en
Feedback
Asarlar haqida...

Asarlar haqida...

Open in Telegram

"Har bir ijodkor ayolga pul va shaxsiy xona kerak" ©️ Virjiniya Vulf

Show more
497
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-1930 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+15
in 0 channels
Get PRO
July '26
+98
in 0 channels
Get PRO
June '26
+31
in 0 channels
Get PRO
May '26
+27
in 1 channels
Get PRO
April '26
+27
in 2 channels
Get PRO
March '26
+29
in 0 channels
Get PRO
February '26
+25
in 2 channels
Get PRO
January '26
+172
in 3 channels
Get PRO
December '25
+28
in 0 channels
Get PRO
November '25
+20
in 0 channels
Get PRO
October '25
+267
in 1 channels
Get PRO
September '25
+10
in 2 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September+1
08 September0
07 September0
06 September0
05 September0
04 September0
03 September0
02 September0
01 September0
Channel Posts
#Nemis_adabiyoti "Lotta Vaymarda"— nemis yozuvchisi Tomas Mannning 1939-yilda nashr etilgan tarixiy-psixologik romani. Asar b
#Nemis_adabiyoti "Lotta Vaymarda"— nemis yozuvchisi Tomas Mannning 1939-yilda nashr etilgan tarixiy-psixologik romani. Asar buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyote hayoti va ijodi bilan bog‘liq. Tomas Mannning romani ko‘p yillar oldin Gyotening mashhur «Yosh Verterning iztiroblari» asaridagi Lotta obraziga prototip bo‘lgan Sharlotta Kestner haqida hikoya qiladi. Oradan yillar o‘tib, Sharlotta Vaymar shahriga keladi. Bu yerda endi butun dunyoga mashhur bo‘lgan Gyote yashaydi. Uning kelishi Gyoteni yaxshi biladigan va uning yoshligidagi voqealarni eslaydigan odamlar orasida katta qiziqish uyg‘otadi. Sharlotta Gyote bilan uchrashishini kutar ekan, uning atrofidagi turli insonlar bilan suhbatlashadi. Ularning suhbatlari orqali asta-sekin Gyotening xarakteri, atrofidagi odamlar bilan munosabatlari va Sharlotta bilan bog‘liq o‘tmish ochib boriladi. - Roman haqiqiy voqealarga asoslangan. Sharlotta Kestner haqiqatan ham yashagan va yosh Gyote bilan tanish bo‘lgan. Aynan u «Yosh Verterning iztiroblari»dagi Lotta obrazining prototiplaridan biri hisoblanadi. - Sharlottaning Gyote bilan uchrashuvi haqiqatan ham bo‘lgan, ammo romandagi ko‘plab suhbatlar va voqealar yozuvchining badiiy tasavvuridir.

2
#bestseller "Shamolni boʻysundirgan bola" — Uilyam Kamkvamba va Brayan Milar tomonidan yozilgan avtobiografik asar. 2009-yild
#bestseller "Shamolni boʻysundirgan bola" — Uilyam Kamkvamba va Brayan Milar tomonidan yozilgan avtobiografik asar. 2009-yilda nashr etilgan. Kitob Malavida yashovchi bir bolaning bilim va topqirligi yordamida o‘z oilasi va qishlog‘i hayotini o‘zgartirgani haqida. Uilyam Malavidagi kichik qishloqda yashaydi. Oilasi kambag‘al, qurg‘oqchilik esa ocharchilikka sabab bo‘ladi. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Uilyam maktabni tark etishga majbur bo‘ladi. Ammo u ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmaydi. Kutubxonadan fizika va muhandislikka oid kitoblarni topib, shamol turbinalari haqida bilib oladi. Shundan so‘ng uning xayolida bir fikr paydo bo‘ladi. Oddiy va qo‘l ostidagi materiallardan eski metall buyumlar, velosiped qismlari va boshqa chiqindilardan foydalanib, shamol generatori yasash. Asar nafaqat uning ixtirosi, balki ocharchilik, qashshoqlik, ta’lim, oila, o‘ziga ishonch va qiziquvchanlik kuchi haqida ham hikoya qiladi. - Uilyam haqiqatan ham shamol tegirmoni yasagan. Bu faqat kitobdagi voqea emas. U eski velosiped qismlari, plastik quvurlar va topib olgan boshqa buyumlardan foydalangan. U qurilmani yaratgan paytda hali o‘smir edi va fizikani asosan kutubxonadagi kitoblardan mustaqil o‘rgangan. - Uning hikoyasi butun dunyoga mashhur bo‘ldi. TED konferensiyasidagi chiqishidan keyin Uilyam xalqaro miqyosda tanildi. - Kitob asosida film ham suratga olingan. The Boy Who Harnessed the Wind filmi 2019-yilda Netflix’da chiqdi. Bosh rolni Maksvell Simba ijro etgan.
