2 602
Subscribers
+1624 hours
+927 days
+4230 days
Posts Archive
🌟 YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR DASTURI
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤
🇺🇿 Samarqand davlat pedagogika institutida 2026-yil 10-sentyabr kuni yoshlar hayotidagi muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati va sport mahoratini namoyon etish maqsadida “Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari: bilim, ma’rifat, tashabbus va ezgu maqsadlar sari” mavzusida turkum ma’naviy-ma’rifiy, intellektual, kitobxonlik va sport tadbirlari o‘tkaziladi.
🎓 TADBIRLAR DASTURI
1. “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti
📌 Mavzu: “Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari: bilim, ma’rifat, tashabbus va ezgu maqsadlar sari”
👥 Mas’ul: Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari Zafar Niyazov
2. “Ochiq eshiklar kuni”
📌 O‘tkazilish joyi: Urgut tumani Axborot-kutubxona markazi
🎯 Yoshlarni kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar va axborot-resurs imkoniyatlari bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.
👤 Mas’ul: Urgut fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O‘tkir Badalov.
🤝 Hamkor: Urgut tumani Axborot-kutubxona markazi.
3. “Tennisdagi mahorat — hayotdagi matonat” shiori ostida stol tennisi musobaqasi
📌 Ishtirokchilar: Amaliy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetining 1-bosqich talabalari.
👤 Mas’ul: Amaliy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Gulxayo Xolboyeva.
4. “Yoshlar — intellektual salohiyatimiz” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini
📌 Ishtirokchilar: Tabiiy fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari.
👤 Mas’ul: Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jasurbek Shakarov.
5. “Yoshlar — sport tarafdori” shiori ostida voleybol musobaqasi
📌 Ishtirokchilar: Ijtimoiy fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari.
👤 Mas’ul: Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Shahboz Boyqobilov.
6. “Kitob — tafakkur manbai” kitobxonlik tadbiri
📌 O‘tkazilish joyi: Viloyat axborot-resurs markazi, A.S. Pushkin nomidagi kutubxona.
👥 Mas’ul: Tillar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Soipov.
🇺🇿 BIR MAQSAD, BIR G‘OYA, BIR EZGU INTILISH!
10-sentyabr kuni Samarqand davlat pedagogika institutida o‘tkaziladigan tadbirlar orqali talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, iste’dodi, tashabbuskorligi va sportdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
🇺🇿 🌷 Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+9
#SamDPI #Tabiiy_fanlar_fakulteti
#Birinchi_kurs_maktabi
Samarqand davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari davom etmoqda.Tadbirlar doirasida Institut Sport klubi raisi o‘rinbosari Halim Rahmonov fakultetning birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalarga institutda faoliyat yuritayotgan sport to‘garaklari, mavjud sport majmualari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan sport turlari va to‘garaklarga jalb etish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+3
#SamDPI
#Mustaqillik35Yil
#TillarFakulteti
🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, YANGI KELAJAK POYDEVORI!
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida talabalar o‘rtasida esse yozish tanlovi o‘tkazildi.
✍️ Tanlovda talabalar Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlar, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning buguni va kelajagi haqidagi fikrlarini o‘z ijodiy ishlarida yorqin ifoda etdilar.
🌱 Mazkur tanlov yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tarixiy xotira hamda milliy g‘ururini yuksaltirishga xizmat qildi.
🇺🇿 35 yillik Mustaqillik — xalqimizning buyuk yutuqlari, bugungi bunyodkorligi va porloq kelajakka bo‘lgan ishonchining yorqin timsolidir!🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
#SamDPI #Urgut_Fakulteti
#Sport_kuni
Samarqand davlat pedagogika instituti Urgut fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Sport kuni” doirasida turli sport musobaqalari tashkil etildi.
