en
Feedback
Амирқул Пўлкан

Амирқул Пўлкан

Open in Telegram

Севги – қуёш, деди шоирлар, Севги – қўз ёш, деди шоирлар. Севги – ҳавас, деди шоирлар, Севги – қафас, деди шоирлар. Севги – ёлғон, деди шоирлар, Севги – бўлган деди, шоирлар. Амирқул Пўлкан

Show more
689
Subscribers
-124 hours
-67 days
-3630 days
Posts Archive
Бу ижодий ишлар танловга келган охирги ишлардан. Кеча юборилган. Бугундан танловга ижодий ишлар қабул қилинмайди.

#Пулканхонлик ✍ Amirqul Poʻlkan 🎤Kitob tumani 5-sonli maktabning "3-V"sinf oʻquvchilari ishtirokida tayyorlandi. 🎬 Ziyadullayeva Malika Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi tomonidan tayyorlandi.

#Meyliyeva Oltinoy Muhammad qizi Amirqul Po‘lkan (1948-1982) BOTIRLAR Necha bor zaminni kuydirdi otash, Necha bor moziyning aylandi charxi. Va lekin, yo‘lidan toymadi quyosh, Va lekin, tushmadi botirning narxi. G‘animlar yurtimga qildilar yurish, Muqaddas tuproqda tutdilar chodir. Intiqom olmoqqa chorladi urush, Yovlarga o‘q bo‘lib sanchildi botir. Botirlar jon berdi mardona turib, Tulporlar qon kechib chopdilar sarson. O‘q yegan burgutdek, nogoh, charx urib, Ularning ko‘ksiga yiqildi osmon… Ular ham hayotni sevardi jondan, Ular ham yashardi tole axtarib. Botirlar ko‘ksidan sachragan qondan Ko‘kdagi yulduzlar qoldi qizarib. Eh, ular sharob ham ichmadi qonib, Umr ham bermadi janggi beomon. Shoirlar qudratni kuyladi yonib, Ularning sha’niga bitdilar doston. Zotan, men ulardan olgayman saboq, Shul uzoq o‘tmishga solgayman nazar. Bugun ham qaydadir pisgancha qo‘rqoq, Botirning ortidan urmoqda xanjar. Men qanday chidayin bunday jafoga, Ne qilay go‘daklar qolsinlar sag‘ir? Umrimni bergayman balki da’voga, Men ham botirlarga zuryodman, axir. Va, lekin, bu bilan o‘zgarmas tarix, To‘kilib bitmagay kiprikdagi gard. Baribir, ularni bo‘lmas qaytarib, Jazoga mustahiq bo‘lmagay nomard. Mayda gap qilsam gar kechiring, biroq, Do‘stlarim, botirlik emasdir oson. Ko‘z yumgan botirlar bugun ham uyg‘oq, Ularning kiftida turibdi osmon.

#Po‘lkanxonlik Sen oydan yiroqsan Men juda ham qo‘rqaman do‘stim, "Jonim fido" degan so‘zingdan... A. Po‘lkan sheʼri Men sizga bu maktubni bitayotganimda, bilamanki, siz meni kuzatib turganligingizni, eshitayotganligingizni, aslida ko‘ngillarimizdan turib, bizga esh bo‘layotganingizni. Siz ham aldovlarga qurbon bo‘ldingizmi? Bu keng, sohili oy nurlariga tutashib ketgan ummon qalbingiz ichida ham qahraton shamolidek to‘fon ko‘tardimi; Xiyonatlar, aldovlar, sotqinliklar? Sheʼrlaringizni o‘qib anglaymanki, Vatan, Ona, Xalq, Qullik zanjirlar oh-faryodlari sizga orom bermagan! "Sen oyday yiroqsan, Malagim" - bu ozodlikni, hurlikni sevib o‘tganlar, sog‘inib, intiq qaqragan ko‘ngildan to‘kilmadimikin? 34 yil. 34 million hayratlar, hasratlar, to‘fonlar ichida million-million qalblar ohiga ko‘milib yashagan ruhiyatga tasvir bo‘la oladimi? Yo‘q, siz ozod uchgan har qush qanotida millat osmonida parvozdasiz. Har bir yozganingizni hammamiz o‘qiyapmiz. "Inson" sheʼringizni sevib qolganman. Ko‘p o‘qib yurganim ham shu. Banda sabr qilish uchun yaratilgan va o‘ziga tasalli qidiradiki, men shu kunlarda nimagadir intiqlik sezsam shivirlayman: "Sen oyday yiroqsan, Malagim"! Ozod vatanga, ozod so‘z bilan tug‘ilish muborak bo‘lsin. Po‘lkanlar avlodi bor bo‘lsin. Po‘lkanxonlik uzoq-uzoq asrlarga-da o‘z qanotidan so‘z yog‘dirib, uchaversin... Oydin tunlar, Quyoshli kunlarga XUSHQANOT bo‘ling. Ustozning qo‘shig‘i Oydinni sog‘indim men, Oydan, seni sog‘indim. Osmonga uchgan qushim, Ozod ruhni sog‘indim! Vatan, Xalq, Oy nurini, Ko‘zga surtmoq istadim. Oyday yiroqsan, erkam, Faqat seni izladim... Osmoning baland ekan, Qanotlarim- so‘zlarim. Sheʼrim, sozimni tinmay, Chalishar farzandlarim... Sobirjon Abdujalilov Qashqadaryi viloyati

