en
Feedback
Ijrochidan

Ijrochidan

Open in Telegram

Murojaat uchun: 507440844 • Sahifadagi she’rlar Imomov Joʻshqin Erkinovichga ya’ni (IJROCHIDAN)ga tegishli. • She’rlar mualliflik huquqiga ega! Foydalanishda xiloflik qilmang!

Show more
7 449
Subscribers
+324 hours
-447 days
+5330 days
Posts Archive
Ahvolimga qarab turib kulgim kelar, Goh hijronning azobidan oʻlgim kelar. Men bezovta boʻlganimda ich-ichimdan, Qay ahvolda yurganingni koʻrgim kelar… ✍️Ijrochidan

Oʻzimni oʻzim yedim. Boshqalarning bunga kuchi yetmadi..!

Agar oʻz she’rlaringizni @Ijrochidan ijro qilishini xohlasangiz @ijrochiga_buyurtma telegrami orqali yozishingiz mumkin. Ismga yoki qaysidir mavzuda she’r yozdirishingiz mumkin. Xizmat PULLIK!!!

Yuragimni ogʻritgan yor, Yuragingiz salomatmi? Mening koʻnglim notinch juda, Siznikida halovatmi? Xayolimni buzar gʻamlar, Siz kulasiz buncha shodon. Baxtiyorsiz hammadan koʻp, Meni ezar oʻtli hijron… Jonim yomon ogʻrimoqda, Otashlarga tushdim chogʻi. Sizda faqat baxt va shodlik, Yoʻq mendagi dard adogʻi… Kuyib kuyib borgan edim, Siz ham meni oʻtga otmang! Armonlarning bozorida, Yuragimni arzon sotmang… ✍️Ijrochidan

Mendan juda ehtiyot boʻling, Siz bilmaysiz qandayligimni… Tegavermang jahlimga ha deb, Koʻrsataman soʻng kimligimni… Mendan juda ehtiyot boʻling, Qoʻyavermang yoʻlimga tuzoq… Bilsangiz gar oʻlgisi kelsa, Yoʻlbars bilan oʻynashar buzoq… Mendan juda ehtiyot boʻling, Jim yuraman, kulib yuraman… Sezdirmayman biror narsani, Lek barchasin bilib yuraman… Mendan juda ehtiyot boʻling, Asabimga yetkazmang shikast! Kulganimga qoʻymang ishonib, Men olaman juda ogʻir qasd! Mendan juda ehtiyot boʻling, Koʻrmagansiz asl yuzimni! Kelib qolsa ozgina gʻashim, Tanimayman oʻzim oʻzimni… Mendan juda ehtiyot boʻling, Oqibati boʻlmaydi yaxshi… Hozir sizga hurmatda boʻlsam, Turayapman oʻzimga qarshi… Mendan juda ehtiyot boʻling… ✍️Ijrochidan

Hammani teng qilib yaratgan Xudo, Biroq ayrimlarda yoʻq mehr, shafqat! Dunyoda har neni bildim-u ammo, Oʻzimning qadrimni bilmadim faqat! Ezdilar, jilmayib oʻrnimdan turdim, Ta’nalar qildilar, men dedim rahmat. Oʻzgalar koʻngli deb goh sassiz yurdim, Oʻzimning qadrimni bilmadim faqat! Bagʻrimni qonlarga boʻyadim har gal, Lekin koʻrsatmadim hech kimga nafrat. Tuproqqa qorishib ketgan bemahal, Oʻzimning qadrimni bilmadim faqat! Oyogʻim ostidan chiqaverar choh, Bariga chidadim, ayladim toqat. Boshqalar holidan boʻlgancha ogoh, Oʻzimning qadrimni bilmadim faqat! Ekkaning oʻrasan deganlari chin, Bu inkor etilmas achchiq haqiqat! Kim boʻlsa qadriga yetdim-u lekin, Oʻzimning qadrimni bilmadim faqat! ✍️Ijrochidan

Xiyonat sabab boʻlmagan ayriliqlar ham bor..!

🎙Sevara Abdukadirova ✍Ijrochidan

Suyunchi ber yorim ishqimiz oʻldi, Oʻzing xohlagandek sadosiz, sassiz. Baxt uchun kurashgan faqat men boʻldim, Ammo eplolmadim, na chora - essiz… Suyunchi ber yorim, ayrildik mana, Barchasi tugadi mutlaq, batamom. Hali yetmagandik mazil soʻnggiga, Hijronlar soyasin soldi biz tomon… Suyunchi ber yorim, istaganlaring, Roʻyobga chiqmoqda birma-bir sekin. Voz kechsang ginam yoʻq, xop mayli tark et, Meni unutmoqqa haqqing yoʻq lekin! Suyunchi ber yorim, sovudim bugun, Yurakka ming boʻlak muz parcha kirdi. Sen yangi shaydoni topding ehtimol, Shu sabab bizning ishq darrov eskirdi..! Suyunchi ber yorim, suyunganingga, Sevmasdan, telbadek sevilganinggaKoʻnglimni uzatsam boʻlmading rozi, Xafaman bir dardga yengilganingga✍️Ijrochidan

Men bugun koʻngilning chiqur yeridan, Bir qabr qazdim va sevgimni koʻmdim. Meni sevmagansan hatto biror kun, Bularni bilsam ham koʻzimni yumdim… Umidvor yashashdan charchadim juda, Qalbimni ming turfa oʻylar yemirdi… Men hijron dardida oziblar ketdim, Mening hasratimda gʻamlar semirdi… Nahotki mushkul ish sevganni sevish, Va yoki malolmi imkon berish ham. Yolgʻizlik uyida yashayotgan men, Sening atrofingda hamma jamul-jam… Muhabbat koʻyida yonganlar serob, Ishqning kasofati urgan ham ozmas. Taslim boʻlgan oʻzim, voz kechgan oʻzim, Lekin yurak mendan aslo rozimas…! ✍️Ijrochidan