173
3
#Yapon_adabiyoti "Botayotgan quyosh"— yapon yozuvchisi Osamu Dazaining 1947-yilda nashr etilgan romani. Bu asar urushdan keyi
#Yapon_adabiyoti "Botayotgan quyosh"— yapon yozuvchisi Osamu Dazaining 1947-yilda nashr etilgan romani. Bu asar urushdan keyingi Yaponiya adabiyotining eng mashhur asarlaridan biridir. Roman urushdan keyingi Yaponiyada yashayotgan Kazuko ismli yosh ayol haqida. U qashshoqlashib qolgan aristokrat oilasidan. Urushdan so‘ng uning oilasi avvalgi mavqeini yo‘qotadi va turli qiyinchiliklarga duch keladi. Kazuko esa yangi hayotda o‘z o‘rnini topishga, eski qoidalardan xalos bo‘lishga va hayotda aslida nimani xohlashini anglashga harakat qiladi. - Asar Dazaining shaxsiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq asarlardan biridir. Yozuvchi ko‘pincha o‘z hayotidagi voqealarni badiiy obrazlar bilan aralashtirib yuborgan. - Dazai roman nashr etilganidan atigi bir yil o‘tib vafot etgan. U 1948-yilda sevgilisi bilan birga o‘z joniga qasd qilgan.
227
4
#bestseller «Orientalizm» — falastin-amerikalik adabiyotshunos Edvard Saidning eng mashhur asari. Kitob 1978-yilda nashr etil
#bestseller «Orientalizm» — falastin-amerikalik adabiyotshunos Edvard Saidning eng mashhur asari. Kitob 1978-yilda nashr etilgan va postkolonial nazariyaning asosiy asarlaridan biri hisoblanadi. Saidning asosiy fikri shundan iboratki, G‘arb asrlar davomida Sharq haqida o‘ziga xos obraz yaratgan. Bu obraz har doim ham Sharqning haqiqiy holatini aks ettirmagan, balki G‘arbning qarashlari, stereotiplari va siyosiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Said «Sharq» deganda, asosan, arab va musulmon dunyosini, «G‘arb» deganda esa Yevropa davlatlari va keyinchalik AQShni nazarda tutadi. Orientalizm shunchaki G‘arbning Sharqqa bo‘lgan qiziqishi emas.Said uni Sharq haqidagi bilimlar, tasavvurlar va qarashlarning butun bir tizimi sifatida ko‘radi.
244
5
#bestseller "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"— Daron Ajemoʻgʻli va Jeyms Robinson 2012-yilda nashr etilgan siyosiy, iqtisod v
#bestseller "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"— Daron Ajemoʻgʻli va Jeyms Robinson 2012-yilda nashr etilgan siyosiy, iqtisod va tarixga oid ilmiy-ommabop asar. Mualliflar tarix bo‘ylab o‘ziga xos sayohat qiladi: turli davlatlar va davrlarni ko‘rib chiqib, nima sababdan ayrim jamiyatlar boyib, erkinlashib va texnologik jihatdan rivojlanib borishini, boshqalari esa qashshoqlik va beqarorlik doirasida qolib ketishini tushuntirishga harakat qiladi. AQShdagi mustamlakachilik tarixi ham tahlil qilinadi. Mualliflar dastlabki siyosiy institutlar keyinchalik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatadi. Kitobning eng qiziq savollaridan biri: “Nega bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan ikki jamiyatdan biri rivojlanadi, ikkinchisi esa yo‘q?” Mualliflarning asosiy xulosasi juda sodda, lekin kuchli mamlakatning kelajagini uning tabiiy boyliklaridan ko‘ra, odamlar yaratgan siyosiy va iqtisodiy institutlar ko‘proq belgilaydi.
