en
Feedback
UM's Team

UM's Team

Open in Telegram

• Loyihalar yaratish va boshqaruv asoslari • Jamoa shakllantirish va liderlik • Networking imkoniyatlari • Karyera uchun zarur shaxsiy ko‘nikmalar muhim soft-skills • Professional imidj: Karyera, CV va Linkedin https://umsteam.uz/ Admin: @umsteamadmin

Show more
747
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-9430 days
Posts Archive
🔥 UM’s Team’da muhim xabar ⚠️Aprel oyida boshlanishi rejalashtirilgan 5-mavsum darslari sentyabr/oktyabr oylariga ko‘chirild
🔥 UM’s Team’da muhim xabar ⚠️Aprel oyida boshlanishi rejalashtirilgan 5-mavsum darslari sentyabr/oktyabr oylariga ko‘chirildi. ❗️Sababi — sizlar uchun oddiy kurs emas, maksimal natija beradigan kuchli tizim tayyorlash harakatidamiz. Mentorlik va amaliy jarayonlar yanada rivojlantirilmoqda. Bundan tashqari Yoz oylari ko'p ishtirokchilar uchun qatnashishda noqulayliklar tug'dirganligi uchun mavsum to'liq Kuz oylariga ko'chirildi. 📌Bu vaqt davomida esa to‘xtab qolmaymiz: 🔹Mavsum boshlanishiga qadar hamkorlik aloqalarimizni kengaytiramiz 🔹Mavsum uchun materiallarni yaxshilaymiz va foyda olish uchun mukammal holatga olib chiqamiz 🔹va albatta mavsum boshlangunga qadar sizlarga startuplar bo‘yicha foydali materiallar va ko‘nikmalar berib boramiz.
UM's Team doimo o'z ishtirokchilari uchun eng yaxshi ilmlarni berishga intilgan. 5-mavsum ham sizlar uchun eng yaxshisi bo'lishini istaymiz.
⚠️Ariza uchun amalga oshirilgan barcha to'lovlar o'z egalariga qaytariladi. Savol yoki muammolar bo'lsa @umsteamadmin ga murojat qilishingizni so'raymiz.

🔥 UM’s Team 5-mavsum boshlanish arafasida va bu safar sizni yanada ko‘proq imkoniyatlar kutmoqda! 👉 Agar siz: 🚀 O'z StartU
🔥 UM’s Team 5-mavsum boshlanish arafasida va bu safar sizni yanada ko‘proq imkoniyatlar kutmoqda! 👉 Agar siz:
🚀 O'z StartUp`ingizni boshlashni, 📑 O‘z g‘oyangizni amalga oshirish uchun jamoa yig‘ishni, 💡 Startap ekotizimi va g‘oya generatsiyasini, 🤖 Ilk MVPni qurishni o‘rganishni istasangiz – demak, UM’s Team 5-mavsum aynan siz uchun!
🔥 5-mavsum davomida siz StartUp ekotizimida katta tajribaga ega Spikerlardan ma'ruzalar eshitish, maslahat olish va o‘z startupingizni olib chiqishga kerak bo‘ladigan eng muhum ilmlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. ⏳ Eslatib oʻtamiz, ariza topshirish yakunlanishiga 7 kun qoldi! ➡️ Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang: https://umsteam.uz/register/ 🛫 Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Veb sayt

🌙 Aziz yurtdoshlar, Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni ushbu muqaddas ayyom bilan tabriklaymiz. Ushbu ku
🌙 Aziz yurtdoshlar, Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni ushbu muqaddas ayyom bilan tabriklaymiz. Ushbu kunlar har bir xonadonga tinchlik, mehr-oqibat va shodlik olib kelsin. Ezgulik yo‘lida qilgan barcha amallaringiz va duolaringiz qabul bo‘lishini tilaymiz. Qalbingiz nurga, hayotingiz esa muvaffaqiyatlarga to‘la bo‘lsin. Hurmat bilan UM's Team

Bu loyiha barcha bosqichdagi startuplar uchun ❗️❗️ 👇👇 https://www.umsteam.uz/register/
Bu loyiha barcha bosqichdagi startuplar uchun ❗️❗️ 👇👇 https://www.umsteam.uz/register/

