Mom+ | Onalar yordamchisi
Open in Telegram
🏆 100 mingdan ortiq onalar tanlovi 🌷 Chaqaloq to'g'ri parvarishi va rivojlanishi 📚 Biz bilan farzandingiz rivojlanishda ortda qolmaydi Ekspertlar jamoasi: @momplus_experts Fikrlar: @momplus_onalari 📩 Kurslar bo'yicha ma'lumot uchun: @momplus_support
Show more5 014
Subscribers
-224 hours
-607 days
-27030 days
Posts Archive
4. Savollarim ko'p lekin xohlagan paytim javob topolmayman.
2. Bolamdagi hozirgi holat normalmi yoki yo'q, bilmayapman.
1. Internetdagi ma'lumotlar chalkash va qarama-qarshi.
✨Hayrli kech onajonlar, bugun sizlar bilan qiziqarli savol-javob o'tkazsak nima deysiz?
🙋♀️Biz sizga onalikda uchrab turadigan holatlarni aytamiz, shu holat sizda ham bo'lganmi yoki yo'q belgilab ketishingiz kerak bo'ladi.
Tayyor bo'lsangiz, boshlaymiz 👇
🤧 Shamollash mavsumiga tayyormisiz?
👩🍼Bolani va o‘zingizni himoya qilish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
📹15 daqiqalik yangi videoda shifokor eng muhim maslahatlarni aytib o'tdi.
Videoni ko'rish: https://youtu.be/0kmm3AHIHmg?si=poVW-STHvkS0qO2b
YouTube tarmog'ida 10 mingdan ortiq ona 0–1 oylik chaqaloqlar rivojlanishi qanday kechishini bilib oldi. 🎉
🔜Tez kunda 2 oylik chaqaloqlar rivojlanishi bo'yicha ham video joylanadi.
👩⚕️Bundan tashqari, bolangizni parvarishiga, sog'ligiga oid doimiy ekspertlar bilan videolar joylab boramiz
📹Shunday ekan hoziroq YouTube sahifamizga obuna bo'ling!
@momplusuz
Ona suti ko‘p bo‘lsa, sutni sog‘ib tashlash kerakmi? 🍼
Ko‘pchilik onalar sut ko‘p bo‘lsa, ortiqcha sutni sog‘ib tashlash kerak deb o‘ylaydi.
❗️ Sutni ko‘p miqdorda sog‘ib tashlash — aksincha, sut ishlab chiqarilishini kuchaytirishi mumkin!
📁 Sababi:
Organizm sut hosil qilishni talabga qarab tartibga soladi. Agar ko‘p sut sog‘ilsa, organizm undan ham ko‘proq hosil qilishga intiladi. Bu sut miqdorining ortishiga olib keladi.
💡 Agar sut ko‘p bo‘lsa va noqulaylik tug‘ilsa, sutni faqat kerak bo‘lganda va oz miqdorda, ehtiyotkorlik bilan sog‘ib tashlash maqsadga muvofiqdir.
📌 Eng yaxshi yondashuv:
Bola talabiga qarab emizish,
Keraksiz sog‘ib tashlashdan saqlanish,
To‘g‘ri emizish texnikasiga e’tibor berish.
✅ Shunday qilish ona va bola uchun qulaylik yaratadi hamda sut miqdorini tabiiy va barqaror darajada ushlab turishga yordam beradi.
Manbaa: @neomaslahati
Repost from Dr Mushtariy Mamuriy
Ona suti ko‘p bo‘lsa, sutni sog‘ib tashlash kerakmi?
Ko‘pchilik onalar sut ko‘p bo‘lsa, ortiqcha sutni sog‘ib tashlash kerak deb o‘ylaydi.
❗️ Sutni ko‘p miqdorda sog‘ib tashlash — aksincha, sut ishlab chiqarilishini kuchaytirishi mumkin!
🔄 Sababi:
Organizm sut hosil qilishni talabga qarab tartibga soladi. Agar ko‘p sut sog‘ilsa, organizm undan ham ko‘proq hosil qilishga intiladi. Bu sut miqdorining ortishiga olib keladi.
💡 Agar sut ko‘p bo‘lsa va noqulaylik tug‘ilsa, sutni faqat kerak bo‘lganda va oz miqdorda, ehtiyotkorlik bilan sog‘ib tashlash maqsadga muvofiqdir.
📌 Eng yaxshi yondashuv:
Bola talabiga qarab emizish,
Keraksiz sog‘ib tashlashdan saqlanish,
To‘g‘ri emizish texnikasiga e’tibor berish.
✅ Shunday qilish ona va bola uchun qulaylik yaratadi hamda sut miqdorini tabiiy va barqaror darajada ushlab turishga yordam beradi.
You tube Instagram
Telegram Otzivlar
Tug'riqdan keyingi ilk soatlar - “Oltin soat” deb nomlanadi.
🕔Juda muhim bo'lgan shu vaqtda nimalar qilish kerak?
Bu savolga pediatr, neonatolog Mushtariy Mamuriy javob berdi.
1-qism: https://youtu.be/5Tu3Aka1xf0?si=870sq1a2dx7mX3iu
2-qism: https://youtu.be/uzfZ0alDYHM?si=d6fM6CjwaV0p_wkU
➡️Ushbu videoni o’zingizga saqlab oling va yaqinda farzand kutayotgan tanishingizga yuborib qo’ying.
