdan - odat muhim, uzoq muddatda Uzoq muddatda bizga murakkab foiz effektini beradi ( compounding effekt ). Yani uzoq muddatda foydasini ko’rasiz, qisqa muddatda esa sezilmaydi, lekin foizlar oylar, yillar davomida to’planib boradi Kitob o’qishni odat qilish = Yostiqqni ustiga qo’yish )

U bo’lmasa, jaziramada nima qilardik, U bo’lmasa, terlab, pishib, xunob bo’lardik, U bo’lmasa, dod voy deb, oh voh uraradik,
U bo’lmasa, jaziramada nima qilardik, U bo’lmasa, terlab, pishib, xunob bo’lardik, U bo’lmasa, dod voy deb, oh voh uraradik, U bo’lmasa, parishon xotir bo’b, diqqat bilan ishlay olmasdik, U bizga, ayni damda, manashu jazirama havoda - juda kerak, judayam kerak. Shu kunlarda kimdan minatdorsan desalariz ?? Albatta - konditsionerni o’ylab topib, uni ishlab chiqarganlar va uni ishlatishga ruhsat berganlardan derdim. Bor bo’lsin, omon bo’lsin, ayniqsa hozir, shu kunlarda ))

Sayohat menga o’zligimni berdi, Aprel va may oylarida qattiq ruhiy toliqqandim, natijada bu ishimga ta’sir qildi va B2 o’quvc
+1
Sayohat menga o’zligimni berdi, Aprel va may oylarida qattiq ruhiy toliqqandim, natijada bu ishimga ta’sir qildi va B2 o’quvchilarim jabr ko’rdi. Dars o’tishga xohish yo’q, kuchli stress, ma’nosizlar va bir xillik, yani bir xil zerikarli hayot. Bir xillik sababi, o’rganishdan va o’zgarishdan to’xtab qolgandim. Hamma ishimni yig’ishtirib iyunda ta’tilga chiqdim. Sayohat qilish va o’zligimni yana topish uchun. Yagona maqsad shu edi. Rasmlarni bejizga tanlamadim, tanlashimni sababi bor. 1) Qora dengiz sohili, Batumi shahri quyosh botishi vaqtida olingan surat. Bu yerda o’zimdagi bor kamchiliklar va xatolarni tahlil qildim. Yani - o’zi qayga qarab ketyapman. Nima xato qildim, nega hozirgi holatimga tushib qoldim, pul deb o’zligimdan vos kechdimmikan, yo o’ylamasdan qaror qildimmikan Xatolarim, stressli hayoyim, og’ir ish kunim, o’zimga yoqmagan B2 va C1 dars o’tishim, hafa qilib qo’ygan yaqinlarim birma bir ko’z oldimdan o’tdi va boshida qattiq tushkunlikka cho’mdim, qorong’ulik qamrab oldi, xuddi najot yo’qdek, xuddi quyosh botadiyu enid qayta chiqmaydigandek, xuddi abadiy sukunatga cho’mgan qorong’u vodiydek qo’rquv aralash, g’alati hissiyot butun vujudimni qamrab oldi. 2) Tibilisi shahriga yaqin, Kazbegi tog’i, tushdan oldingi vaqt. Bu yerda ishonch paydo bo’ldi. Yashillik va go’zal tabiat xuddi hali imkon borku, hali nafas olyapsanku, hali harakat qila olasanku deb Umid uchqunlarini sochdi. O’zimga bo’lgan ishonch uyg’ondi. Ha kamchiliklarim, ha xatolarim bor, lekin bittama bitta ularni ustida ishlasam bo’ladiku, bu meni yanada kuchliroq qiladiku, bu ishimni sifatini oshiradiku degan Umid paydo bo’ldi. Oldin qo’rqardim, xatolarimni so’rashga, ularni shaxsiyatga bog’lab qo’yardim ( menman men, men zo’riman, men xato qilarkanmani, yog’a deb ). Sayohatdagi ishonch - menga xatolarimni topib, ularga xuddi Bir Topshiriq yo Vazifadek qarash kerak degan tiniq dunyo qarash, fikrlashni berdi. Yani menda xato bor, kel shu xatoimni o’zimni Shaxsiyatim sifatida emas bitta yaxshilanishi kerak Ish yo qilinishi kerak Vazifadek qarashga. Hozir o’quvchilarimdan xatolarimni so’rab bittama bitta yozib olyapman. Ularga rahmat aytaman chindan senzurasiz ochiq fikrlarini aytayotganlari uchun. Sababi ; o’quvchilarim qanchalik ochiq fikrini aytsa, menda o’sish shunchalik yaxshi bo’ladi. So’zim oxirida nima demoqchiman. Sayohat qiling, o’zligizni topasiz. Sayohat qilish uchun chetga chiqish shartmas, yani imkoniz bo’lmasa. O’zizni ona shahriz, qishlog’iz ham bo’laveradi. Muhimi - miyyani hozirgi monoton hayotdan uzish va boshqa rakursdan o’zizga o’ziz qarashiz ( meni fikrim bu, vaqt o’tib o’zgarishi tabiy, hozirgi holatimdan keb chiqqan fikrim ) Sayohatni targ’ib qilgan Bek Olimjon, Jamshidxon akalarga alohida rahmat aytaman.

