Mom+ | Onalar yordamchisi
Open in Telegram
🏆 100 mingdan ortiq onalar tanlovi 🌷 Chaqaloq to'g'ri parvarishi va rivojlanishi 📚 Biz bilan farzandingiz rivojlanishda ortda qolmaydi Ekspertlar jamoasi: @momplus_experts Fikrlar: @momplus_onalari 📩 Kurslar bo'yicha ma'lumot uchun: @momplus_support
Show more5 025
Subscribers
-1224 hours
-727 days
-27830 days
Posts Archive
🎉 Результаты розыгрыша:
🏆 Победители:
1. Nosirova
2. 🌹Go’zal🌺 Qodirovna💐
3. Muhammadrahim
4. 🫐
5. 🩷Aisha🩷 (@Dina_Minoj)
6. Абдусалимова Шахзода ᥫᩣ (@dr_abdusalimova)
7. Feruza ummu Muhammad (@XojarbintAbdulaziz)
8. ❤️ (@kasimjanovam)
9. 𝓤𝓶𝓶𝓾 𝓜𝓾𝓱𝓪𝓶𝓶𝓪𝓭 𝓐𝓵𝓲 🎀 (@muhammadaligmail1212uz)
10. 🦋Inobat🦋 (@Karimova_I_12)
✔️Проверить результаты
😊 Mom+ mobil ilovasidagi onalar hamjamiyati 100.000 dan o'tdi.
Shu munosabat bilan telegram sahifamizda 10 ta onaga 1 oylik Premium obuna sovg'a qilmoqchimiz.
Shartlari oddiy telegram sahifamizga obuna bo'lsangiz kifoya. Qatnashish ("🎁 Участвую") tugmasini bosing va ertaga 11:00 da bot tasodifiy (random) 10 kishini tanlab beradi.
+1
😊 Mom+ yana 2 ta ajoyib video darsliklar to'plami qo'shildi.
1. Chaqaloq hazm qilish muammolari
🟣 Kolika
🟣 Ich qotishi
🟣 Ich ketishi
🟣 Ich shilliq kelishi
🟣 Vazn olishda muammolar
🟣 Ko'krak suti rad etilishi
🟣 Bolani sutdan ajratish
🟣 Ko'p so'lak oqishi
2. Chaqaloqlar va bolalarda tomoq, quloq va burun kasalliklari
🟣 Burun bitishi
🟣 Burun oqishi
🟣 Burunga sepiladigan dorilar
🟣 Burunni to'g'ri yuvish (amaliy dars)
🟣 Tomoq og'rig'i
🟣 Quloqni to'g'ri tozalash (amaliy dars)
🟣 Tomoq hirillashi
🟣 Balg'am ajralishi
🟣 Og'iz hidlanishi
shu kabi bir-biridan ajoyib mavzular yoritilgan. Sizda shu muammolar bo'lsa endi qayerda yechimi bor ekanligini bilasiz onajonlar. 🌸
😊 Mom+ sizga yana bir qadam yaqinroq.
Endi siz Mom+ obuna to'lovlarini Paynet ilovasi, Paynet Kiosklari va Agentlari yordami naqd ko'rinishda amalga oshirishingiz mumkin 🌸
🎧
Iftorlik vaqti: 18:11
🌙 Ramazon oyida oilangiz sogʻlom bo‘lsin!
Yaqinlar uchun eng yaxshisi ular uchun qilingan gʻamxoʻrlikdir.
AKFA Medline klinikasi Ramazon oyida bepul shifokor ko‘rigini taqdim etadi:
— Onkolog
— Bosh va bo‘yin onkologi
— Mammolog
— Kardiojarroh (katta va bolalar)
— Qon-tomir jarrohi
— Umumiy jarroh
— Interventsion kardiolog
Aksiya 19-fevraldan 20-martgacha amal qiladi
Oilangiz va yaqinlaringizni shifokor ko‘rigiga olib keling!
AKFA Medline — sogʻligingiz uchun ishonchli manzil.
Shifokorlar qabuliga yozilish uchun pastdagi raqamlarga qongʻiroq qiling👇
☎️ 1141
☎️ 71 203 30 03
🌙 Ramazon tuxfasi
Video davomida:
Onalar tomonidan eng ko'p berilyotgan savollarga javoblar berib o'tilgan:
- Emizikli ona ro'za tutishi mumkinmi?