#Пулканхонлик Qalbni uyg'otuvchi satrlar sohibi - Amirqul Po'lkan O'zbekiston xalq baxshisi, go'zal ijodkor sohibi, haqiqat va samimiyat egasi bo'lgan shoirimiz Amirqul Po'lkan 1948 -yil 15- iyulda Samarqand viloyatining Xatirchi tumanida tavallud topadi. Shoirimizning talabalik yillari uning ijodiy faoliyatiga katta turtki bo'ldi. Uning ijod yo'liga nazar tashlaydigan bo'lsak, Amirqul Po'lkan haqiqat va samimiyatni qadrlagan, muhabbatni yonib kuylagan o'tyurak shoir edi. Uning sevgi, muhabbat tarannum etilgan she'rlari hofiz Dadaxon Hasan, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar : Ohunjon Madaliyev, Muhriddin Xoliqov va boshqa xushovoz xonandalar tomonidan sevib ijro etilgan. Bilasizmi, so'z va ohang birlashib ko'rkam bir butunlikni yaratadi va bu muazzam obida bizni hayratga soladi. She'rlardan ko'ra ko'proq ohang bizni mahliyo etadi. Shu asnoda, uning qalbidan to'kilganlari shunchaki so'zlar uyumi emas, balki inson qalbi ohanglaridir. Qolaversa, shoir samimiy so'zlar, dilrabo ohanglar yordamida ko'ngil dunyosini o'zga qalblar bilan bog'laydi. Bu xonishlar misoli go'zal satrlar sarin sabolardek insonga huzur, rohat baxsh etadi. Amirqul Po'lkanning ijodiy uslubi juda o'ziga xos. Uning so'z boyligi, ifoda vositalaridan mohirona foydalanishi, hayotni yorqin tasvirlashi - bu adibning iste'dodidan darak beradi. Amirqul Po'lkanning asarlarida Vatanga muhabbat, ota - onaga hurmat, mehnatga mehr kabi yuksak insoniy fazilatlar aks ettiriladi. Amirqul Po'lkanni biz nafaqat buyuk ijodkor, balki o'zbek bolalar adabiyotining yorqin yulduzi, o'z ijodi bilan yuraklarni larzaga keltirgan shoir deb ta'riflasak mubolag'a bo'lmaydi. Amirqul Po'lkan go'zal she'rlar yaratish bilan birga xalq og'zaki poetik ijodi, xususan, dostonchilik mahorati bo'yicha tadqiqotlar olib bordi, va o'z odobi, iqtidori bilan ustozlar e'tiboriga tushdi. Dunyoga mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov bu sulola haqida shunday deydi: “Men bugun Manas"ga o'xshash yuzga yaqin dostonlarni kuylab, sozini dilbar ohangda chalgan Po'lkan shoir va avlodlari Umarqul Po'lkan hamda Amirqul Po'lkan nomini hurmat va ehtirom ila tilga olaman. O'zbeklarda “Bir daryo bor oqar, toshar qo'rimas" - degan gap bor. Bu iborani sulolani zanjirdek bog'lab turgan shajaraboshi Amirqul Po'lkan, Umarqul Po'lkan ijodiga nisbatan qo'llasa bo'ladi - deb aytadi yozuvchi. Shoirimiz : ,, So'z tafakkur sarhadlarini jilolaydi, siz yuzma - yuz kelayotgan satrlar otashi yuragingizda muhrlanadi, '' - deb ta'kidlab o'tadilar. Amirqul Po'lkan uning nomi, ijodi va boy adabiy merosi har doim ardoqlanadi va qadrlanadi. U yaratgan obrazlar, tasvirlagan voqealar, aytgan ibratli so'zlari yillar o'tsa-da o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Dunyoning asrori ko'zimga ma'lum, Har o'tgan bahorim - yozimga ma'lum Hamma ham tushunmas mening qalbimni, O'zimdan o'tgani o'zimga ma'lum. Muallif : Yusupova Sabrina Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo'nalishi 2-kurs talabasi.

