en
Feedback
UZAGROSTAR XOLDING

UZAGROSTAR XOLDING

Open in Telegram

"Uzagrostar xolding" – ishonchli hamkor va yaqin ko‘makchi! Murojaat uchun: 👉 @uzagrostar_bot

Show more
8 360
Subscribers
-15224 hours
+2 2287 days
+1 51130 days
Posts Archive
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Nishonda ikki mega loyiha 🤔 Iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi, tuproq unumdorligining pasayishi, bozorlardagi yangi talablar — bularning barchasi agrar tarmoq oldiga yangi vazifalarni qoʻymoqda. 🎓 Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek bugun har bir qarorning ortida ilm, aniq hisob-kitob va zamonaviy texnologiya turishi kerak. 🗺 "Uzagrostar xolding" hamda uning muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida shu paytgacha foydalanishda bo‘lmagan 2 500 gektar cho‘l hududi o‘zlashtirildi. ➡️ 1330 gektar maydonda "Qashqadaryo – Agro Star" tomonidan zamonaviy usulda chorva ozuqasi hamda 300 gektar qismida "Bulung‘ur – Agro Star" tomonidan tadbirkor bilan hamkorlikda urugʻlik kartoshka yetishtirish yoʻlga qoʻyildi. 📈 Muhim jihati shundaki, har bir jarayon xorijlik mutaxassislar ishtirokida, ilmiy asosda, zamonaviy texnologiyalar yordamida olib borilmoqda. 🔬 Iqlim sharoitidan tortib, tuproqning tarkibi, namlik darajasigacha barchasi hisobga olingan. 📌 Gollandiyadan keltirilgan 5 xil navdagi yuqori sifatli elita kartoshka urug’lari ekilmoqda. 💧 Avstriyaning “BAUER” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta zamonaviy pivot usulidagi aylanma sug’orish tizimi o’rnatildi. 📈 Loyiha orqali 10 ming tonna sifatli kartoshka uruglik zaxirasini yaratish reja qilingan. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | 🕊 X | ✅facebook |📹 Youtube |🌐 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Ilg‘or tajriba — yuqori hosil va yangi imkoniyatlar sari yo‘l!   ➡️ Prezidentimiz tomonidan yurtimizdagi meva-sabzavotchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mirishkor bog‘bon va dehqonlarni xorijda o‘qitish vazifasi topshirilgan edi.   📌 Mazkur tashabbus doirasida “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tomonidan Turkiya, Gollandiya, Misr, Yaponiya, Koreya Respublikasi kabi davlatlar bilan amaliy ishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.   📌 Navbatdagi manzil — agrar sohada dunyo yetakchilaridan biri bo‘lgan Xitoy!   📈 Ayni kunlarda 45 nafar o‘zbekistonlik bog‘bonlar Xitoyning yetakchi qishloq xo‘jaligi korxonalarida bo‘lib, bir haftalik amaliy seminarlarda ishtirok etdi.   🌱 Eng muhimi, ishtirokchilar bilimlarini faqatgina auditoriyada emas — bevosita Xitoyning zamonaviy bog‘larida, amaliyot jarayonida mustahkamlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.   ⚡️ Bir bog‘bonning yangi bilimi — bir xo‘jalikning emas, butun hududning rivojiga turtki beradi.   🔖 Respublika bo‘yicha 100 dan ortiq usta bog‘bonlarni zamonaviy bilimlar asosida tajribasini oshirish reja qilingan. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🛒 Mo‘g‘ulistondan olib kelingan “Bayad” zotli qo‘ylar aholiga arzon narxlarda taqdim qilinmoqda. 📄 Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida “Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Navoiy – Agro Star” kompaniyasi tomonidan Mo‘g‘uliston davlatidan 30 ming bosh “Bayad” zotli qo‘y olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🧮 Dastlabki bosqichda 10 ming bosh qo‘y olib kelish bo‘yicha shartnomalar imzolanib, hozirda 2 520 bosh “Bayad” zotli qo‘ylar keltirilib, aholiga ustamasiz arzon narxlarda oilaviy tadbirkorlik krediti asosida yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. ➡️ Joriy yil yakuniga qadar 30 ming bosh “Bayad” zotli qo‘ylar olib kelinadi. 🔖 Qo‘ylar aholiga arzon narxda — 1 boshi 3 mln so‘mdan yetkazib berilmoqda. 📞 Murojaat uchun: +998 99 782 18 00 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🇺🇿 Aziz yurtdoshlar! Barchangizni Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Bugun jadal sur’atlarda rivojlanib, dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini mustahkamlab borayotgan Yangi O‘zbekistonimiz ravnaq topaversin, taraqqiyotimiz bardavom bo'lsin. Shunday qutlug‘ sanada barcha yurtdoshlarimizga ezguliklar doim yor bo'lishini tilaymiz. Xonadoningizdan baxt-saodat, tinchlik-totuvlik va qut-baraka arimasin. Bayram barchamizga muborak bo‘lsin! 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