- Ona suti miqdori, yog'liqligi, oqsil va elementlari kamaymaydimi?
- Qachon mumkin emas?
- Nimalarga e'tibor berish kerak?
😊 Mom+ ilovasida Videolar bo'limidan "Ro'za" kalit so'zlari yoki Ona suti videolar bo'limidan topishingiz mumkin
Oylar sultoni, Ramazon muborak!
Sizlar uchun ilova ichida ham Ramazon oyiga tayyorgarlikni unutmadik.
Ilovani yangi versiyasini e'lon qildik va ramazon shukuhini ifodaladik.
Bundan tashqari 🤰Homilador bo'lgan onalar ham ilovadan endi foydalanishlari mumkin. Farzand kutyapman bo'limi orqali, ilovaga bola qo'shmasdan o'tish va ma'lumotlar bilan tanishish mumkin.
Mom+ doimo siz bilan, onajonlar.
🎧
🌙 Buguni ifftorlik vaqti: 18:05
Qo'llanmani homilador dugonangiz bilan ulashish yoddan chiqmasin 🧁
😊 Ilovani hali ham yuklab olmagan bo'lsangiz hozir ayni vaqti. 300 ga yaqin ona bola parvarishi, rivojlanishi, salomatligi bo’yicha darslarga ega bo’ling.
Bu ham ilova ichidagi ma’lumotlardan tomchi halos. Mom+ onalar uchun superkuch 🫖
Homiladorlikni 1,2,3 trimestrida qanday dorilar va mahsulotlar mumkin va mumkin emas bu bo'yicha ancha avval to'liq qo'llanma tayyorlashni reja qilgandik va u tayyor holga keldi. Keng va aniq yozilgan qo'llanma bo'ldi o'ziyam, oyijonlar.
100 🔥 sizdan, qo'llanmani yuborish bizdan 🧁
📊Qiziq bir tahlil, ilovamizda sezgan bo'lsangiz ro'yxatdan o'tishda bolani nechanchi haftada tug'ilganini belgilash mumkin.
Bu orqali biz erta tug'ilgan bolalarga alohida kontent, parvarishi bo'yicha ma'lumotlar chiqarishni o'ylaganmiz. Ilovamizda 100mingdan ziyod bolalar mavjud bo'lsa, ~8.5% <37 haftadan avval tug'ilgan bolalar ekan. Bu raqam kichik emas, bu tahminan 8,500 bola degani bu faqat ilovamiz bo'yicha tahlil halos. Haqiqiy raqamlarni aniq bilmayman.
Meni ham ikkinchim, 32 haftalikda tug'ilgan va tug'ruqxonada 29, 24 haftalik tug'ilgan bolalarni ko'rib yomon holatga tushgandim 😓
Erta tug'ruqga nima sabab bo'lishi mumkin, tajriba yoki eshitganlaringizdan fikr almashamizmi izohlarda ➖
Homiladorlik vaqtida qaysi mahsulotlar erta tug'ruqga sabab bo'lishi mumkin (1-qism)
Videoni ancha vaqt avval 📱Instagramda e'lon qilgandik va onalarga manzur bo'lgandi.
Bizga instagram tarmog'ida ham obuna bo'lishni unutmang:
https://www.instagram.com/momplusuz/
✅ Tez orada homiladorlikda taqiqlangan dorilar va mahsulotlarni to'liq ro'yxatini chiqaramiz
🎫 Homilador va yaqinda farzand ko'rgan onalar uchun taklifnoma!
Sizlar uchun Mushtariy Mamuriy bilan hamkorlikda maxsus kanal ochdik.
Hozir kanalga qo'shilsangiz nima bo'ladi:
🕒"Oltin soat" darsi 2 ta qismi
🚼Taglik PDF kitobchasi
🤒Chaqaloqlarda shamollashni oldini olish darsi
23-fevral kuni esa katta online seminar bo'lib o'tadi kanalda.
Hammani kutamiz:
https://t.me/+9ePoGXGPaZJjN2Uy
Homilador va yaqinda farzand ko'rgan onalar uchun taklifnoma!
Sizlar uchun Mushtariy Mamuriy bilan hamkorlikda maxsus kanal ochdik.