Ruh uchun ozuqa olish uchun bugun ( kecha ) quyidagi 6 ta kitobni oldim. Kitob tanlash jarayoni 3 bosqichda bo’ldi va umumiy
Ruh uchun ozuqa olish uchun bugun ( kecha ) quyidagi 6 ta kitobni oldim. Kitob tanlash jarayoni 3 bosqichda bo’ldi va umumiy 4 soatu 30 minut vaqt oldi. Ovqatlanishga 40 minut vaqt, sport uchun 1 soatu 30 minut, kitobga kelganda bu sonlar 2 karraga ortdi Sabablari bor. Bugun o’zimni qoidamga amal qilgan holatda kitob tanlab oldim. Bunda quyidagi 3 ta boschiqga etibor berdim. Birinchidan - holat, yani meni vaziyatim, hozirgi holatda ruhiy ozuqaga muhtojman. Shu vaqtgacha deyarli doim ilmiy ommabop va shaxsiy rivojlanish haqida o’qib keldim. Endi ruhiyat uchun - klassik adabiyotga qaytdim Yani holatim - ruhiy ozuqa va shundan kelib chiqqan holatda bir necha mualliflarni tanladim Dostoyevskiy, Tolstoy, J. London, Gyugo va F. Kavka Ikkinchi bosqichda esa - tepadagi mualliflar kitoblarini to’pladim jami 25 / 30 kitob. Va shoshmasdan har bitta kitobni 2 sahifadan o’qib chiqdim. Bunda meni qiziqishimni tekshirib ko’rish uchun - qiziqishimni asosan Dostoyevskiy kitoblar tortdi yani o’ziga tortib ketti. Mazza qilib 2 sahifa emas bir necha safiha o’qib oldim va aniq amin bo’ldimki kitob menga, meni hozirgi holatimga mos kelarkan deb Uchinchi boschiqda esa - sotib oldim 😊. Hammasi tayyor. Endigi navbat esa xarid qilishga. Yo’lma yo’l metroda o’qib keldim. Hozir ham o’qiyapman. Rostdan ham o’ziga maxliyo etdi meni. Nasib qilsa iyun va iyul, avgust oyida har 6 ta kitobni o’qib tugataman. Mutoalada olgan yangi g’oyalar va fikrlar bilan bo’lishib turaman nasib qilsa. Ha aytgancha ; nemis klassikasidan ham bor menda, o’tgan yili Germaniydan olib kelgandim Tomas Mann va Franz Kafka ni asarlari. Ular bilan mix qilib o’qiyman nemis va o’zbek tilida. Xulosa o’rnida aytib o’tmoqchiman ; Kitob oling, iloji bo’lsa qog’ozli. Nega ? Kutibxona uchun. U nega kerak ? Muhit yaratish uchun. Muhit nega kerak ? Yaqinlar va farzandlar uchun. Ular uchun Kitoblar nega kerak ? O’zligini topish va ruhiy ozuqa olish uchun.

Bugun . . . , Yaqinlar bilan birga vaqt o’tkazish. Oshxonada - kelin oyilar va opa singillar, akalar bilan birgalikda ovqat, salat tayyorlash. Bir dasturxon atrofida mazza qilib, miriqib suhbat qilish va yaqinlar diydoriga to’yish. Bugun . . . , Yoshlikda chiroylil xotiralarni eslash va yaqinlar suhbati, taftidan rohat olish Azizlar Hammalarizga Edh al - Adha ( Qurbon Hayiti ) muborak bo’lsin.