#Пўлканхонлик Amirqul Po'lkan: Qisqa umrga sig'dirilgan buyuk meros O'zbek adabiyotining XX asrdagi yorqin namoyandalaridan biri Amirqul Po'lkan o'zining qisqa, ammo sermahsul ijodi bilan o'zbek she'riyatiga yangi nafas olib kirdi. 1948-yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan va 1984-yilda atigi 34 yoshida hayotdan ko'z yumgan shoirning merosi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Amirqul Po'lkan nafaqat iste'dodli shoir, balki mohir tarjimon sifatida ham o'zbek adabiyotiga katta hissa qo'shgan. Amirqul Po'lkan Samarqand viloyatida tug'ilib o'sgan. U Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi O'zMU) filologiya fakultetini tamomlagan. Talabalik yillaridan boshlab adabiyotga qiziqishi ortib, she'rlar yoza boshlagan. Uning ilk she'rlari mahalliy gazeta va jurnallarda chop etilgan va o'quvchilarning e'tiborini tortgan. Universitetni tugatgach, Amirqul Po'lkan o'z faoliyatini adabiy muhitda davom ettirdi. U turli nashriyotlarda muharrir bo'lib ishladi, ko'plab yosh ijodkorlarga yordam berdi. U o'zbek adabiyotining rivojiga katta hissa qo'shgan taniqli adiblar bilan yaqin aloqada bo'lgan. Amirqul Po'lkan o'zining qisqa ijodiy faoliyati davomida boy va rang-barang adabiy meros yaratdi. Uning she'rlari o'zbek she'riyatida yangi sahifa ochdi, unga o'ziga xos uslub va ohang olib kirdi. Shoirning "Poyga", "Buloq", "Izhor", "Ohang" kabi she'riy to'plamlari, "Mangulikka suiqasd", "Shaytonning o'limi" dostonlari o'zbek adabiyotining xazinasiga aylandi. Amirqul Po'lkan she'rlarida insonning ichki dunyosi, uning orzulari, umidlari, tashvishlari va kurashlari aks etgan. Shoir o'z asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, adolat va haqiqat kabi yuksak g'oyalarni kuylagan. U o'z she'rlarida o'zbek xalqining tarixi, madaniyati va urf-odatlariga hurmat bilan yondashgan. Amirqul Po'lkan nafaqat iste'dodli shoir, balki mohir tarjimon sifatida ham tanilgan. U jahon adabiyotining ko'plab durdonalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Uning tarjimalari o'zbek o'quvchilariga jahon adabiyotining eng yaxshi namunalaridan bahramand bo'lish imkoniyatini berdi. Amirqul Po'lkan o'zining qisqa, ammo sermahsul ijodi bilan o'zbek adabiyotida o'chmas iz qoldirdi. Uning she'rlari bugungi kunda ham o'qilib, sevib o'rganilmoqda. Shoirning xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning tug'ilgan viloyatida muzey tashkil etilgan, ko'chalarga uning nomi berilgan. Amirqul Po'lkan - o'zbek adabiyotining faxri, o'zining yorqin iste'dodi va sermahsul ijodi bilan xalqimizning ma'naviy olamini boyitgan buyuk adib. Uning asarlari kelajak avlodlar uchun ham muhim ahamiyatga ega bo'lib qoladi. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 48-maktab oʻquvchisi Ibodova Gulsanam. https://t.me/amirqulpulkan

