en
Feedback
Ijrochidan

Ijrochidan

Open in Telegram

• Sahifadagi she’rlar Imomov Joʻshqin Erkinovichga ya’ni (IJROCHIDAN)ga tegishli. • She’rlar mualliflik huquqiga ega! Foydalanishda xiloflik qilmang!

Show more
7 445
Subscribers
-1424 hours
-287 days
+5330 days
Posts Archive
Men senga oshiqman keragidan koʻp, Ma’zur tut, sen buni xatoga yoʻyma! Agarki boshqalar qilsa, dil izhor, Seni sevganimni unutib qoʻyma..! Men axir oʻzimdan kechganman butkul, Muhabbat sharobin ichganman butkul, Senga duo qilib yetganman butkul, Seni sevganimni unutib qoʻyma…! Hayot bir tekisda etmaydi davom, Oʻyinlar oʻynaydi makkor va gʻirrom, Bir sening sevgingga qildim ehtirom, Seni sevganimni unutib qoʻyma…! Robbim yurak berdi faqat senga xos, Men ham bu yurakka qildim chin ixlos, Oxirgi oʻtinchim, soʻnggi iltimos, Seni sevganimni unutib qoʻyma…! ✍️Ijrochidan

Insonning qachonki oʻziga rahmi kelsa, oʻz-oʻzidan yigʻlay boshlaydi..!

Koʻksimga bosh qoʻysang tugab toʻsiqlar, Sen kelsang, sen boʻlsang yana kuz boʻlsa… ✍️@Sherlardamiz 🎙️ @Ijrochidan

Mayli osmonimda koʻrinmasin oy, Mayli armonlarga boʻlayin tutqun! Lekin bir narsani bilib qoʻy, yorim, Baxtliman, men seni sevganim uchun! Ginalar koʻp boʻlgan bizning sevgida, Arazlar hali ham boʻlishi mumkin. Biroq unutmagin sen shuni, jonim, Baxtliman, men seni sevganim uchun! Roziman koʻnglimdan joy olsin gʻamlar, Koʻzlaring qalbimni lol qilgan afsun! Aslo, shu narsani chiqarma yoddan, Baxtliman, men seni sevganim uchun! Yulduzlar uchmasa joningni siqma, Meni qoʻy, sen faqat oʻzingni tushun! Har kun yuragimni bossa ham titroq, Baxtliman, men seni sevganim uchun! Umidlar uzildi, orzular oʻldi, Ehtimol yasaldi hislarga yakun. Ammo, koʻzyoshingni qilmagin uvol, Baxtliman, men seni sevganim uchun! ✍️Ijrochidan

Sen uchun damlangan choy edim. Sen esa nuqul sovutding meni…!

Ertalab birovga bergan tasalliga kechqurun oʻzing muhtoj boʻlasan! Bu shunaqa dunyo! Undan yaxshilik kutma!

Oʻzimga achinib toʻkaman koʻz yosh, Qadrimni keraksiz joylarga otdim. Endi isyon qilsam, norozi boʻlsam, Aslo kechirmaydi meni Xudoyim, Oʻzimga tilanib oldim har neni, Qilma deganlarning aksini qildim… Kimgadir ishonib sirimni aytsam, Yuzim shuvut boʻlib yerga yiqildim… Ey Robbim! Ey Alloh, Ey Yaratgan zot, Bunchalar bemehr boʻlmasa inson? Yoki sen ularga bermading mehr, Va yoki ularning oʻzlari yomon..! Toʻgʻrisi charchadim barcha odamdan, Hech kim oʻzingchalik qilmaydi parvo! Biroz darigʻ tutmay marhamatingni, Meni bu yerlardan olib ket XUDO! ✍️Ijrochidan

Men bir xatoni 2 marta qiladigan inson emasman! Eng kamida 7-8 marta qilaman…🤫

Menga yangi sayyora kerak. Yerdagi hamma asabimga tegishni boshladi..😮‍💨

Ishq bor joyda huzur boʻlmaydi deyishadi. Bu xato! Agar ishq sof boʻlsa har oni huzur. Aslida, ishqsizlikda huzur yoʻq! Muhabbat qalbning oromidir!

Bahonalar bizga edi. Boshqalar uchun dunyoga oʻt qoʻydilar..!

Hozir men hayotning “bir gap boʻlar” degan bosqichidaman. Chunki tinmay oʻylashdan, ancha avval charchadim..!

Kambagʻalni oyna ham xunuk koʻrsatadi…

Bunchalar noshudsan, bunchalar befarq, Sevmading! Sevgimni oʻldirib qoʻyding! Men sening hajringda yigʻlayotgan payt, Kimlarni ustimdan kuldirib qoʻyding..? Uzrlar soʻrama, kechir ham dema! Yashashda davom et! Olgʻa! Bemalol..! Bir qoshiq qoningdan kechdim-u ammo, Qilmayman koʻnglimning haqqini halol..! Kesib tashlayapman ich-ichimdagi, Bagʻrimga tirmashgan ishq tomirlarin… Qaragin har yerdan parchasin yigʻib, Singan bu yurakni ham ta’mirladim..! Endi kelsang ham bir, kelmasang ham shu, Ortiq hislarimni uygʻotolmaysan…! Tugadi koʻz yoshi, tugadi toqat, Endi koʻzlarimni yigʻlatolmaysan…! Allohga hamd boʻlsin! Shukurlar boʻlsin! Chidashni oʻrgandim, sabrlar qildim! Sen oyoq ostida qilavergan xor, Nihoyat, oʻzimning qadrimni bildim..! ✍️Ijrochidan

Keyingi bob: “Ijobat boʻlgan duolar” deb atalsin!

Kechdim desam soʻzlarim yolgʻon, Sevmaganman desam ishonma… Oʻzing aytgin qalbdan sevilgan, Yordan kechish shuncha osonmi? Eslamayman desam ham chinmas, Xotiramda yashaysan mangu… Axir mening jon tomirimda, Shoshib oqar ishq degan tuygʻu… Unutganman desam rost emas, Koʻnglim koʻshki manziling sening. Sendan aslo kecholmayman voz, Oʻzing yolgʻiz sevgilim mening… Yagonamsan, qalbim chechagi, Yuragimga muhr bosgan yor Toʻlamogʻim shart boʻlgan senga, Bir umrlik baxtga qarzim bor! ✍️Ijrochidan

Musibat kelganda oʻlimni orzu qilmang!!!

Fikringiz muhim! Ammo menga emas!

Qalbdan sevilgan inson koʻzga doim chiroyli koʻrinadi..!

Ahvolimga qarab turib kulgim kelar, Goh hijronning azobidan oʻlgim kelar. Men bezovta boʻlganimda ich-ichimdan, Qay ahvolda yurganingni koʻrgim kelar… ✍️Ijrochidan