Sevgini izlang, Avvalam bor o'zingizga bo'lgan, haqiqatdan seva oladi avval o'zini sevgan Sevgini izlang, Qiladigan ishingizga bo'lgan, dunyoni yaxshi qila oladi ishini sevgan, Sevgini izlang, Yoningizdagi insonga bo'lgan, haqiqatdan baxtli odamlar kimnidir sevgan, Sevgini izlang, Hayotimni uchdan biri izlanish, yolg'izlikdan so'ng eritish muzlarni, tozalash o'tmish qoldirgan izlarni, tinimsiz baxs so'zimga yuzlandim, Tanani qiynab har doim norozi, nechi bor semirib, nechi bor ozib, kerakmidi menga e'tibor o'zi . . . . Qaniydi o'tmishga qaytsam . . Konsta " Sevgini izlang - live orkestor " shoshmasdan, mulohaza qilib tinglang : Sevgini izlang Ishini sevganlar rostdan dunyoni yaxshi qila oladi, o'zini sevganlar rostdan ham boshqalarni seva oladi Men bilgan ishini sevadiganlar. Ohirgi 2 yildan beri kuzataman. Journalist O'tkir aka, kun uzda : Siyosiy muammolarni sa'nat darajasida yetkazib beradilar ; O'tkir aka qoillatadilar Mirshakar, Stand Uper, xayr . .loyihasi orqali bir nechta Saviyali Komiklar sahna ko'rdi va Xazillaram saviyali bo'lishni isbotlab berdilar ; Xayr shou Jamshidxon aka xujjatli ko'rsatuvlari orqali O'zbek adutoriyasini sifatli va foydali kantent qilyaptilar ; Sifatli kantent Teacher Azam ingiliz tilini mazza qilib, tabiy o'rganasiz, zamonaviy ruh ; Azam qahramoniy Bek Olimjon yozgan postlari orqali minglab insonlarni rivojlanishiga sababchi bo'lyaptilar ; Sport, o'rganish, sayohat Firuz akani blogida postlarini koni foyda - link Firuz akani menga yozgan Postlari Ayniqsa manashu podcastni 18 / 30 yoshdagilar bir ko'rib, mulohaza qiliylar - Shahzod maqsadingni to'g'ri qo'y Azam qahramoniy - Zafar Xoshimovdan so'radilar - Millioner bo'lish uchun nima qilish kerak deb ? - 🔗 link - podcast shu joyda 20:55 Javobi : Millioner bo'lish Siri I bilmayman, lekin bitta narsa aniqki - Ishingizni, qilayotgan ishingizni seving va chin dildan qiling - shunda kam bo'lmaysiz, baraka topasiz, milloner ham bo'larsiz Buni o'zim ham ko'p ko'rdim. Soham bo'yicha olsam ; kim qilayotgan ishini sevsa, chindan qilsa baraka topayapti ! Sevgini izlang. Avval o'zizga bo'lgan, keyin yaqinlarizga va qilayotgan ishizga. Konsta, bejiz aytmadi. Sevgini izlang. Ha - Avvalam bor o'zingizga bo'lgan, haqiqatdan seva oladi avval o'zini sevgan )

Nima qilyapsizlar ?

Suzishni boshlaganimga 3 hafta bo’ldi. Hozircha Yakshanba va Chorshanba kuni suzishga boryapman - ikki kun. Menda fundamentlar suzish tajribalari bor. Yoshlikda Sirdaryoda suzib, katta bo’lganman. Nega, nima uchun suzish kerak ? Sababi ; Suzish butun tana va tanadagi har bitta suyak va to’qimalar uchun foydali. Ayniqsa o’smirlar uchun. Hozirgi natijam : Dam olmasdan bittada 350 meter suza olyapman. Bu 7/8 minut vaqt degani. 60 minutda esa 1 km 500 meter suzdim Yil oxirigacha nasib qilsa ; Dam olmasdan 800 meter suzish - 20/23 minut. Bir soatda esa 3 km lik natijaga chiqmoqchiman va albatta Treyner bilan. Sababi o’zim chiqa oladigan eng yaxshi natijaga yetib kelyapman. Endi to’g’ri nafas olish va nafasni ushlab turish, tezlik, sekinlik va bir maromda uzoqqa suzishni o’rganishim kerak. So’zim oxirida pulni keraksiz - to’y xasham va xato xaridlarga emas, suzish va sog’liq uchun Investitsiya qiling ! Sog’lom bo’lsangiz - hammasi topiladi 😊 pul, mashina, o’sha siz xohlagan Turmush o’rtog’ ham 😎. Eslatma ; Suzishga qiziqadiganlar bo’lsa - Yakshanba va Chorshanba Toshkentda birga boramiz )))

Hammalarizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin !

4 yil oldin vos kechishga majbur bo’lgan orzuim tomon bugun ilk qadamni qo’ydim Oxirgi 6 yilda nimalar bo’lmadi deysiz - ko’p narsalar bo’ldi ; 4 ta davlatda o’zligimni topish uchun harakat qildim . Tojikiston - 18 yil, tojik tili va madaniyati , tojik tilim C2. Rossiya - 3 oy bo’lganman xalos, rus tilim A1. O’zbekiston - 3 yil, bu yil 4 chi yil ketyapti - ona tilim o’zbek, o’zbekman. Germaniya - 1 yilu 3 oy - nemis tili va madaniyati, nemis tilim Goethe C2 GDS. Xullas 4 ta davlat va 4 ta turli xil til, madaniyat - nasib endi 5 chisiga, yaqin kelajakda 4 yil oldin ikki oy ingiliz tilini o’qigandim - o’shanda A1 ni to’liq tugatgandim, 4 yillik tanafusdan so’ng nihoyat bugun ingiliz tilini boshladim, judayam yaxshi ko’raman shu tilini, balkim birinchi yaxshi ta’surotlar shu tilda bo’lgandir, balkim eng kerakli til bo’lgani uchundir, balkim yoqimli tildir Ingiliz tili yagona til bo’lsa kerak A1 darajasida bilib - B1 darajasida gapira oladigan tilim - sababi Sachsenda yashaganimda xonadoshim Xind edi, o’sha bilan oshxonada 1, 1 yarim soatlab ingiliz tilida gaplashar edim, to’xtamasdan - vaholanki u nemis tilini A2 gacha biladi va A2 tugatgan , men 3 yil oldin 2 oygina faqat A1 ni o’rgangandim Xind bilan bo’lgan Voqeani aytishdan maqsadim maqtanish emas - balkim 2 ta yaxshigina Til o’rganishga ta’sir qiladigan eng muhim omilni eslatib o’tish 1) Majburlik, miyyani majburlash - xind bilan gaplashganimda o’zimni majburlab ingiliz tilida gapirardim - nemis tili, tojik tili yoki o’zbek tiliga tayanmasdan - vaholanki har 3 tillarda C2 darajadaman. Xind esa komfortdan chiqmasdi - ingiliz tilini 3 yoshidan beri o’rganadi - ingiliz maktabini tamomlagan - miyyasi uchun shu til komfort va shu tilda o’ylaydi. Komfort esa til o’rganishda zarar beardi. Bilasizlar miyya bizni tirik qolishimiz uchun harakat mas’ul. Shundan til o’rganishda foydalanish kerak. 2) Qizishlar orqali o’rganayotgan tilga bo’lgan hissiy yaqinlikni shakillantirish - buni o’tayam oddiy yo’li ; ko’rayotgan kontentoarizni O’rganyotgan tilizga o’girib qo’yish, meni misolimda endi nemischa emas - hammasi ingilizcha bo’ladi Telefonim tilidan tortib You Tubedagi blogerlargacha hammma hammasini ingilizchaga o’tkazaman - miyyaga farqi yo’q siz ingilizlar orasidamisiz, yani tabiy muhitda yoki kino, qo’shiq, videolar ko’rish, suniy ingliz muhitidami - ikkalasi ham birdek - tilni tabiy o’rganish uchun foydalik va eng muhim omil. Bilasizlar sifatli onlayn kursga hechqanday offlayn kurs raqobat qila olmaydi joy va vaqt tejab qolish borasida, joy - istalgan joydan turib - sifatli kursda o’qiy olasiz. Misol : Samarqandni chekka qishloqidagi Eshmat akani o’g’li ham, Toshkentdagi Kamila opani o’g’li Bekzod ham bir xil imkoniyatga ega - internet sababli, buni offlaynda inkoni yo’q. Ammo onlayn dars beraverib ozgina onlayn hayotdan charchabman - yani offlayn o’rganishni xohlayman, sababi ruhim reallikni xohlaydi, kuni tun onlayn ishlagandan keyin. Shunga birorta sifatliroq ingiliz tili o’quv markazi yoki offlayn kursni tavsiya bera olasizlarmi ? Menimcha oramizda ingiliz tilini biladiganlar ko’p, talaygina https://t.me/shahzod_tursunov_de