#tabrik Alikulov Shavkatjon Sheraliyevich — “Shuhrat” medali sohibi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni
#tabrik Alikulov Shavkatjon Sheraliyevich — “Shuhrat” medali sohibi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan “Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Quva – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi direktori Alikulov Shavkatjon Sheraliyevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shavkatjon Sheraliyevich, “Uzagrostar xolding” jamoasi sizni mazkur yuksak mukofot bilan muborakbod etadi, kelgusidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaydi. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Agrostar fresh – tabiiy, mazali va foydali! ➡️ "Uzagrostar xolding" muassisligidagi "Agrostar konsalting" kompaniyasi tomonidan Yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda 100 foiz tabiiy, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 🍉 Ular "Vending" mashinalari orqali aholiga taqdim etilmoqda. 📈 Mahsulotlar sotuvning dastlabki kunidanoq xaridorlar tomonidan katta qiziqish va mamnuniyat bilan kutib olindi. Tabiiy va sifatli mahsulot – sog‘lom turmush poydevori! 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 📌 “Qashqadaryo – Agro Star” tomonidan Nishon tumanidagi foydalanishda bo‘lmagan 1 330 gektar yer maydoni o‘zlashtirildi. ➡️ Bu yerda zamonaviy usulda chorva ozuqasi yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. 💧 Avstriyaning “BAUER” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta Pivot usulidagi zamonaviy aylanma yomg‘irlatib sug‘orish tizimi olib kelindi. Hozirda ularni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Mirzacho‘l qovunlari Mo‘g‘uliston bozorida 📄 Joriy yilning avgust oyida "Mirzacho‘l – Agro Star" hamda "MIRA UZBEK FRUITS" kompaniyalari o‘rtasida shartnoma imzolangan edi. ☑️Unda "Mirzacho‘l – Agro Star" tomonidan 100 ming dollar miqdoridagi qovunlarni Mo‘g‘ulistonga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. ✈️ Dastlabki 2 ming tonna qovun havo transporti orqali xorijiy davlatga eksport qilindi. 📊 Qolgan qismini ham xorijiy kompaniya talabiga ko'ra bosqichma-bosqich yuborish reja qilingan. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🍉 Yetishtirgan mahsulotingizni sotish uchun endi xaridor qidirib, ovora bo‘lish shart emas. 💳 "Mening Tomorqam" platformasiga joylang hamda mahsulotlaringizni bepul, tez va oson soting! 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ #OAV_biz_haqimizda Mo‘g‘ulistondan "Bayad" zotli qo‘ylar olib kelinmoqda 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Qo‘lbola usulda sirka tayyorlashdan zamonaviy kichik biznesgacha! ➡️ Baxmal tumanida yashovchi Zebo Toshbekova 5 yildan buyon qo‘lbola usulda sirka tayyorlash bilan shug‘ullanib keladi. ⚡️ "Baxmal – Agro Star" hamda "Agrobank" ko‘magi bilan tadbirkor xonadonida zamonaviy kichik ishlab chiqarish liniyasi tashkil etilib, mahsulotning brendi ham yaratildi. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ ➡️ "Baxmal – Agro Star" hamda Agrobank tomonidan "Oyqor" mahallasidagi 20 gektar maydonda zamonaviy intensiv olma bog‘i barpo etilgan edi. 🌱 Fransiyaning "Dalival" kompaniyasi bilan hamkorlikda yozning chillasida ekilgan daraxtlar kutilganidan ham samarali natija bermoqda. ➡️ Yana bir mega loyiha. Dengiz satxidan 1700 metr balandlikdagi 123 gektar yer maydoni o‘zlashtirildi. 📈 Shu paytga qadar samarali foydalanilmay kelayotgan bu lalmikor yerlarda "Baxmal – Agro Star" tomonidan sanoatlashgan zamonaviy intensiv bog‘ barpo etildi. ➡️ “Uzunbuloq” massividagi 10 gektar maydonda zamonaviy ko’chatxona ham tashkil etildi. 🔼 Fransiyaning “Dalival” kompaniyasidan keltirilgan M9T337, M9 Elma, Pajam 1 lanser hamda Pajam 2 cepiland payvantaglariga zamonaviy eksportbop, yuqori talabgir navlar payvand qilinmoqda. 🪴 Bu yerda 470 mingta sertifikatlangan, viruslardan holi yuqori sifatli ko’chatlar yetishtirilib, aholiga arzon narxlarda yetkazib beriladi. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Mo‘g‘ulistondan mamlakatimizga 30 ming bosh “Bayad” zotli qo‘y olib kelinmoqda   ✅ Joriy yilning aprel oyida “Uzagrostar xolding” hamda "Navoiy – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasi mas’ullari Mo‘g‘ulistonga xizmat safari davomida “Jargalant Sheep Farm” hamda "Bujt" kompaniyalari bilan kelishuvga erishgan edi. 