BO'STONLIQ24 | TEZKOR XABARLAR
Open in Telegram
BO'STONLIQ24 - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! ⚡Reklama xizmat: @toshkentreklama_admin 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Show more749
Subscribers
-524 hours
-117 days
-5030 days
Posts Archive
💬 Aloqaga qiynalayapsizmi?
@AloqachiBot orqali o‘zingizning aloqa botingizni bir necha daqiqada yaratishingiz mumkin.
Bot orqali foydalanuvchilar sizga yozadi, siz esa shaxsingizni oshkor qilmasdan bot orqali ularga javob berasiz.
⚙️ Qulay sozlamalar
👥 Qo‘shimcha administratorlar
📱 Telefon raqamini majburiy yuborish imkoniyati*
💬 Xabarlarni qulay boshqarish
Aloqachi Bot — siz va auditoriyangiz o‘rtasidagi qulay aloqa.
👉 @AloqachiBot
OPENBUDGET GA OVOZ YIG’IB BERAMIZ.
Tezkor ovoz* yig’ishga yordam beramiz.
Kimga ovoz kerak bo’lsa👉 @milliyteam_support
📥 Видео юклаш учун энди каналларга мажбуран обуна бўлиш шарт эмас!
@CHOPQIR_BOT — Instagram, TikTok, Yotube ва бошқа платформалардан видеоларни тез ва осон юклаб олиш имконини беради.
🚫 Реклама йўқ
🚫 Мажбурий каналларга обуна йўқ
🤖 Энг қизиқ имконият — ўз ботингизни яратинг!
@CHOPQIR_BOT орқали ўзингиз учун алоҳида видео юкловчи Телеграм бот яратиб, ундан фойдаланишингиз мумкин.*👉 @CHOPQIR_BOT | VIDEO YUKLASH
🤖 OpenBudget uchun avto ovoz berish botini tayyorlab beramiz!
Namuna bot: @OpenBudgetOvozBerishBot
💰 Har bir muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ovoz uchun xizmat haqqi — 2 000 so‘m.*
🤝 Ko‘proq miqdorda foydalanadiganlar uchun alohida chegirmalar mavjud.
📩 Buyurtma va murojaat uchun: @zoirovs_admin
Ўзбекистонда банк карталари сони 75 миллиондан ошди
Жорий йилнинг 1-август ҳолатига кўра, муомаладаги банк карталари сони 75,7 миллион донага етган.
Йил бошида 430,8 мингта бўлган терминаллар сони 1-августга келиб 453,5 мингтага етган. Шу билан бирга, банкомат ва инфокиосклар сони 40,1 мингтадан 47 мингтага етган. Бу кўрсаткич 17,3 фоизга ўсган.
+6
#Boʻstonliq_tumani
“Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
🟢O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bo‘stonliq tumani “Chimboyliq” va “Qoraboy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🟢Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ayollarning oiladagi, mahalladagi va jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, ularning fidokorona mehnati va tashabbuslari alohida e’tirof etildi.
🟢Tadbir davomida mahalla jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan, mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlarga tashakkurnomalar topshirildi.
🟢Yakunida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va oilaviy an’analar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+7
#Boʻstonliq_tumani
#jarayon
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar
🟢Bo‘stonliq tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🟢Bo‘stonliq tumani hokimligi tashabbusi bilan homiylik mablag‘lari hisobidan “Sari-qangli” MFY hududida 764 metr, “Boladala” MFY hududida esa 4,8 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
🟢Bugungi kunga qadar “Sari-qangli” MFY hududida rejalashtirilgan 764 metr ichimlik suvi quvuri to‘liq tortib bo‘lindi.
🟢Shuningdek, “Boladala” MFY hududida rejalashtirilgan 4,8 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ining 2,6 kilometri tortildi. Hozirda qolgan qismda ham ishlar davom ettirilmoqda.
🟢Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida mahallalarda yashovchi aholi uchun ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, xonadonlarni suv bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayadi.
