Biyroncha
Open in Telegram
Bolalar kitoblari dunyosida Oynur va uning oyisi bilan birga sayohat qilishni istaganlar uchun☘️ Barcha takliflar, suhbatlar va fikrlaringiz uchun kanalda izohlar ochiq. Reklama uchun: @biyroncham
Show more790
Subscribers
-624 hours
+17 days
+6230 days
Posts Archive
790
Nima uchun doim yonimda orbit bor deb soʻrashsa men: Chunki u ham xuddi Oynur kabi meni 3 ta yurakcha bilan yaxshi koʻradi😅💕@biyron_cha
790
#Oynur
🍈Muzdakkina qovun soʻydim. Bitta tishlagan 4 yoshli qizim Oynur:
— Vuuu, buncha shirin, buni kim pishirgan? — deb soʻradi.
— Dehqon bobo pishirgan, — dedim.
— Qanday pishirgan dehqon bobo? — soʻradi yana.
— Tuproqqa urugʻ ekkan, suv bergan, yaxshilab silab mehr bergan, keyin shunaqa qovun boʻlgan.
— Dehqon bobo supermen ekan unda, — deb yana suvlarini oqizib tishlab oldi qovundan.
🤩Ba’zida kichkintoylar koʻp narsani ealatib qoʻyishadi shunaqa. Har kuni maza qilib yeyotganimiz bir-biridan shirin qovun-tarvuzlar uchun barcha supermen dehqon bobolarimizga rahmat.
💕@biyron_cha
790
🍰Ota bola chizkeykni talashib bittasini ham oxirigacha yeb qoʻyisholmadi))
Endi topingchi, chizkeyklarni kim yedi?😅
💕@biyron_cha
790
🗓Bugun 1-avgust. Bir vaqtlar bu kunda deyarli taqdirimiz hal bo'lardi. Toshkent salkam ostin-ustun bo'lib ketardi. Hujjat topshirish uchun alohida, ijodiy imtihon uchun alohida, test uchun alohida 3 marta kelgan ekanmiz dadam bilan Toshkentga)))
😌Bu sana bilan bog'liq kimda qanday xotiralar bor? Keling birgalikda eslaymiz.💕@biyron_cha
790
#pingvinbooks
📖 Bolalar kitoblarni o‘z olamida qaytadan kashf etib, o‘zlari mualliflik qiladilar. Oynur ham "Fazodagi banan daraxti" kitobidagi maymuncha Yukini eng boshidan mehribon qizcha bilan birga qoldirishni istadi.
💝 2-qismda voqealar yana ham shiddatli davom etadi. Yurakchalar bilan qo‘llab tursangiz tez orada uni ham sizga ilinamiz.
@biyron_cha
790
😇 Oynurning kitoblar haqida gapirib beradigan videolarini sog‘inganlar bormi? Tez orada sizni xursand qilamiz.
Ungacha taxmin qilib ko‘ringchi, bu galgi video qaysi kitob haqida?
790
📖Bolalar uchun kitoblarning mazmuni, rasmlariga e’tibor berar ekanmanu, bunchalik koʻp turlari boʻlishini bilmas ekanman.
📚Bu kanalda esa kitob doʻkonlarida topish qiyin boʻlgan har xil turdagi original kitoblarni qiynalmasdan xarid qilishingiz mumkin.
📎https://t.me/+_B-zwmGndo84MzM6
🦊Biyronchadan keldik desangiz, chegirmalar qilib berishni va’da qildilar. Bir qarab koʻring, anchadan buyon qidirib yurgan kitobingizni shu kanaldan topib olarsiz balki.
💕@biyron_cha
790
+4
🦊 Mana bu mitti olmaxon judayam och qolgan. U oldin yeyish mumkin bo'lgan yeguliklarni, keyin esa tasavvuridagi eng antiqa narsalarni sanay boshlaydi. Olmaxoncha shunchalik ochki, u hatto Oyni, tun qorong'usidagi qo'rquvni ham yeb qo'ymoqchi.
🥇Hans Kristian Andersen mukofotining 2026-yilgi g'olibi Maykl Rozen "Men ochman" kitobida kichik yoshdagi bolalarning ochlik hissini ajoyib hazillar va she'riy ohang bilan ochib berishga uringan.
