en
Feedback
Siyoxdon

Siyoxdon

Open in Telegram

Mashhur asarlar, buyuk adiblar va rassomlar, san’at va art olamiga oid qiziqarli ma’lumotlar ulashiladi. ✒️ Siyoxdon - so‘z va san’at sehri. Kanalni qoʻllab-quvvatlash (donat) uchun https://tirikchilik.uz/Siyoxdon ✉️ Murojaat uchun : @Siyoxdonbot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
265
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1030 days
Posts Archive
Kanal sotiladi murojaat uchun : @Shohruh_Karimovv

🖋 Hozirda ishlarim ko‘payib ketgani kasbim taqqazosi sababli kanalni avvalgidek yuritishga vaqt ajrata olmayapman. Shunchaki kanalni o'chirib tashlab yoki bekorga chang bosib yotishini hohlamaganim uchun bu qarorga keldim.Shu sababli kanalni sotish haqida qaror qildim. 📚 Kanal adabiyot va san’at yo‘nalishida. Bu sohaga qiziqadigan va kanalni yaxshi rivojlantira oladigan insonlar bo‘lsa,Yaxshi taklif bo‘lsa, kelishamiz. 📩 Murojaat uchun: @Siyoxdonbot

@Savollar_baza zakovat olamidagi eng katta zakovat savollari baza kanali obuna bo'lib qo'ying. 😉 @Siyoxdon

Repost from N/a
🎨 KONTSEPTUAL SAN’AT - G‘OYA SAN’ATGA AYLANGANDA Kontseptual san’at (Conceptual Art) - tasvirning tashqi ko‘rinishidan ko‘ra, uning g‘oyasi va mazmuni muhimroq bo‘lgan san’at yo‘nalishi. Bunday asarda rassom tomoshabinga “chiroyli rasm”dan ko‘ra fikr, savol yoki muammo yetkazishni maqsad qiladi. 📖 “Conceptual” inglizcha so‘z bo‘lib, “konsepsiyaga, g‘oyaga oid” degan ma’noni anglatadi. Uning ildizi lotincha conceptus - “tushuncha, fikr” ma’nosidagi so‘zga borib taqaladi. Kontseptual san’at mustaqil yo‘nalish sifatida 1960-yillarda shakllandi. Ammo uning ildizlari XX asr boshidagi fransuz rassomi Marsel Dyushampning readymade asarlariga borib taqaladi. U oddiy buyumni san’at asari sifatida taqdim etib, “San’atni nima san’at qiladi?” degan savolni o‘rtaga tashlagan. 💡 Qiziqarli fakt: “Concept Art” atamasini 1961-yilda amerikalik faylasuf va rassom Genri Flint qo‘llagan. U g‘oyalarni san’atning “materiali” sifatida ko‘rgan. Keyinchalik bu atama boshqa ma’noda rivojlanib, bugungi Conceptual Art tushunchasiga aylandi. 🧠 Eng qiziq tomoni: Kontseptual asarda ba’zan rasmning o‘zi ham bo‘lmasligi mumkin - matn, ko‘rsatma, fotosurat, hujjat yoki oddiy buyumning o‘zi asarning bir qismiga aylanishi mumkin. Muhimi - uning ortidagi g‘oya. 🎭 Shuning uchun kontseptual san’at tomoshabindan shunchaki “Bu nima?” deb so‘rashni emas, “Bu nimani anglatadi?” deb o‘ylashni talab qiladi. ✨ San’at ba’zan ko‘z bilan ko‘rilmaydi - u avvalo ongda paydo bo‘ladi. 🎨 @ZAKOART - Zakovat va san’at uyg‘unlashgan maskan.

@ZAKOART obuna bo'lib qo'ying. @SIYOXDON

🖼️ Golgota (Bosh suyagi tepaligi) (Golgotha) - 1900 🎨 Edvard Munk 🖼️ Ushbu ta'sirchan kartinada xochga mixlangan Iso Masih
🖼️ Golgota (Bosh suyagi tepaligi) (Golgotha) - 1900 🎨 Edvard Munk 🖼️ Ushbu ta'sirchan kartinada xochga mixlangan Iso Masih markaziy obraz sifatida tasvirlangan bo‘lsa-da, atrofdagi olomon unga deyarli e'tibor bermayotgandek ko‘rinadi. Munk shu orqali insoniyatning befarqligi, yolg‘izlik va ruhiy iztiroblarini ramziy tarzda ifodalaydi. Qorong‘i osmon, keskin ranglar va g‘amgin qiyofalar asarga kuchli hissiy ta'sir bag‘ishlaydi hamda tomoshabinni inson tabiati haqida chuqur o‘ylashga undaydi. 💡 Qiziqarli fakt: Edvard Munk bu asarda Bibliyadagi voqeani tarixiy hodisa sifatida emas, balki har qanday davrda ham uchraydigan insoniy azob-uqubat va jamiyatning befarqligi timsoli sifatida talqin qilgan. Asardagi yuzlarning ataylab buzilgan va hissiyotga boy tarzda chizilgani ekspressionizm uslubining yorqin namunalaridan biridir. 📍 Hozirda asar Norvegiyaning Oslo shahridagi MUNCH muzeyi kolleksiyasida saqlanadi. 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san'at sehri.