328
6
#Ingliz_adabiyoti "Oy va chaqa" — Somerset Moemning eng mashhur romanlaridan biri. Asar 1919-yilda nashr etilgan. Bosh qahram
#Ingliz_adabiyoti "Oy va chaqa" — Somerset Moemning eng mashhur romanlaridan biri. Asar 1919-yilda nashr etilgan. Bosh qahramon Charlz Striklend hayoti tashqaridan qaraganda juda yaxshi, oilasi va barqaror ishi bor. Ammo bir kuni Striklend hech kim kutmagan ishni qiladi hamma narsasini tashlab, Parijga ketadi. Buning sababi esa boshqalarga aqldan ozishdek tuyuladi.Striklend rassom bo‘lishni xohlaydi. U pul, shuhrat yoki jamiyatdagi mavqe ortidan quvmaydi. Uning san’atga bo‘lgan ehtirosi shu qadar kuchliki, buning uchun o‘z hayotini ham, atrofidagi insonlarning hayotini ham buzishga tayyor. Keyinchalik u Taitiga boradi va eng muhim rasmlarini aynan shu yerda yaratadi. - Striklend obrazi qisman mashhur fransuz rassomi Pol Gogen hayotidan ilhomlangan. Gogen ham farovon hayotini tashlab, o‘zini butunlay san’atga bag‘ishlagan va keyinchalik Taitiga ketgan.
330
7
#Personaj_haqida Doktor Jon Vatson — Artur Konan Doyl yaratgan Sherlok Holms haqidagi asarlarning asosiy qahramonlaridan biri
#Personaj_haqida Doktor Jon Vatson — Artur Konan Doyl yaratgan Sherlok Holms haqidagi asarlarning asosiy qahramonlaridan biri. U shifokor, sobiq harbiy jarroh, urush faxriysi, yozuvchi va Holmsning eng yaqin do‘sti. U ilk bor "A Study in Scarlet"1887) asarida paydo bo‘ladi. Vatson Afg‘onistondagi urushda yaralanib, Angliyaga qaytadi. Londonda yashash uchun joy izlayotgan paytda eski tanishi Stamford orqali Holms bilan tanishadi. Ko‘p o‘tmay, ular mashhur Beyker-stritdagi xonadonni birga ijaraga olishadi. Holms haqidagi 60 ta kanonik hikoyaning 56 tasida voqealarni Vatson hikoya qiladi. Vatsonning eng qiziq jihati shundaki, biz Sherlok Holmsni aynan Vatsonning nigohi orqali ko‘ramiz. Vatson ko‘pincha Holmsning fikrlash jarayonini tushunmaydi. Shu sababli o‘quvchi ham sirning yechimini ko‘pincha Vatson bilan bir vaqtda bilib oladi. Shuning uchun Vatsonni daho Holms bilan oddiy o‘quvchi o‘rtasidagi ko‘prik deb atash mumkin.