🖌Rassom Robert Starling esa bu hikoyani o'zgacha o'yinqaroqlik va yorqin ranglar bilan chizib bolalarga chiroyli yetkazib bera olgan deb o'ylayman.
🔖michaelrosen.co.uk sayti orqali muallifning barcha kitoblari haqida bilishingiz va Amazon orqali sotib olishingiz mumkin.💕@biyron_cha
790
+5
#fotomaslahat
Qachon bolalar qiziqib kitob oʻqishadi? 🤔
Qachonki kitob ularning yoshiga va rivojlanish bosqichiga toʻliq mos kelganida, yaʼni toʻgʻri tanlanganida! 🎯
🥰 Bolajonlarimizga o'z tillaridagi kitoblar bilan qiziqarli sarguzashlarni sovg'a qilaylik.
💕@biyron_cha
790
Repost from BOLALAR KONTENTI.UZ | RASMIY KANAL
+3
#bolalar_uchun
#ekspertlar_kengashi
“MEVA-CHEVA” eksklyuziv loyihasi muhokama qilindi
▪️ Ekspertlar kengashi “Meva-cheva” loyihasining qayta ishlangan syujeti va qahramonlar obrazlari bilan tanishdi.
Muallif: Azamat Qodirov
Studiya: “Formula of studios”
📌 Qahramonlarning vazifasi va xarakterini aniq ochib berish, har bir qism orqali bolalarga yangi bilim hamda foydali odatlarni singdirish zarurligi ta’kidlandi. Qolaversa, qahramonlar nutqi va dialoglar ustida ham jiddiy ishlash lozimligi qayd etildi.
📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X
790
Repost from Qamar kitoblar do‘koni
+4
Zuhraxonning sarguzashtlari sizni aniq lol qoldiradi! ✈️
✈️ Otabek Quvvat qalamiga mansub “Zuhraxon xayollari saltanatida” kitobi bolalar uchun yozilgan sarguzasht va fantastik yo‘nalishdagi kitob hisoblanadi.
Asar bosh qahramoni Zuhraxon jasur, bilimga chanqoq va ertaklarni sevuvchi qizaloq bo‘lib, u ezgulik yo‘lida turli sinovlarga duch keladi.
🤗 Voqealar davomida u qo‘rquvni yengish, do‘stlikning qadriga yetish va adolat uchun kurashish kabi muhim hayotiy saboqlarni o‘rganadi.
🔥 Ushbu kitob bolalarni kitobxonlikka qiziqtirish, mustaqil fikrlash va jasoratli bo‘lishga undaydi. Asarda insoniy fazilatlar ramziy qahramonlar va sehrli voqealar orqali yorqin tasvirlangan.
TEZ KUNDA do‘konlarimizdan topishingiz mumkin.
📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.
@qamarbooks
790
Repost from BOOK.UZ
+6
Bolalarga pul bilimlarini qachondan o‘rgatish kerak?
‼️ Farzandlarimizni pul va u haqidagi bilimlar bilan qancha yoshlikdanoq tanishtirsak, moliyaviy barqarorlikka shuncha erta erishadilar.
"Pul — moliyaviy bilimlar" kitobida pulning qanday aylanishi oson va sodda tushuntirib berilgan. Kitobdan pulni tejash, to‘g‘ri sarflash, jamg‘arish va kichik yoshdan biznes boshlash yo‘l-yo‘riqlari haqidagi ma'lumotlar joy olgan.
Kitob yakunida moliyaviy so‘zlar lug‘ati ham berilgan.
• Nashriyot: "Yangi asr avlodi"; • Tarjimon: Omina Amirqulova; • Muqova: Qattiq, 128 bet; • Narxi: 60.000 soʻm.✅ Buyurtma berish: @bookuzbek +998339030050 +998712300050 📍Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan
790
Sentyabr oyidan boshlab Fransiyada 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun kuchga kiradi. Shuningdek, 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarning internetda vaqt oʻtkazishini cheklash maqsadida “raqamli komendantlik soati” joriy etiladi.🧐 Bekorga emasdiiir deb oʻylab qolaman. 💕@biyron_cha