Gʻoyamni aytsam oʻgʻirlashadi! Aslida gʻoyani oʻgʻirlash u qadar oson emas. G‘oyalar arzon. Muhimi - amalga oshirish Pol Grah
Gʻoyamni aytsam oʻgʻirlashadi! Aslida gʻoyani oʻgʻirlash u qadar oson emas.
G‘oyalar arzon. Muhimi - amalga oshirish
Pol Graham
G‘oyalar oson. Amalga oshirish qiyin
Naval Ravikant Amalga oshirish san’ati ustida koʻproq ishlang. Gʻoyadan muammo boʻlmaydi. Ro’yxatdan o’tishni unutmang👇 https://www.umsteam.uz/register/ 🛫 Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web

🔥 Ro’yxatdan o’tish ochildi 👇👇👇 https://www.umsteam.uz/register/ Muhim Eslatma 📌 UM's Team 5-mavsumi StartUp`larni aksel
🔥 Ro’yxatdan o’tish ochildi 👇👇👇 https://www.umsteam.uz/register/ Muhim Eslatma 📌 UM's Team 5-mavsumi StartUp`larni akseleratsiya qilishga qaratilgan.
Ro'yxatdan o'tishga tavsiyalar : 1) Go'yangiz yoki StartUp`ingizni imkon qadar muhum joylarini izohlab keting. 2) Jamoa bo'lib topshirilgan loyihalar afzal ko'riladi.
🛫 Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web

8 Mart bayramingiz muborak! 🌷 Aziz va mo'tabar ayollarimiz, ushbu bahor bayrami sizga ajoyib kayfiyat, ilhom va eng ezgu niy
8 Mart bayramingiz muborak! 🌷 Aziz va mo'tabar ayollarimiz, ushbu bahor bayrami sizga ajoyib kayfiyat, ilhom va eng ezgu niyatlaringiz ushalishini olib kelsin. Har biringizga farovonlik va gullab-yashnashingizni tilab qolamiz! 💕 Sizlarni Boringizga shukur 🕊 Chin yurakdan UM's Team Jamoasi _ С 8 Марта, милые дамы🌷 Пусть этот весенний праздник подарит вам прекрасное настроение, вдохновение и исполнит заветные мечты! Желаем каждой из вас благополучия и процветания 💕

UM's Teamda yangi sahifa ochilmoqda... Tez kunda... G'oyalaringizni tayyorlang, jamoadoshlar yig'ing.
UM's Teamda yangi sahifa ochilmoqda... Tez kunda...
G'oyalaringizni tayyorlang, jamoadoshlar yig'ing.

🌙 Ramazon oyi muborak bo‘lsin
🌙 Ramazon oyi muborak bo‘lsin

🔥 UM’s Team 5-mavsum Tashkiliy jamoa yakuniy intervyu bosqichi yakunlandi! 💖Hurmatli nomzodlar, Intervyu natijalari barchan
🔥 UM’s Team 5-mavsum Tashkiliy jamoa yakuniy intervyu bosqichi yakunlandi! 💖Hurmatli nomzodlar, Intervyu natijalari barchangizning elektron pochta manzillaringizga yuborildi. 📩 Iltimos, elektron pochtangizni (jumladan, “Spam”papkasini ham) tekshiring. Savollar uchun : @umsteamadmin

🔥 UM’s Team 5th Gen Tashkiliy jamoa birinchi bosqichi saralash yakunlandi! 💖Hurmatli nomzodlar, Birinchi bosqich natijalari
🔥 UM’s Team 5th Gen Tashkiliy jamoa birinchi bosqichi saralash yakunlandi! 💖Hurmatli nomzodlar, Birinchi bosqich natijalari barchangizning elektron pochta manzillaringizga yuborildi. 💡Ikkinchi bosqich — onlayn intervyu 📅 Sana: 1-fevral ⏰ Vaqti: Pochta orqali yuborilgan 💻 Joy: Google Meet 📩 Iltimos, elektron pochtangizni (jumladan, “Spam”papkasini ham) tekshiring va intervyuga belgilangan vaqtdan kechikmasdan qo‘shiling. Savollar uchun : @umsteamadmin Barchangizga omad tilaymiz! 🚀