@momplusuz
Bugun biz 40 000 dan o'tdik. 🎉
👩🍼Har bir raqam ortida - xotirjam ona va sog'lom bola hikoyasi mavjud.
Nima deb o’ylaysiz, keyingi oyda safimizga necha ming ona qo’shilishi mumkin? 👇
✍️ Ginekolog shifokordan siz uchun video-xabar.
📱 📱 Ilovani yuklab olish:
https://onelink.to/momplustg
👩🍼Onalar haqida quyg'urishni davom etyapmiz.
😊 Mom+ ilovasining yangi versiyasi uchun ginekolog shifokor bilan ham darslar olindi.
Tanishing, Sevara Rakhmanova akusher-ginekolog. Falsafa fanlari doktori.
Darslarda nimalar bo'ladi:
- Tug’ruqdan keyingi ilk daqiqalarda onaning holati qanday bo'ladi?
- Tug’ruqxonadan uyga chiqishda nimalarga e'tibor berish kerak?
Tug'ridan keyin onaning holati:
- Hayz
- Jinsiy hayot
- Qon ketishi
- Qorin
shu kabi ko'plab muhim mavzularda foydali bilimlarga ega bo'lishingiz mumkin.
⏳ Ilovamiz yangi versiyasi tez kunda e'lon qilinadi.
@momplusuz
Bolangiz to'g'ri rivojlanyaptimi?
👩🍼2,5 mingdan ortiq ona 0–1 oylik chaqaloqlar rivojlanishi qanday kechishini allaqachon bilib oldi.
Siz ham shu videoni ko‘rib, bolangizning ilk oylarida nimalarga e’tibor berish kerakligini bilib oling 👇
https://youtu.be/tzNlVePcdgI?si=o5DSPZ3yCjAOkjj4
Hayrli kun, onajonlar. 🌹
Esingizda bo'lsa Rozaliya Gabdulhaqova bilan hamkorlik boshlayapmiz degandik.
👩🍼Bu safargi darslarimiz onalarning o'zi uchun bo'ladi.
Quyida sizga so'rovnoma qoldiramiz, qaysi mavzuda videodarslik kutayotganingizni belgilab chiqing.👇
@momplusuz
😷Shamollash mavsumiga qanday tayyorlanish kerak?
Mutaxassis: Mushtariy Ma'muriy
📹Bizni Instagramda ham kuzatib boring:
https://www.instagram.com/momplusuz?igsh=MWFrbWEwaGszMzV4bQ==
Farzandingiz bilan bog‘lanishning 3 yo‘li
1. 🤱 Yaqinlikni his qildiring
“Teri-teriga” usulida quchoqlang.
Ovozingiz, hid va teginishingiz — uning dunyosidagi eng tinch ovozdir.
Chaqaloqni kuzating: u sizning nigohingiz, jilmayishingiz va tinch ovozingiz orqali muhabbatni o‘rganadi.
“Ko‘p quchoqlasangiz, erkatoy bo‘lib qoladi” degan gap — mif.
Mehr bolaning ishonchini kuchaytiradi, buzmaydi.
2. 🫶 Yordamni qabul qiling
Yangi tug‘ilgan bola bilan eng muhim ish — mehr berish.
Uy ishlari, idish-tovoq kutadi.
Agar kimdir yordam taklif qilsa — rad etmang.
Bu sizga farzandingizga e’tibor berish uchun vaqt beradi.
3. 🎵 Qo‘shiq ayting, o‘ynang, o‘qing
Bola sizning ovozingizni homiladorlik paytidayoq taniydi.
Tug‘ilgach, tanish qo‘shiqlar va hikoyalar uni tinchlantiradi.
Har bir o‘yin, har bir kitob — bu siz va bola o‘rtasidagi “tilsiz suhbat”.
☝️ Unutmang
Ba’zida charchoq, yig‘i yoki “bog‘lanmayapman” degan hissiyotlar bo‘lishi tabiiy.
Bu siz yomon ota-ona ekansiz degani emas — bu odatiy bosqich.
Bog‘lanish — sekin, ammo tabiiy jarayon. Siz bunga allaqachon yo‘l ochgansiz. 🌱
🩵 Mom+ ilovasida tez orada:
Farzand bilan emotsional aloqa, “baby blues” va onalikdagi hissiy holatlar haqida batafsil Mom+ yangi versiyasida o'qishingiz mumkin.
@momplusuz
Hayrli kun, onajonlar! ☀️💛
Bugun sizlar bilan juda qiziq bir tadqiqot 🧠 bilan bo‘lishmoqchimiz.
🔍Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ona va bola o‘rtasidagi erta emotsional aloqa bolaning kelajakdagi ruhiy barqarorligi va stressga bardoshliligini shakllantirar ekan.
Bu — shunchaki mehr yoki g‘amxo‘rlik emas, balki bolaning miyasida xavfsizlik tizimini shakllantiruvchi dastlabki omil 🧩
💬 Shuning uchun “bog‘lanish” — bu oddiy his emas, biologik ehtiyoj.
Bugun kanalimizda:
“Farzandingiz bilan bog‘lanishning 3 yo‘li” nomli postimiz chiqadi.
Ungacha reaksiya bosib, qo'llab-quvvatlab turing ❤️
@momplusuz