🟢Aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bunday amaliy ishlar tuman hududida izchil davom ettirilmoqda.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+4
#Boʻstonliq_tumani
#Payshanba_Yoshlar_Kuni
🟢Haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent viloyati IIBB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik S.Oktamov hamda tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev boshchiligida probatsiya nazoratida turgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
🟢Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🟢Shuningdek, probatsiya nazoratidagi yoshlar bilan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, qayta huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik, ularning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlash hamda “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
🟢Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini bartaraf etish va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
#Boʻstonliq_tumani
Turizm sohasida yangi loyihalarBoʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi 🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+8
#Boʻstonliq_tumani
Ehtiyojmand fuqarolarga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-maydagi PQ–196-son “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 23-maydagi 177-son va 2026-yil 16-iyundagi 195-son buyruqlari asosida Bo‘stonliq tumanida “Vaqf–1” va “Vaqf–2” loyihalari doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
🟢Mazkur loyihalar doirasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularga yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, og‘ir kasalliklarni davolash va nogironlikning oldini olish, shuningdek, aholining salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🟢Belgilangan tartibga muvofiq og‘ir hamda nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan fuqarolar uchun maxsus vaucherlar rasmiylashtirilib, ular asosida bemorlar respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv, davolanish va zarur hollarda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun yuborilmoqda.
🟢Bo‘stonliq tumani hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman Tibbiyot birlashmasi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamkorligida jami 43 ta vaucher ajratildi.
📝Shundan:
💬 35 ta — bolalar jarrohligi yo‘nalishi uchun;
💬 2 ta — katta yoshdagi bemorlarning onkogematologiya yo‘nalishi uchun;
💬 1 ta — “Vaqf–2” loyihasi doirasida transplantologiya yo‘nalishi uchun;
💬 5 ta — “Vaqf–1” loyihasi doirasida katta yoshdagi fuqarolar uchun yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
🟢Ajratilgan barcha vaucherlar ehtiyojmand fuqarolarga topshirilib, ularning davolanish jarayonlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
🟢Bugungi kunga qadar 30 nafar fuqaro ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga yotqizildi. Ularning 26 nafarida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi, shuningdek, 2 nafar katta yoshdagi bemorda onkogematologiya yo‘nalishida murakkab davolash ishlari o‘tkazildi.
📝Hozirgi kunda:
💬 14 nafar bola rejali jarrohlik amaliyotiga tayyorlanmoqda;
💬 21 nafar bolada yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi;
💬 1 nafar ehtiyojmand fuqaro uchun buyrak transplantatsiyasi o‘tkazish rejalashtirilgan;
💬 5 nafar katta yoshdagi fuqaroda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi.
🟢Bo‘stonliq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga manzilli ijtimoiy va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+7
#Boʻstonliq_tumani
#dolzarb_40_kunlik
#jarayon
Bo‘stonliq tumanida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli hasharlar davom etmoqda
🟢Bo‘stonliq tumanining barcha mahallalari, asosiy avtomobil va temiryo‘l yoqalari, qabristonlar hamda jamoat joylarida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida ommaviy hashar va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
🟢Hasharlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari faol ishtirok etmoqda.
🟢Tadbirlar davomida ko‘chalar tartibga keltirilib, yo‘l yoqalari va jamoat hududlaridagi begona o‘tlar o‘rib tozalanmoqda, ariq-zovurlar tozalanib, yo‘l bo‘ylarida tartibsiz qoldirilgan qurilish materiallari hamda maishiy chiqindilar olib tashlanmoqda.
🟢Shuningdek, qurigan daraxtlar kesib olinib, ko‘cha va piyodalar yo‘laklari, qabristonlar hamda boshqa jamoat maskanlarida tozalash va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+5
#Boʻstonliq_tumani
#shukuh
🟢"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g‘oyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bo‘stonliq tumanidagi “Kichiksoy” hamda “Birlik” MFYlari aholisi uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
🟢Tadbir davomida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz taraqqiyotini tarannum etuvchi milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi. Ishtirokchilar qalbida shukronalik, Vatanga sadoqat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
🟢Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
🟢Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamiyatda birdamlik, hamjihatlik va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+9
#Boʻstonliq_tumani
#dolzarb_40_kunlik
#jarayon
Bo‘stonliq tumanida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli hasharlar davom etmoqda
🟢Bo‘stonliq tumanining barcha mahallalari, asosiy avtomobil va temiryo‘l yoqalari, qabristonlar hamda jamoat joylarida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida ommaviy hashar va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
🟢Hasharlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari faol ishtirok etmoqda.
🟢Tadbirlar davomida ko‘chalar tartibga keltirilib, yo‘l yoqalari va jamoat hududlaridagi begona o‘tlar o‘rib tozalanmoqda, ariq-zovurlar tozalanib, yo‘l bo‘ylarida tartibsiz qoldirilgan qurilish materiallari hamda maishiy chiqindilar olib tashlanmoqda.