393
8
#Amerika_adabiyoti «Yo‘qolgan ramz» — amerikalik yozuvchi Den Braunning detektiv va mistik janrdagi romani. Kitob 2009-yilda
#Amerika_adabiyoti «Yo‘qolgan ramz» — amerikalik yozuvchi Den Braunning detektiv va mistik janrdagi romani. Kitob 2009-yilda nashr etilgan. Bu Robert Langdon haqidagi turkumning uchinchi romani. Voqealar Vashingtonda sodir bo‘ladi. Robert Lengdon kutilmaganda Kapitoliyga taklif qilinadi va u yerda sirli voqealar girdobiga tushib qoladi. Yaqin tanishining g‘oyib bo‘lishi qadimiy ramzlar, masonlik, Vashingtonning sir-asrorlari va sirli dushman bilan bog‘liq bo‘lib chiqadi. Romanda tarix, ramzlar, arxitektura, din, maxfiy jamiyatlar va kutilmagan burilishlar katta o‘rin egallaydi. - «Yo‘qolgan ramz» 2009-yilda eng ko‘p kutilgan kitoblardan biri bo‘lgan. AQShda uning dastlabki tiraji taxminan 6,5 million nusxani tashkil qilgan. - Asar asosida film emas, balki 2021-yilda «The Lost Symbol» nomli teleserial yaratilgan. Unda Robert Langdon obrazini Eshli Zukerman ijro etgan.
488
9
#Rus_adabiyoti "Doktor Aybolit" — Korney Chukovskiyning mashhur bolalar ertak-qissalaridan biri bo‘lib 1936-yilda nashr etilg
#Rus_adabiyoti "Doktor Aybolit" — Korney Chukovskiyning mashhur bolalar ertak-qissalaridan biri bo‘lib 1936-yilda nashr etilgan. Bosh qahramon doktor Aybolit, mehribon va fidoyi shifokor. U barcha hayvonlarga, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, yordam beradi. Bir kuni u kasal bo‘lib qolgan hayvonlarni davolash uchun uzoq Afrikaga borishi kerak bo‘ladi. Aybolit yo‘lda ko‘plab qiyinchilik va xavf-xatarlarga duch keladi, ammo hayvonlarga yordam berishdan voz kechmaydi. Asarda mehribonlik, rahm-shafqat, boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish va yordamga tayyor bo‘lish g‘oyalari aks etgan. - Aybolit obrazi ingliz yozuvchisi Xyu Loftingning Doktor Dulitt qahramoni asosida yaratilgan. Chukovskiy Lofting asarini bolalar uchun qayta ishlab, o‘zining mashhur Aybolit obrazini yaratgan.
499
10
#Shved_adabiyoti "Mio, bolajonim Mio"— shved yozuvchisi Astrid Lindgrenning 1954-yilda yozilgan sehrli qissasi. Asarda do‘stl
#Shved_adabiyoti "Mio, bolajonim Mio"— shved yozuvchisi Astrid Lindgrenning 1954-yilda yozilgan sehrli qissasi. Asarda do‘stlik, yolg‘izlik, mehr, jasorat va ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi kurash haqida hikoya qilinadi. Asar Stokgolmda yashaydigan, o‘zini yolg‘iz va keraksiz his qiladigan Bussi ismli bola haqida. Bir kuni u sirli tarzda Uzoq O‘lkaga tushib qoladi va aslida shahzoda Mio ekanini bilib oladi. U yerda uni ajoyib sarguzashtlar, yangi do‘stlar, sehr-jodu va yovuzlikka qarshi kurash kutadi. - 1987-yilda asar asosida «Mio in the Land of Faraway» filmi suratga olingan. Unda Kristian Beyl va Kristofer Lee ham rol ijro etgan. - Asarning o‘ziga xos jihati unda yorqin, sehrli ertak muhiti bilan qayg‘uli va biroz qorong‘i mavzular birga keladi.
