CHIRCHIQ24 | TEZKOR XABARLAR
Open in Telegram
CHIRCHIQ24 - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! ⚡Reklama xizmat: @toshkentreklama_admin 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Show more747
Subscribers
-524 hours
-127 days
-5230 days
Posts Archive
💬 Aloqaga qiynalayapsizmi?
@AloqachiBot orqali o‘zingizning aloqa botingizni bir necha daqiqada yaratishingiz mumkin.
Bot orqali foydalanuvchilar sizga yozadi, siz esa shaxsingizni oshkor qilmasdan bot orqali ularga javob berasiz.
⚙️ Qulay sozlamalar
👥 Qo‘shimcha administratorlar
📱 Telefon raqamini majburiy yuborish imkoniyati*
💬 Xabarlarni qulay boshqarish
Aloqachi Bot — siz va auditoriyangiz o‘rtasidagi qulay aloqa.
👉 @AloqachiBot
OPENBUDGET GA OVOZ YIG’IB BERAMIZ.
Tezkor ovoz* yig’ishga yordam beramiz.
Kimga ovoz kerak bo’lsa👉 @milliyteam_support
📥 Видео юклаш учун энди каналларга мажбуран обуна бўлиш шарт эмас!
@CHOPQIR_BOT — Instagram, TikTok, Yotube ва бошқа платформалардан видеоларни тез ва осон юклаб олиш имконини беради.
🚫 Реклама йўқ
🚫 Мажбурий каналларга обуна йўқ
🤖 Энг қизиқ имконият — ўз ботингизни яратинг!
@CHOPQIR_BOT орқали ўзингиз учун алоҳида видео юкловчи Телеграм бот яратиб, ундан фойдаланишингиз мумкин.*👉 @CHOPQIR_BOT | VIDEO YUKLASH
🤖 OpenBudget uchun avto ovoz berish botini tayyorlab beramiz!
Namuna bot: @OpenBudgetOvozBerishBot
💰 Har bir muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ovoz uchun xizmat haqqi — 2 000 so‘m.*
🤝 Ko‘proq miqdorda foydalanadiganlar uchun alohida chegirmalar mavjud.
📩 Buyurtma va murojaat uchun: @zoirovs_admin
Ўзбекистонда банк карталари сони 75 миллиондан ошди
Жорий йилнинг 1-август ҳолатига кўра, муомаладаги банк карталари сони 75,7 миллион донага етган.
Йил бошида 430,8 мингта бўлган терминаллар сони 1-августга келиб 453,5 мингтага етган. Шу билан бирга, банкомат ва инфокиосклар сони 40,1 мингтадан 47 мингтага етган. Бу кўрсаткич 17,3 фоизга ўсган.
+3
#Jarayon #Qurilish
Chirchiq shahrida “Istiqlol” mahallasida 24/7 ko‘chasi barpo etiladi
Bugun Chirchiq shahridagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy 24/7 ko‘chasini barpo etish ishlari boshlandi. Qurilish boshlanishi munosabati bilan oqsoqollar ishtirokida duo qilindi.
Loyiha doirasida hudud obodonlashtirilib, ko‘chatlar ekiladi, zamonaviy yoritish tizimlari, o‘rindiqlar hamda aholi uchun qulay dam olish maydonchalari barpo etiladi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+6
#Sayyor_qabul
2026-yil 7-avgust kuni Chirchiq shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Murodjon Abdurahimov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolarning ish bilan ta’minlash, uy-joy, moddiy yordam va boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+5
“Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Chirchiq shahridagi “Birlik” mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, oilaviy an’analarni keng targ‘ib etish hamda ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish maqsadida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zbek xalqining boy milliy merosi, urf-odat va an’analari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni kelgusi avlodga yetkazish, oilalarda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning iqtidor va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirning amaliy qismida mahalla onaxonlari tomonidan milliy taomlar tayyorlanib, did bilan bezatilgan dasturxon yozildi. Unda xalqimizga xos mehmondo‘stlik, oilaviy qadriyatlar va milliy an’analar o‘z ifodasini topdi.
Yakunda mahallaning faol va tashabbuskor xotin-qizlari munosib e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+3
Chirchiq shahridagi “Quyosh” mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, oilaviy an’analarni keng targ‘ib etish hamda ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish maqsadida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zbek xalqining boy milliy merosi, urf-odat va an’analari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni kelgusi avlodga yetkazish, oilalarda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning iqtidor va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir doirasida milliy dasturxon bezatilib, xalqimizga xos mehmondo‘stlik, oilaviy qadriyatlar va milliy an’analar namoyish etildi.
Yakunda mahallaning faol va tashabbuskor xotin-qizlari munosib e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi. Mazkur e’tirof ayollarning jamiyat taraqqiyoti, oila mustahkamligi hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnatiga bildirilgan yuksak hurmat va e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+8
#Chirchiq_shahri
#Jarayon
🟢O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g‘oyasi asosida tayyorlangan targ‘ibot materiallari Chirchiq shahri hududidagi tashqi reklama obyektlariga bosqichma-bosqich joylashtirilmoqda.