Odamgarchilik degani shu bo'lsa kerak. Kecha o'quvchim bilan bo'lgan holat Kecha kechki vaqt o'quvchim xabar yozdi ; Ustoz Germaniyaga yetib keldim, meni kutib oladigan omda boshqa davlatga ketgandi, shu sababli Ammangizga yozdim ( amma deb bitta O'quvchim chaqirardim, Germaniyada yashardilar, o'tayam positiv ison edilar )- yo'q demasdan, turmush o'rtog'lari bilan keb, meni kutib oldi va Wuppertal ga, kvartiramga olib borib qo'ydi dedilar - rahmat shunaqa yaxshi insonlar, qizlar bilan tanishtirganiz uchun. Kecha vohli, soat 20:30 da uxlagandim, boshim qattiq og'rib, bugun vohli 3:00 da uyg'ondim, qarasam shunaqa xabar turibdi. Ammamlar Germaniyada yashardilar, adashmasam 2 ta joyda ishlaydilar - Germaniyadagilar bilishadi, u yoqda vaqt judayam tig'iz, deyarli hamma kalendar va Termin bilan ish qiladi, tuzim shunday - vaqt judayam qadrli Shunga qaramasdan, umsonst hechqanday manfatsiz, shuncha qimmat vaqti boshqa insonga yordam uchun sarflash - manabu haqiqiy odamiylik bo'lsa kerak, bo'lib ham yordamga muhtoj ayol kishi bo'lsa. O'sha o'quvchimdan, ammamdan judayam xursand bo'ldim, sizga o'xshagan oq ko'ngil va ruhi uyg'oq insonlar oramizda ko'paysin !

Bugun marafondan keyin - Diyorbek mendan so'radi ; Ustoz, Germaniyaga borsam, bitta joyda qotib qolmaymanmi, rivojlana olmaym
Bugun marafondan keyin - Diyorbek mendan so'radi ; Ustoz, Germaniyaga borsam, bitta joyda qotib qolmaymanmi, rivojlana olmaymanmi, o’z klinikamni ochaolmaymanmi ? Sababi ; ko'pchilik Germaniyadagilar komfort hayotga o'rganib qolgan, ishga boradi, uyga keladi, yana ish va yana uy va bu holat rivojlangan davlat uchun tabiy holat. Men ham shunaqa komfortga tushib qolmasmikanman ? Diyorbek ; Shunaqa talablar bor, 4 yil davomida na o'z sohasini yaxshi o'rganadi, na birorta tilini o'rganadi - yana shunaqalari bor 4 yil davomida o'zini yo'nalishini yaxshi o'rganadi, buni o'zi bilan cheklanib qolmay - ingliz, nemis yoki rus tilini o'rganadi, kelajaki uchun. Komfort hayot bizni o'ldiradi va hozirgi qiyin hayot kelajakda bizga Oson hayot olib keladi, shunga hozir o'zingni qiynal va yodda tut, komfort hayot O'zbekistonda ham Germaniyada ham bor ! Suratda bugun 21 km, yarim marafon yugurganimiz tasvirlangan - Ukalarim Bobomurod, Diyorbek, Shohruh, Zuhriddin, Bilol, Dilshodbek 22.02.2026 Botanika bog'i Toshkent

Ramazon muborak bo’lsin azizlar

Menga o’xshab - ko’pchilik uyda shaxsiy kutubxonasi bo’lishni orzu qilsa kerak ))) Bugun kichik kitob javonlik bo’ldim 😊 sha
Menga o’xshab - ko’pchilik uyda shaxsiy kutubxonasi bo’lishni orzu qilsa kerak ))) Bugun kichik kitob javonlik bo’ldim 😊 shaxsiy kutubxonam uchun birinchi qadam tashlandi. Buni to’ldirib olsam - keyingi qadam yanada kattaroq javonga, undan keyin esa shaxsiy kutubxonamga

