3 904
Subscribers
-724 hours
+1157 days
+45530 days
Posts Archive
3 904
Sen shunchaki yomgʻirni koʻrding, men esa istagan narsalarimni soʻrashga eng qulay fursatni koʻrdim.
📍mutadayyina
3 904
Ba’zan odamga hech kim kerak emasdek tuyuladi aslida esa unga shunchaki biroz tinchlik kerak ya’ni odamlar bilan gaplashishdan, hammasiga javob berishdan, o‘zini tushuntirishdan charchagan paytlar bo‘ladi. shunday vaqtda bir chekkaga chiqib, jim qolish va qalbingni tinglashning o‘zi kifoya. hech kimga kuchli ko‘rinishga, hammasi joyida ekanini ko‘rsatishga hojat yo‘q. chunki Alloh oldida o‘zingizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qoldirishingiz mumkin. ichingizdagi gaplarni chiroyli qilib tushuntirishingiz ham shart emas. ba’zan faqat “Allohim, O‘zing bilasan” deyishning o‘zi yetadi. U aytilmagan gaplarni ham, yashirilgan ko‘z yoshlarni ham, hech kim bilmagan xavotirlarni ham biladi. shuning uchun ba’zan yechim izlashdan oldin shunchaki Robbingiz bilan yolg‘iz qoling. bir necha daqiqa sukutda o‘tiring, namozingizni shoshmasdan o‘qing, sajdada qalbingizdagi hamma narsani Unga topshiring. balki muammo birdaniga yo‘qolmas, lekin uni ko‘taradigan qalbingiz biroz yengillashar. ba’zan Alloh bizga javobni darhol bermaydi, lekin shu kutishning o‘zida qalbimizni tarbiyalaydi. biz esa ko‘pincha taskinni uzoq joylardan qidiramiz, holbuki eng yaqin taskin — sajdada. shuning uchun o‘zingiz bilan yolg‘iz qolishdan qo‘rqmang. balki shu yolg‘izlik sizni hech kimdan emas, Undan taskin izlashga oʻrgatadigan eng chiroyli vaqt boʻlar.
📍mutadayyina
3 904
Repost from N/a
если Аллах может простить меня после всего, то кто я такая, чтобы держать обиду вечно?
3 904
Repost from 𝐐 𝐔 𝐑' 𝐀 𝐍 | كبرى
Insonlar ajoyib...
Namoz o'qimaydi, Qur'on o'qimaydi, duo qilmaydi; keyin esa "Baxtli bo'la olmayapman" deydi.
3 904
🤩Sizda yangi anonim xabar bor!
shaxsiy sahifa qachon ochiladi? Andijonlik qizlar bilan qachon yigʻilasiz?
🤩menimcha ochilmaydi, barglar sargʻayganida nasib)
3 904
hamma siqilganlar iltimos dardingizni suhbatda oshkora qilmang-da istigʻfor takrorlang aniq foyda beradi.
3 904
🤩Sizda yangi anonim xabar bor!
Assalomu alaykum, salomatmisiz? Savolim bor. Inson o’zini boshqalarga beparvodek tutishi bu kibrdanmi nima deb o’ylaysiz?
🤩Vaa aleikummusalam, menimcha, har doim ham insonning o‘zini boshqalarga beparvodek tutishi kibrdan bo‘lavermaydi. ba’zi insonlar shunchaki kamgap bo‘ladi, o‘zini hammaga ochavermaydi yoki odamlar bilan biroz masofa saqlashni yaxshi ko‘radi. buni darrov kibr deb o‘ylash to‘g‘ri emas. kibr esa ich-ichidan o‘zini boshqalardan ustun ko‘rish, kimnidir mensimaslik, haq gapni qabul qilmaslik kabi narsalarda bilinadi. ba’zan esa biz “sovuqqon” deb o‘ylagan insonimiz aslida juda muloyim va kamtar bo‘lishi mumkin, shunchaki buni ko‘rsatishni bilmasligi mumkin. shuning uchun menimcha, insonning tashqi muomalasiga qarab qalbiga hukm chiqarib bo‘lmaydi. har kimning ichida biz bilmaydigan bir hikoya, bir sabab bor. imkon qadar yaxshi gumonda bo‘lib, odamlarni tezda hukm qilmaslik chiroyliroq.
3 904
🤩Sizda yangi anonim xabar bor!
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh yaxshimisiz. Kanalingizdagi postlarni manbasiz olsak ham boladimi bunga fikringiz qanday?
🤩Vaa aleikummusalam shukur, fikrlarimni hurmat qilgan holda manba bilan olishingizni soʻrayman, sababi, 10-15 daqiqa vaqt sarflab yozilmaydi deyarli har biri koʻp vaqt talab qilgan.
