en
Feedback
Oliy taʼlim rivoji

Oliy taʼlim rivoji

Open in Telegram

‼️ Har bir post sizning dunyoqarashingizni bir qadam kengaytiradi. Omma emas, fikrlaydigan insonlar uchun kanal. 🎓 Ta'lim — kelajak poydevori. 📚✨"Bilim – muvaffaqiyat kaliti!" 👤 Creator: @IslomovAIFU Lokatsiya: chirchiq.aifu.uz

Show more
1 150
Subscribers
-124 hours
+37 days
+630 days
Posts Archive
🫠 ROSTINI BELGILANG… JAVOBINGIZNI HECH KIM BILMAYDI 🧐 📚Tasavvur qiling: sizga hayotingizni o‘zgartiradigan BITTA imkoniyat
🫠 ROSTINI BELGILANG… JAVOBINGIZNI HECH KIM BILMAYDI 🧐 📚Tasavvur qiling: sizga hayotingizni o‘zgartiradigan BITTA imkoniyat berildi… Faqat bittasini tanlash mumkin. 🥶 Siz qaysi birini tanlardingiz? 🫢Natija juda qiziq chiqishi mumkin… ✈️ Telegram kanal 🗺Lokatsiya

🎓 SIZNINGCHA, BUGUNGI TA’LIMDAGI ENG KATTA MUAMMO NIMA? A) 📚 Darslar juda zerikarli B) 💰 Kontrakt narxi qimmat C) 👨‍🏫 Kuchli ustozlar kam D) Talabalar 📱 bog‘lanib qolgan E) 📝 Nazariya ko‘p, amaliyot kam F) 🤔 Boshqa sabab bor… 🔥 Faqat harfni yozib ketmang! 👇 Nega aynan shu javobni tanlaganingizni izohda yozing. Balki siz aytgan muammo — minglab talabalarni qiynayotgan muammodir… 💬 Fikringiz muhim. Izohlarda kutamiz! 🌐Telegram kanalimiz

📒📕 Boʻlajak talabalar hamda ota-onalar diqqatiga!!! Oliy ta’lim tizimida talabalar uchun muhim bo‘lgan masalalar, o‘qish jarayoni va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot videoda! 📚 🎥 Videoni oxirigacha ko‘ring — siz uchun kerakli ma’lumot bo‘lishi mumkin. 📲 Do‘stlaringiz va guruhdoshlaringizga ham ulashing! 👇👇👇👇 🌐 OLIY TA’LIM RIVOJI

🔐 HEMIS PAROLINI UNUTDINGIZMI? HEMIS tizimiga kira olmayapsizmi? Xavotir olmang! 👇 ✅ Tizimdagi “Parolni tiklash” bo‘limiga
🔐 HEMIS PAROLINI UNUTDINGIZMI? HEMIS tizimiga kira olmayapsizmi? Xavotir olmang! 👇 ✅ Tizimdagi “Parolni tiklash” bo‘limiga kiring. 🆔 Talaba ID raqamingizni kiriting. 🔄 Parolingizni mustaqil ravishda yangilang. ⚠️ Agar parolni mustaqil tiklashning imkoni bo‘lmasa yoki tizimda xatolik yuz bersa, universitet HEMIS administratori yoki O‘quv bo‘limiga murojaat qiling. 📌 Postni saqlab qo‘ying va guruhdoshlaringizga ham ulashing!TELEGRAM⚡ 👆👆👆👆 🌐 OLIY TA’LIM RIVOJI

HEMIS bo'yicha deyarli barcha talabalarni qiziqtiradigan savollar quyidagilar:
"Yakuniy imtihondan o'tish uchun kamida necha ball olishim kerak?" "Joriy baholarim o'zgartirilishi mumkinmi?" "GPA qanday hisoblanadi?" "Qayta topshirish (resit) qachon va qanday bo'ladi?" "Nega HEMISda baholarim hali chiqmagan?" "Davomatim nega noto'g'ri ko'rsatilgan?" "Transkriptni HEMISdan qanday yuklab olaman?" "Shartnoma to'lovi tizimda qachon aks etadi?" "Parolni unutdim, HEMISga qanday kiraman?" "Fan bo'yicha yakuniy ball qanday hisoblangan?" Shu va boshqa qiziqtirgan savollarga telegram kanaldan batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.TELEGRAM          🌐TOIFA AKADEMIYASI