🔥 SIZ ODDIY TALABA EMASSIZ. SIZ — KELAJAK BUNYODKORISIZ🔥 🔥 UM's Team 5-mavsum Tashkiliy jamoasi bir qismiga aylaning. 🚀 B
🔥 SIZ ODDIY TALABA EMASSIZ. SIZ — KELAJAK BUNYODKORISIZ🔥 🔥 UM's Team 5-mavsum Tashkiliy jamoasi bir qismiga aylaning. 🚀 Biz kimlarni qidiryapmiz? O‘z sohasida o‘sishga tayyor, mas’uliyatli va katta orzulari bor talabalarni: 🎯 Event Manager 📢 Head of Marketing 🧩 Head of Coordinator 🤝 Coordinator 🎥 Videograph 📱 Mobilograph 📸 Photograph 📝 Copywriter 💻 Tech ManagerSiz nima olasiz? — Real loyihalar (faqat gap emas) — Kuchli networking — Jamoa bilan ishlash tajribasi — Yangi sohalarni sinab ko'rish — CV’ni boyitish uchun real tajriba ➡️Biz bilan siz: 📈 o‘sasiz 🧠 o‘rganasiz 🔥 va o‘zingni topasiz ⏳ Vaqt ketyapti.
Ba’zilar tarix yozadi Ba’zilar esa tomosha qiladi.
Ro'yxatdan o'ting va Tarixni biz bilan birgalikda yozing 🛫 Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web

🔥 UM’s Team 4th Generation – Graduation Ceremony ✅ Ikki oylik sayohat o‘z nihoyasiga yetdi. Bu vaqt davomida ishtirokchilar
+4
🔥 UM’s Team 4th Generation – Graduation Ceremony Ikki oylik sayohat o‘z nihoyasiga yetdi. Bu vaqt davomida ishtirokchilar nafaqat bilim va ko‘nikmalarni egallashdi, balki o‘zlarini sinab ko‘rishdi, yangi jamoalarda ishlashdi va o‘z imkoniyatlarini yana bir bor kashf qilishdi. 🏆 Yopilish marosimida esa barcha a’zolar munosib tarzda taqdirlanishdi. Ammo bu – yakun emas. Har bir guruh o‘zining yangi loyihalari, g‘oyalari va tashabbuslari orqali networkingni davom ettiradi, o‘z ustida ishlaydi va o‘z yo‘lini yanada mustahkamlaydi.
❗️ Bizdan uzoqlashmang va bizni keyingi mavsumlarimizda ishtirokchi boʻlish imkoniyatiga ega boʻling!
🧐 4-mavsum bitiruvchilari, shu yerdamisiz? Izohlarda o‘z taassurotlaringizni ulashing! 🛫 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube

Repost from N/a
Project Neroga xush kelibsiz — bu yerda suvga munosabat yangi ma’noga ega bo‘ladi. Biz kundalik hayotdagi eng sodda amaldan —
Project Neroga xush kelibsiz — bu yerda suvga munosabat yangi ma’noga ega bo‘ladi. Biz kundalik hayotdagi eng sodda amaldan — idishni qayta to‘ldirishdan — butun shahar madaniyatini o‘zgartiradigan harakat yaratamiz. Bu yerda biz plastiksiz turmushni odatiy, qulay va zamonaviy odatga aylantirish yo‘lini boshlaymiz. 💧 Project Nero nima? Bu shunchaki loyiha emas. Bu impuls. Bu yangi madaniyat. Bu O‘zbekistonda ekologik fikrlashning zamonaviy bosqichi. 🌍 Missiyamiz Har bir inson toza ichimlik suviga plastiksiz, qo‘shimcha xarajatsiz va ortiqcha o‘ylamasdan erishishini ta’minlash. Refill (qayta to‘ldirish) madaniyatini oddiy, qulay va zamonaviy odatga aylantirish. 🚀 Kelajakga nazar Biz shunday kelajakni ko‘ramizki: Shaharda bir martalik plastik sotiladigan nuqtalardan ko‘ra ko‘proq suv to‘ldirish joylari bo‘ladi. Odamlar ekologiyani tanlaydi, chunki bu oson, qulay va chiroyli. Har birimiz umumiy ekologik ritmning bir bo‘lagiga aylanamiz. 🔥 Falsafamiz Dunyo o‘zgarishi uchun odatlar o‘zgarishi kerak. Biz ekologik turmush tarzini oson, texnologik va hatto biroz o‘yin ko‘rinishidagi jarayonga aylantiramiz. Keraksiz xarid qilish o‘rniga mavjud resurslardan foydalanish tarafdorimiz. Fikrli odamlarni birlashtirish tarafdorimiz. Va eng muhimi — bularning barchasi yoqimli bo‘lishi kerak. 📱 Project Nero ilovasi — tez orada Google Play’da! Ha, hozir biz sizning shahringiz xaritasini butunlay o‘zgartiradigan ilova ustida ishlayapmiz. Ilova sizga yordam beradi: ✨ eng yaqin suv to‘ldirish nuqtalarini topishda; ✨ ekologik izingizni kuzatishda; ✨ challengelarda qatnashishda, yutuqlar olishda; ✨ o‘zgarish qiladigan katta harakatning bir qismi bo‘lishda. Project Nero — bu oddiy servis emas. Bu jamiyat. Madaniyat. Yangi hayot mantig‘i. Agar siz shu postni o‘qiyotgan bo‘lsangiz — demak siz allaqachon ushbu harakatning bir bo‘lagisiz. Xush kelibsiz! 🌱