Qishloqqa keldim, na svet bor na internet Mayli bu oddiy holatku deyishiz mumkin, lekin yanada yomoni Svet bo'lsa, internet bo'lsa - ko'pchilik yo serial ko'rishadi, yo instagram, TikTok da umr va miyyani hazon qiladi Bu ham odatiy holat deyishiz mumkin Shu ishlarini o'zimni amakimni o'g'li, qizi, singlim va akam qiladi Bu ham odatiy holat deyishiz mumkin Qizig'i Ular maslahatimni olmaydi, qachonki - ularga argumentlar bilan fikrlarimni asoslab - bunaqa Shaltay, Maltaylar bilan miyyani chiritib, vaqtizni o'ldirmang desam - bizni tergama, urshma deyishadi Bu ham oddiy holatku dersiz - ha hammasi oddiy judayam oddiy. Hamma gap manashu oddiylikda va shu oddiylikni anglab bilishda Anglab yetmaganlar esa - butun umr yo boshqalar hayotini yashab o'tadi, yo boshqalar maqsadi yo'lida o'zini qurbon qiladi Eng qizig'i Ular meni blogimda - Yaqinlarim shu yerda bo'lsangiz - yana bir o'ylab ko'ring. Sizlarni urishganim yo'q ☺️ shunchaki achinganim uchun yozdim

Ukam va singlim va ularni ota onasi uchun - murojatim - Agarda sen, yoki sizni tanishingiz, ukangiz, singliz 9, 10, 11 sinfda o'qisa - Kelajakda top universitetlar ; Harvard, Stanford, Yale, Charité, LMU da o'qishni xohlasa - Buning uchun senda yoki unda salohiyat bo'lsa, yani tabiy fanlarni yaxshi o'qisa Lekin senda yoki unda buning uchun imkoniyat bo'lmasa ( mablag') - unda Imkon grandi sen uchun. Imkon grandini o'zimizni bir nechata qora ko'z O'zbek tadbirkorlari tashkil qildi. Grandan maqsad - chekka chekka joylarda yashayotgan, iqtidorli qora ko'z O'zbek Farzandlarini - top universitetlarga 100% grand olish uchun - mutlaqo bepul yordam berish, hechqanday manfatsiz ! To'liq ma'lumotni shu xavola orqali olasiz ; Imkon grandi uchun qabul Iltimos befarq bo'lmang - bitta qora ko'zni Top universitetga o'qishga kirish uchun sababchi bo'lsak Oradan 10, 15 yil o'tib, ularni mevasidan butun millat foyda oladi - befarq bo'lmang )

Repost from N/a
Kitoblar bilan qanday ishlayman ?? Nimadan boshlay ?? B1.1 Momente + B Grammatik kitobidan boshlang. Kuniga 2 soatdan shug'illanish yetarli. Nemis tili kursiga imkoniyatim yo'q ? O'zim mustaqil manashu kitoblardan o'rgana olamanmi ?? Ha - Chat GPt borku, uni to'g'ri prompt qilsangiz bo'ldi ( to'g'ri prompt qilishni YouTube dan o'rganasiz ) Bu postni oxirgi qismi - post birinchi qismi, 👈 ustiga bosing 👉 post ikkinchi qismi to'liq o'qib, keyin xulosa qiling ! Kurs uchun imkoniz yo'q bo'lsa, GPt va manashu kitoblar bilan B1 to'liq o'rgana olasiz - agarda imkoniz bo'lsa Ustoz bilan o'rganing )) Mit freundlichen Grüßen Shahzod Tursunov 03.02.2026. Toshkent

Kecha kalendar oldim - bir qarashda ortiqcha xarajatdek tuyiladi, Lekin manashu ortiqcha xarajat - umrimiz va vaqtimiz isrof
Kecha kalendar oldim - bir qarashda ortiqcha xarajatdek tuyiladi, Lekin manashu ortiqcha xarajat - umrimiz va vaqtimiz isrof qilmasligimiz kerak, maqsadlarimiz borligini, Har kuni, har qaraganimizda eslatib turadi. Men uchun bu ortiqcha xarajat emas, balkim umr va vaqt isrof qilmaslik eslatuvchi mayoq )) Har kuni kech - ortda qolgan kun uchun ❌ qo’yaman - bu esa signal beradi “ Umr o’tmoqdadur umr o’tmoqda “ degan

Bugun kundalik oldim - endi har kuni qilgan ishlarimni tahlil qilaman Yana 3 ta yangi kitob oldim ; Venchur Zehniyati, Behalo
Bugun kundalik oldim - endi har kuni qilgan ishlarimni tahlil qilaman Yana 3 ta yangi kitob oldim ; Venchur Zehniyati, Behalovat avlod va Bir vatoqli marketing Nasib qilsa o’rganganlarimni manashu blogimda ulashib boraman. Aytgancha - Sport va dangalaslikni yengish haqida ham yozib turaymi ?? Sababi Sportga jiddu jahd qilganman, dangaslikni yengish uchun ham yangi metodlar o’rgandim - bularni ham yozaymi ? Ha bo’lsa 👉 reaksiyalariz