Talaba va o‘qituvchilar diqqatiga! 🎓 Hozir oliy ta’lim tizimida ko‘pchilik bilmaydigan imkoniyatlar, yangi tartiblar va muhi
Talaba va o‘qituvchilar diqqatiga! 🎓 Hozir oliy ta’lim tizimida ko‘pchilik bilmaydigan imkoniyatlar, yangi tartiblar va muhim o‘zgarishlar juda ko‘p. ❓ HEMISdagi baholar qanday hisoblanadi? ❓ 2-qaydnoma akkreditatsiyaga ta’sir qiladimi? ❓ Diplom, magistratura va kredit tizimida nimalar o‘zgaryapti? ❓ O‘qituvchilar uchun attestatsiya va sertifikat yangiliklari qanday? 📌 Bularning barchasini sodda va tushunarli tilda “OLIY TA’LIM RIVOJI” kanalida yoritib boramiz. ⚠️ Kerakli ma’lumotni kech bilib qolmang! 📲 Kanalga qo‘shiling va postni oliygohdagi tanishlaringizga yuboring! ⚡ Telegram ⚡ 🌐Toifa akademiyasi 👇 Izohda yozing: sizni oliy ta’lim bo‘yicha eng ko‘p qiziqtirayotgan savol nima? 🔥 Eng ko‘p yozilgan savol bo‘yicha alohida post tayyorlaymiz!

🎬 Film nomi: Cho‘qintirganOta 2 The Godfather Part II 📆 Chiqqan yili: 1974 🎭 Janri: Drama | Jinoyat 💬 Qisqacha Izoh: Film ikki yo‘nalishda hikoya qiladi: 1.Yosh Vito Korleone qanday qilib kambag‘allikdan chiqib, asta-sekin katta mafiya rahbariga aylangani 2.Uning o‘g‘li Maykl Korleone esa oilaviy biznesni boshqarib, kuchli bo‘lsa ham, ichki tomondan yolg‘izlik va muammolarga botib borishi 👇👇👇👇 💸Telegram 🌐Toifa akademiyasi

🎬 The Godfather 🎬 Nomi: Cho’qintirgan Ota 1 "Cho'qintirgan Ota" filmi XX asr o'rtalarida AQShda faoliyat yuritgan italyan-amerikalik mafiyaning hayotini tasvirlaydi. “Bu film faqat jinoyat haqida emas — u tizim, boshqaruv va hokimiyatni tushunish haqida ham saboq beradi.” 📚 Ta’lim nuqtayi nazaridan: Raqobat, strategiya va qaror qabul qilishning real hayotdagi “darsligi”. 🏛 Siyosat nuqtayi nazaridan: Hokimiyat qanday ishlashi, ta’sir, ittifoqlar va “kuch muvozanati” haqida ochiq metafora. 🌏 Qolgan qismlarini koʻrishni istasangiz obuna boʻlishni unutmang 👇👇👇👇 ⚡Telegram 🌏Toifa akademiyasi 🖤 “Power is not given, it is taken.” #Education #Strategy

Ba'zi manbalarda G'afur G'ulomning 1938-yilda tergov jarayonida Abdulla Qodiriy haqida guvohlik bergani yoki unga qarshi salbiy tavsiflar bergani haqidagi hujjatlar va da'volar keltiriladi. Masalan, Nabijon Boqiyning "Qatlnoma" kitobidan olingan parchalar asosida chop etilgan maqolalarda G'afur G'ulomning Qodiriy haqida NKVD tergovchilariga ko'rsatma bergani aytiladi. ⚡Qiziqarli va oxiriga yetmagan mavzularni oʻrganish uchun telegram kanalga obuna boʻling. 👉 Telegram 🌏 Toifa akademiyasi