➡️ G‘OLIBLAR – 12-mavsum boshlandi! 📎 30 kunlik bepul shaxsiy rivojlanish loyihasi. 🟢Har kuni “ertadan oʻzgaraman” deysiz-u
➡️ G‘OLIBLAR – 12-mavsum boshlandi!
📎 30 kunlik bepul shaxsiy rivojlanish loyihasi.
🟢Har kuni “ertadan oʻzgaraman” deysiz-u, lekin foydali odatlarni shakllantirishga qiynalasizmi? 🟢Tartib yo‘q, kayfiyat o‘zgaruvchan, boshlagan ishingizga motivatsiya tez so‘nib qoladi, ammo rivojlanishni xohlaysizmi? ✅ Unday boʻlsa G‘OLIBLAR loyihasi aynan SIZ uchun! ➡️ G'OLIBLAR loyihasi quyidagilarni qamrab oladi: 🟢 Har oylik chellenjlar va vazifalar; 🟢 Muvaffaqiyatli insonlar bilan jonli efirlar; 🟢 Kitob muhokamalari; 🟢 12 viloyat va chet davlatlardan yig'ilgan kuchli, o'z ustida ishlaydigan va intizomli insonlar jamiyati. ✅ 2025-yilni yaxshi yakunlab, 2026-yilga maksimal tayyor bo’lish uchun hoziroq ro’yxatdan o’ting! 👤 Ro’yxatdan o’tish uchun: @Mahmudjonov_official 💬 Telegram | 🟥 Instagram

✨ “Emotsiyani boshqarish va kommunikatsiyani rivojlantirish” mavzusidagi dars davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilim,
+3
“Emotsiyani boshqarish va kommunikatsiyani rivojlantirish” mavzusidagi dars davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy mashqlar orqali ham o‘zlarini sinab ko‘rishdi. ✅ Dars davomida: ❣️ emotsiyalarni boshqarish bo‘yicha real hayotiy misollar, ❣️ samarali muloqot texnikalari, ❣️ jamoada ishlashda zarur bo‘lgan kommunikatsion ko‘nikmalar keng yoritildi. 🛫 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube

Repost from N/a
📣 “FRIENDS COMMUNITY” 1-EVENT ✨ Shanba tongini hayrli boshlamoqchimisiz? Unda kutib oling! 🤝 Eskicha tanish-bilish sterioti
📣 “FRIENDS COMMUNITY” 1-EVENT ✨ Shanba tongini hayrli boshlamoqchimisiz?
Unda kutib oling!
🤝 Eskicha tanish-bilish steriotiplarini unutib, professional networking olamiga birinchi qadamni qo‘ying! 👨‍🎓 Kimlar uchun: • Rivojlanishni istaydiganlar 🚀 • Networking qilishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar 🧑‍🎓 • Yangi do‘stlar orttirishni xohlovchilar 🤗 Sizni nimalar kutadi: • Loyihaning rasmiy ochilishi 🎉 • Real networking muhiti 🌐 • O‘xshash maqsadli do‘stlar bilan tanishish 👥 • Bir-biridan qiziqarli activitylar 🏓 • Ishtirokchilarga sertifikatlar 😀 • Tajribali spiker BOBUR ADXAMOV Qachon: • Shanba, 22-noyabr, 8:30 AM 🕔 Qayerda: Tashkent Perfect University (Chorsu filiali) 📍
*️⃣Networking – bu otam zamondan qolgan tanish-bilishchilik emas, balki kelajakdagi imkoniyatlar eshigini ochishdir. Siz ham bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 💫
Eventda birga bo’lish uchun: ✍️ ro’yxatdan o’ting!Telegram | 🌐 Instagram