Assalomu alaykum yaxshimisizlar. @SIYOXDON

🕌 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙 Bugun — muqaddas qadriyatlar, insoniylik va mehr-oqibat ulug‘lanadigan Qurbon hayiti. Bu muborak ayyom har bir yurtda tinchlik, har bir oilada fayz-u baraka, har bir qalbda shukronalik va saxovat tuyg‘ularini mustahkamlab bersin. ✨🤲 Alloh qilinayotgan ibodat va qurbonliklarni o‘z dargohida qabul qilsin. Barcha yurt-doshlarimizni Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! 🕋✨ @Siyoxdon

Assalomu alaykum yaxshimisizlar? Zakovat savollari tuza oladiganlar bormi? Yordaminglar kerak edi @Siyoxdonbot ga yozib yuboringlar.

avatar
Unlock fortelegram star3
🖼️ “The Nude Maja” (Yalang‘och Maja) - taxminan 1797–1800 🎨 Francisco Goya Bu mashhur rasmda divanda yotgan yalang‘och ayol tasvirlangan. U tomoshabinga tik qarab turadi - bu esa o‘sha davr san’atida juda noyob va dadil uslub edi. 👁️ Rasm nimani anglatadi? Bu asar tabiiy go‘zallik va inson tanasining real tasvirini ko‘rsatadi. Oldingi rassomlar kabi ideallashtirmay, Goya ayolni boricha chizgan. 📌 Qiziqarli fakt:Rassom shu rasmning kiyimdagi variantini ham yaratgan - The Clothed Maja. Ikkalasi bir xil poza, faqat bittasida ayol kiyimsiz. 📍 Hozirda qayerda? Asar Museo del Prado muzeyida saqlanadi. 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri

Muhabbat chiroyli kapalak, Qo‘rqaman sho‘rlikni tutgani. Kapalak quvganim yodimda, Yodimda yo‘q ammo yetganim... ©Shavkat Rahmon 📚 @SIYOXDON - So'z va san’at sehri.

Unversitimda bunaqa rasmlar borligini endi ko'rdim :) @SIYOXDON
+1
Unversitimda bunaqa rasmlar borligini endi ko'rdim :) @SIYOXDON

🖼Noteng nikoh — rus rassomi Vasili Pukiryov tomonidan chizilgan kartina. ⭐️ Noteng nikoh kartinasi ilk bor 1863-yilda Tretya
🖼Noteng nikoh — rus rassomi Vasili Pukiryov tomonidan chizilgan kartina. ⭐️ Noteng nikoh kartinasi ilk bor 1863-yilda Tretyakov milliy galereyasida namoyish etilgan. Oʻzining umumiy gʻoyasi, kuchli ifodasi, kundalik syujet uchun gʻayrioddiy oʻlchami va mohir ijrosi bilan u rassomni darhol rus rassomlari orasida eng koʻzga koʻringan oʻrinlardan biriga qoʻydi. Ushbu kartina uchun Akademiya rassomga professor unvonini berdi. XIX asr oʻrtalarida qizlarning xohish-irodasiga qarshi holda, yoshi katta insonlarga nikohlab berish xolatlari oʻsha davrning eng ogʻriqli holatlaridan biri edi. Bunday nikohlar zamirida moddiy manfaat, qoʻrquv va shu kabi noxush maqsadlar yotardi 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri.

Assalomu alaykum do'stlar! Hayitlik bera olmay hijolat bo'layabsizmi? Qancha berishni bilmayabsizmi.? Qanday usulda berishga ikkilanish bormi? U holda, sizga men yordamga kelaman😁 Marhamat https://tirikchilik.uz/Siyoxdon ga yuboring) @SIYOXDON

🖼️ The Persistence of Memory - (Xotira abadiyligi) 1931 🎨 Salvador Dalí 🖼️ Ushbu mashhur kartinada erib ketayotgandek ko‘r
🖼️ The Persistence of Memory - (Xotira abadiyligi) 1931 🎨 Salvador Dalí 🖼️ Ushbu mashhur kartinada erib ketayotgandek ko‘rinadigan soatlar sokin va g‘ayritabiiy manzara ustida tasvirlangan. Dalí bu obrazlar orqali vaqtning o‘tkinchiligi, xotiraning o‘zgaruvchanligi va inson ongining sirli tomonlarini ifodalaydi. Jimjit fon, uzoq ufq va yumshoq shakllar tomoshabinni go‘yoki tushga o‘xshash bir olamga olib kiradi. 💡Qiziqarli fakt:Dalí bu g‘oyani quyoshda yumshab ketgan pishloqni ko‘rgach o‘ylab topganini aytgan. Shu sababli kartinadagi erigan soatlar vaqt qat’iy va o‘zgarmas emas, balki inson ongida turlicha idrok etiladigan tushuncha ekanini ramziy tarzda ko‘rsatadi. 📍Hozirda asar Museum of Modern Art (MoMA, Nyu-York) muzeyida saqlanadi. 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri.