#Пўлканхонлик Amirqul Po'lkan ga bag'ishlangan... ANNOTATSIYA Amirqul Po'lkan o'zbek shoiridir, u zamonaviy o'zbek she'riyatining yorqin namoyandalaridan biri hisoblanadi. U 1980-yillarda paydo bo'lib, ijodiy faoliyatini boshlar ekan, o'z asarlarida xalq folklori va an'anaviy qadriyatlarni zamonaviy uslub bilan birlashtira oldi. Amirqul Po'lkan ko'plab she'rlar, dramatik asarlar va maqolalar muallifi. U o'z asarlarida ko'pincha o'zbek xalqining hayoti, urf-odatlari va tushunchalarini aks ettiradi. Shuningdek, Po'lkan muhammdiy ismli shoir sifatida tanilgan. Uning yozuvlarida hissiyotlar kuchli o'rin tutadi, o'quvchini o'ziga jalb qiladi va hayotga yangi qarashlarni shakllantiradi. Amirqul Po'lkan ijodida tinimsiz tajriba va sinovlar mavjud bo'lib, bu uni o'z zamonasida innovator sifatida belgilaydi. Uning asarlarida dolzarb ijtimoiy masalalar va insoniy muammolar ko'tariladi, bu esa o'quvchilarni fikr yurgizishga undaydi. Amirqul Po'lkan bugungi kunda o'zbek adabiyotida o'ziga xos o'rin egallaydi va munosib tan olinishga loyiq. U zamonaviy uslublarni va folklor elementlarini o'z ijodida birlashtiradi, bu esa uning asarlarini ajralmas qilib qo'yadi. Bu haqida Olimlarning fikri, Ajoyib adabiyotshunos B. Ruziev Amirqul Po'lkan ijodida zamonaviy hayot muammolarini ko'rsatishini ta'kidlaydi. Shuningdek, S. Qodirov ularning she'rlarida xalq ruhini va uning qadriyatlarini o'z kurganligini belgilaydi. Meni fikrimcha, Amirqul Po'lkan o'z xalqining madaniyatini, urf-odatlarini va an'analarini ulug'laydi. Uning asarlarida hissiy ifoda juda kuchli bo'lib, o'quvchini chuqur o'ylashga undaydi. Xulosa Amirqul Po'lkan o'z ijodi orqali o'zbek she'riyatini boyitadi. Uning asarlari nafaqat estetik, balki ma'rifiy ahamiyatga ham ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ruziev B. "O'zbek she'riyatining zamonaviy tendentsiyalari" 2. Qodirov S. "Amirqul Po'lkan va o'zbek xalq fantasia" 3. Karimov T. "Folk lore va shoir" https://t.me/amirqulpulkan Dusiyorova Aziza Sobirovna IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1-kurs talabasi

#Пўлканхонлик AMIRQUL POʻLKAN hayoti va ijodi Amirqul Poʻlkan – zamonaviy o'zbek adabiyotining ajralmas qismi bo'lib, uning ijodi milliy qadriyatlarni va xalq tarixini tahlil qiladi. Amirqul Poʻlkan — O'zbek xalq dostonlarida aks etgan qahramon, mardlik va fidoyilik belgisi. Odatda, u janglarda dushmanlarga qarshi turuvchi, o'z xalqini himoya qiluvchi jasur jangchi sifatida tasvirlanadi. Amirqul Poʻlkan asarlarida uning do'no va tajribali lider sifatida qiyofasi namoyon bo'ladi. U do'stlariga sodiq, adolat uchun kurashuvchi, va o'zgalar yordamiga tayyor kishi sifatida ko'rsatiladi. Uning qahramonliklari ko'pincha yurtiga bo'lgan muhabbati bilan bog'liq bo'ladi. Dostonlarda Po'lkanat bo'lishi va xalqining e'tiborini qozonishi uning xarakterining muhim qismidir. Bu obraz ko'plab xalq og'zaki ijodida shuningdek, san'at asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Amirqul Poʻlkan ko'plab avlodlarga qahramonlik va sha'nini namoyish etuvchi shaxs sifatida ma'lum. Olimlarning aytishicha, Ko'pgina adabiyotshunoslar Amirqulning asarlarini xalqning ruhiyatini yorituvchi misol sifatida keltiradilar. U she'rlarida odamning ichki dunyosi va ijtimoiy muammolarni aks ettiradi:deydi O'zbekiston milliy universiteti professori Qodirbek Tashkentov. Boshqa mutaxassislar esa uning tarzidagi realistik tavsiflarni e'tirof etishadi. Bu haqida mening fikrim, Amirqul Poʻlkan nafaqat so'z ustasi, balki xalqning haqiqiy ovozidir. Uning asarlari o'zbek adabiyotining boyligidir va kelajak avlodlarga an'analarni yetkazadi. Xulosa  Amirqul Poʻlkan ijodi milliy adabiyotimizning xazinasidir. Uning she'rlari xalqimizning tarixi, madaniyati va umidlarini ushlab turadi. Isroilov Dilshodxoʻja Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti 2- kurs talabasi https://t.me/amirqulpulkan