🟢Shuningdek, qurigan daraxtlar kesib olinib, ko‘cha va piyodalar yo‘laklari, qabristonlar hamda boshqa jamoat maskanlarida tozalash va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
#Boʻstonliq_tumani
CHO‘MILISH MAVSUMI XAVFSIZ XORDIQ SIRLARIBoʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati ➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi 🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli ZIRH BOT uchun yangi Anti-Spam himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️ Yoqish:
/antispam
⚠️ Eslatma: Funksiya hozircha BETA bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa, @zirh_support ga yozing.
➕ Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT+9
#Boʻstonliq_tumani
#dolzarb_40_kunlik
#jarayon
Bo‘stonliq tumanida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli hasharlar davom etmoqda
🟢Bo‘stonliq tumanining barcha mahallalari, asosiy avtomobil va temiryo‘l yoqalari, qabristonlar hamda jamoat joylarida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida ommaviy hashar va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
🟢Hasharlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari faol ishtirok etmoqda.
🟢Tadbirlar davomida ko‘chalar tartibga keltirilib, yo‘l yoqalari va jamoat hududlaridagi begona o‘tlar o‘rib tozalanmoqda, ariq-zovurlar tozalanib, yo‘l bo‘ylarida tartibsiz qoldirilgan qurilish materiallari hamda maishiy chiqindilar olib tashlanmoqda.
🟢Shuningdek, qurigan daraxtlar kesib olinib, ko‘cha va piyodalar yo‘laklari, qabristonlar hamda boshqa jamoat maskanlarida tozalash va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+9
#Boʻstonliq_tumani
#dolzarb_40_kunlik
#jarayon
🟢“Dolzarb 40 kunlik” doirasida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” shiori ostida Bo‘stonliq tumanining asosiy avtomobil yo‘llari yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
🟢Mazkur tadbirlar davomida yo‘l yoqalari va yashil hududlar begona o‘tlardan tozalanib, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda, yo‘l chetlari tartibga keltirilib, sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🟢Shuningdek, chiqindilar yig‘ishtirilib, hududlarning obod va fayzli qiyofasini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+6
#Boʻstonliq_tumani
#dolzarb_40_kunlik
Obod mahalla – farovon hayot sari muhim qadam
🟢Bugun Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Axmedov "Dolzarb 40 kunlik" doirasida "Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon" shiori ostida “Uyenkulsoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🟢O‘rganishlar davomida tuman hokimi mahalla aholisi bilan muloqot qilib, hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarda har bir fuqaroning faol ishtiroki muhim ekanini ta’kidladi. Aholi vakillari obodonlashtirish, ozodalikka rioya etish va mahalla ravnaqi yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirildi.
🟢Shuningdek, mas’ul mutasaddilar ishtirokida mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish loyihalari, infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🟢Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, obodonlashtirish ishlarida jamoatchilik faolligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+6
#Boʻstonliq_tumani
Ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi
🟢Bugun tuman hokimligi binosida “Tuman oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” tomonidan har payshanba kuni an’anaviy tarzda ajrim yoqasida turgan va nizoli holatdagi oilalar bilan navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
🟢Tadbirda komissiya a’zolari bilan bir qatorda Respublika ishchi guruhi a’zolari ham ishtirok etdi.
🟢Mazkur uchrashuvda jami 15 ta oila ishtirok etib, suhbat va tushuntirish ishlari natijasida ularning 7 tasi yarashtirilib, oilaviy munosabatlarni tiklash bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi. Natijada 11 nafar bola yana ota-onasi bag‘rida tarbiya topadigan bo‘ldi. Qolgan oilalarga esa vaziyatni yanada chuqur o‘rganish hamda puxta o‘ylangan qarorga kelishlari uchun keyingi profilaktik uchrashuvga qadar muhlat berildi.
🟢Uchrashuv davomida oila muqaddasligi, farzandlarning ota-onaga bo‘lgan ishonchi, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyatning muhim ahamiyati yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
+9
#Boʻstonliq_tumani
#jarayon
Bo‘stonliqda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
🟢Bo‘stonliq tumanining asosiy avtomobil yo‘llari va temiryo‘l yoqalari hududlarida “Obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda hashar ishlari tashkil etilmoqda.
🟢Tadbirlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari faol ishtirok etmoqda.
🟢Hashar davomida yo‘l va temiryo‘l yoqalari chiqindilardan tozalanib, begona o‘tlar o‘rib tashlanmoqda, hududlar tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda.
🟢Bunday ezgu tashabbuslar tuman hududlarining ozodaligi va obod qiyofasini ta’minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholining qulay va toza muhitda yashashiga xizmat qiladi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi
🌍Web-site | ✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