O'zimni izlab Ko‘zim ketmas ko‘zimdan, So‘zim ketmas so‘zimdan. Ketdim faqat o‘zimdan, O‘zimga yetolmayman. Yurak qoldi yo‘llarda, Sukunat bor so‘zlarda. Men borman, ammo go‘yo, O‘zim yo‘q bu ko‘zlarda. ✍️ Muallif : Karimov Shohruh 📜 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri.

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar agarda sizlarda ham o'z ijod mahsulingiz bo'lsa (she'r, rasm, kartina) bizga yuboringiz mumkin. Murojaat uchun : @Siyoxdonbot 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri.

⭐️Vincent van Gogh — mashhur Niderland rassomi (1853–1890), post-impressionizmning yorqin namoyandasi. U ranglar va hissiyotl
⭐️Vincent van Gogh — mashhur Niderland rassomi (1853–1890), post-impressionizmning yorqin namoyandasi. U ranglar va hissiyotlarni tasvirlashda noyob uslubga ega bo‘lgan. Eng mashhur asarlari: Starry Night, Sunflowers, Café Terrace at Night. 🌟Hayoti biroz tragik bo‘lgan: u ruhiy kasalliklar bilan kurashgan, sevgilisi bilan tortishuvdan so‘ng o‘z qulog‘ining bir qismini kesib olgan, hatto ba’zi manbalarda bo‘yoqlarni tatib ko‘rgan yoki yegan deyishadi. 37 yoshida esa u oʻzini oʻldirgan. Bugungi kunda uning san’ati butun dunyo bo‘ylab qadrlanadi va ilhom manbai hisoblanadi. 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri.

🖼️ Ramadan in the House of the Poor - (Ramazon kambag‘allar uyida) 1932-yil 🎨 Azim Azimzade 🖼️ Ushbu kartinada Ramazon oyi
🖼️ Ramadan in the House of the Poor - (Ramazon kambag‘allar uyida) 1932-yil 🎨 Azim Azimzade 🖼️ Ushbu kartinada Ramazon oyidagi kambag‘al xonadon iftori tasvirlangan. Tor va soddadil xona, kamtar taomlar, eskirgan kiyimlar va charchagan chehralar hayotning og‘irligini jimjitlik bilan ifodalaydi. Biroq bu yetishmovchilik orasida sabr, qanoat va insoniy qadr yaqqol seziladi. Bu yerda Ramazon - to‘kinlik emas, balki chidam va birdamlik sinovi sifatida ko‘rinadi. 💡Qiziqarli fakt:Azimzade bu asarni ataylab “Ramazon boylar uyida” kartinasiga qarama-qarshi qilib yaratgan. Ikki asar birgalikda Ramazonning hamma uchun bir xil bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy tengsizlik uni turlicha kechirishga majbur qilishini chuqur ochib beradi. 📍Asar Ozarbayjon tasviriy san’atining muhim namunalaridan biri bo‘lib, muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi. 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri.

🖼️ Ramadan in the House of Varli - (Ramazon boylar uyida) - 1932 🎨 Azim Azimzade 🖼️ Ushbu asar Ramazon oyidagi boy xonadon
🖼️ Ramadan in the House of Varli - (Ramazon boylar uyida) - 1932 🎨 Azim Azimzade 🖼️ Ushbu asar Ramazon oyidagi boy xonadon iftori manzarasini tasvirlaydi. To‘kin dasturxon, hashamatli uy jihozlari va xotirjam o‘tirgan mezbonlar orqali rassom nafaqat bayram kayfiyatini, balki jamiyatdagi ijtimoiy tafovutni ham nozik kinoya bilan ko‘rsatadi. Har bir detal - ortiqcha taom, beparvo nigohlar - Ramazonning ma’naviy mohiyati bilan moddiy boylik o‘rtasidagi ziddiyatni sezdiradi. 💡Qiziqarli fakt:Azimzade Ramazon mavzusida qarama-qarshi ikki asar yaratgan: - “Ramazon boylar uyida” - “Ramazon kambag‘allar uyida” Bu orqali u tomoshabinni o‘ylashga majbur qiladi: Ramazon hamma uchun bir xilmi? 📍Asar Ozarbayjon tasviriy san’ati merosiga kiradi va turli muzey hamda kolleksiyalarda namoyish etilgan. 🎨 @SIYOXDON - So‘z va san’at sehri.