Futbol bizga bitta muhim saboq berdi... 34 yil kutdik. Nihoyat jahon chempionatiga chiqdik. Natija esa ko‘pchiligimiz kutgandek bo‘lmadi. Men bu voqeaga boshqa tomondan qaradim. Bir mamlakatni jahon darajasiga olib chiqish uchun faqat iqtidorning o‘zi yetmas ekan. Yillar davomida qurilgan tizim, kuchli maktab, halol raqobat, sabr va uzluksiz mehnat kerak ekan. Bir necha o‘yin ortida aslida o‘nlab yillik tayyorgarlik turadi. Endi o‘ylab ko‘raylik. Biz ilm-fanda qachon dunyoni hayratda qoldiramiz? Qachon O‘zbekiston olimlari yaratgan kashfiyotlar dunyoning eng nufuzli jurnallarida muhokama qilinadi? Qachon yoshlarimiz Nobel mukofoti yoki Fields medalini qo‘lga kiritadigan darajaga yetadi?
Buning ham bitta yo‘li bor: sifatni sondan ustun qo‘yish, ilmiy halollikni qadriyatga aylantirish va bugundan boshlab kuchli ilmiy tizimni qurish.
Jahon chempionatidagi natija bizni xafa qilgan bo‘lishi mumkin, ammo u bizga juda qimmatli haqiqatni ko‘rsatdi: xalqaro darajaga chiqish ham, u yerda munosib raqobat qilish ham tasodif emas. Bu uzoq yillar davomida qurilgan tizimning natijasidir. Ilm-fanda ham bundan boshqa yo‘l yo‘q. 🚀 Harakat va Harakat va soʻng oxirida natija bilan yengish !!! 👉 Telegram 🌏 Toifa akademiyasi

Repost from N/a
Sobir Rahimov 1920-yillarda Qizil Armiya tarkibida xizmat qilgan. U Basmachilar harakatiga qarshi sovet harbiy amaliyotlarida qatnashgan. Ibrohimbek Qo‘rboshi esa uzoq yillar sovetlarga qarshi kurash olib borgan eng kuchli qo‘mondonlardan biri edi. 1931-yilda Ibrohimbek Afg‘onistondan qaytganidan keyin sovetlar tomonidan qo‘lga olinadi. Qo‘lga olish amaliyotida Sobir Rahimov katta yordam bergan. Keyin esa unga “Qahramon ko‘krak nishoni” beriladi sovetlar tomonidan. 📜 Obuna bo'lishni unutmang: 👉Batafsil: @tarixbufakt 📲 Каналга қўшилинг: https://t.me/toifa_attestatsiya

Toraja Mumiyo Marosimi 🪦 Janubiy Sulavesi tog‘larida yashovchi Toraja xalqi dunyodagi eng g‘ayrioddiy o‘lim marosimlaridan b
Toraja Mumiyo Marosimi 🪦 Janubiy Sulavesi tog‘larida yashovchi Toraja xalqi dunyodagi eng g‘ayrioddiy o‘lim marosimlaridan birini amalga oshiradi. Ma’nene’ deb nomlanuvchi ushbu urf-odatda mumiyo holatidagi qarindoshlar qabridan qazib olinadi, tozalanadi, yangi kiyimlar kiydiriladi va qishloq bo‘ylab olib yuriladi. Toraja xalqi uchun marhumlar o‘lgan emas, balki shunchaki vaqtincha to‘xtagan a’zolar bo‘lib, ular ehtirom va g‘amxo‘rlikka loyiq sanaladi. Ayrim mumiyolar bir necha asrlik bo‘lishi mumkin. Ular tog‘larning quruq iqlimi yoki og‘zaki ravishda avloddan-avlodga o‘tgan maxsus usullar yordamida tabiiy ravishda saqlanib qolgan. Ma’nene’ turistik namoyish emas. Bu shaxsiy oilaviy burch, muhabbat va hurmat ifodasi. Biroq, uning aniq kelib chiqishi hali ham noaniq — mustamlaka davrigacha bo‘lgan yozma manbalar deyarli yo‘q, va marosimning dastlabki shakli hujjatlarga kiritilmagan. 📜 Obuna bo'lishni unutmang: 👉Batafsil: @tarixbufakt 📲 Каналга қўшилинг: https://t.me/toifa_attestatsiya

"Ilmdan oʻzga najot yoʻq" 🌏 Sunnatillo Vafoyev bilan matematikani oson oʻrganing. 👉Batafsil: @tarixbufakt 📲 Каналга қўшилинг: https://t.me/toifa_attestatsiya