441
11
#Norveg_adabiyoti «Viktoriya» — norvegiyalik yozuvchi Knut Gamsunning romani bo‘lib, ilk bor 1898-yilda nashr etilgan. Bu uni
#Norveg_adabiyoti «Viktoriya» — norvegiyalik yozuvchi Knut Gamsunning romani bo‘lib, ilk bor 1898-yilda nashr etilgan. Bu uning eng mashhur sevgi hikoyalaridan biri bo‘lib, psixologik va fojiaviy ruhda yozilgan. Asarning bosh qahramonlari tegirmonchining o‘g‘li Yohannes va badavlat yer egasining qizi Viktoriya. Ular bolalikdan bir-birlarini taniydilar va vaqt o‘tishi bilan ular o‘rtasida kuchli tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Ammo ularning munosabatlariga faqatgina sevgi masalasi emas, balki ijtimoiy mavqedagi farq, oilaviy sharoit, jamiyatning qarashlari va o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifoda eta olmaslik ham to‘sqinlik qiladi. Yohannes yozuvchi bo‘lishni orzu qiladi va vaqt o‘tishi bilan uning ijodiy qobiliyati rivojlanadi. Viktoriya esa oilasining muammolari va uning oldidagi majburiyatlar bilan kurashadi. - Hamsun keyinchalik qiziga Viktoriya deb ism qo‘ygan. - Roman bir necha marta ekranlashtirilgan. Unga asoslangan filmlar 1917, 1935, 1957, 1979 va 2013-yillarda yaratilgan. - «Viktoriya» oddiy sevgi hikoyasidek ko‘rinsa-da, Hamsun unda inson ruhiyati va odamlar o‘rtasidagi aytilmagan hislarni juda chuqur tasvirlaydi.
467
12
#Yapon_adabiyoti "Uchdan keyin kech" — bu Sony kompaniyasi asoschilaridan biri Masaru Ibuka tomonidan yozilgan mashhur kitob.
#Yapon_adabiyoti "Uchdan keyin kech" — bu Sony kompaniyasi asoschilaridan biri Masaru Ibuka tomonidan yozilgan mashhur kitob. Kitob ilk bor 1971-yilda nashr etilgan va bolalarning erta rivojlanishi haqidagi eng taniqli asarlardan biri hisoblanadi. Masaru Ibukaning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bolaning hayotidagi dastlabki uch yil uning aqliy salohiyati, fe'l-atvori va qobiliyatlari shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Muallifning fikricha, aynan shu davrda miya yangi bilim va tajribani eng tez qabul qiladi. U bolalardan daholar yaratishni emas, balki har bir bola ulkan salohiyat bilan tug‘iladi va bu salohiyatni mehr, muloqot hamda boy rivojlantiruvchi muhit orqali ochish mumkinligini ta'kidlaydi. Masaru Ibuka muhandis va tadbirkor bo‘lgan. U Sony kompaniyasiga asos solgan bo‘lsa-da, umrining bir qismini bolalar tarbiyasi va rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlagan. Kitob juda mashhur bo‘lsa-da, bugungi zamonaviy rivojlanish psixologiyasi ayrim fikrlarini biroz ehtiyotkorlik bilan talqin qiladi. Masalan, olimlar 3 yoshdan keyin rivojlanish "kech" bo‘lib qoladi, degan fikrni qo‘llab-quvvatlamaydilar. Miya butun bolalik va o‘smirlik davrida ham rivojlanishda davom etadi. Biroq, erta bolalikning juda muhim davr ekanligi ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.
468
13
#Turk_adabiyoti "Taqiqlangan muhabbat" — turk yozuvchisi Halid Ziyo Ushakligilning 1899-1900-yillarda nashr etilgan mashhur r
#Turk_adabiyoti "Taqiqlangan muhabbat" — turk yozuvchisi Halid Ziyo Ushakligilning 1899-1900-yillarda nashr etilgan mashhur romanidir. U turk adabiyotidagi eng muhim asarlardan biri bo‘lib, psixologik realizm janridagi klassik roman hisoblanadi. Asarning asosiy mavzusi inson taqdirini vayron qiluvchi taqiqlangan muhabbat. Yosh va go‘zal Bihter boy va farovon hayot kechirish hamda onasining ta'siridan qutulish maqsadida o‘zidan ancha katta yoshli, badavlat beva erkak Adnan beyga turmushga chiqadi. Ammo bu nikoh unga baxt olib kelmaydi. Oradan vaqt o‘tib, Bihter erining jiyani Behlulni sevib qoladi. Ularning yashirin muhabbat munosabatlari butun oila hayotini izdan chiqaradigan fojiaga sabab bo‘ladi. - Asarda XIX asr oxiridagi Istanbulning boy oilalari hayoti, urf-odatlari va jamiyatdagi axloqiy me'yorlar juda batafsil tasvirlangan. - Roman bir necha bor ekranlashtirilgan bo‘lib, ayniqsa 2008–2010-yillarda suratga olingan teleserial uni butun dunyoga mashhur qilgan. Serialning muvaffaqiyati tufayli roman dunyoning ko'plab tillariga qayta tarjima qilinib, xalqaro miqyosda yanada mashhur bo'ldi. Oradan bir asrdan ko'proq vaqt o'tganiga qaramay, «Aşk-ı Memnu» hanuz Turkiyada eng ko'p o'qiladigan klassik romanlardan biri bo'lib qolmoqda.