Kalomimda xato boʻlsa soʻzimniki, Havolanib ketsam gunoh koʻzimniki, Ta’na qilib, gʻiybatimni qilganlar ham, Afsus boʻlsin, begonamas - oʻzimniki… Poyim qazib, zimdan tuzoq qurganlar ham, Gʻamga botsam, darrov yuzin burganlar ham, Gar yiqilsam, ezishga shay turganlar ham, Ming afsuski, begonamas - oʻzimniki… Malomatning toshi bilan boshim yorgan, Tuhmat degan bir baloga nomim qorgan, Dushmanimga doʻstim deya yaqin borgan, Taassufki, begonamas - oʻzimniki… Ichimdagi qiyomatning sababchisi, Tashvishimning jarchisi-yu darakchisi, Nochor vaqtim koʻrinmagan bir belgisi, Afsuslarki, begonamas - oʻzimniki… ✍️Ijrochidan

Agar kasal boʻlsang qaramayman deb, Tun boʻyi boshimda oʻtirgan onam… Gapiga kirmasam dashnomlar berib, Kaftida osmonga koʻtargan onam. Pishirgan oshidan toʻyib yemaydi. Oldimga suradi qolmasin deya. Charchagan boʻlsa ham toldim demaydi, Farzandim xijolat boʻlmasin deya. Dunyo yugur-yugur, dunyo bir bozor, Hamma oʻz matosin maqtaydi dildan. Faqat onam kabi biror kim meni, Yaxshi koʻraman deb aytmas koʻngildan. Men dunyo ortidan chopaman tolmay, Boylik va martaba — sarobiy roʻyo. Onamning bir ogʻiz “omonmisan”i — Poyimga toʻkilgan eng ulkan dunyo. Yillar iz qoldirar peshonasida, Har bir ajinida berkingan hikmat. Hayotning eng chuqur falsafasida — Onamning borligi men uchun ne'mat! ✍️Ijrochidan

Bugun hayotimda birinchi marta, Koʻnglim horiganin sezdim onajon. Aytingchi mening bu mahzun yuzimga, Haqiqiy kulgular qaytadi qachon? Umrimning anchasi havoga uchdi, Kul kabi sochilib ketdim har yonga. Baxtli boʻlmoq uchun, shod boʻlmoq uchun, Suyanch va yelkadosh kerak insonga. Qaysi qaro kunda tugʻilganman men, “Baxtsiz” deb tamgʻasin bosganmi qismat? Qancha xoʻrliklarga chidadim qoyil, Allohning bergani - sabrga rahmat. Qaysidir zamonda ehtimol men ham, Yurakdan kularman, otarman xandon. Oʻsha kun kelguncha quchoqlab turing. Sizning quchogʻingiz jannat - onajon. ✍️Ijrochidan

Sevgisi umidi gullamay oʻlgan, Yoningga borishga haqqi yoʻgʻingman… ✍️ @sherlardamiz 🎙️ @ijrochidan

Ba’zan kurashib emas, voz kechib gʻalaba qozonasan!

Koʻzlari kel deyotgandi, soʻzlari ket! Koʻzlariga bordim, soʻzlari quvdi meni..!

Repost from Ijrochidan
Meni soʻrab olgin oʻzing Xudodan, Duosi ijobat inson emasman. Eplasang tasanno, eplasang olqish, Gar eplay olmasang gʻiring demasman. Meni soʻrab olgin oʻzing Xudodan, Men tavba qilmagan gunohlar serob. Umidlar olovi oʻchmagan ammo, Shubhalar qiynaydi koʻnglimni bir qop. Meni soʻrab olgin oʻzing Xudodan, Duoying ijobat boʻlsa qoyilman. Senga nasib qilsa Yaratgan Egam, Yoningdan bir qadam uzoqqa jilmam. Meni soʻrab olgin oʻzing Xudodan, Rahmondan oʻzgasi berolmas meni. Sogʻlom iymon bilan kelsin deb soʻra, Koʻnglimni boshqasi koʻrolmas meni. Meni soʻrab olgin oʻzing Xudodan, Duosi ijobat inson emasman… ✍️Ijrochidan

Sen xuddi sham kabisan! Yaqinlasham kuyaman, uzoq ketsam zulmatda qolaman..!

“Tamom” deysiz tamogʻimga toʻlar figʻon, Eng boshidan ketmogʻingiz tayinmidi? Rostlaringiz jon jonimdan oʻtdi yomon, Sevaman deb aldab qoʻyish qiyinmidi? Hazillashdim desangiz ham koʻnar edim, Tushimda ham sizga oshiq boʻlar edim, Shu yolgʻonga xuddi oydek toʻlar edim, Sevaman deb aldab qoʻyish qiyinmidi? Koʻngil degan bir manzilga oʻtlar ketdi, Tuygʻularim borsa kelmas joyga yetdi, Qarang endi afsus meni ishq tark etdi, Sevaman deb aldab qoʻyish qiyinmidi? Netay ayting koʻp qiynadi firogʻingiz, Buncha baland, buncha koʻkda dimogʻingiz, Ishonardim qizarsa ham yanogʻingiz, Sevaman deb aldab qoʻyish qiyinmidi? ✍️Ijrochidan