🇺🇿 🌷 Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+4
#Kelajak_soati
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”Samarqand davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi mudiri, dotsent Shuxrat Jumayev tomonidan 1-kurs talabalari uchun “Mustaqillik darsi” hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida talabalarga mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Darslar talabalarning mustaqil fikrlashi, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashiga xizmat qildi. 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+5
#SamDPI
#Pedagogika_fakulteti
#Mahmudxoʻja_Behbudiy_uy_muzeyiga_sayohat
Kelajak poydevori – ma’naviyat sarchashmasidan boshlanadi
Pedagogika fakulteti talabalari Behbudiy xonadonida
📚Samarqand davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutori F. Muxitdinova boshchiligida 1-bosqich talabalari uchun buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
💐Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning milliy uyg‘onish davri tarixi, jadid bobolarimizning xalq ma’rifati yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqidagi bilimlarini boyitish hamda ularda Vatanga va tanlagan kasbiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
🌺Sayohat davomida talabalar muzey eksponatlari, allomaning ijodiy merosi, nashr ettirgan gazeta va jurnallari hamda shaxsiy buyumlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif yoshlar uchun mazmunli va katta taassurotlarga boy bo‘ldi.🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+6
#Jarayon
#5_son_TTJ
Samarqand davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha deakn o'rinbosari Shahboz Boyqobilov hamda fakultet tyutorlari Tursunov Farid, Tilobova Guzal va Dushanova Nilufarlar tomonidan 5-son Talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida talabalar yashashi, dam olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, xonalar va umumiy foydalanish joylarining holati ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, talabalar bilan suhbatlashilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
#DIQQAT, HURMATLI TALABALAR!
📱 Telefon xavfsizligingizni ta’minlashga e’tibor qarating!
Bugungi kunda turli noma’lum manbalardan yuklab olinadigan, zararli dasturlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan ilovalar telefon qurilmalari hamda undagi shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, talabalardan telefonlariga “APK Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish so‘raladi.
❗️ “APK Qo‘riqchi” ilovasi telefoningizga o‘rnatilayotgan APK fayllar va ilovalar bilan bog‘liq xavflarni aniqlash hamda zararli yoki shubhali ilovalardan himoyalanishga yordam beradi.
📌 Bajarish tartibi:
1️⃣ Quyida taqdim etilgan video qo‘llanmani diqqat bilan tomosha qiling.
2️⃣ Video qo‘llanmada ko‘rsatilgan tartibda “APK Qo‘riqchi” ilovasini telefoningizga o‘rnating.
3️⃣ Ilovadan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qiling.
🔐 Telefon xavfsizligi — o‘zingizni va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishdan boshlanadi!
🇺🇿 🌷 Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+5
#SamDPI #Urgut_Fakulteti
#Mustaqillik_darslari
#Kelajak_soati
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
SamDPI Urgut fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik_darslari” darslari o‘tkazildi.
🇺🇿 🌷 Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+3
#SamDPI #IjtimoiyFanlarFakulteti
#Sayohat #AjdodlarMerosigaHurmat
🌿 TARIXNI ANGLASH — MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDIR!
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetining 1-kursga qabul qilingan talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi navbatdagi mazmunli tashrif tashkil etildi.
🎓 Tyutor Tilobova Guzal boshchiligida talabalar Shohi Zinda majmuasi, Islom Karimov maqbarasi hamda Bibixonim maqbarasini ziyorat qildilar. 🕌 Ziyorat davomida talabalar xalqimizning boy tarixi, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi va yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
🇺🇿 Tarixini bilgan avlod — kelajagini ishonch bilan bunyod etadi. Bunday ziyoratlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+4
#SamDPI #AmaliyFanlarVaJismoniyMadaniyatFakulteti #Talaba_Yoshlar
🏆 TALABALAR FAOLLIGI — YANGI YUTUQLAR GAROVI! 🎯
Samarqand davlat pedagogika instituti Amaliy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Gulxayo Xolboyeva tomonidan talabalarni turli tanlov va musobaqalarga keng jalb etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
🎯 Seminar-trening davomida talabalarni fan-ta’lim, badiiy, san’at, ijodiy hamda sport yo‘nalishlaridagi tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etishga yo‘naltirish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌟 Tadbirda talabalarni o‘z qiziqish va qobiliyatlariga mos yo‘nalishlarda tanlov va musobaqalarga jalb etish, ularni yangi yutuqlar sari ruhlantirish hamda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ta’kidlandi.📊 Tanlov va musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uni muntazam yangilab borish va talabalar yutuqlarini tizimli monitoring qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 🤝 Har bir iste’dod — e’tibor va imkoniyatga, har bir yutuq esa munosib e’tirofga loyiq! 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from Samarqand davlat pedagogika instituti
+3
🏆 Talabalar sport klubi faoliyati bilan tanishtirildi
Samarqand davlat pedagogika institutida Sport klubi tomonidan fakultetlar kesimida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv uchrashuvlari tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida talabalarga Sport klubining faoliyati, mavjud sport to‘garaklari hamda institut miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarni sport to‘garaklariga faol jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
+4
#Kelajak_soati
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”Samarqand davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi mudiri, dotsent Shuxrat Jumayev tomonidan 1-kurs talabalari uchun “Mustaqillik darsi” hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida talabalarga mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Darslar talabalarning mustaqil fikrlashi, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashiga xizmat qildi. 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+3
#SamDPI #AniqFanlarPedagogikaOliyMaktabi #Kiberxavfsizlik #RaqamliGigiyena
🔐 “RAQAMLI GIGIYENA — XAVFSIZ KELAJAK GAROVI!”
Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq fanlar pedagogika oliy maktabining Matematika, Amaliy matematika, Sun’iy intellekt hamda Axborot tizimlari yo‘nalishlari talabalari ishtirokida kiberxavfsizlik va raqamli gigiyena bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish mashg‘uloti tashkil etildi.
📌 Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 7-avgustdagi 01-46-529-son nazorat rejasi 10-bandi ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida “Kiberxavfsizlik oyliklari” va “Raqamli gigiyena soati” darsdan tashqari mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish belgilangan.
💻 Mashg‘ulot davomida talabalarga internet va mobil qurilmalardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberfiribgarliklarning oldini olish, shubhali havola va xabarlarga ishonmaslik, raqamli muhitda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
⚠️ Ayniqsa, “dropper”lik — ya’ni o‘zining shaxsiy bank plastik kartasini firibgarlarga berib turish — qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida talabalar o‘rtasida alohida tushuntirish ishlari olib borildi.
🛡 Talabalarga raqamli makonda hushyor bo‘lish, bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar va shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik hamda kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish muhimligi uqtirildi.🤖 Texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik madaniyati — har bir yosh uchun muhim ko‘nikmadir. 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+4
#SamDPI #Urgut_Fakulteti
#Sport_kuni
Samarqand davlat pedagogika instituti Urgut fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Sport kuni” doirasida turli sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalarda talabalar faol ishtirok etib, futbol, voleybol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Jarayonlar ko‘tarinki kayfiyat, do‘stona raqobat va sog‘lom muhitda o‘tdi.
🇺🇿 🌷 Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+3
#SamDPI
#TillarFakulteti
#QatagʻonQurbonlari
#TarixiyXotira
🇺🇿 TARIXNI ANGLASH — O‘TMISHNI UNUTMASLIKDAN BOSHLANADI
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti talabalari Samarqand viloyati Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar.
🕊 Tashrif davomida talabalar yurtimiz tarixining murakkab va fojeali davrlari, qatag‘on siyosati qurbonlari, ularning hayoti va taqdiri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzeydagi eksponatlar, tarixiy hujjatlar va ma’lumotlar yosh avlodda Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🌿 Bunday ma’rifiy tashriflar talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarish hamda bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.Tarixiy xotira — milliy o‘zlik va kelajak poydevoridir! 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+8
#Mustaqillik_darslari
#Kelajak_soati
Samarqand davlat pedagogika instituti Urgut fakulteti dekani Dilmurod Mardonov tomonidan kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Dars davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish tarixi, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda bugungi tinch va farovon hayotimizning qadr-qimmati haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalarga institut rahbariyati va ularning faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilib, rahbariyat tarkibi bilan yaqindan tanishtirildi.
🇺🇿 🌷 Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
+2
#SamDPI #TillarFakulteti
#Jarayon #5_son_TTJ
⚡️ Talabalar turar joyida yashovchi talabalar holati o‘rganildi
🏢 Tillar fakulteti dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Saipov tomonidan 5-son Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi.
🔍 Tashrif davomida xonalar holati, tozalik darajasi, sanitariya-gigiyena talablari, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
💬 Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📊 Mazkur o‘rganish ishlari talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, xavfsizligini ta’minlash hamda o‘qish jarayoni uchun qulay muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
#Xayrli_KUN_Azizlar
Kitobga birov ermak, birov ovunchoq, birov bilim va birov hayotning hikoyasi deb qaraydi. Kitoblarda yolg‘on gaplar yoziladi deb o‘ylashadi. Yolg‘onlikka yolg‘on, lekin bir farqi kitoblarning yolg‘oni rostdan yaxshi. Men kitob o‘qish maqtanarli bir narsa deb bilmayman. Odam non yeyishi, suv ichishi, havo olishi bilan hech qachon maqtanmaydi-ku, to‘g‘rimi?
✏️ Ibrohim G‘AFUROV
🇺🇿🌻 Assalomu alaykim! Boshlangan kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!
🇺🇿 🌷 👉Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from Shahzoda Negmatova
#SamDPI
#Yangi_o‘quv_yili
🇺🇿Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