407
14
#Amerika_adabiyoti “Orziqib kutaman ertani”— Sidney Sheldonning 1985-yilda nashr etilgan eng mashhur romanlaridan biridir. As
#Amerika_adabiyoti “Orziqib kutaman ertani”— Sidney Sheldonning 1985-yilda nashr etilgan eng mashhur romanlaridan biridir. Asarning bosh qahramoni Treysi baxtli hayot kechirayotgan yosh ayol. Biroq xiyonat va adolatsiz ayblov tufayli uning butun hayoti ostin-ustun bo'ladi. Qamoqqa tushgach, Treysi butunlay o'zgaradi. Ozodlikka chiqqanidan so'ng esa hayotini barbod qilgan odamlardan qasos olishga qaror qiladi va dunyodagi eng mohir firibgarlardan biriga aylanadi. - 1986-yilda roman asosida "If Tomorrow Comes'' nomli mini-serial suratga olingan. - Sidni Sheldon avval muvaffaqiyatli ssenariynavis bo'lgan va hatto "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan. Keyinchalik esa dunyoga mashhur yozuvchiga aylangan. Shu sababli uning asarlari xuddi filmdek o'qiladi.
397
15
#bestseller «Eshitdim, sen uylarni bo'yarkan ekansan» — amerikalik yozuvchi va sobiq tergovchi Charlz Brandtning 2004-yilda c
#bestseller «Eshitdim, sen uylarni bo'yarkan ekansan» — amerikalik yozuvchi va sobiq tergovchi Charlz Brandtning 2004-yilda chop etilgan hujjatli kitobi. Aynan shu asar asosida Martin Skorseze «The Irishman» («Irlandiyalik») filmini suratga olgan. Asarning bosh qahramoni Frenk Shiran Ikkinchi jahon urushi faxriysi, sobiq yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib, o‘zining aytishicha, keyinchalik mafiya uchun yollanma qotilga aylangan. Hayotining so‘nggi yillarida u muallifga ko‘plab intervyular berib, o‘z hayoti, jinoyatlari va Amerika mafiyasidagi nufuzli shaxslar bilan aloqalari haqida hikoya qiladi. - Kitobning nomi mafiya tilidagi maxfiy iboradir. «I Heard You Paint Houses» («Eshitdim, sen uylarni bo'yarkan ekansan») aslida «Eshitdim, sen odam o‘ldirarkan-san» degan ma'noni anglatadi. Bu yerda «bo‘yoq» devorlarga sachraydigan qonni anglatadi. - Jimmi Hoffaning g‘oyib bo‘lishi kitobning eng sirli mavzularidan biridir. Bu voqea AQSh tarixidagi eng mashhur ochilmagan jinoyatlardan biri hisoblanadi.