🎓 UM’s Team — Frilanserlik bo‘yicha amaliy dars! ✅ “Frilanserlik: Zamonaviy kasblar orqali onlayn daromad topish” mavzusidag
+4
🎓 UM’s Team — Frilanserlik bo‘yicha amaliy dars!Frilanserlik: Zamonaviy kasblar orqali onlayn daromad topish” mavzusidagi dars davomida ishtirokchilar: ⚫️ onlayn daromad yaratishning real yo‘llari, ⚫️ frilans bozorida o‘z o‘rnini topish bo‘yicha strategiyalar, ⚫️ zamonaviy kasblarda talab qilinadigan ko‘nikmalar, ⚫️ sotuvchi saytlar yaratish jarayonidagi amaliy usullar bilan tanishishdi. 🛫 Telegram | 📷 Instagram | 📺 YouTube

Repost from N/a
✨ NUR CHARITY — JUMA KUNGI XAYRIYA EVENTI Aziz do‘stlar! “Nur” loyihasi juma kuni kichik, ammo juda iliq va quvonchli xayriya
✨ NUR CHARITY — JUMA KUNGI XAYRIYA EVENTI Aziz do‘stlar! “Nur” loyihasi juma kuni kichik, ammo juda iliq va quvonchli xayriya event o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Biz bolajonlar uchun: 🎉 qiziqarli o‘yinlar 🎨 ijodiy activitylar 🎁 kichik sovg‘alar 🤝 ko‘ngilli muloqot va suhbatlar tashkil qilmoqchimiz. Har bir bola e’tibor, quvonch va mehrga loyiq. Biz esa shu quvonchni ularga yetkazishga intilyapmiz. Buning uchun sizning yordamingiz kerak. Siz qanday yordam bera olasiz? ✔ Sovg‘alar uchun kichik xayriya (pul yoki mahsulot) ✔ O‘yinlar va activitylar uchun homiylik ✔ Eventga ko‘ngilli sifatida qo‘shilish ✔ Postni boshqalarga ulashish — bu ham katta yordam! Har qanday hissa — kimningdir quvonchi bo‘ladi. Har bir “nur” — bir bolaga tabassum sovg‘a qiladi. 💛 📌 Event haqida qisqacha: 📅 Sana: Juma kuni 📍 Joy: 77-sonli ko'zi ojizlar maktabi ⏰ Vaqt: 12.30 — 13.30 🎁 Maqsad: bolalarga quvonch ulashish, sovg‘alar berish, o‘yinlar tashkil qilish 💳 Hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun: 👉 Moliyaviy yordam ko'rsatish uchun plastik karta raqami: 5614683777083973 Nurmuxamedov Nuraziz 👉 Har bir ko‘ngilli va homiy bilan bevosita bog‘lanamiz Keling, birga nur ulashaylik! Sizning kichik yordam — bir bolaning katta quvonchi. ✨ #NurCharity ✨

Repost from N/a
📖 BOOKBERRY — BOOK EXCHANGE LOYIHASI ✅ Bookberry — yoshlar, talabalar va kitobsevarlar uchun yaratilgan zamonaviy kitob alma
📖 BOOKBERRY — BOOK EXCHANGE LOYIHASIBookberry — yoshlar, talabalar va kitobsevarlar uchun yaratilgan zamonaviy kitob almashish loyihasi. Loyiha kitoblarni qayta aylanishga kiritish, o‘qish madaniyatini rivojlantirish va hamjamiyatda ekologik ongni oshirishni maqsad qiladi. 📌 Loyihaning maqsadi: • Odamlar o‘qib bo‘lgan kitoblarini boshqalarnikiga almashtirishi uchun qulay maskan yaratish; • Kitoblar almashinuvi orqali o‘qish doirasini kengaytirish; • Jamiyatda “reuse” madaniyatini targ‘ib qilish; • Talabalar va yoshlar orasida ijtimoiy faoliyatni kuchaytirish. 🔥 Loyihaning afzalliklari: • Bepul va hamyonbop o‘qish imkoniyati; • Yangi kitoblar va mualliflarni kashf etish; • Kitoblarga ikkinchi hayot berish; • Kitobsevarlar jamiyatini yaratish; • Offline va online almashuv tadbirlari. ✈️ Telegram | 🕊 Instagram