#Пўлканхонлик Amirqul Poʻlkan shoirimiz haqida yozilgan sher... Sen oyday uzoqsan malagim oʻqib, Men o'zimga koʻp saboqlar oldim. Nomingizga atab she'rlarni toʻqib, Hayotingiz o'ylab, o'ylarga toldim. Sizni maqtagayman ming bir kishiga, She'rlaringiz quvvatdir bular har ishiga, Butun xalq ogʻzidan tushmas ismingiz, Bu dunyoda topolmadim sizning jismingiz. Dusiyorova Aziza Iqtisodiyot va Pedagogikga universiteti 2- kurs talabasi https://t.me/amirqulpulkan

#Пўлканхонлик Koʻngil Xayolotning uchqur oti olib qochganda, Anchayin-ga fursatlarim bo‘lganda uvol, Do‘stlarim ham qo‘l silkishib mendan kechganda, Mumdan yumshoq ko‘nglimga hech kelmadi malol. Irodamni yor bildimu unga ishon-dim, Chekingay deb boshga tushgan har qanday g‘amlar, Ming o‘rtanib, yana ming bor azobda yondim, O‘ ylarimga qop-qorayib cho‘kkan-da shomlar. Yuragimni kimlargadir baxsh etdim axir, Men hech qachon dod demadim qiynalgan onlar. Bir oshiqdek payti kelsa o‘rtardim bag‘ir, Chunki, iqbol va’da etib otardi tonglar. Iqtidorim, maqsadimdan o‘kinmadim hech, Achinmadim qog‘oz uzra yurmasa qalam. Goh visolga suyukligim kelsa hamki kech, Tordek tarang asabimni chertmadi alam. Barchasiga ishonch bilan boqardim men, Bir boladek aldar edi ba’zida birov. Cho‘ng daryoda umid bilan oqardim men, Ko‘ngil otliq chamanimga tushmadi qirov... 📝 Muallif: Amirqul Poʻlkan 🎞️ Ijroda: Gulsanam Ibodova https://t.me/amirqulpulkan

#Пулканхонлик "Hayot qiziq..." ✍Amirqul Po'lkan 🎙Zuhra Sohibova

#Пўлканхонлик Amirqul Poʻlkan shoirga bagʻishlov Qoʻlga olib shu dam qalamni Sherlaringiz anglagim keldi Men bahordan izladim sizni Soʻroqladim bir koʻrgim keldi Yurtim nomin dilda pok saqlab Sarbaland bir chinor buldingiz Dunyoni bor ilmni olishni koʻzlab Oʻzbegimning ori boʻldingiz O bobojonim sheriyat gulzor Bu gulshanda men ham niholman Izlaringiz topmadim nechun, Sherlaringiz oʻqisam lolman. muallif: Isroilov Dilshodxoʻja Saidqosim oʻgʻli https://t.me/amirqulpulkan