506
16
#Yapon_adabiyoti "Shamol qoʻshigʻini tingla"— Haruki Murakamining 1979-yilda yozilgan ilk romani. Bu asar «Kalamush trilogiya
#Yapon_adabiyoti "Shamol qoʻshigʻini tingla"— Haruki Murakamining 1979-yilda yozilgan ilk romani. Bu asar «Kalamush trilogiyasi»ning birinchi kitobi hisoblanadi. Voqealar 1970-yil yozida bo‘lib o‘tadi. Asar qahramoni ismi aytilmaydigan yigirma bir yoshli talaba. U ta’til paytida tug‘ilib o‘sgan shahriga qaytadi va Kalamush laqabli do‘sti bilan vaqt o‘tkazadi. Ular ko‘pincha Jeyning barida uchrashib, suhbatlashishadi, musiqa tinglashadi, hayot haqida fikr yuritishadi va atrofdagi voqealarni kuzatishadi. Kitobda odatdagi asarlardagi kabi keskin va qiziqarli voqealar ko‘p emas. Unda ko‘proq muhit va kayfiyat muhim. Yoz oqshomlari, jaz musiqasi, tasodifiy uchrashuvlar, yolg‘izlik, xotiralar hamda yoshlikning asta-sekin ortda qolayotgandek tuyulishi. Qahramonlar go‘yo o‘tmish va kelajak orasida turishadi va hali qaysi yo‘ldan borishni bilishmaydi. Romanning asosiy mavzulari yolg‘izlik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish hissi, do‘stlik, ulg‘ayish va o‘zini izlash.
491
17
#Ingliz_adabiyoti "Soʻna" — ingliz yozuvchisi Etel Lilian Voynichning eng mashhur romani bo‘lib, 1897-yilda nashr etilgan. Vo
#Ingliz_adabiyoti "Soʻna" — ingliz yozuvchisi Etel Lilian Voynichning eng mashhur romani bo‘lib, 1897-yilda nashr etilgan. Voqealar 1840-yillardagi Italiyada, mamlakat Avstriya hukmronligidan ozod bo‘lish uchun kurash olib borayotgan davrda sodir bo‘ladi. Artur Berton samimiy, orzulari katta va e'tiqodli yigit. U ruhoniy bo‘lishni istaydi, Jemma Uorrenni sevadi va «Yosh Italiya» inqilobiy tashkilotiga qo‘shiladi. Ammo xiyonat va og‘ir sinovlardan so‘ng u odamlarga ham, diniga ham bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Hamma uni o‘lgan deb o‘ylaydi, biroq oradan o‘n uch yil o‘tib u «Soʻna» taxallusi bilan jasur inqilobchi va iste'dodli jurnalist sifatida qaytadi. - Qizig'i shundaki, roman Buyuk Britaniyadan ko'ra sobiq SSSR, Xitoy va Sharqiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida ancha mashhur bo'lgan. - Roman asosida bir necha filmlar suratga olingan. Ulardan eng mashhurlaridan biri 1955-yilda suratga olingan sovet filmi. Sovet bastakori Dmitriy Shostakovich film uchun musiqa yaratgan. Undagi "Romans" kuy-qo‘shig‘i bastakorning eng mashhur asarlaridan biri sanaladi.
533
18
#Ingliz_adabiyoti "Emma" — ingliz yozuvchisi Jeyn Ostinning 1815-yilda nashr etilgan romani. U jahon adabiyotining eng mashhu
#Ingliz_adabiyoti "Emma" — ingliz yozuvchisi Jeyn Ostinning 1815-yilda nashr etilgan romani. U jahon adabiyotining eng mashhur asarlaridan biri bo‘lib, sevgi hikoyasi, nozik hazil va inson xarakterining chuqur tahlilini o‘zida mujassam etgan. Asar bosh qahramoni Emma Vudxaus. U chiroyli, aqlli va badavlat yosh qiz bo‘lib, odamlarni juda yaxshi tushunishiga va ularning taqdirini to‘g‘ri yo‘naltira olishiga ishonadi. Emma tanishlarini bir-biri bilan tanishtirib, ularni juft qilishga urinadi, biroq uning aralashuvi ko‘pincha tushunmovchilik va xatolarga sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan Emma o‘z xatolarini anglaydi, kamtarlikni va boshqalarning his-tuyg‘ularini qadrlashni o‘rganadi. Oxir-oqibat u uzoq yillik yaqin do‘sti janob Naytlini sevishini tushunadi. - Jeyn Ostinning o‘zi Emma obrazini yaratarkan, uni: «Mendan boshqa deyarli hech kimga yoqmaydigan qahramon yaratdim», degan edi. Shunga qaramay, Emma bugungi kunda jahon adabiyotidagi eng yorqin va unutilmas ayol qahramonlardan biri hisoblanadi. - Asar asosida ko‘plab filmlar suratga olingan. Eng mashhur ekranlashtirishlardan biri 2020-yilda suratga olingan «Emma» filmi.