🟢Mazkur targ‘ibot ishlari Mustaqillik bayramining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarda Vatanga sadoqat, milliy birlik, hamjihatlik va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va taraqqiyot islohotlarini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+4
“Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Tasdiqlangan reja asosida Chirchiq shahrining “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Axborot-kutubxona markazida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan ta’lim, kasb-hunar, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+4
#Payshanba_Yoshlar_Kuni
Chirchiq shahrida “Rahbar va yoshlar” kuni doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Mahallalarga biriktirilgan rahbarlarga aynan shu kuni yoshlar masalalari bilan tizimli shug‘ullanish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni Chirchiq shahridagi “Kimyogar” mahallasi binosida “Rahbar va yoshlar” kuni doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov hamda shahar prokurori U.Ablabekov ishtirok etib, mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini tingladilar. Muloqot davomida bandlik, ta’lim, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+9
#Mustaqillik35
#YangiRuhiyat
#Chirchiq_shahar
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq Chirchiq shahrining “Quyosh” mahallasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika ishchi guruhi vakillari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chirchiq shahar bo‘linmasi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassislari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari guruhi a’zolari hamda mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, aholi farovonligini yuksaltirish, mahallalarda ijtimoiy faollikni oshirish hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’ruzalar qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida mahalla hayotida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi, jonkuyarligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan bir guruh faollar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
#Jarayon
#Obodonlashtirish
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Chirchiq shahrida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, bugun “Navruz” hamda “Madaniyat” mahallalarida maxsus texnikalar jalb etilgan holda maishiy chiqindilarni olib chiqish, hududlarni tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar mahallalarning sanitariya holatini yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda aholi uchun yanada qulay va obod yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+3
🔴 Live
🟢 Jarayon
#Chirchiq_shahri
📍Ayni damda Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov mahalla yettiligi ishtirokida «Dolzarb 40 kunlik» loyihasi doirasida videoselektor (Zoom) yig‘ilishini o‘tkazmoqda.
🔹 Yig‘ilishda har bir xonadonda «Obod xonadon» mezonlarini ta’minlash, ko‘chalarning yagona me’moriy qiyofasini shakllantirish, obodonlashtirish va sanitariya ishlarini jadallashtirish, shuningdek, ushbu jarayonlarga aholi ishtirokini keng jalb etish masalalari muhokama qilinmoqda.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli ZIRH BOT uchun yangi Anti-Spam himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️ Yoqish:
/antispam
⚠️ Eslatma: Funksiya hozircha BETA bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa, @zirh_support ga yozing.
➕ Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT+4
#Chirchiq_shahar
#Obodonlashtirish
🟢Chirchiq shahrida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” shiori ostida “Xamza” MFY hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlaridan fotolavhalar.
❗️Hurmatli fuqarolar! Mahallamiz obodligi va ozodaligi barchamizning mas’uliyatimizdir. Xonadoningiz, ko‘changiz va mahallangiz tozaligiga befarq bo‘lmang, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok eting. Birgalikda yanada obod, fayzli va namunali mahallalarni barpo etamiz!
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+8
#Chirchiq_shahar
#Obodonlashtirish
🟢Chirchiq shahrida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” shiori ostida “Istiqlol” MFY hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlaridan fotolavhalar.
❗️Hurmatli fuqarolar! Mahallamiz obodligi va ozodaligi barchamizning mas’uliyatimizdir. Xonadoningiz, ko‘changiz va mahallangiz tozaligiga befarq bo‘lmang, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok eting. Birgalikda yanada obod, fayzli va namunali mahallalarni barpo etamiz!
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+5
#Chirchiq_shahar
#Obodonlashtirish
🟢Chirchiq shahrida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” shiori ostida “Shodlik” hamda A.Yassaviy MFY hududlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlaridan fotolavhalar.
❗️Hurmatli fuqarolar! Mahallamiz obodligi va ozodaligi barchamizning mas’uliyatimizdir. Xonadoningiz, ko‘changiz va mahallangiz tozaligiga befarq bo‘lmang, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok eting. Birgalikda yanada obod, fayzli va namunali mahallalarni barpo etamiz!
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
+5
#Milliy_qadriyatlar
#Chirchiq_shahar
Milliy qadriyatlar – ma’naviy merosimizning mustahkam poydevori
Chirchiq shahridagi mahallalarda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur hamda ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlarda milliy urf-odat va an’analarimizni asrash, oila muqaddasligini ulug‘lash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, milliy liboslarni e’zozlash, shuningdek, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik namunalarini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga milliy urf-odat va an’analarimiz amaliy ko‘rinishda namoyish etilib, ularni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga munosib tarzda yetkazish barchamizning muhim burchimiz ekani ta’kidlandi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