Hozir kanalga qo'shilsangiz nima bo'ladi:
🕒"Oltin soat" darsi 2 ta qismi
🚼Taglik PDF kitobchasi
🤒Chaqaloqlarda shamollashni oldini olish darsi
23-fevral kuni esa katta online seminar bo'lib o'tadi kanalda.
Hammani kutamiz:
https://t.me/+9ePoGXGPaZJjN2Uy
👶 Bolalar massaji — isbotlangan tibbiyotda bormi?
Rivojlangan davlatlarda bolalar massaji sog'lom bolalar uchun qilinishi shart bo'lgan muolaja emas.(Yuqoridagi videoda aytilgan "kuraklari yopishib qolishi" degan diagnoz aslida umuman yo'q❗️ Bola ko'p belida yotganidan kuraklari yopishib qolmaydi. Bolani vaqti-vaqti bilan ko'tarib, qorni bilan yotqizib turishni o'zi yetadi.) Bu massaj umuman befoyda deganimi? 🤔 Rivojlangan chet davlatlarida massajga bola jismoniy va emotsional rivojlanishi uchun qo'shimcha vosita sifatida qaraladi.💙 Bu yerda "emotsional" so'zi bekorga alohida ko'rsatilmagan. Chunki massajning eng asosiy foydasi teri-teri kontakti hisobiga bolani tinchlantirishga, ota-ona va bola o'rtasida iliq munosabat o'rnatishga, bola bilan birgan ma'noli vaqt o'tqazishga hizmat qilishi kerak. Yuqorida "ota-ona" so'zi ham yana bekorga alohida ajratilib ketilmadi. Chunki farzandingiz massajdan eng ko'p foydani uni aynan siz bajarganingizda oladi👨👩👧, begona massajchi ayol berganida emas. ⚠️ Shuni esda tutingki, massaj hech qachon bolaga noqulaylik olib kelishi kerak emas. Massajchilarning bolani yig'latib, chinqiratib qilayotgan qo'pol massaji bolaning psixikasiga qanchalik zarar berayotganini o'zingiz tasavvur qilib ko'ring...😢 O'zi umuman sog'lom ya'ni malakali ortoped tomonidan biror suyak-tayanch tizimi kasalligi aniqlanmagan bolaga professional massaj xizmati kerak emas❗️ Bolaga massaj yoqmayotganining alomatlarini sezishingiz bilan, shu zahoti massajni to'xtatishingiz kerak. ✅ Farzandingizga massaj berishga o'zingizdan boshqa munosibroq odam yo'q. Shuning uchun to'g'ri massaj qilishni o'rganish har bir ota-ona uchun muhim. O'rganish uchun esa falon pullik kurslarni sotib olish zarur emas. Barchasini 1-2 soat vaqtingizni ajratib 😊 Mom+ ilovasidagi video darslardan o'rganib olsangiz bo'ladi.
Bolalar massaji shunday bo'lishi kerakmi?
Oyijonlar massaj bo'yicha qanaqa holatlarga duch kelgansizlar?
💬 Izohlarda fikrlaringizni kutib qolamiz.
🛠 Eslatma:
Hozirda SMS tizimida texnik ishlar olib borilmoqda ekan. Bu haqida biz ulangan servis xabar qilmoqda. Ro'yxatdan o'tishda SMS xabar vaqtincha kelmasligi mumkin. Bu 3 tomonlama biz, mobil operatorlar va sms servisi orqali ishlagani uchun keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz.
Tezroq buni to'g'irlashlarini so'rab murojaat qildik. Xizmat faol holga kelganda albatta bu haqida ogohlantiramiz.
Mif yoki haqiqat?
- 2 yoshga borib bolalar qancha so'z bilishlari kerak?
- Bola bo'ynini 3 oylikgacha tutishi kerak?
18+ yillik tajribaga ega bolalar nevrologi, Sevara Tashmatova.
@momplusuz
Hozirda homiladorlik onalarga mumkin bo'lmagan mahsulotlar va dorilar bo'yicha qo'llanma tayyorlayapmiz.
Siz homiladorlik davrida qanday mahsulot yoki dorilar mumkin emas deb o'ylaysiz?
Masalan: homiladorlikda isitma chiqsa ibuprofen oilasidagi dorilar 1 va 3 chi trimestrda mumkin emas. Mahsulotlardan kofe ichish tavsiya etilmaydi💬 Fikrlaringizni izohlarda kutamiz...