514
19
#Rus_adabiyoti "Boris Godunov" — Aleksandr Sergeyevich Pushkin tomonidan 1825-yilda yozilgan tarixiy tragediyadir. Asar XVI a
#Rus_adabiyoti "Boris Godunov" — Aleksandr Sergeyevich Pushkin tomonidan 1825-yilda yozilgan tarixiy tragediyadir. Asar XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi Rossiyadagi Notinchlik davri voqealariga asoslangan. Podsho Fyodor Ioannovich vafotidan so‘ng Rossiya taxtiga Boris Godunov chiqadi. Biroq uning hukmronligi turli mish-mishlar, siyosiy fitnalar va xalq noroziligi bilan kechadi. Shu paytda o‘zini mo‘jizaviy tarzda tirik qolgan shahzoda Dmitriy deb tanishtirgan bir kishi paydo bo‘ladi va bu mamlakatni yangi sinovlar sari yetaklaydi. - Pushkin asarni yozishda Uilyam Shekspir tragediyalaridan ilhom olgan. Shu sababli pyesa ko‘plab qisqa sahnalardan iborat bo‘lib, voqealarni turli nuqtai nazardan ko‘rsatadi. - Muallif tarixiy haqiqatni iloji boricha aniq aks ettirish uchun rus solnomalari va tarixiy manbalarni chuqur o‘rgangan. - Pushkin hayotligida asar uzoq vaqt senzura sababli sahnalashtirishga ruxsat etilmagan.
615
20
#Amerika_adabiyoti "Birinchi o'yinga tayyor" — amerikalik yozuvchi Ernest Klaynning 2011-yilda nashr etilgan ilmiy-fantastik
#Amerika_adabiyoti "Birinchi o'yinga tayyor" — amerikalik yozuvchi Ernest Klaynning 2011-yilda nashr etilgan ilmiy-fantastik romani. Voqealar 2045-yilda sodir bo‘ladi. Dunyo iqtisodiy inqiroz, qashshoqlik va ekologik muammolar girdobida qolgan. Shu sababli odamlarning aksariyati vaqtining katta qismini OASIS deb nomlangan virtual olamda o‘tkazadi. Bu yerda o‘qish, ishlash, o‘yin o‘ynash, sayohat qilish va hatto yangi hayot qurish mumkin. OASIS yaratuvchisi vafot etgach, u virtual olam ichida murakkab xazina ovini yashirib ketgani ma'lum bo‘ladi. Uchta kalitni topib, barcha sinovlardan birinchi bo‘lib o‘tgan inson ulkan boylik va OASIS ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi. Asarning bosh qahramoni o‘smir Ueyd Uotts. U g‘olib bo‘lishni orzu qiladi. Buning uchun u 1980-yillar ommaviy madaniyatiga asoslangan topishmoqlarni yechishi, minglab o‘yinchilar bilan bellashishi va g‘alaba uchun har qanday yo‘lga tayyor bo‘lgan qudratli korporatsiyaga qarshi kurashishi kerak bo‘ladi. - Ernest Klaynning o‘zi ham retro videoo‘yinlar va 1980-yillar madaniyatining katta muxlisi bo‘lgani uchun romandagi ko‘plab ishoralar uning shaxsiy qiziqishlariga asoslangan. -2018-yilda roman asosida mashhur rejissyor Stiven Spilberg film suratga olgan. Film kitobdan sezilarli darajada farq qiladi. - Roman muvaffaqiyatidan so‘ng muallif uning davomi bo‘lgan Ready Player Two asarini ham yozgan.
590