Sheʼriyatga sadoqat ila — Amirqul Poʻlkan hayoti va ijodi tahlili Kirish: Oʻzbek adabiyoti tarixida umrining bahoriday qisqaligiga qaramay, chuqur iz qoldirgan ijodkorlar bor. Ular orasida Amirqul Poʻlkan alohida oʻringa ega. Shoir hayoti, oilaviy merosi, ijodiy yoʻli va badiiy qarashlari nafaqat oʻzbek she’riyatida, balki milliy tafakkurimizda ham muhim oʻrin tutadi. Uning asarlarida faqat so‘z emas, balki yurak, qalb va hayot aks etgan. Shoirning badiiy merosi, hayotiy qarashlari, ma'naviy iztiroblari va sheʼriyatdagi intilishlari bugungi o‘quvchi uchun ham dolzarb va ibratlidir. Shoir sulolasining davomchisi Amirqul Poʻlkan — Poʻlkan shoir sulolasining uchinchi vakili sifatida tug‘ilib, adabiy merosning davomi bo‘lgan. Shoirlik unga bobolaridan o‘tgan ilhomiy meros edi. U bu merosni davom ettiribgina qolmay, uni yangi ma’naviy bosqichga olib chiqdi. Hayoti va taʼlim olgan davri 1948-yil 15 iyulda tug‘ilgan Amirqul Poʻlkan Toshkent Davlat Universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Adabiy faoliyati va mehnat yo‘li U “Guliston”, “Sharq yulduzi” jurnallarida, keyinchalik O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida faoliyat yuritgan. “Poyga” to‘plami – yoshlik va ruhiy yuksalish 1978-yilda chop etilgan “Poyga” to‘plamida vatan, muhabbat, hayot va ezgulik singari muqaddas mavzular ko‘tarilgan. “Buloq” – ruhiyat manzillari 1979-yilda chop etilgan “Buloq” to‘plamida shoirning yoshlik yillaridagi she’rlari jamlangan. She’riy ruh va falsafiy mazmun Shoir she’rlarida xalq ruhiyatini, hayot ziddiyatlarini, inson kechinmalarini samimiy tarzda tasvirlaydi. “Mangulikka suyiqasd” va “Shaytonni o‘limi” dostonlari Bu dostonlar shoirning ijtimoiy va falsafiy yondashuvini ifoda etadi. “Ohang” – so‘nggi so‘zlar, so‘nggi nafas 1987-yilda nashr etilgan “Ohang” to‘plami uning ruhiy va badiiy yetukligidan dalolat beradi. Shoir shaxsiyati – sadoqat va halollik timsoli Do‘stlari va yaqinlarining xotiralarida u kamtar, samimiy, halol inson sifatida eslanadi. Shoirning o‘limi – ijodiy parvozning uzilishi Shoir 1982-yilda, atigi 34 yoshida vafot etdi. To‘rt to‘plam, ikki doston va besh farzand undan meros qoldi. Adabiy meros – barchaga tegishli xazina Shoirning asarlari maktablar va universitetlarda o‘rganilmoqda, yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Xulosa: Amirqul Poʻlkan — she’rga sadoqat bilan yashagan shoir. Uning she’riyati abadiyat sari yo‘l oldi. Amirqul Poʻlkan — o‘zbek she’riyatiga sadoqat bilan xizmat qilgan, iste’dod va halollik timsoli bo‘lgan shoir. Uning qisqa, ammo mazmunli ijodiy hayoti davomida yaratgan asarlari bugungi o‘zbek adabiyotining bebaho meroslaridan biri sanaladi. Shoirning har bir misrasi hayotga, odamiylikka, muhabbat va ezgulikka chorlaydi. U o‘z she’rlari orqali inson ruhiyatini, ijtimoiy muammolarni, ma’naviy kechinmalarni chuqur va samimiy tarzda ifodalagan. Muallif: Gulnoz Egamova, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Tarix yoʻnalishi 1-kurs talabasi

#Пўлканхонлик        Otamning aytganlari ✍️Muallif: Amirqul Poʻlkan 🎤O'qidi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti ARM xodimi Yusupova Zulayho https://t.me/amirqulpulkan

#Пўлканхонлик        Xayol ✍️Muallif: Amirqul Poʻlkan 🎤O'qidi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabasi Sodiqova Shahzoda https://t.me/amirqulpulkan

#Пулканхонлик ✍Amirqul Po'lkan 🎙Zuhra Sohibova

#Пўлканхонлик BOBOLAR YOʻLI ✍ Amirqul Poʻlkan 🎤 Norova Dilobar

#Пўлканхонлик AMIRQUL POʻLKAN ijodiga bagʻishlangan ochiq dars ✍ Amirqul Poʻlkan 🎤 Norova Dilobar, Shahrisabz davlat pedagogika insuti pedagogika fakulteti talabalari

#Пўлканхонлик BOBOLAR YOʻLI ✍ Amirqul Poʻlkan 🎤 Norova Dilobar