📄 Mazkur ikki xorijiy kompaniyalar bilan dastlabki bosqichda jami 10 ming bosh qo‘yni mamlakatimizga olib kelish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. 📌 Hozirda 700 bosh qo‘y havo transporti orqali Navoiy viloyatiga yetib keldi. ➡️ Moʻgʻulistondan keltirilayotgan qo‘ylarni vaqtincha saqlash va mahalliy iqlimga moslashtirish maqsadida Karmana tumanida maxsus karantin zonalari tashkil etilgan. 🔬 30 kunlik karantin davrida laboratoriya tahlillari, zarur profilaktik va veterinariya tadbirlari, kasalliklarga qarshi emlash ishlari amalga oshiriladi.             📌 Bazaviy va qamrab olingan tumanlarda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va mazkur naslni ko‘paytirish maqsadida qo‘ylar aholiga ustamasiz narxlarda taqdim etilishi rejalashtirilgan. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 📌 "Mirzacho‘l – Agro Star" tomonidan O‘zbekiston milliy banki bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Xovos tumani "Oqchangal" mahallasida ekologik toza qovun quritish tizimi yo‘lga qo‘yildi. ➡️ Mazkur mahallada 600 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularning 470 tasida yashovchi aholi qovun qoqi tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 🔬 Ochiq havoda eskicha usulda quritilgan qovunlar sanitariya talablariga mutlaqo javob bermaydi, sifati past, narxi arzon, jahon bozorida esa talabgir emas. 💳 Shu bois mazkur xonadonlarni zamonaviy qoqi tayyorlash tizimiga o‘tkazish reja qilingan. 📈 Hozirda tajriba tariqasida 2 ta xonadonda issiqxona qurib berilib, xorijiy mutaxassislar va mahalliy olimlar bilan hamkorlikda Xitoy usulida zamonaviy qovun quritishning sir-asrorlari aholiga o‘rgatilmoqda. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 📌 "Qo'shrabot – Agro Star" tomonidan Xatirchi tumanidagi 11 gektar maydonda zamonaviy uzum bog‘i barpo etildi. 🌱 SO4 payvandtagli Qora kishmish va Gigant navli uzum ko‘chatlari ekildi. ➡️ An'anaviy uzum bog‘larining 1gektaridan o‘rtacha 12-16 tonna hosil olinsa, ushbu zamonaviy bog'da mazkur ko‘rsatkichlar ikki barobar yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ "Bulung‘ur – Agro Star" tomondan Gollandiyadan keltirilib, Xo‘jamazgil tog‘li hududida ekilgan elita kartoshka urug‘larining hosili yig‘ib olinmoqda. 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Agrar sohaga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda 📱 Telegram | 📱Instagram | 📱facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Toshkent viloyati tumanlaridagi hokim yordamchilari hamda issiqxonachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar "Yangiyo‘l – Agro Star" tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona faoliyati bilan tanishdi. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ O‘zbekistonda ilk bor urug‘dan payvandtak tayyorlash yo‘lga qo‘yildi ➡️ "Uzagrostar xolding" kompaniyasi muassisligidagi "Denov – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasi hamda "Turon bank" ATB tomonidan zamonaviy ko‘chatxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 📌 Payvandtak tayyorlash uchun Turkiya davlatidan Bigaradiya (nordon apelsin) urug‘lari olib kelinib, yetishtirilmoqda. 📈 Bigaradiyaning kuchli ildiz tizimi suvsizlikka chidamliligini oshiradi, yuqori hosildorlikni ta'minlaydi. 🔼 Shuningdek, mazkur nav sho‘rlanish va turli kasallikllarga ham chidamli hisoblanadi. Umr ko‘rish davomiyligi ham mahalliy navlarga nisbatan ancha uzun. 🔖 Yetishtirilgan Bigaradiya payvandtaglariga "Toshkent F-1" mahalliy limon navi payvand qilinib, yiliga 1 mln dona yuqori sifatli va hosildor ko‘chatlar yetishtirish rejalashtirilgan. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Pomidor kesish jarayonida zamonaviy texnologiyadan foydalanilmoqda"Yangiyo‘l – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniaysi tomonidan pomidor qoqi tayyorlash jarayonida qo‘llash uchun Turkiya davlatining "Ark konservachilik" kompaniyasidan zamonaviy pomidor kesish texnologiyasi olib kelindi. 📊 Mazkur texnologiya vaqt va mablag‘ni sezilarli darajada tejaydi. 1 soatda 3-5 tonna pomidor kesish quvvatiga ega. Qo‘l mehnatidan foydalanilganda bu vazifa uchun 35-40 nafar odam 1 kun vaqt sarflaydi. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 facebook |📱 Youtube |🖥 Veb-sayt